Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Adabiyot nadur” kitobi Toshkent, 1994
2.
www.ziyo.uz
3.
www.saviya.uz
994
ФИО автора:
Hazratqulova Zarina
Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti
2-bosqich talabasi
Название публикации:
«YOSHLARDA MILLIY QADRIYATLAR ORQALI
INTELEKTUAL
SALOHIYATNI
RIVOJLANTIRISHNING
ZAMONAVIY
USULLARI»
Maqola qisman bo‘lsa-da, milliy qadriyatlarni yoritish va ularni yoshlar qalbiga
singdirishga bag‘ishlanadi.
Kalit so‘zlar:
buyuk bobokalonlar, muqaddas qadamjolar, Oqsaroy, Registon,
milliy o‘yinlar, milliy liboslar, mahalla tushunchasi.
“Biz milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o’z oldimizga
asosiy vazifa qilib qo’yar ekanmiz, bugungi kunda ma’naviyatimizni shakllantiradigan
va unga ta’sir o’tkazadigan barcha omil va me’zonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu
borada qanday o’rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi.
Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos
urf-odat va an’analari, hayotiy qadryatlaridan ayri holda tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu
borada tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng
muhim omillaridan biri bo’lib xizmat qiladi”
90
. Vatanimiz kelajagini tariximizsiz
tasavvur eta olmaymiz, albatta. O‘zbekiston o‘tmishi buyuk davlat hisoblanadi.
Xotiramizda dunyoni larzaga sola olgan Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo
Ulug‘bek kabi buyuk sarkardalar, al-Beruniy, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Ibn Sino va
boshqa shu kabi ilm yo‘liga o‘z hissasini qo‘shgan olimlar, Ahmad Yassaviy, Imom
Buxoriy, Bahouddin Naqshbandiy kabi tasavvuf toliblari va boshqa ajdodlarimiz bir
umrga muhrlangan. Ularga munosib voris bo‘lmoq uchun ham biz yoshlar tariximiz
zarvaraqlarini yanada chuqurroq, to‘laroq anglab yetmog‘imiz darkor.
Yurtimizda qurilgan muqaddas qadamjolar, xususan, Shahrisabz shahrida
Sohibqiron Amir Temur qurdirgan “Oqsaroy”, Samarqand shahridagi “Registon”,
90
I.Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” T.Ma’naviyat-2016.
995
Buxorodagi “Labi Hovuz”, Xivadagi “Ichan qal’a” va boshqa me’moriy yodgorliklar
bilan tanishar ekanmiz, xuddiki, o‘tmishga tushgandek bo‘lamiz.
Xususan, Oqsaroy 1380-1404-yillarda Amir Temur tomonidan qurdirilgan.
Balandligi 71 metr keladigan dunyoda mashhur bu yodgorlikni Sohibqiron onasining
xotirasi uchun bunyod etgan. Bu koshona peshtoqiga: ,,Kimki bizning shon-
shuhratimizni ko’rmoqchi bo’lsa, biz barpo etgan imoratlarga nazar solsin”
91
.
“Registon ansambli oʻzining rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor peshtoqlari,
ulkan gumbazlari bilan Oʻrta Osiyo meʼmorchligining noyob yodgorligi hisoblanadi.
Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu yerda
uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi
(1619-1636), Tillakori madrasasi (1647-1660). Registon - qadimiy ilm, taʼlim
muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga
koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. 2001- yilda bu uch madrasa UNESCOning
butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan. Registon maydoni- tarixda shaharning
ilm-fan, siyosat va diniy markazi bo’lgan. “Registon ” so’zi “qumloq joy” degan
ma’noni anglatadi. O’rta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb
atalar edi. Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham bo’lgan.
Samarqanddagi maydon esa O’rta Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor
maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir
Temur podshohligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulug’bek
davri (1409-1447)da esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega bo’ldi.
Zamonaviy Registon ansambli o’zida Ulug’bek madrasasi (1417-1420), Sherdor
madrasasi(1619-1636) va Tillakori masjid-madrasasini (1647-1660) mujassam etadi.
Registonning janubiy tomonida xalq orasida “Childuxtaron” deb atalmish xonaqoh va
maqbaralar joylashgan edi. Ularni Ko’chkunchixon (1527-1530) qurdirgan edi va
Tillakori madrasasiga qo’sh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan so’ng
xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va o’rni maydon bo’lib qolgan. 100 yil
orasida oxirgi ko’rinishini olgan bu Registonni ko’rish ishtiyoqida butun dunyo
91
“Temur tuzuklari”
996
sayyohlari tashrif buyurishadi”
92
. Uslubi qadimiy va milliy, haybati ko‘zni
quvnatadigan, naqshlari bejirim, sayyohlar nigohini jalb eta oladigan, yoshlarga esa
milliylikni aks ettira oladigan namunadir. Bularni ko‘rgan kishining dunyoqarashidan
ko‘rgan narsalari o‘zgacha joy oladi.
Ajdodlarimiz yozgan asarlarni o‘qish, bugungi kunda har bir yoshning vazifasi
sanaladi. Ularda aks etgan hayot tarzi, ketirilgan ma’lumotlar orqali o‘quvchida
Vatanga bo‘lgan muhabbat, el-yurtga sadoqat, ertangi kuniga ishonch kabi g‘oyalar
shakllanadi.
Nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun O‘zbekiston diyori milliy qadriyatlar, qadimiy
urf-odat va an’analarga kon makon hisoblanadi. Ularni yaratguvchi va o‘zidan meros
qoldirguvchilar – bu, albatta, xalqdir. Masalan, milliy o‘yinimiz bo‘lgan kurash
chillaklarni bilmagan yosh bo‘lmasa kerak. Bu so‘zlar sof o‘zbekcha so‘z hisoblanadi.
Shuningdek, bahor mavsumida bo‘ladigan “Varrak uchirish”, “Oq terakmi, ko‘k terak”
kabi o‘yinlarni jamoa bo‘lib o‘ynatish ham yaxshi samara beradi.
Azaldan barchamizga ma’lumki, atlas, adras, shoyi kabi matolardan tikilgan
liboslar bizning milliy liboslarimiz hisoblangan va bugungi kunda ham bu an’ana
davom etmoqda. Ularni kiygan qanday yoshda bo‘lishidan qat’iy nazar qiz, kelin,
juvon-u, ayollar o‘zida milliylikning bir ko‘rinishini namoyon qilishadi. Ayniqsa,
sochlarida sochpopuk, boshlarida iroqi do‘ppi, egnida atlas, yoki adrasdan tikilgan
liboslarni kiygan qizlarni ko‘rgan insonning dili yayraydi.
Bugungi kunda yoshlarimiz uchun do‘ppi, kashta, so‘zana tikish, ip yigirish va
gilam to‘qish quroq qurash, tikuvchilik va pazandachilik kasblari uchun ularda
malakalarning shakllantirilishi, bu uchun to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va
ko‘paytirish ham yaxshi samara beradi. Shuningdek, “Mahalla, O’zbekistonda
ma’muriy-hududiy birlik; o’zini o’zi boshqarishning xalqimiz an’analari va
qadriyatlariga xos bo’lgan usuli”.
93
Mahalla –
arbcha
“shahar ichida shahar” degan
ma’noni anglatadi. Mahalla ham milliy qadriyatlarni targ‘ib qilishda faol organ
hisoblanadi. Bunda yoshlar uchun hunarmandchilik markazlari tashkil etilgan bo‘lib,
92
Registon ansambl – meros.uz
93
https://QOMUS.INFO
997
ularda kulolchilik, zargarlik, pichoqchilik, yog‘och o‘ymakorligi va boshqa turdagi
milliy kasblar o‘rgatilmoqda.
Umuman, yoshlarga qanday milliy sohalar o‘rgatilmasin, ularga bu xususida
ma’lumot berilmasin, albatta, bu bo‘yicha asosiy bo‘g‘in oila hisoblanadi. Demak, oila
jamiyatdagi barcha me’zon, qadriyat, an’ana va urf-odatning boshlang‘ich
poydevoridir. U barcha milliy ong, milliy o‘zlik va milliy mentalitetning shakllanishida
asosiy bo‘g‘in sanaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |