Меҳнат фанидан амалий машғулотларни ўтказишнинг баьзи бир масалалари


-rasm. Durodgarlik kontrol-o’lchov va rejalash asboblari: 1-masshtabli



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana16.03.2022
Hajmi2,08 Mb.
#493205
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
mehnat fanidan amaliy mashgulotlarni otkazishning bazi bir masalalari

-rasm. Durodgarlik kontrol-o’lchov va rejalash asboblari: 1-masshtabli 
lineyka; II-a-oddiy yog’och go’niya,1-kunda;2-lineyka; 
Go’niya 
yordamida 
randalangan 
taxta 
chetlarining 
go’niyaviyligini 
tekshirishda lineykani sirt bo’ylab surmasdan, balki sirtning har er har eriga
ko’tarib ko’chirish yo’li bilan tekshiriladi. Aks holda lineyka kattiq yog’ochdan 
tayyorlanishiga qaramasdan ishqalanib eyiladi va go’niyaviyligini (to’g’ri 
burchakligi) buziladi. Shuning uchun vaqt-vaqti bilan go’niyaning to’g’ri
burchakliligi tekshirib turiladi. Buning uchun kontrol go’niya asosida randalangan 
taxtaning «bet»iga tekshiriladigan go’niya lineykasining ichki qirrasi bo’yicha
reja chizig’i chizib, shu reja chizig’i bo’yicha lineykani ag’darib tutiladi. Bu 
vaqtda lineykaning ichki qirrasi reja chizig’iga parallel yoki u bilan ustma-ust 
tushsa, go’niya to’g’ri burchakli tekshirish uchun yaroqli aks holda yaroqsiz 
tekshiriladi. 
Porsi go’niya. Bu buyum qismlarini porsi usulida biriktirishda (portret 
ramkasi qismlari: eshik, deraza romlarining chaspaklari: javon, shkaf kabilarining 
karnizlari, umuman chorabzal randalar yordamida gul chiqarilgan qismlarni 
biriktirishda) rejalash porsi go’niya yordamida bajariladi. Porsi go’niya lineykasi 
kundagi 45

burchak hosil qilib o’rnatiladi. 


32 
Porsi go’niya yordamida rejalash go’niya yordamida rejalash singari 
bajariladi, bunda faqat «yordamchi bet»ga nisbatan «bet»lariga reja chiziq 
chiziladi. Porsi chiziqlari boshqa tomonlarga ko’chirilmaydi. 
Vintli porsi go’niya lineyka kundagi vint yordamida qotiriladi, vintli 
bo’shatish yo’li bilan lineykani qo’ndag’iga nisbatin ixtiyoriy burchakka burib 
o’rnatish mumkin. Shuning uchun vintli porsi go’niya yordamida bir-biriga turli xil 
burchaklar hosil qilib biriktiriluvchi qismlar rejalanadi. 
Vintli porsi go’niya yordamida chiziladigan reja chiziqlari faqat «bet» yuzlari
chiziladi. 
Xatkash bu aniq o’lchamli qilib arralash, randalash, o’yish teshish ishlarini
bajarishda yog’och materiallarning turli tomonlariga ularning qirralariga
parallel qilib reja chiziqlari chizishda ishlatiladigan rejalash asbobi. 
Xatkashlar bir cho’pli, ikki cho’pli va ko’p chizg’ichli bo’lishi mumkin. Ikki 
cho’pli xatkashlar bir cho’plisiga qaraganda ishlatishga qulay ko’p chiziqli
xatkashlar ko’p tirnoqli birikmalarni rejalashda ishlatilib ular har bir birikma
uchun maxsus tayyorlanadi. 
Xatkashlarni ishga sozlashda pona bo’shatilib cho’plar kundanda kerakli
o’lchamga chiqariladi. Uning aniq o’lchamda chiqarilishini ta’minlash uchun 
masshtabli lineyka yordamida kundadan cho’pning chizg’ich mixchaga bo’lgan 
oraliq o’lchanadi chizg’ichlar o’lchamiga yuzlangandan so’ng cho’plar kundaga 
pona yordamida qotirilib, o’lchamlar qayta tekshiriladi. 
Bir cho’pli va ikki cho’pli xatkashlardan foydalanib reja chiziladi. Undan
enlik taxtalar masshtabli lineyka yordamida rejalanadi. 
Xatkash yordamida rejalashni to’g’ri tashkil etish uchun chizg’ich mixning 
cho’pdan oz-ko’p chiqishiga mos ravishda xatkashni surish yo’nalishiga qarab 
kundani shu yo’nalish bo’yicha ma’lum burchakka burib tutiladi. Kunda yog’och 
tik tutib surilsa, chizg’ich-mix chiqmaydi. 
Tsirkul’ bu duradgorlikda faneralar bilan ishlashda taxtalardan doiraviy, egri 
chiziqli buyumlar tayyorlashda, yog’och ishlaydigan tokarliq stanoklarida detal’ va 


33 
buyumlarning o’lchamini yo’nilgan sirtlarga tushirishda tsirkul’ yordamida 
rejalash ishlari bajariladi. 
Yog’och ishlanadigan tokarli stanoklarda metall tsirkuldan, taxta va fanerlarni 
rejalashda o’quvchilar tsirkuldan foydalanish mumkin. Tsirkul’ yordamida 
o’lchamga sozlashda masshtab lineykasidan foydalaniladi. 
Krontsirkul’ va nutromer. Yog’och ishlanadigan tokarliq stanoklarida 
tayyorlanadigan buyumlarning tashqi va ichki diametrlarini o’lchashda, 
shuningdek, o’lchamga yuzlashda krontsirkul’ va nutromerdan foydalaniladi. 
Krontsirkul’ va nutromerni, o’lchamga sozlash va ular yordamida bajariladi. 
Tsirkul’ krontsirkul’, nutromer kabi asboblar bilan bajariladigan ishlarni universal 
shtangentsirkul’ yordamida bajarish ham mumkin bo’ladi.
Yog’och materiallardan buyum tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan ishlar xilma-
xil bo’lib, ulardan birinchisi arralashdir. Bu maqsadda har xil arralardan 
foydalaniladi. 
Duradgorlik o’quv ustaxonalarida ishlatiladigan arralar shakliga qarab ikki 
turga bo’linadi. 
1. Dastarralar 2. Burcharralar. 
Dastarralar ham ikki qismdan: kashak va polotnodan iborat bo’lib, esa o’z 
navbatida dasta, kergi yog’och, torki ip, burama tayyoqcha va quloqlardan iborat, 
polotni kashakka quloqlar yordamida o’rnatiladi. Arralar qanday shaklga ega 
bo’lishlaridan qa’tiy nazar, vazifasiga ko’ra uch turga bo’linadi. 
1.
Qirquvchi arralar. 2. Tiluvchi arralar. 3. Burilma ey arralar. 
Burch arralar bir-biridan tishlarining shakli bilan farq qiladi. 
Qirquvchi arralarning tishlari teng yonli uchburchaklilik shaklida bo’lib, 
polotnoga nisbatan burchak hosil qilib joylashgan bo’ladi. Burilma yoy arralarning 
tishlari to’g’ri burchakli uchburchak shaklida bo’lib, ularning oldingi yoqlari 
polotnoga tik, ketingi yoqlari burchak hosil qilib joylashadi. Bundan tashqari
burilma-yoy arralar (u dastarra yoki burcharra shaklida bo’lishdan qa’tiy nazar) 
polotnosining ensiz bo’lishi bilan tiluvchi va qirquvchi arralardan farq qiladi. 


34 
Polotnoning ensiz bo’lishi ixtiyoriy egri chiziq bo’yicha erkin arralash imkonini 
beradi. 
Arralash shakli va vazifasidan qa’tiy nazar yirik tishli va mayin tishli bo’ladi. 
Yirik tishli arralar nam va yumshoq yog’ochlarni arralashda, xomaki yog’och 
materiallar tayyorlashda ishlatiladi. Mayin tishli arralar kurak va qattiq 
yog’ochlarni arralashda, tayyor detallarga ishlov berishda (tirnoq chiqarish, quloq 
ochishda) ishlatiladi. 
Arralarni ishga sozlash ishlari quyidagilardan iborat; 
1.
Arra tishlarining chaparrasini chiqarish. 
2.
Arra tishlarini egovlash. 
3.
Burcharralarda polotnoni qashakka nisbatan sozlab o’rnatish. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish