Samarqand Davlat Universiteti “ Maktabgacha ta’lim” fakulteti “ Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 2 kurs 202-guruh talabasi Fattoyeva E‘tiborning 2020-2021 o’quv yilida Samarqand viloyati Samarqand shaharidagi 81MTT da o’tkazgan malakaviy amaliyotidan
H I S O B O T
Men Fattoyeva E‘tibor 01.04 dan 30.04.2021. gacha Samarqand viloyati Samarqand shahar 81-MTT da malakaviy amaliyotda bo’ldim.Tashkilot direktori Parmonova Gullola Erkinovna amaliyot davrida jarayonlarni nazorat qilib bordi.Amaliyotning birinchi haftaligida MTT dagi pedagog tarbiyachilar yuritib borgan ish hujjatlari bilan tanishib chiqdim. O’quv tarbiyaviy faoliyat, umumiy guruhlar bilan ishlash, tanishib chiqish,mashg’ulotlarning o’tkazilish vaqti va davomiyligi ,ota- onalar bilan suhbat,mehnat faoliyati, bolalar faoliyatini tashkil etish hamda 5 rivojlanish markazlari bo’yicha umumiy ma’lumotlar bilan tanishib chiqdim.Amaliyotning ikkinchi haftaligida guruhlar bilan tanishib har bir guruhda qanday mashg’ulot o’tish, bolalar bilan tanishib asosiy o’yin faoliyatlari bilan tanishdim. Amaliyotda men katta guruhga biriktirildim.Katta guruhda 20 nafar tarbiyalanuvchi bor.Mashg’ulotlarning zamon talablariga javob beradiga darajada o’tishini ta’minladim.Amaliyot davomida kerak bo’ladigan materiallardan foydalandim.Amaliyot davomida har bir rivojlanish markazlari bilan ishladim. Ota-onalar bilan olib borilgan suhbatni kuzatdim.Amaliyotim davomida ikki hafta davomida kuzatib borgan amaliyot mashg’ulotlarim hamda ochiq mashg’ulotlarimdan kelib chiqqan holda “ Sog’lom tanda – sog’lom aql” mavzusida ochiq mashg’ulot o’tib berdim.Ochiq mash’gulotim davomida sport atributlari, sport turlari aks ettirilgan suratlar hamda sport illyusttrasiyalaridan unumli foydalandim.Bolalarga rasmlarda qaysi sport turlari ko’rsatilganligini ta’riflash orqali til va nutqlarini boyitishga ravon so’zlashlariga va fikrlarini to’gri izohlab berishlariga e’tibor berdim.Sport turlari aks ettirilgan slaydlardan foydalandim.Mashg’ulotimni kuzatib borgan MTT direktori Parmonova Gullola Erkinovna va guruh pedagog tarbiyachi pedagoglari namunali baholashdi.
Shu bilan birga MTT dagi jamoat ishlarida faol ishtirok etib Universitetning oliy ma’lumotli professor o’qituvchilaridan olgan bilimlarim hamda amaliyot davomida olgan tajribalarimdan foydalangan holda o’zimning tashabbuskorligimni ko’rsatishga harakat qildim.
Ishonamanki, ushbu amaliyot davrimda o’rgangan va keyingi bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi.
Amaliyotchi talaba: Fattoyeva E‘tibor.
Amaliyot rahbari: Fayzullavey.Sh.