Международный научно-образовательный



Download 3,95 Mb.
bet130/208
Sana20.07.2022
Hajmi3,95 Mb.
#825858
TuriСборник
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   208
ФИО автора: O`rinova Malika Najmiddinovna Konimex tumani 16- umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Название публикации: «BOSHLANG`ICH SINFDA BADIIY MATNLAR HAMDA BOLALAR ADABIYOTIDAN FOYDALANISH ORQALI O`QUVCHILAR NUTQINI O`STIRISH»


Annotatsiya:Mazkur mavzuni yoritish orqali milliy ma`naviy merosimiz hamda ilmiy-metodik asarlar tahlili, boshlang`ich sinf o`qituvchilarining ko`p yillik ijodiy tajribalarini o`rganish, tahlil qilish asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarini mustaqil fikrlashga o`rgatishning ilmiy va amaliy asoslarini aniqlash, boshlang`ich sinf o`quvchilarining mustaqil fikrlash mohiyatini, bosqichlarini tashxis qilish.
Kalit so`zlar: Matnni tasvirlash, ifodali o`qish, tanlab o`qish, ovozli o`qish, ichda o`qish, shivirlab o`qish,ertak, tarix, urf odatlar, moddiy va ma’naviy boyliklar.
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qishga kichik yoshdagi o‘quvchilarni ona tilini puxta o‘zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi hamda badiiy matn ustida ishlashning nazariy asoslarini to`g`ri tashkil qilishni taqozo etadi.
Matnni tahlil qilishda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin:

  1. So`z bilan tasvirlash. So`z bilan tasvirlash o`ziga xos murakkab ish turi bo`lib, unda manzarani so`z yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. Bunda so`zlarni aniq tanlashga e`tibor qaratiladi.

  2. Grafik tasvirlash. Matnni tasvirlashda darslikda berilgan rasmni matndagi so`zlar orqali tasvirlash bilan taqqoslash kerak. 1-sinf o`quvchilari o`qilgan kichik matnga o`qituvchi rahbarligida so`roq gap tarzida sarlavha tanlash. 2- sinfda kichik maqolaning rejasini o`qituvchi rahbarligida so`roq yoki darak gap tarzida tuzish. 3-sinfda o`qilgan matn rejasini jamoa bo`lib tuzish. 4- sinfda matnni mustaqil o`qib, mustaqil reja tuza olish.

  3. Asarni tahlil qilishda asar muallifi haqida ma`lumot berish eng samarali metod hisoblanadi. Masalan, 4- sinfda Xudoyberdi To`xtaboyevning hikoyalari o`rganilayotganda adibning bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilib, ular haqida qisqacha ma`lumot so`zlab berilsa, o`quvchilarning asarni o`qishda qiziqishlari ortadi. Tayyorgarlik davridan so`ng 1-bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy maqsadi matni yaxlit idrok etish jarayonida asarning aniq mazmuni bilan uning syujetini tanishtirish, asarning emotsional ta`sirini aniqlashdir.

Matn ifodali o`qib beriladi yoki ovozli o`qilgani eshittiriladi.

  1. O`qituvchi o`quvchilarga umumiy taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi:

-Hikoyani qaysi o`rni sizga yoqdi?
-Qahramonlarning qaysi biri sizga yoqdi?
-Nima uchun shunday sarlavha qo`yilgan? Hikoyani qanday davom ettirsa bo`ladi?
-Hikoya o`qilganda siz qaysi o`rinda xursand bo`ldingiz kabi fikrlashga, og`zaki nutqni rivojlantirishga doir savollar beriladi.

  1. Asarni tahlil qilishda tanlab o`qish metodidan ham foydalaniladi. Tanlab o`qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. U o`quvchilarda yaxshi o`qish sifatlarini o`stirish bilan ularning ijodiy tassavurini, nutqi va zehnini o`stirishga yordam beradi. Berilgan savolga o`z so`zi bilan javob beradi.

Ifodali o`qish san`ati o`tmish zamonlarda og`zaki ijodda qanday ahamiyat kasb etgan bo`lsa, yozma adabiyotda ham shu qadar muhim o`rin tutadi. Muayyan tezlikda va to`g`ri o`qish ongli o`qishga xizmat qiladi. To`g`ri, tez va ongli o`qish esa ifodali o`qishning asosi hisoblanadi.
Boshlang`ich ta`limda o`qishning 3 turidan foydalaniladi: ovozli, ichda va shivirlab o`qish. O`qish darslarida o`quvchilarning to`g`ri, ifodali va tez o`qish malakalarini shakllantirish usullari ko`p bo`lib, ular orasida ta`limiy o`yinlar ham alohida ahamiyatga ega. Bu ta`limiy o`yinlar o`quvchilarning lug`at boyligini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu esa o`z o`rnida o`quvchilarning to`g`ri, tez va ongli o`qishlariga yordam beradi.
Xalqimizning tarixi, uning urf odatlari, moddiy va ma’naviy boyliklari barcha orzu - istaklari ming yillar davomida yaratilgan ertaklarda saqlanib kelmoqda.
Ertak o‘qigan bola qiyinchilikni yengishga, botir, jasur bo‘lishga intiladi. O‘quvchi yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo‘lagiman, men o‘z xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo‘lib ulg‘ayishim kerak,desagina o‘z xalqini munosib farzandi bo‘la oladi. Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiyalaydigan baynalminal badiiy quroldir. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir nechta kitob bilan tanishsalar, so‘ngra bolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab o‘qishga o‘tadilar. Bunda asosan o‘qituvchi o‘quvchilarni maktab kutubxonasiga, 3-4 sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib, bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boradi. Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o‘quvchilarga ertak, hikoyalar o‘qishga yordam beradi.Har bir sinfda sinfdan tashqari o‘qilgan barcha asarlar o‘quvchilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nutqni rivojlantirishga, lug‘at boyligini oshirishga yordam beradi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

  1. “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risida”gi farmoyish. 2017-yil 12-yanvar

  2. Usmonov N, Zulfiqorov I. “Boshlang`ich sinf o`quvchilari ongida milliy g`oyani shakllantirish metodikasi.”-T.: Fan va Texnologiya. 2012.

  3. 1-4 sinf o’quv uslubiy tavsiya kitobi. “O’qituvchi” nashriyoti 2017 yil.

  4. Xoliqov A ‖Pedagogik mahorat‖ – Toshkent.: Iqtisod – moliya, 2010 – yil,

  5. O‘qish ‘’Metodik qo‘llanma’’ Toshkent.-2010


Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish