Men ushbu kazusni ishlashda irac usulidan foydalanaman



Download 23,83 Kb.
bet1/2
Sana15.04.2022
Hajmi23,83 Kb.
#554529
  1   2
Bog'liq
Kazus


Kazus

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bir qator deputatlar guruhi tomonidan Qonunchilik palatasi Reglamentiga o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasi kiritildi. Mazkur loyihaga muvofiq Qonunchilik palatasi kengashiga mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidagi o‘zgarishlardan kelib chiqib yangi qo‘mitalar tashkil etish, vaqtinchalik komissiyalar tuzish hamda quyi palata qo‘mitalariga ayrim masalalar bo‘yicha quyi palata nomidan qaror qabul qilish vakolati berilishi nazarda tutilgan. Qaror loyihasi tashabbuskorlarining fikriga ko‘ra, mazkur amaliyot bir qator xorijiy mamlakatlar parlamentida keng qo‘llanilayotgan bo‘lib, quyi palata faoliyatini optimallashtirish va samaradorligini oshirishga, uning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga ta’sirini ortishiga xizmat qiladi.



Javob
Men ushbu kazusni ishlashda IRAC usulidan foydalanaman.
ISSUE.
Ushbu yuqorida berilgan kazusni yechishda asosiy muhokama mavzusi bu O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan ushbu palataning ichki masalasi bo`yicha uning Reglamentiga qo`shimcha va o`zgartirish kiritish bo`yicha taklifining qabul qilinishi huquqiy jihgatdan asoslanishidir. Ushbu kazus yuzasidan bir qancha asosli savollar vujudga kelishi mumkin. Xususan:

  • Qonunchilik palatasi ushbu masala yuzasidan mustaqil qaror qabul qila oladimi?

  • Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan berilgan taklifiga binoan palata o`z tarkibida belgilangandan tashqari yangi qo`mita tashkil etish mumkinmi va bu qay tarzda amalga oshiriladi?

RULE.
Ushbu kazusni yechishda O`zbekiston Resopublikasi Konstitutsiyasi, “Qonunchilik palatasi to`g`risida” konstitutsiyaviy qonun, “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti to`g`risida” qonunlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.
APPLICATION.
Ushbu berilgan mavzu bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 79-moddasiga murojaat etadigan bo`lsak, bu yerda Oliy Majlis mutlaq vakolatlari keltirib o`tilgan. Xususan,

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash;

  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;

  • o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish

  • siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimlarga tasdiqlash uchun ko‘rib chiqish va ma’qullash kiradi.

Yuqorida berilgan konstitutsiyaviy vakolatlar doirasiga palataning o`z faoliyatini va ichki masalalari yuzasidan qarorlar chiqarish qismi ushbu kazusda muhokama qilinayotgan mavzuni hal etishda asosiy tayanch bo`lib beradi. Bundan tashqari “Qonunchilik palatasi to`g`risida”gi konstitusiyaviy qonunning Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari sanab o`tilgan ushbu qonunnning 9-moddasi 3-bandida bu to`g`risida shunday deyilgan: “Reglamentni hamda o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish”. Demak, Qonunchilik palatasi o`z tarkibidagi komissiyalar va qo`mitalarning vakolatini o`zi mustaqil hal qilish huquqiga ega.

Ikkinchi masalaga to`xtaladigan bo`lsak,Qonunchilik palatasining qo`mitasi o`zi nima maqsadda tuziladi degan savolga javob topsak. Palata tarkibidagi qo`mita Qonunchilik palatasining samarali va professional tarzda ishlashini ta`minlovchi qism desak xato bo`lmaydi. Qonunchilik tashabbusiga ega bo`lgan huquq subyektlaridan kelgan qonun loyihalari dastavval, loyiha qamrab olgan soha bo`yicha ixtisoslashgan Qonunchilik palatasi q`omitasiga keladi va tuzatishlar kiritiladi. Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini dastlab ushbu sohaga ixtisoslashgan qo`mitala tomonidan ko`rib chiqilishi qabul qilinayotgan qonunlarning sifati va aniqlilik darajasini oshiradi. “ O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to`g`risida”gi qonunga muvofiq, ushbu palata Reglamentining 7-moddasida qo`mitalar tuzilishining tarkibi va huquqiy asosi keltirilgan. Ya`ni , Qonunchilik palatasi tomonidan uning deputatlari orasidan palataning vakolatlari muddatiga rais, uning o‘rinbosari va a’zolardan iborat tarkibda qo‘mitalar tuziladi, amaldagi qonunga muvofiq palata tarkibidagi qo`mitalar soni 11 tadan oshmasligi kerak. Ular ichida Qonunchilik palatasining budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi, korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi, innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tuzilishi shart. Reglamentning 7-moddasi ikkinchi qismida palata tarkiubida qo`shimcha qo`mitalar tuzish mumkin deb aytib o`tilgan.

CONCLUSION.


Xulosa qiladigan bo`lsak, Qonunchilik palatasi tarkibidagi bir guruh deputatlarning yuqorida muhokama etilgan palata tarkibida yangi qo`mitalar tashkil etish va davlat faoliyatini samarali tashkil etish uchun amaldagi ayrim qo`mita va komissiyalarning vakolatlarini ularga o`tkazish bo`yicha taklifi huqwuqiy jihatdan asoslangan va bu Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Konstitutsiyada va qonunlarda belgilangan vakolatlari doirasiga kiradi.


Download 23,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish