Международный научно-образовательный



Download 3,95 Mb.
bet126/208
Sana20.07.2022
Hajmi3,95 Mb.
#825858
TuriСборник
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   208
Til tortmay o‘lay, yolg‘on gapirsam... (“Nazm nafasi”, 290-bet.)
Bu so‘zlarni u Chingiz oldida tiz cho‘kib aytadi. Ilgari esa Xorazmshoh oldida ham qasam ichgan edi: Kalomullo ursin xat yozgan ersam... (“Nazm nafasi”, 268-bet.) Ushbu frazeologik iboralar xiyonatchining soxta basharasini fosh qilishda asosiy vosita bo‘lib xizmat etadi.
Ijodkor o‘rni bilan so‘kishlarni ham voqealar ichiga joylagan. Bu o‘rinda Jaloliddinning Chingizning o‘g‘liga so‘kishi xarakterlidir:
Tanasiga suv tegmagan maxluq hidini
Hazm etolmay tog‘u toshlar darz ketmoqdalar. Turishingni qara, shumshuk, buncha badbo‘ysan,
La’nat senga, padaringga sening ming la’nat. Tfu! (“Nazm nafasi”, 312-bet.) Dramaturg an’anaviy raqamlarni ham lozim joylarda misralar qatiga joylagan: Amrim etti burjga, etti iqlimga
Etti ming olamga etilsun ovoz (“Nazm nafasi”, 263-bet.)
Etti raqamining burj, iqlim, olam kabi so‘zlarga sifatdosh tariqasida berilishi shohning dabdababozligini ko‘rsatish bilan birga buyuk Xorazmshohlar davlatining ulkanligini ham ifodalashga xizmat qilgan. O‘z navbatida tovush takrori fonopoetikani ro‘yobga chiqargan. Biroq shohning uquvsizligi dramaturgning e’tiboridanchetda qolmaydi. U ulug‘ davlatni boshqarishga ulug‘ inson qodir, deganday bo‘laveradi.
Ikkinchi bir joyda “Qirq” an’anaviy raqami Jaloliddin tilidan bayon etiladi: Biz qirq og‘a-ini deman, qirq qondosh polvon,
Qirq ming sarboz dili payvand yuragimizga. (“Nazm nafasi”, 308-bet.)
Ushbu ifodalar “Go‘ro‘g‘li” turkumiga kiruvchi “Qirq minglar” dostonidagi ifodalarga juda mos keladi:
Qirq mingi oshpazdur tillo tovoqli, Qirq mingi g‘o‘ch yigit bodom qovoqli,
Qirq mingi mard o‘g‘lon arslon siyoqli...2
Odatda qadimda el boshchisining 40 yigiti doimo shay bo‘lgan. Jaloliddin ham el boshchisi, uning nutqidagi ushbu an’anaviy raqamlar yangicha tushuncha kasb etadi. SHu sababli zamonaviy ruh kasb etishi uchun uning nutqiga “Qirq ming sarboz” birikmasi qo‘shilgan.
Xalq og‘zaki ijodiyotida tovush takroriga asoslangan alliteratsiya usuliga katta e’tibor beriladi. Yuqoridagi misollarda raqamlar takroridan tovushlar takrori hosil qilingan. Natijada nutq ohangdor va ravon tarzda namoyon bo‘lgan.
Dramaturgning bu usulga e’tibor qaratishi bejiz emas. Ayrim o‘rinlarda folklorga xos anafora va epiforalar usuliga murojaat qilib, yana tovush takroriga e’tibor qaratiladi va jarangdor fonopoetika ro‘yobga chiqariladi. Natijada dialoglarda ohangdorlik ta’sirchanlik oshadi:
Ey siz qalbi otash bo‘lib yongan yigitlar,
Ey siz baland cho‘qqilarda o‘sgan burgutlar,
Ey siz mening jigarlarim, yovga tashlaning(“Nazm nafasi”, 378-bet.)
Misra boshidagi anoforik takrorlar tovush uyg‘unligidan tashqari ta’kid ohangini ham kuchaytirib, badiiy nutqni shior va da’vatga aylantiradi, monologning sahnaviylik xususiyatini yuzaga keltiradi. Ayniqsa ushbu monologning Jaloliddin tilidan berilishi uning kuch-qudratini yanada yuksaltiradi.
Anaforaga asoslangan bandlar juda ko‘p bo‘lib, ularning ma’no-mundarijasi nutq sohibining kimligiga bog‘liq holda tanlangan. SHu sababli Jaloliddin monologida jangavorlik ohanglari ustuvorlik kasb etsa, ona obrazi tilidan aytilgan monologda mehribonlik ohanglari ko‘proq namoyon bo‘ladi:
Men sizniki, bog‘lar, tog‘lar sizniki erur, Men sizniki, dasht, sahrolar sizniki erur,
Men sizniki, men sizniki, men siznikimen!(“Nazm nafasi”, 385-bet.) Ayrim she’riy parchalarda so‘z takrori misralar qatiga singdirib yuborilgan: Boshlarini uz olchoqlarning, muzaffar Malik,





2 Гўрўғли. –Урганч, “Хоразм”, 2004. –Б.169 (476)
Muzaffarsen, muzaffarlik pesha aylagil. (“Nazm nafasi”, 311-bet.)
Muzaffar so‘zi g‘olib ma’nosini anglatadi. Shoir ushbu so‘zning turli tovlanishlarini misralarga singdirib, so‘z o‘yini va ohangdorlik bilan asar g‘oyasini yuksaltirishga erishadi.
Erkin Samandar she’riyatida xalqona ruh turli ko‘rinishlarda jilolanadi.
Shulardan biri so‘zlarning epifora shaklida takrorlanishidir: Bo‘g‘ishib yotadi, ho‘ it it bilan,
Burga burga bilan va bit bit bilan, CHavaq- chavaq bilan va kit kit bilan,
Senga insof bersin, odamzod. (“Nazm nafasi”, 122-bet.)
Globallashuv davridagi hayot manzaralari shoirni xavotirga soladi. Qalb kechinmalarini xalqona tilda, ravon uslubda bayon etadi. SHe’r tezda esda qolish xususiyatiga ega.
Romanda metaforik ifodalar ham uchraydi. Metaforani tadqiqotchilar qisqa o‘xshatish deb ham yuritishadi. U ramzlarga yaqinlashib ketadi. Unda ham madaniy qadriyatlar aks etadi, chunki metafora milliy-madaniy dunyoqarash hisoblanadi. Metafora –til mulki. Uning aksariyati nutq jarayonida kishilarning o‘z fikr-kechinmalarini mazmunli, ta’sirchan va chiroyli ifodalash ehtiyoji tufayli yaratiladi, shundan keyin ular xalq mulkiga aylanadi3.
Ogahiyning Feruzga yozgan maktubida shunday satrlar mavjud: “Avvalinda ajdahoning og‘zi boshqa tomon qaramish erdi. Emdi biz sori ochilmishdur”. (“Quyun izlari”..., 23-bet.)
Ushbu ko‘chirmadagi “ajdaho” so‘zi oqposhsho-ruslarga nisbatan ishlatilgan metaforik ifodadir.
Ikkinchi bir joyda “Iskovuch” so‘zi metaforik tasvir sifatida berilgan: “Izlaringga iskovuchlar tushganmi-yo‘qmi, shuni bilmoqchi edim”. (“Quyun izlari”..., 53-bet.) Iskovuch –ayg‘oqchi ma’nosida bo‘lib, salbiy ma’no tashiydi. Har ikkala namunada ham metafora salbiy tip shaxslarni ifodalash uchun qo‘llangan. Darvoqe, jumlalar xalq





3 Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари. –Т.: 2004. –Б.49 (126)
tafakkuri in’ikosi sifatida ro‘yobga chiqqan. Metaforaning ifoda doirasi nihoyatda keng.
Yuqoridagi misollarda ajdaho-yovuz kuch, Iskovuch-ayg‘oqchi, tuhmatchi sifatida gavdalanadi. Albatta metafora gul-ma’shuqa, bulbul-oshiq kabi ishqiy tushunchalarni ham tashiydi. Ammo jamiyat faqat ezguliklardangina iborat emas. Ezgulik bor joyda yovuzlik ham uchraydi. Ushbu metaforalarning yorqin namunalari xalq qo‘shiqlari va dostonlari tarkibidan keng o‘rin egallagan. Yozuvchi o‘z ijodida an’anaga tayanadi va o‘zi ham badiiy kashfiyot yaratish uchun harakat qiladi.
Romanda xalqqa xos an’anaviy mubolag‘alar uchraydi. Bizga ko‘p jihatlari bilan tanish Shomurod inoqning tiynatini oydinlashtirish uchun mubolag‘aviy ifodalardan ham foydalanadi: “...avvallari, otda yurgan paytlarida odamning joni pashshachalik ham ko‘ringan emasdi-da unga. Hatto buyrug‘ini bajarmaganlarni jahannamga jo‘natish oddiy ish bo‘lib ko‘ringan. O‘zganing qonini to‘kishdan bitta mo‘yi ham qilt etgan emas”. ((“Quyun izlari”, 192-bet).
Tasvirda qo‘llanilgan mubolag‘aviy o‘xshatishlar inoqqa xos shafqatsizlikni yaqqol ifodalashda muhim vositalar sifatida xizmat qiladi.
Inson ruhiyatining g‘am-anduh girdobiga tushishi ham xalqona tarzda mubolag‘aga tortiladi: “O‘sha kunlarda qizning ko‘zlaridan oqqan yoshlar bir joyga to‘plansa, ko‘l paydo bo‘lg‘ay edi. Mabodo yonida oqsoch xotin bo‘lmaganida o‘zi yaratgan bu ko‘l uni yutib yuborgan bo‘lardi”. (Quyun izlari”, 70-bet).
Xulosa qilib aytganda yozuvchi ushbu janr namunalaridan samarali foydalangan. Erkin Samandar she’riy va nasriy asarlarida folklorizmlarni mahorat bilan qo‘llash natijasida katta badiiy-estetik vazifalarni amalga oshira olgan.

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish