Меҳнат фанидан амалий машғулотларни ўтказишнинг баьзи бир масалалари


Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/22
Sana16.03.2022
Hajmi2,08 Mb.
#493205
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
mehnat fanidan amaliy mashgulotlarni otkazishning bazi bir masalalari

Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi 
to’g’risida 
(1998 yil 27 oktyabr, 455 – sonli). Qaror bilan tasdiqlangan tasnifga 
muvofiq favqulodda vaziyatlar vujudga kelish sabablariga ko’ra texnogen, tabiiy 
va ekologik xususiyatli, Ushbu vaziyatlarda zarar ko’rgan odamlar soniga, moddiy 
zararlar miqdoriga va ko’lamlariga qarab lokal, mahalliy, respublika va 
transschegarali turlarga bo’linadi. 
O’zbekiston Respublikasida odamlar va hayvonlarning quturish 
kasalligiga qarshi kurashni kuchaytirish chora – tadbirlari to’g’risida 
(1996 
yil 18 yanvar, 32 – sonli). Odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi 
kurash chora – tadbirlarning samaradorligini oshirish, shuningdek aholi yashash 
joylarida it, mushuk va boshqa uy hayvonlarini saqlashni tartibga solish maqsadida 
qabul qilingan. 
Ommaviy tadbirlarni o’tkazish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida
(2003 
yil
 
13 yanvar, 15 – sonli). O’zbekiston Respublikasi hududida ommaviy tadbirlar 
o’tkazilishi paytida jamoat xavfsizligini ta’minlash va tartibni muhofaza qilish 
maqsadida qabul qilingan. 
Favqulodda vaziyatlarni bashoratlash va oldini olish Davlat dasturini 
tasdiqlash to’g’risida 
(2007 yil 3 aprel, 71 – sonli). Favqulodda vaziyatlarning 
oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida olib borilayotgan ishlar 
samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilingan. 
Yuqorida ko’rsatilgan huquqiy xujjatlar asosida o’quv jaraenida talabalarga 
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining barcha yo’nalishlari bo’yicha keng manoda 
tushunchalar berildi.


53 
XULOSA 
Ishlab chiqarishda har qanday buyum tayyorlashda materiallardan to’g’ri va 
tejamkorlik bilan foydalanish, tayyorlangan buyumning sifatini, ishlab 
chiqarishning samaradorligini oshirish uchun ishlatiladigan materialning turini, 
xususiyatini, unga ishlov berish texnologiyasini bilish talab etiladi. 
Umumiy ta’lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlariga
muofiq hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlarda har tomonlama 
garmonik rivojlangan yoshlarni tarbiyalash, ularga puxta bilim berish, ixtiyoriy 
tanlab olingan ommaviy kasblardan birontasini mukammal o’rganib, mehnat 
malakalari bilan qurollangan ongli ishchi kadrlar qilib etishtirish kerakligi 
ta’qidlanadi. 
Albatta bu ishlar o’quv ustaxonalarida olib boriladigan ijtimoiy foydali va 
unimli hamda ishlab chiqarish ta’limi darslarida amalga oshiriladi. Bunda 
o’quvchilarga ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatni muhofoza qilish ishlarni 
mexanizatsiyalash 
va 
avtomatlashtirish, 
tejamkorlik 
haqidagi 
dastlabki
tushunchalar berilib, ular nazariy qurollantirishdagi va mehnat tarbiyasi va 
ta’limini amalga oshirishdagi asosiy omillaridan biri bo’lib hisoblanadi. 
O’quv ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg’ulotlarda asboblarni 
ishga tayyorlash va mehnatni ilmiy tashkil etish nuqtai nazardan quyidagilarni 
e’tiborga olish zarur bo’ladi deb o’ylayman: 
- Oldi bilan o’quv ustaxonalarini talabga javob berarli darajada tashkil etish 
va jihozlash; 
- Ish o’rinlarini o’quvchilar mehnatni muhofoza qilgan holda xavfsizlik 
texnikasi va sanitariya-gigena qoydalari talablariga mos ravishda tashkil etish; 
- Ish o’rinlarini barcha turdagi ishga yaroqli asbob-uskuna va moslamalar, 
tegishli materiallar bilan etarli miqdorda ta’minlash; 
- Ishni bajarish ketma-ketligiga qarab, unga mos asbob-uskuna va 
moslamalarni to’g’ri tanlashni asboblardan foydalanish va qulay uskunalarni 
qo’llanishga o’rgatish; 


54 
- O’quvchilarga kasblarni o’rgatishda mehnatni ilmiy tashkil etgan holda bir 
operatsiyali murakkab buyumlar tayyorlashdan ko’p operatsiyali murakkab 
buyumlar tayyorlashga o’ta borish va hakoza. 
Shunday qilib maktab ustaxonalarida mehnat darsni o’rgatishda asosan 
mehnat o’qituvchisi yoki ustasining zimmasiga tushadi. O’quv ustaxonalarida olib 
boriladigan amaliy mashg’ulotlar davomida, mehnat darslarini o’qitish metodikasi 
bo’yicha o’tkaziladigan laboratoriya-amaliy mashg’ulotlarida talabalarga keng 
tushunchalar berib, ayrim tayanch maktablarning o’quv ustaxonalari bilan 
tanishtirib borish zarur bo’ladi. 
O’quvchilarga o’quv ustaxonalarida mehnat darsini tashkil etish jarayonida 
mehnatga ijodiy yondalishini shakllantirish, unga to’g’ri munosabatda bo’lishni 
tarkib topshirish ishni eng qulay oqilana usul bilan bajarishga o’rgatish maqsadida 
ularga mehnatni ilmiy tashkil etish haqidagi tushunchalarni ham singdira borish 
kerak. 
Bu maqsadda o’quvchilarning olgan nazariy bilimlarini amalda tadbiq 
etishga, bu bilimlarning to’g’riligiga ishonch hosil qilishiga, shu tarixa fan 
yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish to’g’risida, undagi ishlab chiqarishga
yangi texnikani joriy qilish, bu yo’l bilan o’quvchilarning qo’l mehnatini 
engillashtirish yoki undan butunlay ozod qilish mumkinligi haqidagi 
tushunchalarni singdirish lozim bo’ladi. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish