ФИО автора: Abdusamadova Gullola Qahramonjon qizi Andijon Davlat Unversiteti Pedagogika Insituti
Название публикации: «TUGUNAK BAKTERIYALARINING AHAMIYATI VA FAOLIYATI»
ANNOTATSIYA: Ushbu tezisda tugunak bakteriyalarining tuzilishi insonlar hayotiga ta`siri o`simliklar bilan olib boruvchi faoliyati hamda tabiatdagi o`rni to`g`risida ma`lumotlar keltirilgan.
ANNOTATION: This thesis provides information om the structure of nodular bacteria,their impact on human life,their interaction with plants and their role in nature.
АННОТАЦИЯ: B диссертации представлены сведения о строении клубеньковых бактерий, их влиянии на жизнь человека, взаимодействии с растениямии роли в природе.
Kalit so`zlar: Tugunak bakteriya, molekulyar azot, aktinomitsetlar, gifalar, klostridium.
Yer sayyorasidagi jamiki tirik organizmlar dastlab boshqa bir tirik materiyadan kelib chiqqan va o`lik materiya bilan tirik materiya o`rtasida keskin farqlar vujudga kela boshladi.Lekin o`lik va tirik tabiatdagi jarayon hodisalar o`zgarishlar doimiy uzluksiz holda kechadi .Moddalar bir holatdan ikkinchi holatga o`tadi, bu jarayon moddalarning biologik aylanish deyiladi . Biologik aylanish jarayonida o`simliklar mikroorganizmlar muhim rol o`ynaydi. Azotni biologik aylanishida mikroorganizmlar eng muhim ishtirokchi sanaladi. Chunki o`simliklar atmosferadagi azotni, organik moddalar tarkibidagi bog`langan azotni bevosita o`zlashtira olmaydi .
Tugunak bakteriyalari yoki azot to`plovchi mikroorganizmlar, mikroblar ichida eng dastlabki azotni o`zlashtiruvchi guruh hisoblanadi. Azot o`zlashtiruvchi mikroorganizmlarni S.N. Vinogradskiy 1893-yilda ajratib olgan. Bu mikroorganizmni tanasi tayoqchasimon shaklda bo`lib anaerob muhitda yashaydi.1901-yilda golland mikrobiologi Beyerink aerob azotbakterni hamda molekulyar azotnio`zlashtirilish jarayonini o`rgandi. Tugunak bakteriyalarini o`simliklarni oziqlanishi ustida ish olib borgan nemis olimlar G.Gelrigel va G.Vilfarta aniqlagan.
Dukkaklilar ildizida yashovchi tugunak bakteriyalari tuproqdan ildiz tukchalari tomon harakatlanadi, ildiz tukchalari hujayralariga kirgach o`zidagi azotni
hujayralarga beradi . Hujayralar buning natijasida tez o`sib ko`payadi va o`simlikda bo`rtma ya`ni tugunakni hosil qiladi .Shu sababli ular tugunak bakteriyalari deb ataladi
.Ular faoliyati tufayli tuproqning unumdorligi oshadi kislotaliligi kamayadi. Misol uchun: yiliga 1 gektar maydonda 100 250 kg yaqin azot o`zlashtiriladi. Bundan yuqori natijaga erishish uchun dukkakli ekinlarni kekishdan oldin aozt bakteriayasining preparatlari bilan aralashtirish yoki bakteriya faoliyati uchun qulay bo`lgan o`simlik turini ekish lozim. Azot to`plovchilarning yana bir guruhi bu dukkaksiz o`simliklarda qayrag`och jiydada tugunak hosil qiluvchi aktinomitsetlardir. Aktinomitsetlar shoxlangan hujayralarni yoki gifalarni hosil qiluvchi bakteriyalardir. Tropik o`simliklarning barg to`qimasida tugunak hosil qiluvchi , suv havzalarida erkin yashovchi turlari ham mavjud.Hozirgi kunda azot o`zlashtiruvchi mikroorganizmlarning 30 dan ortiq turi aniqlangan. Ular Azotobacteriaceae oilasiga kiradi . So`ngi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida Klebsiella avlodi vakillarida ham azotfiksatorlik xususiyati aniqlandi. Azotfiksatorlardan eng yaxshi o`rganilgani anaerob Bacillaceaye oilasiga mansub bo`lgan Clostriudium avlodidir. Bu bakteriya spora hosil qiluvchi bo`lib, vegetativ rivojlanish davrida hujayralari tayoqchasimon shaklga ega bo`ladi, keyinchalik urchuqsimon shaklni hosil qiladi. Ular uchun ozuqa manbai ammoniy tuzlari azot kislotalari nitrat, nitritlar va boshqa azot tutuvchi organik birikmalari hisoblanadi.
Xulosa:
Mikroorganizmlar tabiatdagi azot almashinuv jarayonida , azotli moddalarni parchalab zararsizlantirishda, o`simliklarni hosildorligini , tuproqni unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega . Shuningdek bu mikroorganizmlarni tabiatdagi har bir jarayonda ishtirok etishga, turli yashash muhitida yashashga moslashgan xilma xil turlari kelib chiqan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Mikrobiologiya o`quv uslubiy majmuasi. Xodjayeva.N.J. Jo`raqulov Q.X. Ro`ziqulova.Z.U. Saboxiddinov.B.S.
O`zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005)
Botanika asoslari Tarasov.
Internet tarmoqlari:
https://uniwork.buxdu.uz
http://hozir.organizm.
https://portal.guldu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |