§3.4. QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINI SUG’ORISHGA QO’YILADIGAN AGROTEXNIK TALABLAR
Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishga quyiladigan agrotexnika talablari mohiyati quyidagicha ifodalanadi. Yomg’irlatib sug’orishda tomchilar o’lchami 1...2 mmdan ortiq bo’lmasligi zarur. Yomg’irlatib sug’orish intensivligi, ya’ni vaqt birligi ichida tuproqqa beriladigan namlik qatlamining qalinligi og’ir tuproqlarda 0,1...0,2 mm/min, o’rtacha tuproqlarda 0,2...0,3 mm/min va yengil tuproqlarda 0,5...0,8 mm/min dan ortiq bo’lmasligi kerak Bunday sharoitlarda tomchilar o’simlikni shikastlantirmaydi, suv tuproqqa shimilib ketadi, tuproq strukturasi buzilmaydi. Talab qilingan sug’orish normasiga amal qilish zarur. Suv bilan bir vaqtda eriydigan mineral o’g’itlar solinadi. Sirtdan sug’orishda suv egatlar va polosalarga oqiziladi yoki sug’oriladigan maydonlar suvga bostiriladi.
Sug’orish usullarini uch turga bo’lish mumkin: yuzalatib, yomg’irlatib va tuproq ostidan. Yuzalatib sug’orishda yer yuzasidagi ariqchalar bo’ylab oqayotgan suv tuproqqa shimiladi. Yomg’irlatishda suv maxsus mashinalar yordamida tomchilarga parchalanib, yerga sepiladi. Tuproq tagidan sug’orish uchun turli naychalar yerga ko’milib, ulardagi teshiklardan bosim ostida chiqqan suv namlik hosil qilib, ekin ildizlariga yetib boradi. Bu usullar orasida keng tarqalgani yuzalatib sug’orishdir. Jo’yak bo’ylab oqayotgan suvning shimilish jarayoni tuproqning tarkibiga bog’liq. Yengil tuproqqa suv pastga cho’zilgan ellipsga o’xshab (44-a rasm) shimilsa, og’ir tuproqda yoniga kengaygan ellips ko’rinishida (44-b rasm) bo’ladi. Sug’orish jo’yaklarining oralig’i v ni tayinlashda, 64-rasmdagi epyuralar asosida qilib qabul qilinadi. Sug’orish shoxobchalariga daladan tashqari joylashgan kanallar va ariqlar, dala ichidagi o’qariq, ariqcha va jo’yaklar kiradi. Yuzalatib sug’oriladigan yerlar yaxshi tekislangan bo’lishi kerak Shu sababli sug’orilib ekiladigan yerlar har yili urug’ ekishdan oldin joriy tekislanib, bir necha yildan keyin esa kapital tekislanadi. Shu maqsadda, turli molalar, uzun bazali tekislagichlar, ariqkovlagich - ko’mgichlar ishlatiladi.
Sug’orish normasi 1 ga yerdagi sug’oriladigan ekinni bir marta sug’orish uchun sarflanadigan suv miqdori. Sug’orish normasi o’simlikning asosiy ildiz sistemasi taralgan tuproq qatlamining chuqurligiga, ekin turiga, tuproqning mexaniq tarkibiga, sug’orish usuli va vazifasiga bog’liq Tuproqni namiqtirish qatlami qanchalik kam bo’lsa, sug’orish narmasi ham shunchalik kam belgilanadi, biroq bunda yer tez qurib qoladi va tez-tez sug’orib turish kerak bo’ladi. Vegetasiya davrida bir marta beriladigan suv miqdori sug’orishdan oldingi tuproqdagi suv zapasi bilan birga qo’shilganda tuproqni namiqtirish qatlamining to’la suv sig’imidan ortiq bo’lmasligi kerak Sug’orish normasi butun vegetasiya davrida bir xil bo’lmaydi, balki o’simliklarning o’sishi va rivojlanishidagi ayni fazada suv iste’mol qilish, ekish texnologiyasi, sug’oriladigan tuproqning xossalari, suv rejimi va sug’orish texnikasining aniq belgilanishiga bog’liq bo’ladi. Macalan, g’o’zani gullashgacha bo’lgan Sug’orish normasi- 700-800 m3/ga, gullashdan keyingi va meva tugish davridagisi 1000-1200 m3/ga, so’ng yana 700-800 m3/ga.
Sug’orish rejimi sug’orish muddatlari, soni va normalari yig’indisi. Bular ma’lum tabiiy va agrotexnik sharoitda o’stirilayotgan turli ekinlarni tuproqning aktiv qatlamida zarur bo’lgan suv, ozuqa, issiqlik va havo rejimi yaratib berish bilan bog’liq. Ekinlarning suvga bo’lgan ehtiyoji har xil. Don ekinlari g’o’zaga qaraganda suvni kamroq, beda esa ko’proq iste’mol qiladi. Sholi barcha ekinlarga qaraganda suvga o’chroq. O’simliklarning suvga bo’lgan talabi ularning rivojlanish fazalariga qarab o’zgarib turadi. Masalan, g’o’za gullash davrida suvga ko’proq. muhtoj bo’-ladi. G’o’zaning mavsumiy sug’orish normasi rivojlanish fazalariga qarab: gullashgacha 15-20%, gullash davrida 60-70%, yetilish davrida 15-20% belgilanadi. Sug’orish rejimiga tuproqnnng mexaniq tarkibi, suvning fizik xossalari, iqlim sharoiti (havo temperaturasi nig’indisi, vegetasiya davridagi yog’in miqdori, tuproqdagi namning bug’lanishi, shamolning tezligi va takrorlanishi), ekinlar turi va rivojlanish davrlari, sug’orish usullari, sug’orish texnikasi, ekinlar hosildorligi va suv iste’mol qilish koeffisiyentlari, gidrogeologii sharoit va tuproqning sho’rlanish rejimi kabi faktorlar ta’sir ko’rsatadi.
Sug’orish shoxobchalari suvni manbadan sug’oriladigan yerlarga kerakli miqdorda, talab qilingan vaqtda yetkazib beradigan sug’orish tarmoqlari (kanal, quvur va boshqalar). Suv o’tkazish shoxobchasi - magistral xo’jalikaro taqsimlash kanallari hamda xo’jalik ichidagi doimiy taqsimlash kanal (ariq)laridan iborat. Egatlar esa tuproq namini tartibga solish shoxobchalari hisoblanib, bular oqin suvni tuproq namiga aylantiradi. Sug’orish uchastkasidagi muvaqqat ariq, o’qariq va magistral kanal, suvni suv manbalaridan xo’jaliklararo taqsimlagichlarga, u yerdan ayrim xo’jaliklarga, sug’oriladigan uchastkalarga yoki almashlab ekish dalalariga yetkazadi. Suvdan unumli foydalanish uchun har bir xo’jalikda xo’jalikaro kanaldan keladigan 1-3 ta xo’jalik arig’i bo’lishi kerak. Xo’jaliklarda kanallarni shunday joylashtirish kerakki, har bir almashlab ekish dalasi o’zining mustaqil taqsimlagichiga ega bo’lsin. Tomorqa yerlariga esa suv alohida taqsimlagichlar orqali yuboriladi. Sug’orish praktikasida uzunligi 6-8 m beton yoki temir betondan qilingan yig’ma nov kanal (lotok) shoxobchalaridan foydalanilmoqda. Bu usul suvdan samarali foydalanish imkonini beradi. Hozir bunday Sug’orish shoxobchalari Mirzacho’lda keng qo’llanilmoqda. Yopiq sug’orish sistemalarida asosiy tarmoq suvni suv manbalaridan taqsimlagich truboprovodlariga yetkazib beruvchi magistral truboprovoddan iborat. Bular (yerning mo’zlash chuqurligiga qarab) 0,7-1,2 m chuqurlikka, ba’zan yer ustiga yotqiziladi. Muvaqqat ariqlar sug’oriladigan maydonda (uzunasi va ko’ndalangiga) har yili sug’orishdan oldin olinadi va vegetasiya davri tugagach, tekislab yuboriladi. Yopiq sug’orish sistemalarida muvaqqat va o’qariqlar odatda turli sug’orish shlanglari bilan almashtiriladi. Yopiq sug’orish shoxobchalarining foydali ish koeffisiyenti yuqori (0,98-0,99) bo’ladi, sug’orishni mexanizasiyalashtirish va avtomatizasiyalashtirishga yordam beradi, mehnat unumdorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |