9.1. Mexanik ta’mirlash ustaxonasi tarkibini aniqlash
Tashkilotning mexanik ta’mirlash ustaxonasida me’yoriy loyiha bo’yicha quyidagi bo’limlar qabul qilingan: tashqi yuvish, tashxis qo’yish, texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlash, dvigatellarni sinash va chiniqtirish, shinalarni ta’mirlash, yonilg’i apparatlari, elеktr jihozlari, gidrotizim va moylash tizimi apparaturasini sozlash va ta’mirlash, payvandlash-qoplash, temirchilik-termik va boshqalar.
Mexanik-ta’mirlash ustaxonasida yordamchi bo’limlarga ehtiyot qismlar ombori, asbob-uskunalar tarqatish ombori, kompressor va gazogeneratorlik bo’limini keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |