Меҳнат иқтисодиёти


Ish bilan bandlik – ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning elementi sifatida



Download 0,55 Mb.
bet48/166
Sana21.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#395492
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   166
Bog'liq
Ме нат и тисодиёти (1)

Ish bilan bandlik – ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning elementi sifatida


Ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim mezoni ish bilan bandlikka bo‘lgan munosabatdir. Ish bilan bandlik kompleks ijtimoiy siyosatning ajralmas qismi deb qaraladi. Ish bilan bandlik muammolarining ijtimoiyligi uning avval, boshdan inson, uning manfaatlari va mehnat sohasidagi ehtiyojlariga qaratilganligi bilan belgilanadi.

Ish bilan bandlikning eng kam deganda to‘rt ijtimoiy jihatini hisobga olish lozim:



  1. ish bilan bandlik insonning Konstitutsiyada belgilab berilgan eng muhim huquqi – mehnat huquqi bilan mustahkam bog‘liqligi;

  2. turmush darajasi va munosib hayot kechirish shart-sharoitlarini shakllantirishda ish bilan bandlik hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Aynan ish bilan bandlik, mehnat faolligini oshirish, mehnatga qobiliyatli fuqarolar va ular oilalarining turmush darajasini oshirishning eng muhim kafolati;

v) har kimning va umuman jamiyat farovonligining negizi bo‘lgan yuqori unumli mehnatning yangi omilini shakllantirish;

g) aynan mehnat faoliyati insonni o‘zgartiradi, uning kasbiy imkoniyatlarini ochib beradi va ko‘paytiradi, shaxsning rivojlanishini rag‘batlantiradi.

Ijtimoiy siyosatning boshqa jihatlari bilan birga qo‘shib qaralganda ish bilan bandlik rivojlanishining asosiy yo‘nalishlaridan biri deb qaralishi kerak. Ushbu yo‘nalishlar milliy iqtisodiyotdagi moliyaviy, moddiy va mehnat resurslarini qayta guruhlarga ajratish, fan-texnika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish, turmush sifati darajasini oshirish yo‘llarini belgilab beradi. Bu g‘oyat muhim muammolardan biri bo‘lib, ish bilan bandlik muammolarini hal qilish, binobarin, butun iqtisodiyotni isloh qilishning muvaffaqiyati ana shu muammoni e’tirof qilish va hal etishga ma’lum darajada bog‘liq.

Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotida ish bilan bandlikning asosiy xususiyatlari:



  • ish bilan to‘liq va samarali bandlikni ta’minlash, buning uchun esa aholining mehnat resurslari balansini tuzish va undan samarali foydalanish;

  • mehnat qilishning ixtiyoriyligi va mehnat sohasida inson huquqlari hamda vazifalarining uyg‘unlashuvi, xodimlarning ijtimoiy boqimandaligiga barham berish, munosib turmushni ta’minlaydigan ish topish imkoniyati uchun fuqaro bilan davlatning baravar mas’uliyatini ta’minlash;

  • mehnat samaradorligini oshirish yo‘lida mehnat resurslaridan tarmoqlar, sohalar, kasblar va hududlar bo‘yicha samarali foydalanish hamda ishchi kuchining erkin harakati;

  • mehnatga bo‘lgan yangicha rag‘batlar asosida xususiy tadbirkorlik va xodimlarning yuqori unumli mehnat qilishdan kuchli manfaatdorlik muhitini yaratish;

  • bozor iqtisodiyoti ta’siri ostida namoyon bo‘ladigan salbiy oqibatlarni aholi manfaatini ko‘zlab, yumshatib borish.

Bu xususiyatlar ish bilan bandlikning yangi sifat ko‘rsatkichli xususiyatlari bo‘lib, ularning shakllanishiga tegishli shart-sharoitlar yaratish lozim.

Bundan tashqari, bugungi kunda ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarni chuqur qayta qurish sharoitlarida mehnat motivlaridan birinchi o‘ringa fuqarolarning ijtimoiy kayfiyati chiqarilmoqda. Bunday kayfiyat deganda hozirgi vaqtda turmush sharoitining haqiqatda yaxshilanishigina emas, balki ijobiy siljishlarning muqarrarligi, tanlangan islohotlar yo‘lining to‘g‘riligi va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoyaning adolatli ekanligiga ishonchning mavjudligi ham tushuniladi. Hozirgi vaqtda ijtimoiy himoya haqida ko‘p gapirilmoqda, lekin u ko‘pincha tor ma’noda, davlatning ishsizlar, ayniqsa, aholining ijtimoiy nochor qismiga ko‘rsatadigan yordami tariqasida tushuniladi.




      1. Download 0,55 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish