14.3-rasm. Bir qatlamli
silfonli sezgir elementlar.
Mexanik ko‘rsatuvchi va o‘ziyozar asboblarda silfonli sezgir elementlardan
quyidagi
tiplari
ishlatiladi;
MSP,
MSS
(manometrlar),
MVSS
(manovakuummetrlar), VSP, BCCI (vakuummetrlar), DSP, DSS (difmanometrlar),
NSP, NSS (naporometrlar), TmSP, TmSS (tyagometrlar), TNSP, TNSS
(tyagonaporometrlar).
Bu asboblarning ko‘pchiligi DAS, pnevmatik va unifikatsiyalangan elektr
datchiklar sistemasiga kiradi.
Silfonlar naporomer va tyagomerlarda kichik bosimlarni [40000 Pa (4000
kgk/m2) o‘lchash uchun]; vakuummetrik bosimni (0,1 mPa gacha),
absolyut
bosimni (2,5 mPa gacha), ortiqcha bosimni (60 mPa gacha), bosimlar farqini (0,25
mPa gacha) o‘lchash uchun qo‘llaniladi.
15.4-rasmda
silfonli
pnevmatik
tyagonaporomerning (TNS-P tipli) prinsipial sxemasi
ko‘rsatilgan.
Bu asbob DAS pnevmatik
tarmog‘iga kiradi. Uning vazifasi bosim yoki
siyraklanishni
masofaga
uzatuvchi
proporsional
pnevmatik
signalga
uzluksiz
aylantirishdir.
Asbobning
ishlash
prinsipi
pnevmatik
kuch
kompensatsiyasiga
asoslangan.
Kompensatsiya
maxsus pnevmatik qurilma yordamida bajariladi.
O‘lchanayotgan bosim yoki siyraklanish silfon–sezgir
element 9 yordamida to‘g‘ri
proporsional kuchga
aylanadi. Bu kuch avtomatik ravishda teskari
bog‘lanish kuchi orqali muvozanatlashadi.
14.4-rasm. Silfonli pnevmatik
tyagonaporomerning prinsipial sxemasi.
Muvozanatlash richag 8, zaslonka (to‘siq) 4 va G-simon richag 1 dan tashkil
topgan richag mexanizmi orqali bajariladi. Teskari bog‘lanish kuchi
kompensatsion element—teskari bog‘lanish silfoni 7
dagi siqilgan havo bosimi
orqali hosil bo‘ladi. O‘lchanayotgan bosim o‘zgarishi bilan richag 8 va to‘siq 4,
soplo 5 ga nisbatan siljiydi. Nagijada soplo 5 ning yo‘lida nomoslik signali paydo
bo‘ladi. Bu signal kuchaytirgich 6 dan teskari bog‘lanish silfoniga kelgan bosimni
boshqaradi. O‘lchanayotgan parametrning o‘lchovi bo‘lgan bosim bir yo‘la
masofaga uzatish liniyasiga ham yuboriladi. Asbobni sozlash uchun rolik 2 xizmat
qiladi, u richag 1 va 8 lar bo‘ylab harakat qiladi. Prujina 3 asbobni nol belgisiga
sozlaydi.
Pnevmatik signalni 300 m masofaga uzatish mumkin. Bunday silfonli
asboblar turli xilda va modifikatsiyada chiqariladi
hamda turli chegarali
o‘lchovlarga mo‘ljallangan. Ularning aniqlik klassi 1 va 1,5.
Silfoilarning asosiy kamchiliklari gisterezis mavjudligi va xarakteristikaning
birmuncha nochiziqligidir. Gisterezis ta’sirini kamaytirish va bikirlikni oshirish
maqsadida, ko‘pincha, silfon ichiga prujina o‘rnatiladi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Yusupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni
nazorat qilish va
avtomatlashtirish. –Toshkent: O‘qituvchi. 2011.
2.
Farzane N.G. i dr. Texnologicheskiye izmereniya i pribori. –M.: Visshaya
shkola. 1989.
3.
Yusupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik
jarayonlarni boshqarish
sistemalari. –Toshkent: O‘qituvchi. 1997.
4.
Yusupbekov N.R., Muxitdinov D.P., Avazov Y.SH. Avtomatika va nazorat
o‘lchov asboblarining tuzilishi va vazifasi. Kasb-hunar kollejlari uchun
darslik. –T.:
Iqtisod-moliya, 2010.