Международный научно-образовательный



Download 3,95 Mb.
bet129/208
Sana20.07.2022
Hajmi3,95 Mb.
#825858
TuriСборник
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   208
ФИО авторов: Bobomurodova Salomat Norbadalovna
Denov tumanidagi 80-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Bobomurodova Munavvar Norbadalovna
Denov tumanidagi 80-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Название публикации: «MULOQOTLAR SERMAZMUN BO’LSA…»
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’qituvchilarining nutq madaniyati haqidagi bilimlari o’quvchi bilan ta’lim va tarbiya ishlarini olib borishda metodik tavsiyalar yoritib berilgan.Boshlang’ich sinf o’qituvchisining ish faoliyati nutq madaniyati haqidagi fikrlar yoritib berilgan

Kalit so’zlar: boshlang’ich sinf o’qituvchisi ,nutq madaniyati,muommila,tovushlar tallafuzi


Har bir o’qituvchining dunyo qarashi uning muomalasida namoyon bo’ladi. Muomilaning asosiy vositasi-tildir. Xalqimizda shunday naql bor: <> Shunday ekan, o’qituvchi muomala jarayonida juda ehtiyotkor bo’lishimaqsadga muvofiqdir. Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi. ‘’Shirin so’z –ko’ngillar uchun bamisoli asaldir’’.

Shuning uchun ham o’qituvchi har doim nutq madaniyatiga qattiq e’tibor berishi, o’zining psixologik, estetik, jismoniy,axloqiy jihatlarini namuna sifatida namoyon etishi muhimdir.


Boshlang’ich sinf o’qituvchisining faoliyati faqat darslarini o’tish bilan cheklanmaydi, uning vazifasiga ‘’ifodali o’qish’’ to’garaklari, ‘’yosh adabiyotchilar’’klublarini tashkil etish kechalari hamda tanlovlarni tayyorlash va o’tkazish, o’quvchilarning nutq madaniyatini nazorat qilish, badiiy adabiyotlarni o’qish vaularni uyishtirish, bolalar va qo’g’irchoq teatri ishini yo’lga qo’yish kabi tadbirlar ham kiradi. Kattalarga –


ota-onalarga,o’qituvchilar va yetakchilarga nutq madaniyati haqida bilimlar berish ham shular jumlasidandir
.

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’qzining kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun ana shu faoliyatga doir hamma ishlarni bajarishi shart .


Nutq madaniyatini shakllantirish ishlari o’quvchilarga, maktab jamoalariga, ota-onalarga, jamoatchilikka o’zining nutq, muloqat madaniyati bilan ta’sir ko’rsatishdan iboratdir. Bu ishlar faqat dars faoliyatida (she’r aytishda, ifodali o’qishda)pedagogik mahoratni egallashnigina emas, balki o’quvchilarning nutq faoliyatini boshqara olishini ham taqozo etadi.


Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’z fanini sevishi, unga ishtiyoq bilan yondashishi , o’quvchilarni yaxshi ko’rishi, nutq madaniyati vositalari bilan o’qitish va tarbiyalashga qiziqishi lozim. Bulardan tashqari u o’z mahoratini muvaffaqiyatli rivojlantirishi uchun pedagoglik, artislik va ijrochilik qobiliyatlariga ega bo’lishi


zarur. Shundagina o’qituvchi yaxshi pedagog bo’lishi, o’z ishini ham, o’quvchilarni ham sevadigan barkamol o’qituvchi ekanini ko’rsatishi mumkin.

Shunday qilib, boshlang’ich sinf o’qituvchisi bilimlari mazmunini ma’naviy-ma’rifiy, psixologik-


pedagogik va maxsus bilimlar tashkil qiladi. Ma’naviy-ma’rifiy bilimlar o’qituvchi dunyoqarashi nuqtai nazarining poydevori, undagi kasbiy va maxsus bilimlarning metodologik zahirasidir. Psixologik –
pedagogik bilimlar esa o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi uchun asos sifatida xizmat qiladi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchi qobiliyati, ruhiyati hamda yosh xususiyatlarini, nutq madaniyatning shaklanishidagi sharoitlarini bilish zarur.

Nutq madaniyati haqidagi bilimlar boshlang’ich ta’lim pedagogikasining tarixi va nazariyasini ham, muomala madaniyatini o’rgatish uslubiyotini ham o’z ichiga oladi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi, avvalo, o’quvchilariga umumiy estetik tarbiya berish vazifalarini tushunib olishi lozim. Bu vazifalar faqatgina yaxshi muomala qilishni o’rgatishdangina iborat bo’lib qolmasligi kerak. Bunda, eng muhimi, bolalarga nutq madaniyatini o’rgatish va unda har bir mashg’ulotlarga qiziqish uyg’otish, so’z, gap yordamida nutqiy faoliyatga ehtiyoj hosil qilish, shuningdek, ularda bilim , ko’nikma va malakalarni tarkib toptirishdir.




O’quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar me’daga tegib ketar darajada bo’lmasligi, o’quvchi sezmaydigan yo’sinda doimiy ravishda amalga oshirilishi kerak.O’qituvchi o’quvchining nimalarga qiziqishini, nimalarni o’qishi va yaxshi ko’rishini, uydagi sharoiti , oilasidagi munosabatlari va hokazolarini bilishi lozim. Mana shularni bilib olish maqsadida o’tkaziladigan suhbatlar beixtiyor boshlanishi va qiziqarli hamda ishonarli tarzda borishi , suhbatlar natijasida o’quvchi aytilayotgan narsalarga o’qituvchi haqiqatdan qiziqayotganini, suhbatlarini faqat o’zining majburiyati sifatida
o’tkazmayotganini tushunib yetishi lozim. O’quvchilar bilan “yakka tartibda yoki jamoa holida”
o’tkaziladigan savol – javoblar va qisqa suhbatlar paytida har xil mavzular, masalan, dunyoqarashni va axloqiy –estetik fazilatlarini, estetik did, mushohada va baholashni, mashg’ulotlarga qiziqishni, mehnat ko’nikmalari va xarakterning ayrim xislatlarini tarbiyalash bo’yicha fikr almashish mumkin.


Boshlang’ich ta’limning quyi bosqichida 1-2- sinflarda o’quvchiga faqat tovush materiallarini: oldin alohida- alohida tovushlar, keyin esa asta sekin murakkablashib boradigan so’zlar, gaplar beriladi.


Jumladan, quyidagicha:



    1. Tovushlarini to’g’ri talaffuz etishga o’rgatish.

    2. Bittadan so’zni, uning xarakterini eshitib tasavvur etish.

    3. O’quvchida mavjud eshitish tasavvuriga muvofiq bitta so’zni har xil qilib gapirish qobiliyatini rivojlantirish.

    4. So’zlarning ma’nosini tasavvur etish. O’quvchi so’zni aniq eshitishi tufayli uning mazmunini tushunadi.

    5. Ifodali gap tuza olish

Boshlang’ich ta’limda birinchi sinfdan boshlab, so’zlarning ma’no mazmuni va ularning rang – barangligi, ularni nima maqsadda va qanday holatlarda ishlatish lozimligini soda qilib o’quvchilarga tushuntirish hamda ushbu so’zni ishlatishda masuliyat bilan munosabatda bo’lish zarurligini uqtirish lozim.

Kichik yoshli o’quvchilarda turli usullar bilan so’zlash va xilma –xil gaplar tuzish qobiliyatini tarbiyalashning eng yaxshi vositasi bu badiiy adabiyotlarni o’qishdir.


Ohangdor, ifodali o’qish o’quvchi nutq madaniyatining rivojlanishida muhim o’rin tutadi.
Ushbu jarayon o’quvchilarning nutq malakalarini takomillashtirishda yordam beradi. “ Ichki eshitish “ nutqni kamol toptiradi.

Bunda so’zlarning xususiyatlarini tushunish qobiliyati hal qiluvchi rol o’ynaydi. Har bir so’z mohiyatini yaqqol va to’la tasavvur qilmay turib, ifodali o’qish mumkin emas. Chunki har bir so’zni tushunish va uning qaysi maqsadda qo’llanishini bilish natijasida tovush ohanglari har xil xarakterga bog’liq bo’lishi mumkin.


O’quvchida oddiy so’zlar orqali kichik gaplar tuzish qobiliyatini rivojlantirish voqea va hodisalarni tushunishga, o’z oldiga qo’yilgan maqsad, vazifa va vositalarni to’liq anglashiga bog’liq. Bunda materialni tanlashda puxta o’ylash va o’quvchiga tavsiya etiladigan gaplarning emotsional xarakteriga asoslanish kerak.


Shuni aytish kerakki, yuksak sezgirlikka ega bo’lgan o’qituvchi bolalarning kayfiyati, noxushligini darrov fahmlaydi.


Bola ahvolini tushunish, unga hamdard bo’lish, kerak bo’lsa, madad berish kerak bo’ladi.


O’qituvchi o’zining pedagogik faoliyatida, avvalo, to’g’ri so’z bo’lishi, ishlarini adolat bilan olib borishi
kerak. Bu xislat o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi yaqinlikni oshiradi. Chunki nutq madaniyati insonlar munosabatini baholovchi muhim mezondir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


1 .T.G’afforova “.Boshlang’ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar”Tafakkur -2011 y 2.Ziyomuhammedov B .”


Pedagogik mahorat asoslari”. Toshkent-2009

3.Ishmuhammedov R” Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari” Toshkent -2004



Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish