Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet376/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



936 
yanada rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim 
tizimini 2030 yillargacha rivojlantirish konsepsyasi” ishlab chiqildi va amalga tadbiq 
etildi, bu konsepsya maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning 
sifatli ta’lim tizimida bilim olishini, undan teng foydalanishini ta’minlash va eng 
muhimi tizmini rivojlangan mamlakatlar sarasiga qo‘shish maqsad qilib olingan. 
Bundan tashqari tizimni rivojlantirish, har bir holatni qonun doirasida olib borish, 
tashkilotlar faoliyati barqarorligini ta’minlab turuvchi qonuniy hujjat O’zbekiston 
Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” gi 595-sonli Qonunni 
2020 yil 22 dekabrda amalga joriy etildi. Mamalakatimiz rahbari bu tizimni 
rivojlantirish va isloh qilishda eng muhim va og‘ir masallarni yaxshi bilib, ularni 
yechimini topish hamda rivojlantirish borasida bir qancha farmon, qarorlarni amalga 
joriy etib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan 2020 
yil 22 dekabrda “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartlarini tasdiqlash 
to‘g‘risida” gi 802-sonli qarori ishlab chiqildi, bu qaror asosida ta’lim tashkilotlarida 
olib borilayotgan ta’lim va tarbiyaning sifat sammaradorligini oshirish, bolalar 
rivojlanishining ustuvor vazifasi, maqsadi va yo‘nalishlarini belgilab berdi. Tashkil 
etilayotgan ta’lim tarbiya jarayonini aniq yo‘nalishlar asosida olib borishi, kun 
davomidagi tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar jarayoni va yillik tarbiyaviy jarayonlar 
ba’zasi yaratildi. Amalga oshirilib kelinayotgan islohatlar natijasida maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarining ta’limiy faloiyati rivojlandi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi asosiy vazifa bolalarni ma’naviy yuksak, 
jismonan yetuk barkamol shaxs qilib tarbiyalashdir. Bolalarning ta’limiy faolyatida
nutqiy faoliyat muhim hisoblanadi. Nutqiy faoliyati bola hayotining va ta’lim tarbiya 
jarayonining eng elementar omillarida ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirishga yanada yuqoriroq
talabalar qo’yilmoqda. Bu talablarga javob berishda esa yanada ko’proq izlanishlar, 
yangiliklar kiritish va zamon talabiga mos inavatsion ba’zalar yaratishni taqozo etadi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutq o’stirish mashg’ulotlari asosiy mashg’ulot 
hisoblanadi, nutq nafaqat bolalar so’z boyligi bilan chegaralanadi, bolaning ijodiy 


937 
fikrlashi, bilish jarayonini ma’lum etishi va bolaning tafakkur qobiliyatini yuksalishida 
muhim ahamiyatgadir. Nutqiy jarayon bolaning har bir faoliyati bilan chambarcha
bog’liqdir. Nutqiy faoliyat nafaqat ishtimoiy muhitda, balki mashg’ulotlar 
jarayonining har bir ko’rinishida shakllanib rivojlanib boraveradi. Jumladan 
tashkilotlarda o’tkaziladigan musiqa mashg’ulotlari ham juda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Musiqa bolalarda ijodkorlikni, tafakkurni, diqqatni, aqliy va jismoniy yetuklikni
tarbiyalash bilan birgalikda, nutq faoliyati bilan ham uzviy bog‘liqdir. 
Musiqaning 
bola hissiyoti va intilishiga
, mazmuniga va his etishiga katta ta’sirini 
hisobga olganda, haqqoniy va voqeylikni to‘g‘ri aks ettirgan musiqali asardan o‘rinli 
foydalanish alohida o‘rin tutadi. Musiqa odamning fikrlash va ifodalash hissiyoti asos 
bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa tovush bilan hamohanglik rivojlanishida dastlab bilan 
bog‘liq bo‘ladi. Nutq ohanglarini va musiqa ohanglarning umumlashuvi natijasida
qo’shiq shakllanadi. Shu bilan birga, musiqada tovushlarga va tasviriy holatlarga taqlid 
qilish hollari bor, ammo masalaning mohiyati bular bilan belgilanmaydi. Musiqali 
obraz o‘zining aniq ko‘rinishi bilan bog‘liqdir. Bolalarda kichik yoshlik chog‘idan 
idrok etish, his etish, turmush va san’atdagi go‘zallikni tushunish ishtiyoqi 
tarbiyalanadi va bu kabi go‘zallikni yaratishga intilish kuchayadi. Bolaning badiiy 
faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Shu bilan birgalikda bolalarda qo’shiq matnini 
yodlash, uni aytib berish va kuylash orqali bolalarda nutq jarayoni shakllanadi va xotira 
diqqat ham hamohang ravishda rivojlanadi. Musiqa bola qalbida kuchli emotsional 
tuyg‘u uyg‘otadi. Bolada o‘z kechinmalarini boshqalarga ulashish, hayajonini oshkor 
qilish va bolalarda uchraydigan ayrim stress holatlarini bartaraf etish, ularda 
ijodkorlik, atrof muhitga qiziqish, quvnoqlik tuyg‘ularini uyg‘otishga sabab bo‘ladi. 
Bolalarda san’atga qiziqish shakllanib borgan sari nutq ham rivojlanidi, bola o‘z 
kechinmalarini bayon qilishi uni boshqalar bilan muhokama qilib borishi namoyon 
bo‘la boshlaydi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki o‘sib, hissiyotini yanada 
boyitib boradi. Bolalarda musiqiy idrokini rivojlantirmay, ularning musiqaga mehr-
muhabbatini yetarli darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy, ma’naviy boy 
va boshqa sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi. Shu borada musiqa mashg‘ulotlarining 
mazmuni bolalarni har tomondan bajaradigan qator faoliyatlarni taqozo etadi. Musiqa 


938 
— san’atning bir turi. Masalan: musiqa mashg‘ulotlarini she’riyat (adabiyot), badiiy 
san’at va san’atning boshqa turlari va  
jismoniy tarbiya
, tasviriy san’at va boshqalar 
bilan qo‘shib olib borish nazarda tutilgan. Bolalar rivojlanishida bu san’at turlarining 
barchasidan keng foydalaniladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun bahor fasli 
haqida kuylangan chiroyli qo‘shiq aytib berib, bolalardan qo‘shiq mazmuni va bahor 
haqidagi tushunchalarini gapirib berishni, bahor faslida uzi yoqtirgan manzaralarning 
rasmni chizib berish so‘ralganida, bolalar bahor fasli haqida xotirasida saqlangan 
ma’lumotlarni aytib beradi, yangilarini saqlab qoladi va kuy ohangida uning hissiy 
emotsiyalari shakllaninb o’z tasvvuridagi rasmlarni chizadi. Musiqiy faoliyat
bolalarning estetik dunyo qarashi boyitadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ilk 
qadam“ davlat o’quv dasturi asosida ta’lim-tarbiya faoliyati olib boriladi. Dasturning
“Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari”, soxasi va “Ijodiy rivojlanish” soxalari 
bir biriga uzviy bog’liq holda olib boriladi. Masalan: Ta’lim tashkilotlaridagi badiiy 
adabiyot bilan tanishtirish mashg’uloti biz yuqorida aytganimizdek badiiy adabiyot 
san’atning bir turi bo’lib “
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish
” mashg‘uloti jarayonida 
bolalar uchun sher aytib berish yoki uni yod olishda, bolalarning voqeylikni his qilishi 
sherning mazmuniga diqqat qilishi va xotirasida saqlab qolishi bilan birgalikda nutq 
jarayoni boyiydi, bola lug‘atiga yangi so’zlar qo‘shiladi. Ayrim holatlarda bolalar 
nutqiy faoliyati orqali jamoa va ishtimoi muhit bilan munosabatga kirishishida ma’lum 
to’siqlarga uchraydi. Ba’zida begonasirash yoki boladagi agrisivlik ham uning asl 
qobiliyatlarini namoyon qilishga to‘sqinlik qiladi. Bola o‘z bilganlarini gapirib 
berishga yoki jamoaga tezda o‘rganing ketishga qiynalib turadi. Bunday sharoitda 
bog‘cha pedagoglaridan bolaga musiqiy terapiya o’tkazish juda samarali hisoblanadi. 
Bolalarga musiqa eshitishini, kuylashni, qo’shiq mazmuni nima haqida ekanligini aytib 
berishni so’rash, har kuni har bir mashg’ulotlarni musiqiy ohanglar bilan olib borish, 
har bir boladan o‘zi yoqtirgan qo‘shiqni yoki sherni aytib berishni so‘rash orqali 
bolalarda jamoaga moshlashuv, o‘ziga ishonch tuyg‘ularini shakllantirish orqali ham 
bolaning nutqiy faoliyati so‘z boyligi, fikrlashi va tafakkuri haqida ma’lumotlar olishi 
mumkin. Qo‘shiq va she’rning mazmunini qayta so‘rash, yoki ertaklar, hikoyalar 
o‘qib berish ham bolalarda nutqiy jarayondagi rivojlanishga turtki bo‘lib xizmat qiladi. 


939 
Voqeylikga asoslangan qo‘shiq va she’rlar bolalar xotirisida uzoq saqlanadi va tezda 
uni yod olishga yordam beradi.

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish