Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


-MODUL. KIMYONI O’QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR



Download 3,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/132
Sana24.04.2022
Hajmi3,74 Mb.
#579461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
Bog'liq
fayl 1718 20210831

1-MODUL. KIMYONI O’QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
 
FANINI O‘QITISHNING ASOSLARI 
1-§. 
Kirish. Zamonaviy ta’lim texnologiyalarining maqsad va vazifalari
 
“Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” ta`lim 
xodimlari zimmasiga o`ta ma`suliyatli vazifalarni yuklaydi. Bu vazifani amalga 
oshirish jarayonida o`quvchilarni o`qitishga yangicha yondashish, o`qituvchilarni 
o`z kasbiga va o`quvchilarga o`ta talabchanlik bilan munosabatda bo`lishni taqozo 
etadi. Pedagogik jarayonning eskirib qolgan texnologiyasini yangisiga 
almashtirish, ta`limga davr talablari asosida yondashish, darsga esa yangicha 
usullarning loyihasini tadbiq etish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biriga 
aylandi. 
Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlaming 
shakllanishi, ta’limning dunyo ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, 
demokratiyalash va insonparvarlashtirish jarayonlarining rivojlanishi ta’lim 
jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar (PT)ga yangicha yondashuv 
zarurligini taqozo etmoqda. 
Pedagogik texnologiya -
ta’lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba,
yangi pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, axborot
texnologiyasi, yangi tajriba, ta’lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab 
oladi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga 
oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo'li bo'lib hisoblanadi. 
Pedagogik texnologiya 
- bu o`qituvchining turli vositalari yordamida 
o`quvchiga muayyan sharoitda va ma`lum ketma-ketlikda ta`sir etish va aks ta`sir 
mahsuli sifatida ularda oldindan berilgan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish 
jarayonidir. Shuningdek, 
pedagogik texnologiya deyilganda 
- ta`lim-tarbiya 
jarayonining tizimga solingan, ilmiy-uslubiy asoslangan, eng ilg`or vosita, usul va 
mazmun uyg`unligi asosida maqsad, vazifa va pedagogik faoliyat natijasining 
yaxlitligi nazarda tutiladi. 



Beriladigan ta`rifning har xilligidan qat`iy nazar, pedagogik texnologiya 
tamoyillari quyidagilardan iborat: 
 a) pedagogik texnologiya oldindan loyihalanadi; 
 b) tayyor loyihani amaliyotga tadbiq etishda o`qituvchidan katta mehnat 
talab qilinmaydi; 
 v) yakuniy natijalarni kafolatlaydi

Zamonaviy ta`limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri 
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga 
erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib 
berish, ularda ma`lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, 
shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan 
bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak 
pedagogik mahorat hamda ta`lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab 
etadi. 
Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra sub`yektiv xususiyatga ega, 
ya`ni, har bir pedagog ta`lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati, kasbiy 
mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod 
va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat`iy nazar pedagogik texnologiyalar: 
- Pedagogik faoliyat (ta`lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi; 
- o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror to’tirishi; 
-
o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning 
egallanishini ta`minlashi; 
-
o’quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini 
shakllantirishi; 
-
o’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur 
shart-sharoitlarni yaratishi; 
-
pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g’oyalarining 
ustuvorligiga erishishni kafolatlashi zarur. 

Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish