Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Alan Duff and Alan Maley, Literature, Oxford University Press, 2001
2.
Sandra Silberstein, Techniques and resources in teaching
reading, Oxford University Press, 1994
3.
Родина, Е. Ю. Using literature in teaching English / Е. Ю. Родина. —
Текст: непосредственный // Молодой ученый. — 2010. — № 5 (16). — Т. 2. — С.
188-192. — URL: https://moluch.ru/archive/16/1567/
4.
https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/matbuot/hozirgi-
davr-matbuoti/matnshunoslik-davr- talablari-darajasidami-davra-suhbati-
2010
5.
www.asian-efl-journal.com
6.
www.insights-into-tefl.blogspot.com
7.
www.literacynews.com/2009/12/using-literature-with-english-language
8.
www.maria-spelleri-manatee-community.html
247
ФИО автора:
Toshkent viloyati Olmaliq shahar
1 IDUM geografiya fani o'qituvchisi
Jumaboyeva Sayera Yulchiyevna
Название публикации:
«AFRIKA MATERIGINING GEOGRAFIK O'RNI VA
RIVOJLANISH TARIXI»
Annotatsiya
: ushbu maqolada asosiy qismi bepoyon cho`llardan iborat bo`lgan
Afrika materigining geografik o'rni va rivojlanish tarixi haqida so`z yuritildi.
Kalit so`zlar:
Afrika, ekvator, Geografik o‘rin, sersuv daryolar, sharqiy sohillar,
Nil havzasi,
Afrika tabiatining umumiy xususiyatlariga, undagi geografik zonalarning
xarakteriga asoslanib Afrika materigi Past Afrika va Baland Afrika deb ataluvchi ikki
qismga bo`linadi.
Saxroi Kabir shimoldan janubga tomon 2000 km masofaga cho`ziladi. Maydoni
8,7 mln. km.kv. bo`lib, Yevropa maydoning 1/3 qismiga barobar keladi va Avstraliya
maydonidan 1 mln.km.kv. dan oshadi.
Past Afrikada tekislangan keng xududlar ko`prok. Quruqlik maydonining
kattaligi, xududning u qadar baland emasligi va Yevrosiyoga yaqinligi sababli, kenglik
zonalarning yuzaga chiqishi uchun deyarli ideal sharoit bor.
Atlas tog`laridan keyin tomon deyarli 2000 km masofada va materikning g`arbiy
chetidan sharqiy chetigacha tropik cho`llar zonasi - Saxroi Kabir davom etadi. Saxroi
Kabir tengi yo`q ajoyib o`lka bo`lib, uning chegaralarini relyefga qarab xech bir joyda
aniqlab bo`lmaydi.
Saxori Kabirdan janub tomonda Sudan savannalari va siyrak o`rmonlari bor.
Shimoldan janubga tomon namlikning ortib borishi landshaftda o`simlik qoplamining
qalinlashuvidan, avval, qurib qoladigan, so`ngra esa doimiy daryolarning paydo
bo`lishida o`z ifodasini topadi.
Asosiy xususiyatlari. Afrika ekvator o‘rtasidan va bosh meridian g‘arbidan kesib
o‘tgan yagona materik, eng katta cho‘llar bor, eng issiq materik, eng yuqori harorat
248
kuzatilgan, sharqiy yarimsharning eng uzun va eng sersuv daryolari bor, eng yirik
maymunlar, eng yirik sutemizuvchilar yashaydi, qirg‘og‘i eng kam parchalangan,
quruqlikdagi eng katta Buyuk Afrika yer yorig‘i bor, har ikkala kengliklar bo‘yicha
iqlim mintaqalari va tabiat zonalari takrorlanib joylashgan, chuchuk suvli eng uzun
(750 km) va chuqur Tanganika (1470 m) ko‘li bor, olmos qazib chiqarishda dunyoda
birinchi o‘rinda.
Ma’lumki, Yer sharida okeanlar va materiklar turlicha taqsimlangan. Jumladan,
Shimoliy yarimsharning 39% i, Janubiy yarimsharning esa 19% i quruqlikdan iborat.
Agar globusni ko‘proq materiklar hududiga to‘g‘rilansa, „Materiklar yarimshari" hosil
bo‘ladi. Ushbu yarimsharda quruqlik 53% maydonni egallaydi. Shularga asoslanib,
keyingi paytda olimlar „Materiklar yarimshari"ni ajratishmoqda.
Geografik o‘rni. Afrika - to‘rtta yarimsharda joylashgan yagona materik. Ekvator
Afrikani deyarli qoq o‘rtasidan ikkiga bo‘lib turadi. Uning shimoliy va janubiy chekka
nuqtalari ekvatordan deyarli teng masofada joylashgan. Gibraltar bo‘g‘izi orqali Yev
ropa, Suvaysh kanali orqali Osiyo qit’alari bilan tutashib turadi. Materikning shimoliy
va g‘arbiy sohillarini Atlantika okeani suvlari, shimoli-sharqiy va sharqiy sohillarini
esa Hind okeani suvlari yuvib turadi. Afrikaning qirg‘oqlari kam parchalangan bo‘lib,
uzunligi 30500 km ga teng.
Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy qismining eni (Almadi va
Ras-Xafun burunlari oralig‘i) 7500 km bo‘lsa, janubining eni 3000 km ga teng. Materik
sharqida yirik Somali yarimoroli va Mozambik bo‘g‘izi bilan ajralgan Madagaskar
oroli joylashgan. G‘arbida yirik Gvineya qo‘ltig‘i bor.
O‘rganish tarixi. Afrika materigi dastlab Liviya deb atalgan. Olimlarning fikricha,
Afrika so‘zi eramizdan avvalgi II asrdan qo‘llanilgan. Olimlarning fikriga ko‘ra,
materik nomi uning shimoli-g‘arbiy qismi (Tunis, Marokash yerlari)da yashagan
qadimgi berberlarning afarik qabilasi nomidan olingan.
Afrika sivilizatsiyaning beshigi hisoblanadi. Unda 3-4 mln yil avval odamlar
yashaganligi arxeolog olimlar tomonidan aniqlangan. 6000 yil avval Nil daryosi
vodiysining hosildor yerlarida ilk sivilizatsiya tarkib topgan.
249
Afrika tabiatini, aholisining urf-odatlarini, xo‘jaligini o‘rganishda mashhur
marokashlik sayyoh Ibn Battutaning alohida o‘rni bor. U Afrikaning shimoliy va
sharqiy sohillarini, Nil havzasini (1325-1349-y.), Sahroyi Kabirning g‘arbiy qismini,
Niger daryosining yuqori oqimidan o‘rta oqimigacha o‘rgangan.
XV asr yevropaliklarning Afrikani o‘rganishida muhim bosqich bo‘lsa-da, unga
qora kunlarni — qullar savdosini keltirdi. 1487-yilda Bartolomeu Diash Afrikaning
janubidagi Yaxshi Umid burniga qadar Atlantika okeani sohillarini o‘rgandi. 1497-
1498-yillarda portugaliyalik Vasko da Gama Afrikani janubdan aylanib o‘tib, 1498-yil
20-mayda Hindistonning Kalkutta (Kolkata) portiga yetib keldi. U yevropaliklar uchun
Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini kashf etdi.
Afrikaning
ichki
qismi
tabiatini
o‘rganishda
ingliz
tadqiqotchisi D.Livingstonning xizmatlari katta bo‘ldi. U Kalaxari cho‘lini, Zambezi
daryosini, Kongo daryosining yuqori oqimlarini, Nyasa, Tanganika ko‘llarini o‘rgandi.
Zambezi daryosi dagi sharsharaga Viktoriya nomini berdi. Ingliz-Amerika
ekspeditsiyasining boshlig‘i G.M.Stenli (1817-1877-y.) Zanzibar orolini, Viktoriya
ko‘lini va Nil daryosining boshlanish irmog‘i Kagera ekanligini aniqladi, Lualaba va
Kongo daryolarini quyi oqimiga qadar o‘rgandi.
Afrika tabiati va xalqlari hayotini rus olimlaridan V.V.Yunker, Y.P.Kovalevskiy,
A.A.Yeliseyev, N.I.Vavilovlar tekshirdilar. N.I.Vavilov tashkil etgan ekspeditsiya
(1926-1927-y.) 6000 dan ortiq madaniy o‘simliklardan namuna oldi. U Efiopiya
qimmatli qattiq bug‘doy navining vatani ekanligini aniqladi.
Saxroi Kabir- Atlantika okeanining soxilida Afrika orqali Markaziy Osiyodagi
Gobi cho`ligacha 1200 km masofaga cho`zilagan cho`llar mintaqasi Saxroi Kabirdan
boshlanadi. Bu mintaqa uzunligining yarmi 6000 km Saxroi Kabirga to`g`ri keladi.
Saxroi Kabir shimoldan janubga tomon 2000 km masofaga cho`ziladi. Maydoni 8,7
mln. km.kv. bo`lib, Yevropa maydoning 1/3 qismiga barobar keladi va Avstraliya
maydonidan 1 mln.km.kv. dan oshadi.
Saxroi Kabirning shimoliy chegarasi Atlas tog`larining janubiy etaklaridan, sharq
tomonda- shartli ravishda 30 shimoliy kenglikdan o`tadi. Saxroi Kabirning iqlimi cho`l
250
iqlimdir. Saxroi Kabir landshaftlarining asosiy xususiyatlari g`oyat quruq kontinental
tropik havoning xukmronligiga aloqador. Quruqlikning asosiy sabablari shuki, Saxroi
Kabir ustidagi dinamik maksimumda havo masallari pastga tushadi, bundan tashqari
kondensatsiya satxi juda yuqori (5 km gacha) konvektiv oqimlar buncha balndlikda
ko`tarilolmaydi. Saxroi Kabir jazirama bo`lganidan suv nixoyatda ko`p bug`lanadi.
Yog`in-sochinning talaygina qismi yer betiga yetib kelmasdanoq bug`lanib ketadi.
Shuning uchun namlanish koefitsenti amalda nolga barobar.
G`arbiy Saxroi Kabir - Atlantika okeani, Axaggar tog`ligi va Alhamra o`tasidagi
oblastp. Unda kristall jinslardan va cho`kindi svitalardan tarkib topgan pastroq
tekisliklar ko`proq. Qadimgi asos sineklizasi keng Al- Joff botig`i va Atlas oldidagi
bukilmalarning yaqinidagi tektonik xarakatda cho`kkan rayoni Ar-Rir botig`i platolar
bilan o`ralgan. G`arbiy Saxroi Kabirda havo namligining yuqoriligi, xaroratning
birmuncha pastligi va o`simliklarni ko`pligiga qarab Atlantika bo`yidagi
akummulyativ tekislik ajralib turadi. Bu yerni janubida nixoyatda issiq bo`lib,
o`simliklar deyarli yo`q.
Markaziy Saxroi Kabirga Axagarr va Tibesti tog`liklari hamda ularga shimol va
janub tomondan yondashgan rayonlar kiradi.
Sharqiy Saxroi Kabirga Liviya, Arabiston va Nubiya cho`llari kiradi. Saxroi
Kabirning boshqa rayonlardan Liviya cho`lining farqi shuki, uni vodiylar kesib o`tgan
emas. Aftidan to`rtlamchi davrning xatto plyuvial eppoxalarida ham Liviya cho`li juda
quruqligicha qolavergan va unga Tibestidan oqib tushgan daryolar qumlarga va shag`al
tosh oqiziqlarga singib yo`k bo`lib ketgan.
Sudan-Gvineya o`lkasi. Saxroi Kabirning janubiy chegaralaridan Gvineya
qo`ltig`igacha. Kongo botig`ining shimoliy chekkasidan balandliklargacha cho`ziladi
va Saxroi Kabir-Arabiston platformasining janubiy chekkasini egalaydi: yotiq tektonik
bukilmalar va balandliklar bu joy uchun xarakterlidir. Sudanda tekislik relyefi umuman
past bo`lgani xolda bukilmalar o`rta Niger, Chad ko`li va Oq Nilning o`rta oqimi
botiqlarida yaqqolroq ko`rinadi, botiqlar to`rtlamchi davrda qum- gil yotqiziqlari bilan
to`lgan.
251
Janubiy Sudanda yog`ingarchilik mavsumi 8-10 oy davom etadi, shu davrda
Kuyosh ikki marta zenit orqali o`tgani munosabati bilan ikkita maksimum kuzatiladi.
Mussoning namli sig`imi kamayganligi sababli janubdan shimolga tomon yog`in
miqdori kamayadi: janubda 1800 — 1500 mm yog`in tushsa, shimolda 350 - 250 mm
va undan ham ko`p tushadi. Ayniqsa Gvineya qo`ltig`ining qirg`oq bo`yidagi
pastekisligida va Shimoliy qirlarning shamolga o`ng yon bag`irlarda yog`in ko`p (3000
mm dan ortiq) bo`ladi.
Gvineya zonasining daryo vodiylari bo`ylab uzok shimolga tomon galeriya
o`rmonlari davom etadi. Ular doimiy yashil gigrofit daraxt turlaridan iborat.
Qurg`oqchilik mavsumida bu daraxtlar suv tanqisligini sezmaydi, chunki ular grunt
suvlaridan baxra oladi. Bu o`rmonda taxtaga o`xshash ildizga tayanadigan pandanus,
yovoyi kofe uchraydi.
Kongo botig`i va uning chekkasidagi balandliklar. Kongo botig`i Afrika
platformasining tomomila berk eng yirik (maydoni 3 km.kv. ga yaqin)
sineklizasidir. Bu botiq shimol, g`arb va janub tomondan qadimgi kristall poydevor
antiklizalari halqasi, yaoni bir necha marta peneplenlashish natijasida tekislangan yassi
tepali balandliklar: shimolda Azande balandligi, g`arbda Janubiy Gvineya balandligi,
janubda Lunda-Katanga balandligi bilan o`ralgan.
Kongo botig`i eng qadimgi (kembriydan oldingi) poydevori asosan kontinental
svitalar bo`lgan qalin svitalar bilan ko`milgan. Bu svitalarning to`planishi yuqori
paleozoyda boshlanib, uchlamchi davr oxirida Janubiy Afrikadagi Kalaxari qumlariga
o`xshash qumlarning to`planishi bilan tugagan.
Azande balandligi - dengiz satxidan 900 — 1000 m yuqori. U qadimgi kristall
jinslardan tuzilgan peneplen bo`lib, qoldiq granit massivlari bor. G`arbda Azande
balandligi zina shaklidagi Kamerun tog`ligiga qo`shiladi. Bu tog`likka qadimgi negiz
shimoli- sharqiy yunalishdagi razlom bo`ylab lava bilan qoplangan. Kamerun vulkani
ham o`sha razlomda paydo bo`lgan. Kamerun vulkani qirg`oq bo`yidagi
pastekislikdagi tog`lik qarshisida tanxo qad ko`tarib turadi.
252
Janubiy Gvineya balandligi. Kongo botig`i ustidan zina-zina bo`lib ko`tariladi.
Janubiy Gvineya balandligi ayrim massivlari bo`lak-bo`lakligi jixatidan chinakam
tog`lik oblastlariga o`xshaydi.
Lunda-Katanga balandligi-g`arbda kvarsitli baland Biye massivi bilan boshlanadi.
Keng va butunlay yassi Lunda platosi massiviga yondoshib turadi. Janubiy
balandlikning sharqiy qismi Katangadan iborat. Katanga-qadimgi granitlar va boshqa
kristallardan tashkil topgan.
Kongo botig`i iqlimning va landshaftning asosiy xususiyatlari bu botiqning
ekvatorial va subekvatorial kengliklarda olgan geografik o`rnidan kelib chiqadi.
Quyosh yil bo`yi zenitda yoki unga yaqin o`rinda turganligidan havo xar doim issiq
bo`ladi. Havoning kuchli konvektiv oqimlari tufayli tushdan keyin va tunda jala
quyadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |