3. TED. Rasmiy sayti: www.ted.com
TED qisqartma so'z bo'lib, ingliz tilidagi "Technology, Entertainment, Design" so'zlarining birinchi harfidir. O'zbek tiliga "Texnologiya, San'at, Madaniyat" kabi tarjima qilish mumkin. Ushbu konferensiyada ko'plab ishlab chiqaruvchilar, olimlar, rassomlar, musiqachilar, muhandislar va boshqa ko'plab insonlar sahnaga chiqishadi va o'zlarining g'oyalarini bo'lishadilar. Tinglovchilarning orasida ushbu g'oyalar uchun homiylik qiluvchilar, hamkorlik qiluvchilar ham bo'ladi. Ba'zi videolarning o'zbekcha subtitrlari bor. Subtitrlarda imloviy xatolar mavjud, lekin ular videoma'ruzani tushunishga ko'p ham halaqit bermaydi.
Ushbu saytda o'sha konferensiyalardan videoma'ruzalar berib boriladi. Bizdagi konferensiyalardan ko'ra ancha foydaliroq. Qaniydi, bizda ham ana shunday ilmiy konferensiyalar o'tkazilsa va internetga joylashtirilsa, homiylar tomonidan o'sha g'oyalar qo'llab-quvvatlanib, amalga oshirishda yordam ko'rsatilsa, yanada yaxshi bo'lardi deb o'ylayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |