O’z o’ziga xizmat qilish
– Bolalar mehnatining har bir turi bo’lib unda bolalar ilk
yoshdan boshlab mustaqil ovqatlanish, yuvinish , kiyinish, o’yinchoqlarni yig’ishtirib
quyishga o’rgatiladi . O’z o’ziga xizmat qilish jarayonida bolalarda mustaqillik,
ma’lum maqsad bilan harakat qilish kabi sifatlar shakllanadi.
Tabiatdagi mehnat.
Bolalarning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lib , o’simlik va
hayvonlar , yil fasllari, jonsiz tabiat to’g’risidagi bilimlar manbai, bolalarda
mehnatsevarlikni tabiatga ehtiyotkorona munosabatlarni tarbiyalashda muhim
sanaladi. Mehnat qurollari bilan tanishtirish ham tabiatdagi mehnat bilan bog’liq
tarzda olib boriladi.
Xo’jalik maishiy mehnat.
Bolalar bog’chasida va oilada olib boriladi . Uning mazmuni har xil bo’ladi:
Xona va bog’cha maydonchasini yig’ishtirish, choy idishlarni, idish tovoqlarni
yig’ishtirish, qo’g’irchoq kiyimlarini, mayda narsalarni yuvish, mashg’ulotlarga kerakli
materialarni tayyorlab quyish, mashg’ulotdan keyin stol ustidagi narsalarni
yig’ishtirib qo'yish.
Har bir bola maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab mehnatda ishtirok etishi zarur.
Maktabgacha ta'lim tashkotlarida va oilada bajariladigan uncha murakkab bo'lmagan
har bir topshiriq uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak. Bola mehnatning
ahamiyati va mohiyatini tushunib yetishish uchun pedagog kattalarning mehnati,
bolalarning o'zlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan ekskursiyalar
uyushtirishi lozim hisoblanadi.
Iqtiboslar va shaxsiy fikrlar
Pedagog-shoir H.H.Niyoziy esa maktab yoshlarni ilmli, odobli qilib tarbiyalashi va
hunarga o‘rgatishi kerak, - deb ta'kidlagan ekan, yoshlar ma'naviy fazilatlarining
shakllanishida mehnatning rolini yuqori baholaydi. She'rlarida bolalarni ota-
onalarining mehnati qadriga yetishga undaydi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy yoshlikda ilm olishning ahamiyati haqida gapirar ekan,
«O‘qi», «Kitob», «qalam» kabi she'rlarida ilmni mehnatsiz egallab bo‘lmasligi
to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari suradi.
440
U yoshlarga kelajakda o‘z orzulariga yetishish, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan
mehnat qilish zarurligini ta'kidlaydi.
Jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo’shgan al Xorazmiy, Ibn Sino, Ismoil al
Buxoriy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi bobokalonlarimiz
mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni qo’lga kiritishgan, yoshlarni ham mehnat
qilishga chaqirishgan. Shu boisdan jahonning barcha xalqlari maqollarida bo’lgani
kabi o’zbek maqollarida ham mehnat tarbiyasi markaziy o’rinlarni egallagan. Mehnat
bolalarning diqqat, o’tkir zehnlilik, topqirlik, malaka va ko’nikmalarini amaliyotda
qo’llay bilish, ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirib boradi. Bog‘cha yoshidagi
bolalarni mehnatsevarlik ruxida tarbiyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta
ahamiyatga egadir. Jamoa bo‘lib mehnat qilishda tarbiyachi hap bir bolaga ma’lum
bir mehnatni bajarishni buyuradi. Ana shu tariqa bolalar jips jamoa bo‘lib mehnat
faoliyati bilan shug‘ullanadilar.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda maktabgacha yoshdan boshlab bolalarga mehnat tarbiyasi
berish ularni estetik va jismoniy jihatdan ham rivojlantirar ekan, kelajak avlodning
komil inson bo'lib yetishishida mehnat tarbiyasining ro'li naqadar buyuk ekanini
anglab yetamiz.Madaniyatli kishi mehnatsevar bolib yetishadi. Mehnatni
sevmaydigan va qadrlamaydigan odamdan madaniyatli kishi chiqmaydi. Insonning
ongliligi, tarbiyalalanganligi avvalo mehnatga bo'lgan munosabatida korinadi.
Mehnat insonni ulug'laydi, go'zallikga chorlaydi. Mehnatsiz turmush mazmunsiz
otadi. Mehnat qilmaydigan inson hayoti zerikarlidir.U ma’naviy qashshoq va
jismonan zaif bo'ladi. Uzoq umr ko'rish siri ham mehnatdadir. Mehnat qilmasang,
xatto buyuk istedod xam so'nadi, mehnat har qanday qobilyatni rivojlantiradi.Terlab-
pishib qilingan mehnat erta hosil beradi, mehnatdan qobilyat, qobilyatdan iste’dod,
undan esa daxolik paydo boladi. Xammasining zamirida sidqi dildan qilingan mehnat
yotar ekan bolalar hayotida mehnat tarbiyasining o'rni naqadar muhim ekanligi o'z
tasdig'ini topadi.
Shunday ekan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mehnat
tarbiyasi va mehnatga oid bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirish biz tarbiyachilarning
asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mehnat tarbiyasining bolalar hayotini tashkil
etishdagi o'rni naqadar muhim ekanligini hisobga olgan holda,bolalarda mehnatga
bo’lgan ijobiy munosabatni shakllantirish, kasblarga mehr-muhabbatli
441
qilib tarbiyalash, bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish va turli kasblarga
o'rgatish muhim sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |