Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



544 
ФИО автора:
Almanov Begali Mamatqulovich 
– Jizzax davlat pedagogika instituti 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Tarix) yo‘nalishi 1-bosqich 
magistranti

Название публикации:
«TURKISTONDA 
F.GIRS 
BOSHCHILIGIDAGI 
TAFTISH ISHI KOMISSIYASINING FAOLIYATI» 
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada O‘rta Osiyo va Turkiston general-gubernatorligini taftish qilish 
ishlarini olib borishga rahbar etib Ichki ishlar vazirligi kengashi a’zosi, Dasht 
komissiyasining sobiq raisi, maxfiy maslahatchi Fyodor Karlovich Girs rahbarligida 
taftish qilinishi, taftish komissiyasi raisi sifatida to‘plagan ma’lumotlarini Podsho 
hukumatiga taqdim etilishi hamda O‘rta Osiyo va Turkiston general-gubernatorligi 
haqidagi statistik ma’lumotlari qisqacha bayon etilgan.
Kalit so‘zlar. 
“Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi” Nizom, Aleksandr III, general-
leytenant Chernyayev, imperatorning maxfiy maslahatchisi F.Girs, “O‘rta Osiyodagi 
mulklarni o‘zlashtirish bo‘yicha maxsus Qo‘mita”, Dasht komissiyasi, general-
adyutant graf D.Milyutin, maxfiy maslahatchi graf D.Tolstoy.
 
1882-1884-yillarda o‘lkani tekshirgan imperatorning maxfiy maslahatchisi 
F.Girs Turkistonda 2404000 kishi yashashini va ulardan 1200000 kishi erkak 
ekanligini yozgan. Xuddi shu erkak aholiga harbiy xizmat majburiyatini yuklash 
masalasiga to‘xtalgan podsho amaldori (F. Girs) bu qaltis siyosiy tadbir ekanligiga 
ishora qilib, Turkiston aholisini armiyaga chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqdi. 
Podsho hukumati mahalliy aholini muntazam armiyada xizmat qilishidan, jangovar 
harbiy malakalarini oshirishidan, qo‘shinlarni yevropachasiga takomillashtirishga 
o‘rgatishdan va zamonaviy qurol-yarog‘lardan foydalanish mahoratini egallab 
olishlaridan cho‘chir edi. Shuning uchun mahalliy aholi qulay fursat kelganda ana 
shunday harbiy mahorat va zamonaviy qurollardan podsho hukumati o‘ziga qarshi 


545 
foydalanishidan hadiksirar edi. Mahalliy aholini qurolsizlantirish, unda qurolli kurash 
uchun har qanday umidni yo‘qotish, jangarilik unsurlarini bostirish va qadimiy 
jangovar an’analarni tag-tomiri bilan tugatish – Turkiston o‘lkasidagi podsho hukumati 
harbiy siyosatining asosini tashkil etar edi.
49
F.Girs rahbarligidagi taftish-tekshirish ma’lumotlariga binoan, 1868- 
1881-yillar mobaynida Turkiston o‘lkasi bo‘yicha kamomad, qarz 100 million so‘mni 
tashkil qilgan, 1881-1891-yillarda esa bu raqam go‘yoki yana 30 million so‘mga 
ko‘paygan. Shunday qilib, yuqoridagi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lkamizning rus davlati 
oldidagi qarzi 130 million so‘mni tashkil qilgan ekan.
50
Turkiston 
general-gubernatori 
etib 
tayinlangan 
general-leytenant 
M.G.Chernyayev (1882-1884) taklifi bilan 1882-yil 8-mayda imperatorning Turkiston 
general-gubernatorligini taftish qilish to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi. Taftish 
ishlarini olib borishga rahbar etib Ichki ishlar vazirligi kengashi a’zosi, Dasht 
komissiyasining sobiq raisi, maxfiy maslahatchi F.K.Girs tayinlanadi. F.Girs 1883-
yilda taftish ishlarini tugallab, imperatorga general-gubernatorlik va unga qarashli 
tashkilotlarining ahvoli to‘g‘risidagi hisobotini, “O‘lkani boshqarish to‘g‘risida”gi 
nizom loyihasini tushuntirish xati bilan birga taqdim etdi. 1884-yil 21-yanvarda 
imperator Aleksandr III ning ko‘rsatmasi bilan Davlat Kengashi a’zosi, general-
adyutant, graf N.Ignatev raisligida “Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risida”gi 
Nizomning qayta ishlangan so‘nggi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha komissiya 
tashkil etildi. Graf Ignatev komissiyasi tarkibiga F.Girs boshchiligidagi hay’at a’zolari, 
1881-yilgi loyihani tuzganlar, Osiyo departamenti maxfiy maslahatchisi Kobeko, Bosh 
shtabning Osiyo bo‘limi boshlig‘i polkovnik Ivanov, general-mayor A.N.Kuropatkin 
(bo‘lajak harbiy vazir) va boshqa yuqori martabali shaxslar a’zo bo‘ldilar. Komissiya 
kengashida general-leytenant Chernyayev o‘rniga tayinlangan Turkiston general-
gubernatori, general-adyutant N.O.Rozenbax (1884-1889) ham ishtirok etadi. 
49
Soyibjon Tillaboyev, Akbar Zamonov O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchi yarmi –XX asr 
boshlari) Sharq. T.2019 
50
Razzoqov A. O‘zbekiston paxtachiligi tarixi. T.: O‘zbekiston,1994. B.44


546 
Chorizmning oliy doiralari tomonidan tuzilgan komissiyaning asosiy vazifasi “O‘lkani 
Rossiyaga qat’iy qaram qilib qo‘yish maqsadlari va uni boshqarishda harajatlarni 
kamaytirish, daromadlarni esa oshirishga, shuning bilan birga, fuqarolarni boshqarish 
talablariga va joylarning shart-sharoitlariga to‘g‘ri keladigan nizom” tuzilishini amalga 
oshirishdan iborat edi. Komissiya o‘z ishiga F.Girs tomonidan ishlab chiqilgan 
Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi va general-leytenant Kolpakovskiy 
rahbarligidagi Toshkent komissiyasiga taqdim etilgan 1881-yilgi Nizom loyihasini 
hamda Turkiston ma’muriyatining oldingi barcha loyihalarining xulosalarini asos 
sifatida qabul qiladi. Graf Ignatev komissiyasining “Turkiston o‘lkasini boshqarish 
to‘g‘risidagi nizom loyihasi” o‘lkani boshqarish bo‘yicha tuzilgan oltinchi loyiha edi.
51
1882-1884-yillarda Turkiston o‘lkasidagi boshqaruvni atroflicha taftish qilgan 
markaz vakili - imperatorning maxfiy maslahatchisi F.Girs general-gubernatorning 
Rossiyadagi kasbdoshlaridan farqli o‘laroq, Turkistonda mustabid hokim ekanligi, 
imperiya qonunchiligiga mutlaqo rioya qilmay, o‘zicha qonunlar chiqargani va o‘z 
maylicha hukm yuritganini e’tirof qilgan edi. Harbiy gubernatorlar, sud palatasi raisi, 
prokuror, okrug shtabi boshlig‘i, general-gubernator yordamchisi, general-gubernator 
Kengashi o‘lka boshqaruvining muhim masalalarini o‘zlaricha hal qilgan.
52
Maxfiy maslahatchi aslzoda rus zodagonlari, harbiylari va mustamlaka 
apparatida ishlab boy tajriba orttirgan amaldorlardan iborat Dasht komissiyasiga 
(1865-1867) rahbarlik qilib, Turkiston o‘lkasida qanday mustamlaka tuzumini 
o‘rnatish haqida imperatorga o‘z mulohazalari bitilgan loyihani yo‘llagan va rus 
imperatori Aleksandr II (1856-1881) bu loyihani “O‘rta Osiyodagi mulklarni 
o‘zlashtirish bo‘yicha maxsus Qo‘mita” diqqatiga havola qilgan edi. Maxsus 
qo‘mitadagi mo‘tabar zotlar Dasht komissiyasining Turkiston xalqlariga bergan 
ta’rifiga to‘la-to‘kis qo‘shilib, uni qizg‘in qo‘llab-quvvatladilar. Dasht komissiyasi 
jahonga Xorazmiy, Farg‘oniy, Ibn Sino, Beruniy, Yassaviy, Buxoriy, Termiziy, Amir 
51
Hamdam Sodiqov, Narzulla Jo‘rayev “O‘zbekiston tarixi” Turkiston Chorizm mustamlakachiligi 
davrida (1- kitоb) T.: 2011 232-b 
52
O‘sha asar. 238-b 


547 
Temur, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur kabi jahon tan olgan buyuk siymolarni bergan ahli 
Turkistonni “juda quyi aqliy taraqqiyot bosqichida”, bu xalqlar “huquq, ma’muriyat, 
qonun nimaligini bilmaydi, uning zarariga xizmat qiladi”, degan xulosaga kelgan 
edilar.
53
Turkiston aholisining Rossiya bosqinidan keyingi nufuzi va umumiy soni haqida 
aniq ma’lumotlar yo‘q. Imperator Aleksandr III ning topshirig‘iga ko‘ra Turkiston 
o‘lkasini taftish qilgan (1882-1884) F.Girsning aniqlashicha, Turkistonda hammasi 
(erkak va ayol) bo‘lib 2406000 kishi istiqomat qilgan va shundan erkaklar soni 
taxminan 1200000 kishini tashkil etgan. Manbalarning guvohlik berishicha, XX asr 
boshida o‘lkada 7464100 kishi, Buxoro amirligida 2236437, Xiva xonligida esa 640 
mingdan ko‘proq kishi yashagan.
54
“Umuman olganda, - deb yozgan edi Girs, - Turkiston o‘lkasining aholisi 
imperiyaning boshqa qismlarida istiqomat qiluvchi musulmon aholi singari rus 
hukumatiga nisbatan yaxshi munosabatda emasligini payqamaslikning iloji yo‘q. 
Shubha yo‘qki, o‘zining siyosiy mustaqilligini yo‘qotib qo‘ygan xalqda o‘tmishini 
eslash uning g‘olibga nisbatan bo‘lgan munosabatida yoqimsiz ta’sirini o‘tkazmay 
qolmaydi. Biroq hukumatimiz bu tuyg‘uni yumshatish uchun mag‘lub xalqning 
iqtisodiy ahvolini yaxshilash borasida ko‘p ishlarni amalga oshirdi” 
55
. Imperiya Davlat 
kengashida Turkiston aholisining ruslar bilan birga ta’lim olishlariga yo‘l qo‘yish 
masalasi muhokama etilganda, Rossiya imperiyasi harbiy vaziri general-adyutant graf 
D.Milyutin ham, xalq maorifi vaziri, haqiqiy maxfiy maslahatchi graf D.Tolstoy ham 
Girsning yuqoridagi gaplariga hamohang fikrlar bildirishgan edi. Har ikki vazir ham 
mahalliy aholi, xususan, o‘zbeklardan tashkil topgan hamda savdo va dehqonchilik 
bilan shug‘ullanayotgan muloyim tabiati bilan ajralib turgan musulmon aholini 
yoppasiga mutaassib deb atash adolatdan bo‘lmasligini qayd etishgan. Vazirlar 
53
O‘zRM DA, 1-jamg‘arma, 25-ro‘yxat, 89-ish, 156-varaq. 
54
O‘zRM DA, 1-jamg‘arma, 25-ro‘yxat, 26-ish, 18-varaq. 
55
O‘zRM DA, 1-jamg‘arma, 12-ro‘yxat, 923-ish, 8-varaq 


548 
“ularning ruslar bilan birga ta’lim olishlariga ruxsat berish” mumkinligini e’tirof 
etishgan.
56
1882-1884 yillarda o‘lkada taftish o‘tkazgan imperatorning haqiqiy maxfiy 
maslahatchisi F.Girs o‘z hisoboti va podshohga taqdim etgan qonun loyihasida rus 
burjuaziyasi manfaatlarini ifodalagan edi. U Turkiston dehqonlari o‘z yerlarining to‘la 
xo‘jayinlari bo‘lgan holda imperiya sanoatiga xomashyo yetishtirish uchun shart-
sharoitga ega bo‘lishlarini yoqlab chiqdi. Girs tayyorlagan qonun loyihasida barcha 
yerlar, yaylovlar dehqonlarga, qishloq ahliga mavjud “odat bo‘yicha har biriga alohida 
ravishda va to‘la xususiy mulk sifatida biriktirilishi zarur”
57
ekanligini ta’kidladi.
Maxfiy maslahatchi F.Girs o‘zining taftish yakunlarini ifodalagan 
taqdimnomasida yer-suv munosabatlariga to‘xtalib, Turkiston o‘lkasidagi har bir 
qishloq uchastkalarga bo‘linadi, ularning egalari undan odat va meros yoki hujjatlarga 
ko‘ra to‘la xo‘jayin sifatida foydalanadilar. Ana shu yerga egalik shaklidan xalq 
mamnun ekan, bu shaklni saqlab, uni qonunan tasdiqlash kerakligini ta’kidlab o‘tgan. 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish