Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)


ФИО автора: Jurayeva Nargiza Izzat qizi Samarqand viloyati yuridik  texnikumi devonxona mudiri  Название



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



735 
ФИО автора:
Jurayeva Nargiza Izzat qizi
Samarqand viloyati yuridik 
texnikumi devonxona mudiri 
Название 
публикации:
«ARXIV 
ISHI 
VA 
ISH 
YURITISHNI 
TAKOMILLASHTIRISH» 
Moziyga nazar. Odamzod ilk amalga oshirgan ishlari bugun bitiklarda, tosh-
qoyalarda madaniy boylik sifatida saqlanib kelmoqda, bu tabiatning “tirik arxivlari” 
deb e’tirof etilgan. Mamlakatimiz xududida ilk davlatlar paydo bo‘lishining o‘zi 
arxivlar faoliyatiga asos solib bergan. Eramizdan avvalgi VII-VIII asrlarda Xorazm, 
So‘g‘diyona va Baqtriya davlatlari tashkil etilgan bo‘lsa, Xorazm xududidan yog‘och 
va teri qoplamalariga yozilgan va eramizning III asrlariga oid ilk xujjatlar saqlovi 
topilganligi o‘sha davrda hujjatxonalarning tashkil etilganligidan dalolat beradi. 
Bunga bizning aloqamiz yo‘qday ko‘rinishi mumkin, ammo o‘sha noyob marosimiz 
bugun tarix va arxiv xujjatlarida saqlanib kelinayotganligi arxivlarimizning moziyga 
aloqadorligiga ishonchimiz ortadi. 
Tarix. O‘zbekistonning XX asr boshlaridagi tarixiga nazar tashlasak, unda 1919-
1920 yillardan O‘zbekiston hududida arxivlarga asos solinganligini ko‘rish mumkin. 
Balki bu to‘g‘ridir, aynan shu davrdan yaratilgan hujjatlar davlat hisobida turishi 
belgilangan. Hujjatlarda shunday “dekret”lar saqlanib qolgan. Aslida, Markaziy 
Osiyo hududidagi davlatlarda uzoq ming yillardan buyon ish yuritish va xujjat bilan 
ishlash san’ati rivojlangan. Tarixdan ma’lumki, ko‘pgina g‘arb mamlakatlarida 
yozuv, harf terish san’ati rivojlanmagan davrlarda, taniqli tarixchi olim V. Iofening 
ilmiy izlanishlarida belgilangani kabi mo‘g‘illar bosqini davriga qadar ham VII-XIII 
mamlakat hududida hujjatchilik va ish yuritish san’ati yuqori darajada rivojlangan. 
Buni bugungi kundagi arxivlarimizda saqlanayotgan noyob hujjatlardan ham bilsa 
bo‘ladi. Bunga shubha yuk. Bu boshqa mavzu. O‘zbekiston arxivlarining rivojlanish 
bosqichlari ayni 2019 yildan boshlangan desak, unda xujjatchilik masalasida biz 
ancha ortda qolamiz, nima bo‘lganda ham tarix o‘z so‘zini aytdi, hujjatchilik, hujjat 


736 
saqlash bizda ming yilliklar oldin ham bo‘lgan. O‘zbekiston arxivlarini rivojlanish 
bosqichlarini bir nazar ko‘rsak, 30 yillik rivojlanishga e’tibor qaratmoqchimiz. 
O‘tgan davrda nima, qanday rivojlangan, barchasi arxivda ayon. 
Mustaqillikka erishgach, birinchi navbatda mamlakatni rivojlantirish strtegiyalari 
ishlab chiqila boshlandi. Unda qonunchilikka katta ahamiyat berildi. Birinchi 
qonunlarimizdan “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi, ulug‘vorlik ramzi 
bo‘lib, odamlarga ruh bag‘ishladi. Mamlakat ramzlari to‘g‘risidagi qonunchilikning 
qabul qilinishi ham davlat mustaqilligining mustahkam poydevori bo‘ldi. Islohotlar 
davrida go‘yo arxiv tizimi eski qolibda qolgandek bo‘ldi. Ko‘p tuzilmalar boshqaruvi 
izdan chiqib, yangi normativ-huquqiy hujjatlarga muhtojligi sezilib qoldi. Arxiv 
sohasida ham shunday bo‘lgandek ko‘rindi, aslida esa O‘zbekiston arxivlari tizimi 
faoliyati to‘xtamadi. 1990 yillarda arxivlarni rivojlantirishning muhim qadamlari 
birinchi bosqich, tiklanish bosqichi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Birinchi bosqich. 1990-1999 yillarni qamrab oldi va mazkur davr arxiv ishini 
yuritishning o‘ziga xosligi bilan tarixda qoldi. Jumladan, eski sovet hukumati qonuni 
hali amalda bo‘lgani bilan, uning mazmun-mohiyati va huquqiy kuchi tobora pasayib 
bordi. Hukumatning ilk normativ-huquqiy hujjatlarda O‘zbekistonda arxiv 
hujjatlarini saqlash ishi, ilmiy-texnik, kino va foto xronika arxiv hujjatlari, madaniy 
boyliklar va madaniy meros ob’ektlari barchasi O‘zbekiston davlat muhofazasiga 
olingani, davlat mulkiga aylangani arxiv ishini yangi bosqichda olib borishga asos 
bo‘lgan. Deyarli bir yil eskt tuzum hujjatlari bilan ishlashga to‘g‘ri keldi. 1992 yilda 
“Bosh arxiv boshqarmasi («O‘zbosharxiv») to‘g‘risidagi Nizom va respublika 
markaziy davlat arxivlari tarmog‘ini tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarorlari qabul 
qilinganidan so‘ng tarmoq yangi tizim sifatida faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Birinchi 
bosqich rivojlanishda hududlardagi deyarli barcha arxivlar mahalliy davlat 
hokimiyati huzuridagi xo‘jalik xisobidagi arxivlar hisoblanib, yillar kesimida 15-20 
ta davlat arxivlari, ularning 60 ga yaqin filialllari mavjud edi. 
Ikkinchi bosqich. (1999-2004 yy.) 1999 yilga kelib arxivlar to‘g‘risidagi qonun, 
arxivlar rivojlanishini ikkinchi bosqichni belgilab berdi. Bu bosqichda arxivlarni 


737 
rivojlanishi asosan arxiv ilmiy xodimlari, tarixchi olimlarning katta tajribasiga 
bog‘liqligi muhim ahamiyat kasb etdi. Arxivlar faoliyatini tartibga solishning 
huquqiy asosi yuyelgilab berildi. Bu davrda arxiv ishi tarixini o‘rganishning bazaviy 
uslublari ishlab chiqildi, bu bosqich 1999-2004 yillarni qamrab oldi. Bu davrda 
mustaqil O‘zbekiston arxivlar tizimi faoliyati belgilab berildi. Qonun bilan asosiy 
yo‘nalishlari, strukturasi, faoliyat turi, kadrlarni tayyorlash, arxivshunoslik kabi 
muhim strategiyalar belgilandi. O‘zbekiston arxivlarini boshqarish tizimi Hukumat 
huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi davlat arxivlarining boshqaruv organi sifatidagi 
faoliyati, arxivchilarning ijtimoiy himoyasi, arxivlarning moddiy-texnik bazasi, 
arxivlar faoliyatiga deyarli ta’siri sezilmay qoldi. Arxiv sohasini takomillashtirishga 
qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilinib, ish yuritishning muhim bosqichlari 
belgilangan, davlat boshqaruvi organlari faoliyati arxivlarga biriktirilgan, ish 
yuritishning yangi uslublari, nazorat shakllarining yangi uslublari ishlab 
chiqilshanidan so‘ng bu tashkilotni tubdan o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi. Shu davrga 
kelib, 1992 yilda qabul qilingan “Bosh arxiv boshqarmasi («O‘zbosharxiv») 
to‘g‘risidagi Nizom va respublika markaziy davlat arxivlari tarmog‘ini tasdiqlash 
haqida”gi qarorlar mazmunan va ma’nan eskirganligi, bundan buyon mazkur hujjat 
bilan ishlash rivojlanishga olib kelmasligi, o‘sha davr talabiga javob bermay qoldi. 
Respublikada arxiv ishini yuritish va rivojlantirishning yagona siyosatini o‘tkazish, 
yangi xo‘jalik mexanizmi ishlab turgan sharoitlarda arxivlarning iqtisodiy mustaqillik 
va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplari asosida o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish 
bo‘yicha davlat arxivlarining yuqori samarali va unum bilan ishlashini ta’minlash 
masalalari, arxivshunoslik, hujjatlarni yuritish, arxeografiya sohasidagi ilmiy va 
metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirib borish, ilmiy tadqiqotlar va fan-
texnika yutuqlari natijalarini respublika arxiv muassasalari ishiga joriy etish 
masalalariga e’tiborni kuchaytirish uchun yangi boshqaruv organi, yangi tizim joriy 
etilishi ham davr talabi bo‘ldi ham shunga zarurat bor edi. 
O‘zbekiston arxivlarini rivojlanishining ikkinchi bosqichida milliy arxiv fondini 
shakllantirishning ilk bosqichiga asos solindi. Arxiv ishida yagona siyosatni olib 


738 
borish belgilandi. Ammo, bu siyosatga O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988 
yil 31 oktyabrdagi “Respublikada arxiv ishini boshqarish sxemasi to‘g‘risida”gi 389-
son qarori huquqiy to‘sqinligi bor edi. Hukumatning 1999 yildagi “Arxiv ishi 
bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori esa Respublikada arxiv 
ishini yuritishning yangi tizimini shakllantirdi va yuqoridagi huquqiy barerni olib 
tashladi. Bu bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, davlat qo‘mitalari, 
korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar o‘z me’yoriy hujjatlarini 
«Arxiv to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va mazkur qaror bilan 
tasdiqlangan arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga muvofiqlashtirildi. 
Uchinchi bosqich. (2004-2010 yy.) 
O‘zbekiston arxivlarining uchinchi rivojlanish bosqichi huquqiy jihatidan ayrim 
muammolarni hal qilgan bo‘lsada, mahalliy davlat hokimiyatlari xo‘jalik xisobidagi 
arxivlarning haqiqiy faoliyatiga deyarli ta’sir qilmadi. 
2004 yilda qonunga amaliyotdagi tajribadan kelib chiqib, 17 ta holatda yangi 
normalar kiritilib, qonun huquqiy mustahkamlandi. Arxiv fondlarining chet 
davlatlarga olib chiqilishi, olib kirilishi bilan bog‘liq bu o‘zgartirishlar quyi 
pog‘onadagi arxivlar faoliyatiga unchalik ta’sir ko‘rsatmadi. To‘g‘ri, ilk mustaqillik 
yillaridagi 64 ta davlat arxivlari va markaziy davlat arxivlari faoliyatida milliy arxiv 
fondi tushunchasi kiritildi, ammo ularning o‘sha davrlarda “filial” sifatida yuritilgan 
arxivlarini tubdan isloh qilish muammoligicha qoldi. Muammolarni hal etish uchun 
huquqiy va iqtisodiy mexanizmning bo‘shligi ko‘p jihatdan qonunning amaliyotda 
ishlashiga bog‘liq, shu jihatdan yildan yilga huquqiy asoslarni takomillashtirishga 
intilishlar kuchaydi. Arxivlar faoliyatida kadrlar tayyorlashga bu davrda e’tibor 
kuchaydi. 2003 yilda Щzbekiston milliy universitetida bakalavriyat yo‘nalishida 
“Arxivshunoslik” yo‘nalishi ochilgan bo‘lsa, 2005 yildan shu yo‘nalishda 
magistraturaga qabul boshlandi. Respublika markaziy arxivlari, viloyatlar arxivlari 
qoshida malaka oshirish kurslari tashkil etila boshladi. 


739 
To‘rtinchi bosqich. (2010-2019 yy.) 
Rivojlanishning to‘rtinchi bosqichi 2010 yilda “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi qonunning 
qabul qilinishi bilan bog‘liq bo‘ldi. O‘sha davrda amaldagi “Arxivlar to‘g‘risida”gi 
qonunning o‘rniga yangi tahrirda qabul qilingan qonun aksariyat huquqiy, iqtisodiy 
muammolarni hal qilishga erishdi. Jahon hamjamiyatida arxiv ishini rivojlantirishga 
e’tibor kuchaydi. O‘zbekiston ilk marotaba arxiv ishi va ish yuritish sohasida halqaro 
tajribadan kelib chiqib, mustaqil shartnomalar, bitimlar tuza boshladi. Siyosiy, 
iqtisodiy rivojlanishga davlat tomonidan arxiv ishiga e’tibor kuchaydi. Yangi 
qonunning qabul qilinishi ko‘p jihatdan arxivlar, ayniqsa quyi tizimdagi arxivlar 
faoliyatiga ijobiy ta’sir qildi. Ilgarigi qonun 21 ta moddadan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 
amaldagi yangi qonun 36 ta modda qilib belgilandi. O‘zbekiston milliy arxiv fondi 
bilan bog‘liq 10 ga yaqin yangi normalar kiritilib, milliy arxiv fondi tushunchasi 
kengaytirildi. Mazkur qonun davlat boshqaruvi va ho‘jalik yurituvchi sub’ektlarni 
ham qamrab olib, arxiv ishi va ish yuritish sohasida vakolatlarni belgilab berdi. 
Hukumat va mahalliy davlat hokimiyati idoralarining vakolatlari, “O‘zarxiv” 
agentligining vakolatlari aniq belgilab olindi. 
Bu davr rivojlanishning yuqori bosqichini tashkil etdi desak ayni haqiqatdir. Chunki, 
eski o‘z umrini o‘tab bo‘lgan, amaliyoda qo‘llash usullari eskirgan va arxiv 
faoliyatidagi muammolarni hal etmaydigan, mazmunan eskirgan normativ-huquqiy 
hujjatlar o‘rniga tizimda birnechta faol va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir kuchiga ega 
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, qonunni amaliyotda to‘liq 
qo‘llash yuzasidan 2012 yilda Hukumatning qarori qabul qilinib, Arxiv hujjatlarini 
jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi, 
Milliy arxiv fondi Davlat katalogi to‘g‘risidagi, Arxivlarni tashkil etish, qayta tashkil 
etish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi, Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan 
xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi, Arxivlar mutaxassislarini O‘zbekiston 
Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hujjatlarini tartibga keltirishga 
kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi, Arxiv 
hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini 


740 
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi to‘g‘risidagi yangi Nizom va qoidalar 
ishlab chiqilib, arxiv xodimlari mehnatini yengillashtirdi. Ilk bora, vazirliklar va 
idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklari, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar arxiv 
hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan o‘z arxiv 
fondlarining hajmi va tarkibi haqidagi ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda va 
shakllarda tegishli arxivlarga muntazam ravishda taqdim etilishi belgilanib, davlat 
arxivlarining huquqiy maqomi mustahkamlandi. Bu davr ichida 30 ga yaqin arxiv 
binolari yangi qurildi. Tizimning moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Markaziy 
davlat arxivlarida milliy arxiv fondini saqlash bo‘yicha tashkiiy, iqtisodiy choralar 
ko‘rildi. Arxiv hujjatlarini xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ta’lim 
maqsadida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda arxivlar 
tomonidan foydalanuvchilarga taqdim etish borasida bir qator yangi yo‘nalishlar 
tashkil etildi. Arxiv hujjatlarining tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi yagona ilmiy-
uslubiy yondashuvga asos solindi. Bir-biri bilan bog‘liq, o‘zaro to‘ldiruvchi arxiv 
ma’lumotnomalari majmui, ya’ni arxivning ilmiy-ma’lumotnoma tizimi to‘liq 
shakllandirildi. Hullas, bu davrda rivojlanish iqtisodiy islohotlar bilan hamnafas 
ravishda ijtimoiy yo‘nalishda olib borildi. Endilikda esa, arxivlarni yagona axborot-
kommunikatsiya tizimlariga ulash, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish kabi yangi 
loyihalar turardi. 
Yangi bosqich. 2019 yilga kelib, arxiv ishi va ish yuritish tizimini tubdan 
takomillashtirish talab etildi. Bu davr O‘zbekiston arxivlarining yangi davri deb 
tarixga kiritildi. Yagona interaktiv portallarning ishga tushirilishi, endi yangi tizim 
asosida shakllanishi lozimligi talab etildi. 
2019 yil arxiv ishi tizimini yangi bosqichini, sohani tubdan isloh qilish davrini 
boshlab berdi. Islohotlar davrida soha uchun ayrim yangi, hali tizimda ishlatilmagan 
yo‘nalishlar kiritilishi zamon talabi bo‘lib qoldi. Bunda davlat boshqaruvi organi 
sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” 
agentligini tubdan isloh qilish islohotlarning boshi bo‘ldi. Hususan, Davlat 


741 
Rahbarining tashabbusi bilan agentlikning tashkiliy tuzilmasi o‘zgartirilib, alohida 
agentlik tashkil etildi. Bu esa arxiv sohasida yagona davlat siyosatini olib borishga 
yangi bosqich bo‘ldi. Agentlikning asosiy vazifalari belgilab berildi. Jumladan, arxiv 
ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazoratni amalga 
oshirish, Milliy arxiv fondining hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat 
hisobiga olinishini ta’minlash va ulardan keng foydalanish, davlat arxivlarini 
boshqarish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash asosiy vazifalardan 
biri bo‘ldi. Yangi bosqichda arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda nodavlat sektorini yanada 
rivojlantirish, arxiv ishi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratish imkoniyatlari kengaytirildi. 
Arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy, 
metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va 
ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga joriy etish ishlari 2019 
yilning o‘zidanoq boshlab yuborildi. 
Kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Toshkent, markazda va hududlardagi 
oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy arxivchi kadrlarni tayyorlashga, magistratura 
yo‘nalishlariga e’tibor kuchaytirildi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan 
holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan 
xodimlarni malakasini oshirish masalalarida alohida markaz tashkil etildi. 
Arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilg‘or ish 
tajribasi o‘rganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan O‘zbekiston 
tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish masalalarida yangi yo‘nalishlarga 
asos solindi. 
Eng muhimi, yangi davr islohotlari davrida arxivlarning huquqiy maqomi yanada 
mustahkamlanib, 3 ta markaziy davlat arxivlari negizida milliy arxivlar, yangi 
markaziy arxivlar, yangi davlat arxivlari tashkil etildi. Arxiv ishi jarayonlarini to‘liq 
qamrab oluvchi va interaktiv qidiruv imkoniyatlari mavjud bo‘lgan “Arxiv ishi” 
yagona axborot tizimi yaratildi. 2020 yil 1 yanvardan arxiv ishi sohasidagi davlat 


742 
xizmatlarini ko‘rsatish muddatlari qisqartirildi. 5 ta turdagi ko‘rsatilayotgan arxiv 
xizmatlari 2020 yil 1 iyundan Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv 
davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishilishi joriy etilganligi, arxiv ishi sohasida 
vakolat va imkoniyatlarni yanada kengaytirdi. Islohotlarni tizimli olib borilishida 
O‘zbekiston Respublikasida 2020 — 2025 yillarda arxiv ishi va ish yuritishni yanada 
rivojlantirish dasturi qabul qilindi 
Unga ko‘ra, nodavlat arxivlarning faoliyatini rivojlantirish, hujjatlarini Milliy arxiv 
fondida doimiy saqlash huquqi berilgan vazirlik va idoralar arxivlarining maqomini 
belgilash, arxiv binolarini tasarrufdan chiqarishga bo‘lgan talablarni belgilash, 
tashkilotlar tomonidan arxiv hujjatlarini davlat arxivlariga elektron nusxalari bilan 
topshirish majburiyatini belgilash, arxiv hujjatlarining elektron nusxalarini yaratish 
tartibini belgilash kabi yangi qoidalar “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi qonunga 
qo‘shimchalar sifatida kiritildi. Bugungi kunda tarmoq davlat arxivlarini tashkil etish 
va Milliy arxiv fondini o‘zida doimiy saqlash huquqiga ega mutaqil arxivlar tashkil 
etish imkoniyatlari kengaytirildi. 
Davlat arxivlari faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda yagona tizimda xizmatlarini 
tashkil etish uchun, ko‘rsatiladigan pullik xizmatlarning Yagona narxnomasi ishlab 
chiqildi. 
Jamiyat hayotida arxiv sohasining o‘ziga xos hususiyatlaridan kelib chiqib, sulolalar 
davomiyligini ta’minlash, arxiv xodimlarining ijtimoiy himoya qilish va moddiy 
rag‘batlantirish kuchaytirildi.Sohada “Ustoz-shogird” an’analari asosida to‘plangan 
tajribani tajribani yo‘qotmaslik maqsadida qarindosh-urug‘larning birga ishlashlarini 
cheklash to‘g‘risidagi qoidalar olib tashlandi. 
Davlat arxivlari xodimlarini ijtimoiy himoyasi va rag‘batlantirishga e’tibor 
kuchaytirildi. Davlat arxivlarining moddiy texnik bazasi mustahkamlandi, so‘ngi 4 
yilda 25 ta yangi davlat arxivlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ilgari xo‘jalik hisobidagi 
arxivlar endilikda davlat arxivlariga aylantirilib, huquqiy maqom berildi. Islohotlar 
davrida tizimda 227 ta davlat arxivlari birxillashtirilgan tizim ostida faoliyat 


743 
ko‘rsatmoqda. Ushbu arxivlarda 16 mln dan ziyolroq saqlov birligida arxiv hujjatlari 
saqlanmoqda. 
So‘ngiso‘z o‘rnida, bugungi kunda arxiv ishi va ish yuritish sohasida “O‘zarxiv” 
agentligi yagona davlat siyosatini yuritib kelmoqda. Barcha davlat boshqaruvi 
organlari uchun ham ish yuritish sohasida namuna bo‘lib kelmoqda. Agentlik 
tomonidan O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi 
O‘zbekiston arxivlari” nomli hujjatli film, “Mustaqillik 30” nomli arxiv hujjatlari 
veb-kolleksiyasi sayti hamda “O‘zbekiston arxivlari” kitobi yaratildi. Kechagi tarix 
va bugungi islohotlar hamda kelajak arxivlarini aks ettiruvchi faoliyatimiz avlodlarga 
sohani rivojlantirishga muhim ahamiyat kasb etadi. 


744 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish