ФИО автора: Y.A.Ulug’murodova
Samarqand Davlat Universiteti
Название публикации: «SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA AMARANTHNING O’SISHI VA RIVOJLANISHI VA AYRIM MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI»
Annotatsiya; Samarqand viloyati sharoitida bahorda ekilgan amaranth o’simligining ontogenez davomida o’sish jadalligi , rivojlanish davrlari muddatlari va bioekologik hamda morfologik xususiyatlari o’rganilgan.
Kalit so’zlar; Amarant, o’sish , rivojlanish, yem-xashak , yashil massa , morfologiya
Growth and development of Amaranth in the conditions of Samarkand region and morphological features
Abstract: Growth rate, duration of development periods and bioecological and morphological features of amaranth plant planted in spring in Samarkand region during ontogeny were studied.
Key words: Amaranth , growth , development, forage ,green-table,morphologyas
Butun dunyoda aholi sonining ortib borishi natijasida oziq-ovqat muammosi birinchi darajaga ko’tarilib , tabiiy holdagi oziq-ovqatlar, go’sht va sut mahsulotlari hamdasanoat xom ashyolari – jun
, teri hamda chorva mollaridan olinadigan boshqasifatli mahsulotlarga bo’lgan talab ham ortib bormoqda . Aholi talablarini qondirish maqsadida jahon hamjamiyati tomonidan chorvachilikni yanada rivojlantirish choralri qidirilmoqda . Bu tarmoqni rivojlantirish esa chorva mollarini sifatli va to’yimli ozuqa bilan ta’minlashga bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ozuqabop o’simliklarni biologik xususiyatlarini o’rganish, ularni hosildorligini oshirish zarurdir.Amarant o’simligi o’zining ozuqaviyligi , yem-xashakbobligi, xalq tabobatida dorivorligi bilan yuqoridagi talablarga javob beradi. Uni ananaviy qishloq xo’jaligiekinlari sifatida ekilishi qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligida istiqbolli yo’llarni ochib beradi. [1.3]
Hozirgi paytda MDH mamlakatlarida – Rossiya , Ukraina , Tatariston, va boshqa mamlakatlarda amarant avlodi vakillari keng ekilib o’rganilmoqda . O’zbekistonda amaranth yem- xashak ekini sifatida 1991 – yildan boshlab ekilib kelinadi. Amarant turlari tuproq iqlim sharoitlaridagi bioekologik xususiyatlari , fiziologik va biokimyoviy jarayonlari O’zbakiston Milliy Universiteti botanika va o’simliklar fiziologiyasi kafedrasi va Xorazm Ma’mun akademiyasi xodimlari tomonidan tadqiq qilinmoqda. [2]
Amarant bir paytlar imperiyalarda asosiy ekin sifatida ekilgan ,ammo asrlar davomida yetishtirishdan g’oyib bo’lgan hosil, yana bir bor paydo bo’lib, butun dunyo bo’ylab oziq ovqat va ozuqaviy xavfsizlik uchun katta salohiyatni ko’rsatmoqda . Bargli yashil sabzavot sifatida ham, don sifatida ham foydalanish qobiliyati va noqulay sharoitlarda o’sish qobiliyati tufayli amaranth turli xil kontekslarda yuqori sifatli ovqatlanishni ta’minlaydi . Aksariyat olimlar amaranth xilma-xilligi
Meksikaning janubiy-g’arbiy qismida , Oaxaka yaqinida ekanligiga tasdiqlashgan. Oziqlanish afzalliklari, iqtisodiy salohiyati va mintaqaga tarixiy ahamiyati tufayli Puante a la Salud Comunitaria kabi tashkilotlar Oaxakada amaranth yetishtirishni boshlagan.[4]
Bizning dala tajribamiz 2019- yildan buyon Samarqand viloyati Payariq tumani “Sulton bobo” fermer xo’jaligida o’tazilib kelinmoqda . Tuproq va o’simliklardan namunalar olish , fiziologik kuzatishlar olib borish O’zPITI usullarida foydalanib o’tkazilgan. Samarqand viloyati sharoitida amarantni ekishni aprel oyining uchinchi dekadasida, tuproqning urug’ ekish uchun mos darajada 10-12 gradusdan yuqori qizigan paytga o’tkazish tavsiya etiladi. Eng muhim jihatni inobatga olgan holda urug’ning unib chiqishi uchun tuproqda yetarlicha namlik bo’lishi lozim . Amarant urug’i qattiq parda bilan qoplanganligi uchun unga yetarli miqdorda suv ta’lab qiladi. Shuning uchun uni optimal muddatda ekilmasa yoki tuproqning yuzasi 4 sm gacha qatlam qurib qolgan bo’lsa , unda maysalarning unib chiqishi me’yorida bo’lmaydi . Urug’ olish uchun ekiladigan maydonlarda amaranth qator oralig’I 70sm li egatlar olib ekilishi , yem-xashak sifatida esa, qator oralig’I 30,45,60 sm egatlarga ekish yashil massa miqdori ortishiga turtki bo’ladi . Qator oralig’I 60 sm kenglikda ekilganda amarant gektariga 1-2 kg urug’ ekish tavsiya etiladi, agar qator oralig’I 45 sm bo’lsa bunda urug’ 10-15 % kop talab etiladi.
Samarqand viloyati sharoitida amarantning urug’ini ekishda odatiy sabzavot ekiladian selkalardan foydalaniladi, chunki urug’lari judayam maydaligi hisobigadir. Ular bir vaqtda qator oralig’I 60-70 sm sug’oriladigan egatlarni tayyorlaydi . Har bir metr masofada 25-30 ta yaxshi rivojlangan maysalarning ekishdagi eng yaxshi qalinlik hisoblanadi. Chumki maysalarning yig’im terim davriga qadar turli tashqi muhit omillar ta’sirida mumkin qadar nobud bo’lish hisobiga 10-12 ta yaxshi rivojlangan o’simlik qoladi. Amarant ekilgan maydonlarda qoldirilgan ko’chatlar gektariga 600-700 sentner ko’k mass ava 1-2 sentner urug’ yetishtirish uchun yetarli hisoblanadi . Amarantning Samarqand viloyati sharoitida madaniylashtirilayotgan yem-xashakbop Amaranthus caudatus va Amaranthus gibridus navlarida 1,2-2,9 metrga , poyasi tik, sershox, yo’g’onligi 1,5-4,5 sm bo’lib , dumaloq ayrim hollarda g’adir-budur bo’lishi mumkin . Ikkla navni solishtirsak A. gibridus nisbatan uzun sershox , poyasi qalin va ko’p yashil massa hamda ko’p miqdorda urug’ tugishi ma’lum bo’ldi. Amarantning barglari morfologik jihatdan uzun bandli , ko’pincha cho’zinchoq elliptikdir. Poyaning yuqori qismdagi barglari bandlari qisqa bo’lgnligi uchun o’simlikni to’liq yorug’likdan foydalanishga imkoniyat yaratadi. Amarantning ildizi-o’q ildiz bo’lib yon ildizlari yaxshi rivojlangan bo’lib asosan tuproqning shudgor qismida tarqalgan .Asosiy ildiz konussimon shaklda bo’lib , yo’g’onlashgan qismining kattaligi 5-10 sm dan oshmaydi . Umuman , amarant muhitning noqulay omillari ta’siriga chidamli bo’lgan sifatli va to’yimli ozuqaviy yem-xashak ekini hisoblanadi. Amarant o’simligining yashil massasini gullash fazasidan urug’ining sut-mumli yetilish fazasigacha o’rilsa iyul oxirigacha yana 2-3 marta o’rib olsa bo’ladi . Bu esa iyul oyining oxiriga kelib ildizidan yangi maysa o’sib chiqishini ta’minlaydi. Shu sababli, amarantning yashil massasida oqsil ko’pligini hisobga olib , chorvachilikda silos va boshqa yem-xashak oziqalarni ishlab chiqarishda ko’proq ishlatiladi.
Adabiyotlar
Гочарова E. A ., Гинс M.С., Xодоренко A.В., Шедрина З.A., Булинсев С.В. регуляторная роль амарантина в процессах роста и развития растеней .// Новые и нетрадиционные растения и перспективы их использования: Материал ИВ Международ , симп. –Москва, Пущино. 2001, T.1-C. 46-48
Сафаров A.K Особенности роста развития и химческого состава двух видов амаранта- Автореф.дисс…канд.биол.наук- Ташкент, 2000.-21с
Tursunova SH.A .Donli amaranth turlarining introduksiya sharoitlaridagi biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari-Avtoreferat.diss..biol.fan.falsafa.doktori(PhD)-Toshkent,2019,-12
Natalie Hoidal., Maria Diaz Gallardo.,Sven-Erik Jacobsen and Gabriela Alandia .Amaranth as a Dual- Use Crop for Leafy Greens and Seeds: Stable Responses to Leaf Harvest Across Genotypes and Environments/Orginal Research article .front Plant Sci., 26june 2019
Do'stlaringiz bilan baham: |