Melibayeva m 207 Umumiy psixologiya fanidan topshiriqlar. 1-variant


Motiv va motivatsiya haqida umumiy tushuncha



Download 29,39 Kb.
bet2/2
Sana18.01.2022
Hajmi29,39 Kb.
#388044
1   2
Bog'liq
Oraliq nazorat.1-V

Motiv va motivatsiya haqida umumiy tushuncha.

O’z navbatida, ehtiyojlarning rivojlanishi yanada samarali motivatsiya shakllanishiga olib keladi. «Motivlar shaxsning yo’nalganligi bilan bog’liq bo’lib, inson o’z oldiga qo’ygan hayotiy muhim maqsadlari yig‗indisining ifodasi bo’ladi. Motivlar yuzaga kelishida inson o’zi uchun zarur ehtiyojlarni anglab boradi.

Motivlar — bu ehtiyojlarning anglanishidir. Bir motiv inson shaxsi uchun muhim sanalgan bir necha ehtiyojlar asosida yuzaga kelishi mumkin.

Shu tariqa, motiv tushunchasining ta‘rifida mazkur tushunchaning ehtiyojga nisbatan muvofiqligi ifodalanadi yoki mazkur ehtiyojning his etilishi va

qondirilishi yoki uning predmetli ehtiyoji tushuniladi (S. Rubinshteyn). Biroq ko’pincha shaxsni faoliyatga undagan birgina motivni ajratib ko’rsata olmaymiz,

yagona motivni aniqlash mumkin bo’lmaydi, sababi motivlar o’zida qator pedagogik jarayonlar majmuini ifoda etadi. Anglash faoliyati tashqi va ichki motivlarni boshqarishi mumkin. Kasbiy ta‘lim sohasidagi faoliyat — insonning atrof-olamga faol munosabati shakli sifatida baholanadi. Motivlar yig‗indisi u yoki

bu ijtimoiy ahamiyatli maqsadlar yutug’i asosidagi ma‘lum bir vazifalarni amalga oshirishga yo’naltirilgan ketma-ket sodir etiladigan harakatlar orqali ifodalanadigan xulqiy holatdir. Boshqacha aytganda, inson xulqi va u amalga oshiradigan harakatlari ichki va tashqi motivlari bilan boshqariladi.

Yoshning umumiy xususiyati. Har bir yoshdagi psixik rivojlanish alohida sifat bosqichiga ega. Yosh xususiyatlari ko‗plab shartlar majmui bilan belgilanadi. Bu - bola hayotidagi har bir bosqichda unga qo’yiladigan talablar sistemasi, atrofdagilar bilan munosabat, u egallayotgan bilim va faoliyat turi hamda bu bilimlarni egallash usullaridir. Yosh xususiyatini aniqlovchi shartlar majmuiga bolaning jismoniy rivojlanishi xususiyatlari ham kiradi (masalan, go‗daklikda ma‘lum bir morfologik shakl hosil qiluvchi ma‘lumotlarni egallash, o’smirlikda organizmning o’zgarish xususiyatlari va boshqalar).



2.Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’zini qanday tutishi, egallagan mavqyei ham sababsiz, o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada “motiv” va “motivasiya” tushunchalari ishlatiladi.

Motivatsiya mahiyati bo‘yicha bildirilgan yuqoridagi fikr-mulohazalarga unga berilgan umumlashgan tariflar mutlaqo mutanosibdir:

1) Rubinshteyn S.L.: “Motivatsiya- bu psixika orqali amalga oshuvchi determinatsiyadir”

2) Madsen K.B. “Motivatsiya bu xulqqa yo‘naltirilgan, qo‘llab kuvvatlovchi, qo‘zg‘atuvchi omillarning yig‘indisidir”. Yuqoridagi keng ko‘lamli ta’riflar motivatsiya doirasining mavhumligi, shartligi, rasmiyligi va nisbiyligidan dalolat beradi. Shuningdek, ta’riflarning rangbarangligi motivatsiya mohiyatiga kiruvchi, unga taalluqli muhim tushunchalarni ajratib olishga imkon beradi.Ko‘rinib turibdiki, har xil kontekstli yondashuvlar “motivatsiya” tushunchasining (tuzilmaviy, definitsiya mohiyati) muayyan tarkibiy qismlarga ajratishni qiyinlashtiradiXuddi shu bois unga berilgan xilma-xil ta’riflar, bizningcha, rasmiyatchilik, shartlanganlik nuqtai nazaridan amalga oshirilgan psixologik voqelikka o‘xshab ketadi.

Hatto jahon psixologlari “motivatsiya” tushunchasini “talab”, “intilish”, “qo‘zg‘ovchi”, “ehtiyoj”, “zaruriyat” kabi atamalar bilan almashtirishga harakat qiladilar. Bunday yondashuvlar, qarashlar, pozitsiyalar mavjudligi ta’riflarning xilma-xilligini keltirib chiqaradi. Buning natijasida motivatsiyaning ma’noviy va shakliy jihatlari orasidagi munosabatda chigalliklar yuzaga keltiradi. Lekin psixologiya kategoriyalarining “ichki regulyator nuqtai nazaridan” tadqiqoti, ularni ma’lumotlar bilan boyitish, yangi psixologik xususiyatlari va qirralarini ochish har qanday cheklanish yoki cheklanganlikni inkor etadi. Shuning uchun motivatsiyaga taalluqli terminlarni qo‘llash maqsadga muvofiqlikni ta’minlashga xizmat qilsa, u holda qat’iy qabul qilingan, saralangan tushunchalardan foydalanishga imkon tug‘diradi
Sobiq ittifoq psixologi A.N. Leontev motiv, motivatsiya to‘g‘risida turlicha yondashuvlar, nazariyalar, ta’riflar mavjud ekanligiga e’tiroz bildirib, bu haqda u shunday mulohaza yuritadi: “Motiv” termini qo‘llanishida shu darajada xilmaxillik mavjudki, balki ularni tartibga keltirishning iloji ham yo‘qdir. “Motiv” terminini shu yo‘sinda qo‘llanilishi shunday ta’sirot qoldiradiki, go‘yoki “motiv” tushunchasi turlicha ashyolar joylashtirilgan katta qopga aylanib qolganga o‘xshaydi.

S.L.Rubinshteyn ongning rolini ko‘rsatish bilan bir qatorda psixikaning ko‘p qirraliligi nuqtai nazaridan turli bosqichlarda ruhiy jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi holatlarini tushuntirib berishga erishgan. Har qanday shaxsning xulqatvorini psixologik jihatdan tushuntirishda qo‘zg‘atuvchilar (qo‘zg‘ovchilar)ni turli bosqichlarda o‘zaro murakkab bog‘liqlikda olib qarash, ko‘rish lozim, deb ta’kidlaydi. Bizningcha, bu ko‘p bosqichli tuzilma boshqaruvning anglanilgan bosqichi singari anglanmagan motivatsion tendensiyalarni o‘z ichiga oladi. Sobiq ittifoq psixologlari motiv va motivatsiya tuzilishining bosqichli konsepsiyasini ishlab chiqishda quyidagilarga tayanganlar: 1) ongning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan inson xulq-atvorini boshqarishning murakkab tizimiga ega ekanligi; 2) ontogenezda shaxsning individual shakllanish jarayoni bo‘lmish genetik dalillarga asoslanganligi va hokazo.

Jahon psixologiyasi fanida motivatsiyaning keng ko‘lamda o‘rganilishi natijasida u mazmun, ma’no, mohiyat jihatdan yanada kengaydi, original nazariy va amaliy materiallar bilan boyidi. Shuning bilan birga motivatsiya bir qancha mustaqil yo‘nalishlarga parchalanib ketishi tufayli uning tadqiqot predmeti quyidagilarga qaratila boshladi: A) jabhalarga(ma’noviy, dinamik tomonlarga), B) darajalarga (ijtimoiy, biolog, tag zaminiy), V) mexanizmlarga (mustahkamlash, yordam ko‘rsatish, siqib chiqarish va hokazolarga). SHunday qilib, inson xulk atvorining determinatsiya qiladigan sabablar majmuasi hozirgi zamon motivatsiya psixologiyasi o‘rganadigan u yoki bu munosabatni o‘zida aks ettiruvchi, o‘ziga hos jabhalari va darajalarini bevosita va tag-zamin, genetik va vaziyatli, to‘g‘ri va teskari atamalar bilan nomlash imkoniyatini vujudga keltirdi. Rus psixologiyasi fanida motiv va motivatsiya muammolari o‘rganilishi Motiv va motivatsiya muammolarini tadqiq etishda rus va sobiq ittifoq psixologlari o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar, jumladan, K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.M.Myasishchev, A.A.Uxtomskiy, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.YAkobson va boshqalar. XX asr boshlarigacha bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy davrning eng muhim va maxsus tadqiqoti L.I.Petrajitskiyning “Inson xatti-harakati motivlari to‘g‘risida” nomidagi Peterburg universitetida tayyorlagan ilmiy ishi hisoblanadi(1904).

G’arb psixologiyasida motivatsiya muammolari Spinoza,Gobbs, Dekart asarlaridayoq o‘z ifodasini topgan. Ushbu masalalar bilan assotsionistik, introspektiv, bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, psixoanaliz psixologiya maktablarining namoyandalari keng ko‘lamda shug‘ullanganlar(U.Djeyms, E.Tolmen, K.Xall, K.Levin, Z.Freyd va boshqalar). Bixeviorizm nazariyasiga binoan xulq motivi tashqi ta’sirga tana a’zolarining javob reaksiyasi sifatida vujudga keladi(A+SH). Jahonga mashhur bo‘lgan “Stimul-reaksiya” formulasiga asoslangan bixevioristlar instinktiv xulq motivini insonning fe’l-atvoriga mexanik ravishda ko‘chirishni anglatib keladi. Ularning talqiniga qaraganda, inson xulqi ongsizlikdan iborat bo‘lib, tashqi qo‘zg‘atuvchi “stimul” tufayli tana a’zolarining javob reaksiyasi tariqasida yuzaga keladi. G’arb psixologiyasida motivatsiya muammolari Spinoza,Gobbs, Dekart asarlaridayoq o‘z ifodasini topgan. Ushbu masalalar bilan assotsionistik, introspektiv, bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, psixoanaliz psixologiya maktablarining namoyandalari keng ko‘lamda shug‘ullanganlar(U.Djeyms, E.Tolmen, K.Xall, K.Levin, Z.Freyd va boshqalar). Bixeviorizm nazariyasiga binoan xulq motivi tashqi ta’sirga tana a’zolarining javob reaksiyasi sifatida vujudga keladi.



3. Tashqi olamdagi narsalarning holatini va xossalarini o‘zgartirishga qaratilgan harakatlarni ish-harakat deb yuritiladi. Narsalar bilan qilinadigan istalgan bir ish makon va zamon bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum harakatlardan tashkil topadi. Masalan: “A”, “I” harflarni yozishdagi harakatlar, bir-biridan farq qiladi. Odamlarning narsalar bilan qiladigan harakatlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu harakatlar tashqi jihatdan juda ko‘p,  rang-barangdir. Shunday bo‘lsa ham, odatda ular uchta sodda elementlardan tashkil topgandir; “olmoq”, “joyini o‘zgartirmoq”, “quyib yubormoq” bu harakatlar odamning tanasi, oyoqlari va boshi bilan qilinadigan yordamchi harakatlar bilan amalga oshiriladi.

            Inson faoliyatiga yo‘naltirilgan maqsadga erishish uchun shu yo‘lda harakat qilish tufayli xususiy vazifalarni bajarishga kirishadi. U o‘z oldida turgan maqsadni amalga oshirish uchun ma’lum vaqt oralig‘ida u yoki bu amalni bajaradi. Biror matnni kompyuterda tayyorlash uchun inson oldin uni elektr tokiga ulaydiekranni ishga sozlaydi, uning tugmachalarini bosish orqali harf va so‘zlarni teradi, so‘ngra ma’lum ma’no anglovchi matn paydo bo‘ladi.



            Inson faoliyati narsalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan sa’i – harakatlardan tashqari: a) tananing fazoviy holati, b) qiyofaning saqlanishi (tik turish, o‘tirish), v) joy almashish (yurish-yugurish), g) aloqa vositalari sa’i–harakatlari qatnashadi. Odatda aloqa vositalari tarkibiga; a) ifodali sa’i– harakat (imo-ishora, pantomimika), b) ma’noli ishora, v) nutqiy sa’i– harakatlarni kiritadi. Sa’i–harakatlarning ushbu turlarida ta’kidlab o‘tilganidan tashqari mushaklar, hiqildoq, tovush paychalari, nafas olish a’zolari ishtirok etadi. Demak, narsalarni o‘zlashtirishga qaratilgan harakatning ishga tushishi muayyan sa’i– harakatlar tizimining amalga oshirilishini anglatadi. Bu hodisa ko‘p jihatdan harakatning amalga oshishi, shart–sharoitlarga bog‘liq. Jumladan: a) kitobni olish qalamni olishdan boshqacharoq tarzdagi sa’i–harakatni taqazo etadi, b) avtomobilni haydash velosepedda uchishga qaraganda o‘zgacha sa’i–harakat talab qiladi, v) ellik kilogramm shtangani ko‘tarishda bir pudlik toshga qaraganda ko‘proq quvvat sarflanadi, g) kartonga katta shaklni joylashtirish, qiyin kechadi.
Download 29,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish