936
yanada rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim
tizimini 2030 yillargacha rivojlantirish konsepsyasi” ishlab chiqildi va amalga tadbiq
etildi, bu konsepsya maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning
sifatli ta’lim tizimida bilim olishini, undan teng foydalanishini ta’minlash va eng
muhimi tizmini rivojlangan mamlakatlar sarasiga qo‘shish maqsad qilib olingan.
Bundan tashqari tizimni rivojlantirish, har bir holatni qonun doirasida olib borish,
tashkilotlar faoliyati barqarorligini ta’minlab turuvchi qonuniy hujjat O’zbekiston
Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” gi 595-sonli Qonunni
2020 yil 22 dekabrda amalga joriy etildi. Mamalakatimiz rahbari bu tizimni
rivojlantirish va isloh qilishda eng muhim va og‘ir masallarni yaxshi bilib, ularni
yechimini topish hamda rivojlantirish borasida bir qancha farmon, qarorlarni amalga
joriy etib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan 2020
yil 22 dekabrda “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartlarini tasdiqlash
to‘g‘risida” gi 802-sonli qarori ishlab chiqildi, bu qaror asosida ta’lim tashkilotlarida
olib borilayotgan ta’lim va tarbiyaning sifat sammaradorligini oshirish, bolalar
rivojlanishining ustuvor vazifasi, maqsadi va yo‘nalishlarini belgilab berdi. Tashkil
etilayotgan ta’lim tarbiya jarayonini aniq yo‘nalishlar asosida olib borishi, kun
davomidagi tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar jarayoni va yillik tarbiyaviy jarayonlar
ba’zasi yaratildi. Amalga oshirilib kelinayotgan islohatlar natijasida maktabgacha
ta’lim tashkilotlarining ta’limiy faloiyati rivojlandi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi asosiy vazifa bolalarni ma’naviy yuksak,
jismonan yetuk barkamol shaxs qilib tarbiyalashdir. Bolalarning ta’limiy faolyatida
nutqiy faoliyat muhim hisoblanadi. Nutqiy faoliyati bola hayotining va ta’lim tarbiya
jarayonining eng elementar omillarida ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirishga yanada yuqoriroq
talabalar qo’yilmoqda. Bu talablarga javob berishda esa yanada ko’proq izlanishlar,
yangiliklar kiritish va zamon talabiga mos inavatsion ba’zalar yaratishni taqozo etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutq o’stirish mashg’ulotlari asosiy mashg’ulot
hisoblanadi, nutq nafaqat bolalar so’z boyligi bilan chegaralanadi, bolaning ijodiy
937
fikrlashi, bilish jarayonini ma’lum etishi va bolaning tafakkur qobiliyatini yuksalishida
muhim ahamiyatgadir. Nutqiy jarayon bolaning har bir faoliyati bilan chambarcha
bog’liqdir. Nutqiy faoliyat nafaqat ishtimoiy muhitda, balki mashg’ulotlar
jarayonining har bir ko’rinishida shakllanib rivojlanib boraveradi. Jumladan
tashkilotlarda o’tkaziladigan musiqa mashg’ulotlari ham juda muhim ahamiyat kasb
etadi. Musiqa bolalarda ijodkorlikni, tafakkurni, diqqatni, aqliy va jismoniy yetuklikni
tarbiyalash bilan birgalikda, nutq faoliyati bilan ham uzviy bog‘liqdir.
Musiqaning
bola hissiyoti va intilishiga
, mazmuniga va his etishiga katta ta’sirini
hisobga olganda, haqqoniy va voqeylikni to‘g‘ri aks ettirgan musiqali asardan o‘rinli
foydalanish alohida o‘rin tutadi. Musiqa odamning fikrlash va ifodalash hissiyoti asos
bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa tovush bilan hamohanglik rivojlanishida dastlab bilan
bog‘liq bo‘ladi. Nutq ohanglarini va musiqa ohanglarning umumlashuvi natijasida
qo’shiq shakllanadi. Shu bilan birga, musiqada tovushlarga va tasviriy holatlarga taqlid
qilish hollari bor, ammo masalaning mohiyati bular bilan belgilanmaydi. Musiqali
obraz o‘zining aniq ko‘rinishi bilan bog‘liqdir. Bolalarda kichik yoshlik chog‘idan
idrok etish, his etish, turmush va san’atdagi go‘zallikni tushunish ishtiyoqi
tarbiyalanadi va bu kabi go‘zallikni yaratishga intilish kuchayadi. Bolaning badiiy
faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Shu bilan birgalikda bolalarda qo’shiq matnini
yodlash, uni aytib berish va kuylash orqali bolalarda nutq jarayoni shakllanadi va xotira
diqqat ham hamohang ravishda rivojlanadi. Musiqa bola qalbida kuchli emotsional
tuyg‘u uyg‘otadi. Bolada o‘z kechinmalarini boshqalarga ulashish, hayajonini oshkor
qilish va bolalarda uchraydigan ayrim stress holatlarini bartaraf etish, ularda
ijodkorlik, atrof muhitga qiziqish, quvnoqlik tuyg‘ularini uyg‘otishga sabab bo‘ladi.
Bolalarda san’atga qiziqish shakllanib borgan sari nutq ham rivojlanidi, bola o‘z
kechinmalarini bayon qilishi uni boshqalar bilan muhokama qilib borishi namoyon
bo‘la boshlaydi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki o‘sib, hissiyotini yanada
boyitib boradi. Bolalarda musiqiy idrokini rivojlantirmay, ularning musiqaga mehr-
muhabbatini yetarli darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy, ma’naviy boy
va boshqa sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi. Shu borada musiqa mashg‘ulotlarining
mazmuni bolalarni har tomondan bajaradigan qator faoliyatlarni taqozo etadi. Musiqa
938
— san’atning bir turi. Masalan: musiqa mashg‘ulotlarini she’riyat (adabiyot), badiiy
san’at va san’atning boshqa turlari va
jismoniy tarbiya
, tasviriy san’at va boshqalar
bilan qo‘shib olib borish nazarda tutilgan. Bolalar rivojlanishida bu san’at turlarining
barchasidan keng foydalaniladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun bahor fasli
haqida kuylangan chiroyli qo‘shiq aytib berib, bolalardan qo‘shiq mazmuni va bahor
haqidagi tushunchalarini gapirib berishni, bahor faslida uzi yoqtirgan manzaralarning
rasmni chizib berish so‘ralganida, bolalar bahor fasli haqida xotirasida saqlangan
ma’lumotlarni aytib beradi, yangilarini saqlab qoladi va kuy ohangida uning hissiy
emotsiyalari shakllaninb o’z tasvvuridagi rasmlarni chizadi. Musiqiy faoliyat
bolalarning estetik dunyo qarashi boyitadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ilk
qadam“ davlat o’quv dasturi asosida ta’lim-tarbiya faoliyati olib boriladi. Dasturning
“Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari”, soxasi va “Ijodiy rivojlanish” soxalari
bir biriga uzviy bog’liq holda olib boriladi. Masalan: Ta’lim tashkilotlaridagi badiiy
adabiyot bilan tanishtirish mashg’uloti biz yuqorida aytganimizdek badiiy adabiyot
san’atning bir turi bo’lib “
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish
” mashg‘uloti jarayonida
bolalar uchun sher aytib berish yoki uni yod olishda, bolalarning voqeylikni his qilishi
sherning mazmuniga diqqat qilishi va xotirasida saqlab qolishi bilan birgalikda nutq
jarayoni boyiydi, bola lug‘atiga yangi so’zlar qo‘shiladi. Ayrim holatlarda bolalar
nutqiy faoliyati orqali jamoa va ishtimoi muhit bilan munosabatga kirishishida ma’lum
to’siqlarga uchraydi. Ba’zida begonasirash yoki boladagi agrisivlik ham uning asl
qobiliyatlarini namoyon qilishga to‘sqinlik qiladi. Bola o‘z bilganlarini gapirib
berishga yoki jamoaga tezda o‘rganing ketishga qiynalib turadi. Bunday sharoitda
bog‘cha pedagoglaridan bolaga musiqiy terapiya o’tkazish juda samarali hisoblanadi.
Bolalarga musiqa eshitishini, kuylashni, qo’shiq mazmuni nima haqida ekanligini aytib
berishni so’rash, har kuni har bir mashg’ulotlarni musiqiy ohanglar bilan olib borish,
har bir boladan o‘zi yoqtirgan qo‘shiqni yoki sherni aytib berishni so‘rash orqali
bolalarda jamoaga moshlashuv, o‘ziga ishonch tuyg‘ularini shakllantirish orqali ham
bolaning nutqiy faoliyati so‘z boyligi, fikrlashi va tafakkuri haqida ma’lumotlar olishi
mumkin. Qo‘shiq va she’rning mazmunini qayta so‘rash, yoki ertaklar, hikoyalar
o‘qib berish ham bolalarda nutqiy jarayondagi rivojlanishga turtki bo‘lib xizmat qiladi.
939
Voqeylikga asoslangan qo‘shiq va she’rlar bolalar xotirisida uzoq saqlanadi va tezda
uni yod olishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |