Ijtimoiy-mehnat munosabatlari korxonalarning amaliy faoliyatida muayyan o‘rin egallaydi. CHunki mehnat faoliyati amalga oshadigan barcha ob’ektlarda shaxslar va ijtimoiy guruhlarning o‘zaro aloqalari iqtisodiy, ruhiy va huquqiy jihatdan tavsiflanadi. Ijtimoiy-mehnat munosabatlarida:
shaxs - yollanma xodim;
ish beruvchi - korxona (firma), tadbirkor;
davlat - sub’ekt hisoblanadi.
YOllanma xodim ishberuvchi (korxona rahbari yoki xususiy shaxs) bilan (yozma yoki og‘zaki) mehnat shartnomasi tuzgan fuqarodir. Bunda xodimning yoshi, jinsi, salomatligi, ma’lumoti, malaka darajasi, qaysi kasb va tarmoqqa mansubligi muhim ahamiyatga ega. Lekin, avvalo, yollanma xodim ijtimoiy-mehnat munosabatlarida shaxsan qatnashishga tayyor va qodir bo‘lishikerak. Ijtimoiy- mehnat munosabatlarining yuqori darajada rivojlanganligi, yollanma xodimlar nomidan ish olib boradigan maxsus institutlar–kasabauyushmalari hamda yollanma xodimlarni birlashtirishning boshqa tashkiliy shakllari yaratilganligi bilan tavsiflanadi.
Ijtimoiy-mehnat munosabatlari sub’ekti bo‘lgan ish beruvchi mustaqilravishda bir nafar yoki ko‘plab shaxslarni ishga yollovchi kishidir. Odatda, u ishlab chiqarish vositalarining egasi bo‘ladi.
Ijtimoiy-mehnat munosabatlarining qatnashchisi sifatida davlat qonun chiqaruvchi, huquqlarning himoyachisi, ish beruvchi, hakam va hokazolar rolini bajaradi. Davlatning ijtimoiy-mehnat munosabatlaridagi roli o‘zgarib borishi
mumkin va bu holat davlat rivojlanishining tarixiy, siyosiy, tuzilmaviy va iqtisodiy sharoitlari bilan belgilanadi.
Ijtimoiy-mehnat munosabatlarining quyidagi uch darajasi farqlanadi: shaxsiy daraja, bunda xodim va ish beruvchi turlicha birikuvlarda o‘zaro harakat qiladilar; guruhli daraja, bunda yollanma xodimlar birlashmalari va ish beruvchilar birlashmalari o‘zaro harakat qiladi; aralash daraja, bunda xodimlar va davlat, shuningdek ish beruvchilar va davlat o‘zaro harakat qiladilar.
Ijtimoiy-mehnat munosabatlarining quyidagi turlari ajratiladi:
Hamjihatlik. Munosabatlarning bu turi kishilarning shaxsiy mas’uliyat va totuvlik, yakdillik, manfaatlarning mushtarakligiga asoslangan javobgarligini nazarda tutadi.
Paternalizm. Bu qat’iy tartibga solinadigan mehnat munosabatlari bo‘lib, u davlat va korxona darajasida shakllantiriladi. Muayyan tarixiy va ijtimoiy-madaniy sharoitlarda paternalizm samarali bo‘ladi. Masalan, YAponiya korxonalarida umrbod yollanish tamoyiliga asoslangan mehnat munosabatlari tizimi amal qiladi. Mazkur munosabatlarkamchiliklarga ham ega bo‘lib, unga mehnat borasida xodimning o‘zini tutishdagi sustlik, turmush sifatiga bo‘lgan talablari past darajadaligi kabilar kiradi.
Subsidiarlik. Ushbu munosabatlar insonda mas’ullik va o‘zini namoyon etishga intilishni saqlab qolishga yo‘naltirilgan va u mas’uliyatni jamiyatning zimmasiga o‘tkazishning oldini olish imkonini beradi. Subsidiarlik har bir xodimning shaxsiy mas’ullikka va o‘z qadrini bilish tuyg‘usiga asoslanishi kerak.
SHeriklik. Ijtimoiy-mehnat munosabatlarining bu turi bozor iqtisodiyotiga o‘tgan mamlakatlarda rivojlangan bo‘lib, u ikki sheriklik va uch sheriklik ijtimoiy sheriklikning eng ommaviylashgan shakllarini taqozo etadi.
Nizo. Nizo mehnat munosabatlarida ziddiyatlar keskinlashuvining oxirgi darajadagi holatidir. Nizolar ijtimoiy-mehnat munosabatlariga ikki xil: ijobiy va salbiy ta’sir etadi. Bir tomondan, ijtimoiy-mehnat munosabatlarini takomillashtirish zarurligi to‘g‘risida o‘ziga xos darakchi bo‘lib xizmat qiladi, ikkinchi tomondan esa, ushbu munosabatlarni buzuvchi omil sifatida xizmat qilishi hammumkin. SHu sababli, nizo bilan ijtimoiy sheriklik va hamjihatlik tengma-teng amal qilib borishi zarur.
Kamsitish. Bu ishga qabul qilish yoki ishdan bo‘shatish, kasb tanlash, xizmat martabalariga ko‘tarilish, mehnatga haq to‘lash va ma’lumot olishda ijtimoiy- mehnat munosabatlari sub’ektlarining huquqlari bilan cheklashdir. Teng munosabatlar har qanday rivojlangan jamiyatning bosh belgisi bo‘lganligi sababli, kamsitish ijtimoiy-mehnat munosabatlarida salbiy hodisa sifatida doimiy nazoratda bo‘lishi kerak.
YUqoridagi mmunosabatlar turlari har doim ham sof ko‘rinishda mavjud bo‘lavermaydi, ular asosan turli birikuvlarda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy-mehnat sohasi ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadidagi faoliyat ayirboshlash sohasidir.
Ijtimoiy-mehnat sohasitushunchasidan iqtisodiyot nazariyasida ham, amaliyotda ham etarli darajada keng foydalanilmoqda. Bu tushuncha mehnat va ijtimoiy munosabatlar birligi va o‘zaro bog‘liqligini ancha asosli ravishda aks ettiradi.
Ijtimoiy-mehnat sohasi ish kuchini takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlari va uning ijtimoiy birga sodir bo‘lishini ifodalaydi. Ijtimoiy mehnat sohasi tarkibiy qismlarining navbatdagi qismlarga munosabatlar guruhlari va ish kuchini takror ishlab chiqarish, xodimning mehnat vositalari hamda buyumlari bilan o‘zaro munosabatga kirishuvi uchun shart-sharoitlarni ta’minlash jarayonida vujudga keladigan tarkibiy qismlar kiradi. Bular quyidagilardir:
aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi;
ijtimoiy sheriklik tizimi;
ijtimoiy sug‘urta tizimi;
pensiya tizimi;
mehnatni muhofaza qilish tizimi va hokazolar.
Ijtimoiy-mehnat sohasining rivoji, o‘z navbatida, mehnatning ijtimoiy uyushganligi bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy uyushgan mehnat mehnatning ijtimoiy taqsimoti va mehnatning ijtimoiy kooperatsiyasi qamrab oladigan mehnatdir.
Ijtimoiy uyushganlikdagi asosiy jihat mehnatfaoliyatining ma’lum darajadagi uyushganlik, tuzilma va tizim doirasida harakatlar birligi va erkinligini qo‘llab- quvvatlash usullariga ega ijtimoiy tizimga taalluqligidir. Mehnatning ijtimoiy tizimga taalluqligi, uni umumlashtirish yoki sotsiallashtirish (lot. socuolus - ijtimoiy) –ijtimoiylashtirish deb ataladi.
Aynan shu narsa mehnatga ijtimoiy shakl, ya’ni jamiyatdagi hayotga moslashganlik xususiyatini beradi. Mehnatning ijtimoiy uyushganligi – uniamalga oshirishning ijtimoiy shakli, bu jamiyat talab qiladigan faoliyatga moslanuvchanlik xususiyatidir.
Ijtimoiy tuzum jamiyat tuzilmasida ifodalangan ijtimoiy holatdagi farqlar, ijtimoiy guruhlar, sinflar, jamoalar, ijtimoiy qatlamlar tushunchalari bilan bayon etiladi. Bularning ortida faoliyat va jamiyat umumiy mehnatidagi farqlar yotadi.
Ijtimoiy tuzilma va ijtimoiy uyushgan mehnat tuzilmasi go‘yoki teng asoslarda shakllanadi: har ikki tuzilma ham bir-biriga sabab va oqibat hisoblanadi. Ulardan birortasi ikkinchisining hosilasi emas, ammo ayni bir vaqtda, ularning biri
ikkinchisidan shakllanadi.
Ijtimoiy tuzilmaning asosiy omillari va belgilarini ajratib, ijtimoiy uyushgan mehnatning asosiy tarkibiy elementlarini ham farqlash mumkin. Har ikki tuzilmani aks ettiradigan shunday ajratuvchi chegaralardan ayrimlarini keltiramiz:
YAratuvi “sog‘lom” ijtimoiy kuchlar va distruktiv jamiyatni buzuvchi “nosog‘lom” ijtimoiy kuchlar. Ijtimoiy mehnat tuzilmasida bunday bo‘linishga ijtimoiy foydali va ijtimoiy zararli mehnat to‘g‘ri keladi.
Xo‘jalikda real hokimiyat va xususiy mulkka ega ijtimoiy guruhlar va bunday hokimiyatga ega bo‘lmagan guruhlar. Ijtimoiy uyushgan mehnat tuzilmasida bunday bo‘linishga ekspluatatsiyani ta’minlovchi mehnat va ekspluatatsiya qilinuvchi mehnat muvofiq keladi. O‘rta sinf deb atalmish ijtimoiy hodisa ham shu bo‘linish doirasidir.
Ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy holatidagi farqlar ishlab chiqarishning texnologik va tashkiliy tartibidagi farqlarni ham aks ettiradi. Ijtimoiy uyushgan mehnat tuzilmasida bu farqlarga mehnatning industrial, postindustrial, manufaktura, hunarmandchilik, o‘zini-o‘zi ish bilan band etish, mardikorlik, mayda tadbirkorlik kabi turlari to‘g‘ri keladi.
Ijtimoiy rivojlanish mulkdorlarning maqsadlari, samaradorlik mezonlari va manfaatlariga ham bog‘liq.
Xalqaro xo‘jalik aloqalari va ularning globallashuvi mehnat bozorlarining yangi chegaralarini keltirib chiqaradi va turli mamlakatlar mehnatkashlari mafaatlarini to‘qnashtiradi. Barcha mamlakatlarda bu ijtimoiy uyushgan mehnat tuzilmasi, o‘z navbatida, ishchi kuchimigratsiyasi muammolarini yuzaga keltirish shaklida aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |