Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



406 
ФИО автора: 
Buxoro viloyati Jondor tumani
25-IDUM Davlat va huquq va Tarbiya fani
o’qituvchisi 
Boqiyeva Sarvinoz Baqoyevna
Название публикации:
«KELAJAK AVLODNI VATANPARVARLIK VA 
MILLIY G’URUR RUHIDA TARBIYALASH» 
“Vatan ostonadan boshlanadi “ – deyishadi dono xalqimiz. Darhaqiqat Vatan - bu 
kindik qoni to’kilgan makon, mahallang, qishlog’ing, qolaversa butun 
O’zbekistondir.Vatan tuyg’usini va uning sog’inchini his qilgan inson,avvalo o’z 
uyi, ota- onasi bolaligining ilk xotiralari o’tgan ko’cha va mahallasini 
eslaydi.Bunday his tuyg’ular insonda qanday qaror topadi? Mening fikrimcha 
xalqimizning boy va ko’hna qadim tarixi,uning yozma va og’zaki ijodi ,milliy va 
umuminsoniy qadryatlari ota- bobolarimiz,momolarimiz pand – nasihatlariyu 
o’gitlari, ustozlarning ta’lim – tarbiyasi , jamiyatimizning turli sohalarida
erishilayotgan yutuqlardan faxrlanish hissi , mamlakatimizda umumxalq 
bayramlarini va turli tadbirlarni tantanali nishonlash kabi juda ko’plab omillar 
ta’siri Vatan tuyg’usining insonda shakllanishida katta yordam beradi.
Vatanparvarlik tuyg’usinining insonda shakllanishi uchun necha- necha 
insonlarning mehnati singishi zarur.Ayniqsa bu borada ustoz va murabbiylarning
fidokorona mehnatini eslab o’tish joiz.Chunki o’sib kelayotgan yosh avlod
kunning muhim va asosiy vaqtini o’quv muassasalarida o’tkazadi.O’quvchilar
ta’lim tarbiya olishlari bilan birgalikda insoniy his –tuyg’u va fazilatlarni
shakllantirib, tarbiyalab boradi.Bu borada ayniqsa tarix,ona tili va adabiyot, milliy 
istiqlol go’yasi qolaversa barcha fan o’qituvchilarining mas’uliyati katta.Tarix fani 
o’qituvchisi deb alohida urg’u berishimga sabab vatanparvarlik tuyg’usi bevosita
tarix o’tmishi saboqlaridan munosib xulosa chiqarishi tufayli shakllanadi.Chunki 
o’tmish kelajak poydevoridir. Poydevorsiz uy bo’lmaganidek,o’tmishini unutgan 
xalqning bugungi kuni ham, kelajagi ham bo’lmaydi. Tariximizdan, 
ajdodlarimizning moddiy va ma;naviy me’rosidan, milliy urf – odat hamda 
qadryatlarimizdan faxrlaninsh hissi – Vatanimizga bo’lgan milliy iftixor va milliy
g’ururning shakllanishi orqali insonda vatanparvarlik tuyg’usi qaror topadi.O’z 
o’tmishi,o’zligini anglamagan inson manqurtga o’xshaydi.Bunday kishilarning ham 
kelajagi bo’lmaydi.Xalqning dardini tushunmaydi.Milliy manfaatni 
o’ylashmaydi.Beqaror va loqayd kishilar bo’lib, jamiyatning zararkunandalariga 
aylanishadi.Biz esa adolatli, demokratik,huquqiy va insonparvar jamiyat 
qurmoqchimiz.Bunday jamiyat - o’z ona Vatanining, xalqining milliy manfaatlarini
har narsadan ustun qo’yadigan, uning kelajagiga qo’lidan kelguncha o’zining 


407 
munosib hissasini qo’shadigan insonlar tomonidan quriladi
.
Shunday fidoiy insonlar 
biz pedagoglar vatanparvarlik va milliy g’urur ruhida tarbiyalashimiz zarur.
Hozirgi kunda mamlakatimiz aholisining hamma qatlamlarida mafkuraviy 
dunyoqarashni shakllantirish muhim masalalardan biridir. Mustaqil 
o’zbekistonimizning kelajagiga g’oyaviy asos bo’ladigan milliy mafkurani 
shakllantirish va yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy qadryatlarimizga hurmat, 
istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash hozirgi kunning muhim vazifasidir. 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish