482
ФИО авторов:
Bozorova Gulnoza Turaqulovna
Samarqand viloyati Oqdaryo tuman 36-sonli DMTT Direktori
Asranova Madinaxon Muxammadovna
Andijon viloyati Jalaquduq tumani 14-sonli DMTT Psixologi
Xidirova Dilshoda Toyirqulovna
Navoiy viloyati Nurota tumani 2-sonli DMTT Direktor
Davronova Fotima Mardonovna
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 7-sonli DMTT Psixologi
Название публикации:
«MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN
HARAKATLI O‘YIN METODIKALARI»
ANNOTATSIYA
:
O‘yin bola hayotida juda muhim ahamiyat kasb etib turli
o‘yinlar orqali hayot haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib boradi. O‘yin orqali bolaning
barcha psixik jarayonlari va psixologik xususiyatlari rivojlanib takomillashib boradi.
Tayanch so'zlar:
maktabgacha ta'lim, rahbar, zamonaviy usullar, uzluksiz
Hammamizga ma’lumki, avvalo bolani dunyoga keltirgan onaning o‘zi
ham har tomonlama sog‘lom bo‘lishi lozim.
Sog‘lom avlodni kamolga yetkazish va tarbiyalashning turli yo‘l-yo‘riqlari, o‘ziga
xos usullari mavjud. Ayniqsa, bolani yoshligidan boshlab badan tarbiyasi va sport bilan
shug‘ullantirish ularni sog‘lom va baquvvat bo‘lishi bilan birgalikda ularning iroda
sifatlarini ham tarkib toptirishga yordam beradi. Bu esa bolaning ilk yoshligidan
boshlab o‘yin orqali amalga oshiriladi.
O‘yin bola hayotida juda muhim ahamiyat kasb etib turli o‘yinlar orqali hayot
haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib boradi. O‘yin orqali bolaning barcha psixik
jarayonlari va psixologik xususiyatlari rivojlanib takomillashib boradi.
Ayniqsa, harakatli o‘yinlar bola tayanch harakat tizimining rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatish bilan bir qatorda bolaning iroda sifatlarni rivojlantirishga yordam
beradi. Harakatli o‘yin jarayonida bola chaqqonlik, tartiblilik, mustaqillik,
qat’iyatlilik, sabr-toqat, chidamlilik kabi xususiyatlarini ko‘rsatish bilan bir qatorda
ularda o‘yin qoialariga rioya qilish uchun mas’uliyatni his qilish, tartib-intizomli
483
bo‘lish, shuningdek, musobaqalarda orqada qolmaslik uchun shijoat, o‘ziga ishonch,
intiluvchanlik kabi sifatlarni namoyon eta olish xususiyatlari tarkib topib boradi.
Binobarin, o‘yinda ma’lum bir rollarni bajarishi bolaning his-tuyg'ulariga ham ta’sir
ko‘rsatadi. Chunki o'yin davomida bolada har xil xohish va istaklar tug'ila boshlaydi.
Bu narsa kerakli vaqtda o‘z xohishlarini jilovlashga, o‘yin qoidalariga qat’iy amal
qilishga o‘rgatadi
Biz bilamizki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o‘yinlarida kattalarning
hatti-harakatlariga taqlid qilish kuchli bo‘ladi va shu taqlid vositasida o‘zini qurshab
turgan olam haqida muayyan axborotga ega bo‘lb boradi. Harakatli o‘yinlar orqali
bolalarda harakat ko‘nikmalari hosil bo‘ladi va xayol hamda tasavvur tobora boyib
boradi. O‘yinlarda bolalarning nafaqat irodaviy sifatlari, balki, ularda aqliy, manaviy
va axloqiy sifatlar ham rivojlanib boradi. Bolalar jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlarda
birgalshib harakat qilish, bir-biriga nisbatan xayrixoxlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash,
maqsadga erishish uchun bir-biriga maslahat berish, ko‘maklashish, farosati va
tadbirkorligini, qadriyatini ko‘rsatishi, jamoat oldida faqat o‘zining emas, balki
o‘rtoqlarining hatti-harakatlari uchun ham javobgarlik hissini seza olishga
o‘rganadilar. Bunday xususiyatlarning tarkib topa borishi bolani qiyinchiliklarni
yengib o‘tishiga yordam beradi.
Harakatli o‘yinlarda bajariladigan turli hatti-harakatlar, yani, yurish, yugurish,
sakrash, irg‘itish, uloqtirish, tirmashib chiqish kabi mashqlar bola harakatlarini
rivojlantirish va takomillashtirishda katta ahamiyatga ega. Harakatlarning
shakillanishi bilan birga ularnig jismoniy qobilyatlari ham rivojlanib boradi.
Harakatli o‘yinlar bolalarning jismoniy jihatdan unib -o‘sishlariga, salomatliklari
yaxshilanishiga, chiniqishlariga, organizim va umumiy ish qobiliyatlarini yanada
mustahkamlanishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: