Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3

ФИО авторов
Moʻydinova Sadoqat 
Djoʻrayeva Nurxonoy 
Toshmatova Shaxnoza 
 
Quva Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi
Название публикации:
«ALKOGOLIZM — ETILOGIYASI, BOSQICHLARI, 
ZARARLARI, TASHXISLASH, ICHKILIKBOZLIKNI DAVOLASH» 
Annotatsiya: 
Alkogolizm (lot. alcoholismus), shuningdek ichkilikbozlik, surunkali 
alkogolizm, surunkali alkogolli intoksikatsiya, etilizm, alkogolli toksikomaniya va 
boshqalar — surunkali psixik progredient kasallik, toksikomaniyaning bir turi, 
alkogolga (etil spirtga) ruju qo’yish va unga aqliy va jismoniy jihatdan qaram bo’lish 
bilan tavsiflanadi. Alkogolizm qabul qilinadigan alkogol miqdorini nazorat qila olishni 
yo’qotish, alkogolga nisbatan tolerantlikning oshishi (shirakayflikni ta’minlash uchun 
zarur bo’lgan spirtli ichimlik dozasining ko’payishi), abstinent sindrom, a’zolarning 
toksik shikastlanishi va mastlik paytida sodir bo’lgan ayrim voqealarni eslay olmaslik 
bilan xarakterlanadi. 
Kalit so`zlar:
alkogolizm, alkogolik, dipsomaniya, asetaldegid, alkogolli 
anozognoziya, detoksitatsiya, mastlik, agressiya, medikamentoz, sedativ 
XIX asrga kelib aholi farovonligining oshishi bilan alkogolizm ham oshadi deb 
hisoblangan. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti dunyoda alkogolizm bilan kasallanish 
muntazam ko’payib borishini aytmoqda: 2000- yilda dunyoda 140 millionga yaqin 
odam alkogolizmga chalingan bo’lsa, 2010-yilda bu ko’rsatkich 208 millionga yaqin 
kishiga yetdi: bunday tendentsiya bilan, 2050-yilga kelib dunyodagi alkogolizmga 
chalinganlar soni bu raqamlardan ham oshib ketishi mumkin, bu 9,5 milliard aholidan 
500 million kishi, ya’ni har 19 kishidan bittasi deganidir. 
Amerika tibbiyot assotsiatsiyasi jurnali (Journal of the American Medical Association) 
alkogolizmga: «spirtli ichimlik ichishni nazorat qilishning buzilishi, alkogolga ruju 
qo’yish, salbiy oqibatlariga qaramasdan spirtli ichimliklarni ichishni davom ettirish va 
fikrlashning buzilishi bilan tavsiflanadigan birlamchi surunkali kasallik» deb ta’rif 
bergan. 
Albatta, spirtli ichimliklarni qabul qilishning sababi uning odamga ta’siri, masalan, 
eyforiya, uyquchanlik, soxta isinish hissi va boshqalarni chaqirishidir. Alkogolizmning 
etiologiyasiga ko’plab qarashlar mavjud. Masalan, W Sudduth (1977), kasallikning 
rivojlanishi asosi etanolning oshqozon-ichak traktiga ta’sir qilishi bilan bog’liq deb 
hisoblagan. Uning nazariyasiga ko’ra, etanol oziqa moddalarini so’rilishini ingibitsiya 
qiladi, ammo toksinlarning so’rilishini kuchaytiradi. Asta-sekin toksinlar miqdori 
tobora ko’payib boradi va bunda antibakterial va neyroblokator agent faqatgina etanol 


285 
bo’lib qoladi. U inson holatini vaqtincha yaxshilaydi va «kompulsiv intilishni» 
belgilaydi. Shunda oxiri berk aylana hosil bo’ladi. Pyatnitskaya yozganidek: «Aynan 
toksik yopiq aylana alkogolizmning neyrologik va genetik simptomatikasini 
tushuntiradi». 
Bugungi kunda alkogolli ichimliklarni o’tkir va surunkali iste’mol qilishning miya 
tizimlarining neyrokimyoviy funktsiyasiga ta’siri o’rganilmoqda, masalan, etanolning 
markaziy asab tizimiga ta’sirining mexanizmlarida gamma-aminomoy kislotaga katta 
e’tibor qaratilmoqda. 
Ammo, kasallikning mexanizmi aniq emasligiga qaramasdan, uning asosiy manbai 
bo’lib spirtli ichimliklar va ularning ta’siri xizmat qiladi. Bundan tashqari, ko’p narsa 
biologik, psixologik va ijtimoiy omillarga bog’liq. 

Ijtimoiy omillar. Aholi farovonligi oshishi bilan alkogolizm darajasi oshib borishi XIX 
asrdayoq isbotlangan edi. 10% erkak-alkogolik va 50% ayol-alkogliklar alkogolizm 
bilan kasallangan shaxslar bilan turmush qurishgan. Mastlikka va o’z navbatida 
alkogolizm rivojlanishiga ko’plab an’analar ham hissa qo’shadi. Spirtli ichimliklarga 
qaramlik rivojlanishi ehtimoli turli xil kamsitilgan yoki boshqalardan ajralib turuvchi 
ijtimoiy guruhlarda ko’proq bo’ladi. Misol uchun, Qo’shma Shtatlarda gomoseksuallar 
orasida alkogolizm darajasi ancha yuqori, bu ularning moslashuvchanligi 
qiyinchiliklari bilan bog’liq. 

Mastlikka biolgik moyillik (yoki jismoniy omil). Bunday fikrlar mavjud bo’lgan va 
hozirda ham mavjud. O’zgarishi va mutatsiyalari spirtli ichimliklarni iste’mol qilish 
darajasi va alkogolizm xavfi bilan assotsiatsiyalanadigan genlar:

Psixologik omil. Markaziy asab tizimining depressanti bo’lib, alkogol qadimgi 
davrlardan buyon odam tomonidan ishlatilgan. Zaif, yaxshi tashkillashmagan shaxs bu 
dunyoda o’zini tobora ko’proq yo’qotib qo’ymoqda va natijada ichkilikka berilib 
ketmoqda. Ma’lum bir psixiatrik kasallikning fonida alkogolizasiya og’ir shakl 
hisoblanadi. 
Monoetiologik tamoyil asosida alkogolizmni o’rganishga urinishlar qilingan bo’lsa-da, 
kasallik patologiyasi bo’yicha savol ochiq bo’lib qolmoqda. Ba’zilarda psixotik 
buzilishlar juda tez yuzaga keladi, boshqalarda esa jarayon sekin, destruktiv-organik 
hisoblanadi. Alkogolning muayyan a’zolarga ta’sirini o’rganish boshlandi. Ko’p qirrali 
izlanishlar natijasida turlicha patologiyaning yagona radikali — alkogoliklarning 
gipoadrenergiyasi ma’lum bo’ldi. Muayyan neyronal tizimidan kelib chiqib 
qaramlikning ta’siri ham hali o’rganilmagan. Bunda faqat qay bir a’zolar eng ko’p 
surunkali intoksikatsiyaga duchor bo’lganiga qarab hukm chiqarish mumkin. 
Alkogolizm psixik buzilishlar va ichki a’zolarning o’ziga xos alkogolli 
shikastlanishlarining kuchayib boradigan simptomatologiyasi bilan ajralib turadi. 
Alkogolni organizmga ta’sir qilishining patogenetik mexanizmlari tirik to’qimalarga, 
xususan, inson tanasiga etanolning bir necha turdagi ta’siri bilan vositalanadi. 
I. P. Anoxinaning fikriga ko’ra, alkogol psixoaktiv ta’sirining asosiy patogenetik 
tarkibiy qismi turli neyromediator tizimlarining, xususan katexolamin tizimining 
faollashuvidir. Markaziy asab tizimining turli darajalarida ushbu moddalar 
(katexolaminlar va endogen opiatlar) og’riqni sezish porogining ko’payishi, hissiyotlar 
va xatti-harakatlar reaktsiyalarining paydo bo’lishi kabi turli xil ta’sirlarni belgilaydi. 


286 
Alkogolli ichimliklarni surunkali ravishda iste’mol qilish oqibatida ushbu tizimlar 
faoliyatining buzilishi spirtli ichimliklarga qaramlikning rivojlanishi, abstinent 
sindrom, alkogolga qarshi tanqidiy nuqtai nazarning o’zgarishi va boshqalarga olib 
keladi. 
Alkogolning oksidlanishida organizmda surunkali intoksikatsiyaning rivojlanishiga 
olib keladigan zaxarli modda — asetaldegid hosil bo’ladi. Asetaldegid ayniqsa qon 
tomirlari devorlariga (ateroskleroz rivojlanishini rag’batlantiradi), jigar to’qimasiga 
(alkogolli gepatit), miya to’qimasiga (alkogolli ensefalopatiya) kuchli toksik ta’sir 
ko’rsatadi. 
Ushbu kasallik patologiya sifatida bir necha bosqichdan o’tadi, bunda ular alkogolli 
qaramlikning bosqichma-bosqich ko’payishi, spirtli ichimliklar ichishda o’zini nazorat 
qilishni yo’qotish, shuningdek, alkogol bilan surunkali intoksikatsiya natijasida 
chaqirilgan turli somatik buzilishlarning progressiv rivojlanishi bilan tavsiflanadi. 
Alkogolizmning eng oddiy differentsiatsiyasi ichkilikbozlikning klinik va ruhiy 
alomatlari, shuningdek iste’mol qilinadigan spirtli ichimliklar miqdori va kunlik soniga 
asoslanadi. Bunda shaxs spirtli ichimliklarni qay tartibda ichishi bo’yicha quyidagi 
guruhlar ajratiladi: 
1.
Umuman iste’mol qilmaydigan shaxslar; 
2.
Me’yorda iste’mol qiladigan shaxslar; 
3.
Suiste’mol qiluvchi shaxslar (spirtli ichimliklarga qaramlikning rivojlanishi): 
1.
Alkogolizm belgilari bo’lmagan holda 
2.
Alkogolizmning dastlabki belgilari bilan (vaziyat va dozani nazorat qilish, mayzadalik) 
3.
Alkogolizmning sezilarli belgilari bilan (muntazam mayzadaliklar, ichki a’zolarning 
shikastlanishi, alkogolizmga xos ruhiy kasalliklar). 
Yuqorida keltirigan tasniflashdan ko’rinib turganidek, spirtli ichimliklarga qaramlik 
alkogolni tasodifiy iste’mol qilish epizodlaridan og’ir alkogolizm bilan kasallanishga 
qadar rivojlanadi. 
Ko’pincha, alkogolizmga chalingan bemorlar (barcha bosqichlarda) kasal ekanini 
inkor etadi yoki vaziyatni yetalicha jiddiy deb hisoblamaydi. Ushbu hodisa alkogolli 
anozognoziya deb ataladi. 
Alkogolizmni progredient surunkali kasallik deb hisoblash doirasida kasallik 
rivojlanishida uchta asosiy bosqich ajratiladi. 
Alkogolizmning birinchi bosqichida bemorda spirtli ichimliklar iste’mol qilishga 
bostirish qiyin bo’lgan istak uyg’onadi. Agar spirtli ichimlikni ichish imkoni bo’lmasa, 
intilish hissi vaqtincha yo’qoladi, ammo alkogol qabul qilish holatida ichiladigan 
miqdorni nazorat qilish qobiliyati keskin pasayib ketadi. Kasallikning bu bosqichida 
mastlik ko’pincha haddan tashqari qo’zg’alganlik, agressiya va hatto xotira yo’qotilishi 
(bu bosqicha kamdan-kam hollarda) bilan kechadi. 
Bemorda spirtli ichimliklarga qarshi tanqidiy nuqtai nazar yo’qoladi, u har bir spirtli 
ichimliklarni iste’mol qilish holatini oqlashga harakat qiladi. Birinchi bosqichning 
oxirida tolerantlikning (spirtli ichimliklarni ko’tara olish qobiliyati) sezilarli o’sishi 


287 
kuzatiladi. Alkogolizmning birinchi bosqichi asta-sekin ikkinchi bosqichga o’tadi. Bu 
bosqichda ichkilikni tashlash nisbatan eng osondir. 
Alkogolizmning ikkinchi bosqichi alkogolga tolerantlikning sezilarli darajada o’sishi 
bilan ajralib turadi va asta-sekin u eng yuqori darajaga — «tolerantlik platosi»ga 
yetadi. Asta-sekin odam iste’mol qilinadigan alkogol miqdori ustidan nazoratni 
batamom yo’qotadi. Ushbu bosqichda spirtli ichimliklarga jismoniy qaramlik mavjud 
bo’ladi. Kasallikning aynan ikkinchi bosqichida bosh og’rig’i, tashnalik, asabiylashish, 
uyqu bilan bog’liq muammolar, yurak sohasida og’riq, oyoq-qo’llarning yoki butun 
vujudning titrashi bilan birga kechadigan abstinentli alkgolli sindrom yuzaga keladi. 
Bunda qaramlikning yopiq aylanasi hosil bo’ladi — to’xtatib bo’lmaydigan bir necha 
kunlab mastlik. Tibbiy yordamsiz mayzadalikning (zapoyning) keskin uzilishi turli 
asoratlarga, hatto metalkogol psixozga ham olib kelishi mumkin. Ushbu bosqichda hali 
kasallikni davolasa bo’ladi. 
Spirtli ichimliklar ichish istagi kuchayib boradi, mutanosib ravishda o’zini nazorat 
qilish qobiliyati kamayadi. Organizm endi oz miqdordagi spirtli ichimliklarga ehtiyoj 
sezadi. Bunday holda, psixikadagi buzilishlar tobora ko’proq amneziyaga sabab 
bo’ladi. Ruhiy, jismoniy va ijtimoiy degradatsiya kuchayadi. Sekin-asta «chin zapoy» 
degan tushunchaga yaqin bo’lgan holat yuzaga keladi — odamda endida ongsiz 
ravishda alkogolga chidab bo’lmas intilish uyg’onadi. Mast bo’lish uchun organizmga 
ozgina miqdorda alkgol (bir ryumka va undan ham kam) yetarli ekanligi sababli, 
bunday zapoy ba’zida tananing to’liq holsizlanishi bilan tugaydi. Ushbu vaqtga kelib 
ruhiy kasalliklar tuzatib bo’lmas shaklga o’tadi, alkogolli degradatsiya boshlanadi. 
Tegishli tibbiy yordamsiz uzilib qolgan zapoy ko’pincha metalkogol psixoz bilan birga 
kechadi. Uchinchi bosiqchdagi alkogolizmni davolash o’ta murakkab hisoblanadi. 
Alkogolizmning kamprogredient (statsionar) kechishi bilan kasallikning asosiy 
alomatlari progressiyasi ancha past bo’ladi. 
«Alkogolizm» tashxisini qo’yish uchun bemorda quyidagi belgilar mavjudligi 
tekshiriladi: 

Ko’p miqdordagi spirtli ichimliklarni iste’mol qilishda qayt qilish reaktsiyasi yo’qligi; 

Ichilgan alkogol miqdori ustidan nazoratni yo’qotish; 

Qisman retrograd amneziya; 

Abstinent sindrom mavjudligi; 

Zapoyli mastlik. 
Kasalliklarning Xalqaro Tasnifi (KXT)-10 aniqroq tashxis shkalasini belgilaydi: 
Tashxis intoksikatsiyaga boshqa jiddiyroq buzilishlar hamrohlik qilmaganida asosiy 
hisoblanadi. Shuningdek, quyidagilarni ham hisobga olish kerak: 

Doza darajasi; 

Hamrohlik qiluvchi organik kasalliklar; 

Ijtimoiy sharoitlar (bayramlarda, karnavallarda xatti-harakat tormozlanganligi); 

Modda iste’molidan keyin o’tgan vaqt. 
Ushbu tashxis alkogolizmni istisno etadi. Xuddi shu toifaga (qo’shimcha belgisi 7, 
ya’ni F 10.07) patologik mastlik ham kiradi. 
KXT bo’yicha F 10.1. 


288 
Sog’likka zarar yetkazadigan alkogol ichish modeli. Zarar jismoniy (gepatit va hokazo) 
yoki ruhiy bo’lishi mumkin (masalan, alkogolizatsiyadan keyingi ikkinchi darajali 
depressiya). Diagnosik belgilar: 

Ichgan odamning psixikasiga yoki jismoniy holatiga bevosita zarar yetishi mavjudligi; 

Salbiy ijtimoiy oqibatlar mavjudligi ham tashxisni tasdiqlaydi. 
Zararli oqibatlarli ichish kasallikning alkogol bilan bog’liq bo’lgan yanada o’ziga 
xosroq shakli mavjud bo’lganda tashxislanmasligi kerak. Ushbu tashxis ham 
alkogolizmni istisno etadi. 
Fiziologik, xulqiy va kognitiv hodisalarning kombinatsiyasi, bunda alkgolli ichimliklar 
ichish bemorning qiymat tizimida birinchi o’ringa chiqadi. Tashxis qo’yish uchun yil 
davomida quyidagi alomatlarning kamida uchtasi kuzatilgan bo’lishi kerak: 
1.
Alkogol iste’mol qilishga kuchli muhtojlik yoki istak. 
2.
Alkogol iste’mol qilishni nazorat qilish qobiliyatini yo’qotish, ya’ni ichishni boshlash, 
yakunlash va / yoki uning miqdorini. 
3.
Bekor qilish holatlari. 
4.
Tolerantlikning ortishi. 
5.
Alkogolizatsiya foydasiga boshqa qiziqishlarning progressiv unutilishi, alkgolni 
topish, qabul qilish va uning ta’siridan keyin tiklanish uchun talab etiladigan vaqtning 
uzayishi. 
6.
Ayon bo’lgan salbiy oqibatlarga qaramasdan, alkogolli ichimliklarni ichishni davom 
ettirish. 
Ko’pgina shifokorlar uchun ichkilikka qaramlik sindromi alkogolizm tashxisini 
qo’yish uchun yetarli hisoblanadi, biroq post-sovet psixiatriyasi ancha qat’iyroqdir. 
Alkogol hujayra membranalariga toksik ta’sir ko’rsatadi, neyromediator tizimlarining 
faoliyatini buzadi, qon tomirlarini kengaytiradi va issiqlik chiqarilishini ko’paytiradi, 
siydik ajralishini va oshqozonda xlorid kislota sekretsiyasini oshiradi. 
Alkogolni uzoq muddat suiste’mol qilish ichki a’zolarning tuzatib bo’lmas 
o’zgarishlariga olib keladi. Surunkali alkogolizm fonida alkogolli kardiomiopatiya, 
alkogolli gastrit, alkogolli pankreatit, alkogolli gepatit, alkogolli nefropatiya, alkogolli 
ensefalopatiya, turli shakldagi anemiya, immun tizimi kasalliklari, miyaga qon 
quyilishi xavfi va subaraxnoidal qon ketish kabi kasalliklar rivojlanadi. 
Ichkilikbozlikni davolash u paydo bo’lishining barcha sabablariga yo’naltirilgan 
bo’lishi kerak: biologik (dezintoksikatsiya, 
farmakoterapiya), psixologik 
(psixoterapiya), ijtimoiy (hech bo’lmasa, terapiya oiladagi munosabatlarni 
o’zgartirishga, bundan tashqari, alkogolizm bilan og’rigan bemorning ijtimoiy va 
mehnat adaptatsiyasiga qaratilgan bo’lishi kerak). Boshqacha aytganda, alkogolizmni 
zamonaviy shaklda davolash keng qamrovli bo’lishi va faqatgina biologik terapiyani 
emas, balki psixoterapiyaning turli shakllarini, shuningdek, ijtimoiy choralarni o’z 
ichiga olishi kerak. 
Alkogolizmni davolash uchun narkolog-shifokorga murojaat etish kerak. 


289 
Spirtli ichimliklarga qaramlikni bartaraf etish va surunkali alkogolli intoksikatsiyadan 
kelib chiqqan kasalliklarni bartaraf etish uchun ishlatiladi. Umuman olganda, ichkilikni 
medikamentoz davolashda barcha usullar bemorga kiritilgan dori vositasi va spirtning 
mos kelmasligi tufayli organizmda bemorning o’limiga olib kelishi mumkin bo’lgan 
moddalar hosil bo’ladi degan qo’rquvni uyg’otishga asoslanadi. Davolashning bu 
usuli aversiv terapiya deyiladi. 
Disulfiram preparati alkogol iste’mol qilganda og’ir holsizlik chaqiradi va karbimid 
kaltsiy bilan birgalikda qabul qilinganda 50 foizdan ortiq hollarda bemorning alkogol 
ichishni tashlashiga olib keladi. Shuningdek faqat kaltsiy karbamidni o’zini ichish ham 
mumkin, uning ta’siri disulfiramga o’xshash, ammo uning afzalligi gepatotoksikligi 
yo’qligi va uyqu chaqirmasligida. 
Naltrekson spirtli ichimliklarni ichish istagini kamaytirish, ichkilikdan tiyilishga 
yordam berish va alkogolli ichimliklarning yoqimli ta’sirini kamaytirish uchun 
ishlatiladi. 
Alkogolizmga chalingan bemorni shaxs sifatida qayta tiklash va uni jamiyat tarkibiga 
qayta integratsiya qilish uchun mo’ljallangan. Bu alkogolli ichimliklar ichishni keskin 
to’xtatishda somatik holatni tuzatish uchun medikamentlarni vena ichiga tomchilatib 
yuborishni nazarda tutadi. Qoida tariqasida, medikamentlar bilan birga alkogolga 
o’xshash ta’sirga ega bo’lgan benzodiazepinlar kabi preparatlar ham kiritiladi, bu 
abstinent sindromni oldini olish uchun kerak. Faqatgina abstinent sindromning yengil 
yoki o’rtacha darajadagi alomatlari xavfi bo’lgan shaxslar uyda detoksikatsiyadan 
o’tishlari mumkin. Shundan so’ng, retsidiv xavfini kamaytirish uchun ichkilikka 
qaramlikni davolash dasturi amalga oshirilishi kerak. 
Benzodiazepinlar spirtli ichimliklarni keskin to’xtatilishida qo’llaniladi va ulardan 
uzoq muddatli foydalanish alkogolizmning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. 
Benzodiazepinlarni muntazam ravishda qabul qiladigan alkogoliklar ularni qabul 
qilmaydiganlariga nisbatan spirtli ichimliklarni ichishdan kamroq tiyilishadi. 
Normalizatsiya va tartib bilan ichish alkogoldan batamom voz kechishni nazarda 
tutmaydi. Alkgoliklar ichishni ushbu tarzda cheklab qo’ya olishmaydi, ba’zilari esa 
bunday qoidaga faqatgina vaqtincha amal qilishadi. Alkgollli ichimliklardan 
to’laligicha tiyilish — kasallikning rivojlanib ketishini oldini olishning yagona 
usulidir. 
Kompleks usullar — bir nechta texnikani birlashtiradi. Bu medikamentoz va 
psixoterapiya, psixologik ta’sir etish va ijtimoiy reabilitatsiya kabi usullarni 
birlashtirishi mumkin. Ushbu usullardan biri «ispancha» usul bo’lib, psixoterapiya, 
medikamentoz davolash va alkogolik atrofidagi odamlar bilan ishlashni o’z ichiga 
oladi. 
Jahon miqyosida alkogol siyosati Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan amalga 
oshiriladi. 2010-yil may oyida Jenevadagi Jahon sog’liqni saqlash assambleyasi 
«Spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilishni kamaytirish bo’yicha global strategiya» ni 
qabul qildi. Hisobotda ko’zda tutilgan chora-tadbirlar orasida spirtli ichimliklarni 
reklama qilishni cheklash, spirtli ichimliklarni sotish punktlarining sonini cheklash va 
sotish vaqtini qisqartirish, spirtli ichimliklar uchun chakana narxlarni oshirish, spirtli 
ichimliklarning xavfliligi to’g’risida aholini xabardor qilish, haydovchilar qonida 


290 
spirtli ichimliklarning ruxsat etilgan darajasini bosqichma-bosqich kamaytirish va 
boshqalar mavjud edi. 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish