Atoqli otlar qaysi turkumdan qanday yo`l bilan yasalmasin, ot so`z turkumi
tarkibiga kiritamiz
. Yuqorida qayd etganimizdek, o`zbek antroponimlari ham boshqa
tillardagi singari bir komponentli yoki ikki, uch komponentli bo`ladi.
Sodda antroponimlar ular uchun asos bo`lgan leksemaning tuzilishiga mos
keladi va mohiyatan tub nomlardir. Masalan,
Asal, Lola, Kumush, Go`zal
va boshqalar.
Sodda ismlarni sodda, tub deyish, ularni bo`g`in tuzilishiga ko`ra tahlil qilish aslida
ism uchun asos bo`lgan apellyativning tuzilishini qayd qilishdan iboratdir. Bu
xususiyatlar ismga xos deb o`ylash o`rinli emas. [4].
Ernest Begmatovning fikriga e’tibor qaratadigan bo`lsak, apellyativ yaxlit leksema
holida ismga o`tadi. Bu o`rinda u atoqli otga o`tgach, undan hosil bo`ladigan
xususiyatlar haqida gapirmoq lozim. Masalan, ismning individual tushuncha
ifodalashi, bosh harf bilan yozilishi va.b. Quyida keltirilgan ayollar ismiga e’tibor
bering:
Akbara (a.) – buyuk, ulug`; Akmal (a.) – eng yetuk, eng mukammal; Aliya (a.)
– ulug`, eng yuksak; Fazilat (a.) – yaxshi xislatli; Mantiqa (a.)- ma’noli, mantiqli
so`zlovchi; Marziya-e’timorga loyiq, munosib; Ma’suma-pok, toza, gunohsiz;
Mahbuba-suyukli, qadrli do`st; Mahmuda- maqtashga arziydigan qiz; Musallima-
623
yuvvoq, oqko`nggil; Ramziya- o`rnak, namuna;Ramida-hurkak, noziktab, muloyim;
Sofura-pokiza, toza, pokdomon;Ta’zima- hurmat qilishga arziydigan.
(8)
O`zbek tilshunosligida sodda ismlarni sodda deb qarash ham nisbiy tushuncha.
Chunki ism bir qator antroformatlarni qabul qilgach boshqa shaklga o`tadi.
Kumushxon, Lolaxon. Ikki va uch komponentli, ya’ni sintaktik usuli antroponimlar
yasashning eng mahsuldor usulidir. Bizning hisobimizga ko`ra, “O`zbek ismlari
ma’nosi” asarida 14600 ism izohlangan bo`lsa, o`sha ismlarning 8194 tasini qo`shma
ismlar tashkil etadi. Qo`shma so`z, uning komponentlari orasida sintaktik munosabat
qo`shma so`zning leksemaga va so`z birikmasiga munosabati, qo`shma so`z bilan so`z
birikmasining farqi qo`shma so`z hosil bo`lish xususiyatlari haqida o`zbek
tilshunosligida anchagina ish qilingan.(5) Bu ishlarda qo`shma so`z turdosh so`zlar
materiali asosida yoritilgan. Ism va toponimlar materiali tadqiqqa tortilmagan yoki
ba’zi holatlarda turdosh ot bilan aralash holda tavsif qilingan. Holbuki, oddiy qo`shma
so`z bilan qo`shma atoqli otlarning hosil bo`lishida ma`lum farqlar bor. Avvalo,
qo`shma so`zning lisoniy mohiyati haqoda aytilgan ikki fikrni keltiraylik. Prof.
A.G`ulomov fikricha, so`z birikmasi qo`shma so`zga aylanganga, undagi
komponentlar orasidagi sintaktik aloqa yo`qoladi, ular fonetik jihatdan ham birikadi va
bir bosh urg`uga ega bo`ladi.(6) A.Hojiyev yozadi: “Shuni aytish kerakki, so`zlarni
sintaktik usul bilan biriktirish deganda, birdan ortiq so`zning ma’lum grammatik
qonun- qoidalari asosida o`zaro bog`lanishi tushuniladi. So`zlarning ma’lum
grammatik qonun- qoidalar asosida o`zaro aloqaga kirishuvidan hech vaqt qo`shma
so`z hosil bo`lmaydi, balki hamma vaqt so`z birikmasi hosil bo`ladi. Ana shunday so`z
birikmalari til taraqqiyoti jarayonida ma’lum davrlar o`tishi bilan semantik, grammatik
va fonetik jihatdan bir butun holga kelishi, ya’ni qo`shma so`zga aylanishi mumkin.
So`zlarni grammatik qonun- qoidalar asosida o`zaro aloqaga kirishuvidan so`z
birikmasi hosil bo`lishi bilan shu birikmaning qo`shma so`zga aylanishi tamomila
boshqa- boshqa hodisadir”.(7) Darhaqiqat, so`z birikmasini hosil qiluvchi jarayon – bu
nutqdir. Ushbu birikmalardan ba’zilari nominativ ehtiyojga ko`ra ma’lun vaqtda
qo`shma so`zga aylanishi mumkin. Qo`shma atoqli otlarni, jumladan, ismlarni yuzaga
624
keltiradigan asos – bu kontekst (matn)dir. Bunda bolani nomlash jarayoni tushuniladi.
Sodda ism ham, qo`shma ism ham qisqa nomlash jarayonida tanlanadi yoki yaratiladi.
Bunda nominatorlarning turli va murakkab motivlari asoslanishi muhim rol o`ynaydi.
Ismlar orasida so`z birikmasiga o`xshash ismlar ham mavjud: Xudoybergan,
Tangriberdi, Kuntug`mish kabi. Ammo bu ismlar ham go`dakni nomlash jarayonida
birdan “ijod” qilingan ismlardir. Ism yasalgan qo`shma apellyativlar orasida dastlab
so`z birikmasi xarakterida bo`lgan ismlar ham uchraydi:
Qizilgul, Atirgul, Oyto’la,
Oqbilak
kabi. Ushbu apellyativlar ismga aylangunga qadar uch jarayonni boshidan
kechirgan: 1)
qizil gul
– so`z birikmasi; 2)
qizilgu
l – qo`shma so`z; 3)
Qizilgul
– ism.
Bu holatda qizilgul qo`shma so`zi hech qandday yasalishsiz, tayyor holda ism
vazifasiga o`tgan va ushbu o`tish bolani nomlash jaryonida go`zallik, chiroylilik motivi
asosida birdan yuz bergan. Bunday nomlar asta-sekin udumga kirgan va atoqli ot ism
sifatida tilda yashab kelgan hamda avvaldan tayyor nom sifatida antroponimlar fondida
zaxira sifatida saqlanib turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |