Аннотация:
В этой статье представлены способы повышения
эффективности чтения учащихся начальных классов, использование модульного
обучения и интерактивных методов, а также способы повышения
эффективности урока.
Ключевые слова:
начальная школа, чтение, обучение, эффективность,
интерактивный метод, модульное обучение, блок, технология обучения, ученик,
учитель.
Bugungi kunda respublikamizda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish,
o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini joriy etish, mustaqillik, ijodkorlik,
tashabbuskorlik, tadbirkorlik kabi kasbiy sifatlarga ega yoshlarni tayyorlash hamda
pedagoglarni rag‘batlantirish maqsadida katta ahamiyatga ega, sazovor ishlar amalga
oshirilmoqda.
240
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev – “Bugungi kunda shiddat bilan o‘zgarib
borayotgan hayot oldimizga qo’yayotgan bir-biridan murakkab va muhim masalalarni
hal qilish haqida o’ylar ekanmiz, ularning yechimi aynan ta’lim-tarbiya bilan,
yoshlarning dunyoqarashini zamonaviy bilim, yuksak ma’naviyat va ma’rifat asosida
shakllantirish bilan bog‘liq ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz” – deb
ta’kidlaydilar.
Shunday ekan, yosh avlodni bilimli, salohiyatli qilib tarbiyalash har bir
pedagogning burchidir.
Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor
qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib
ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
“Bugungi rivojlanish jarayonida ilmiy sohaga katta e’tibor berilmoqda. Ilm-fan
yutuqlari ta’lim darajasiga bog‘liq. Agar biz ta’lim tizimini dastlabki
bosqich(maktabgacha ta’lim)dan rivojlantirmasak, katta natijalarga erisha olmaymiz”,
dedi davlat rahbari. Buni davomi sifatida esa, boshlang’ich ta’lim asos hisoblanadi.
Boshlang’ich ta’limda muammoli, modulli, loyihalash, evristik hamda hamkorlikda
o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish ta’lim oluvchilarni ijodiy va mustaqil fikr
yuritishga o‘rgatish, mustaqilligini oshirish , ularda o‘z qobiliyatiga bo‘lgan ishonchini
mustahkamlash, mas’uliyat hissini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Bu texnologiyalar
ularning berilgan topshiriqlarni sifatli bajarishga, o‘quv materiallarini puxta
o‘zlashtirishga zamin tayyorlaydi. Bugungi kunda o‘quv mashg‘ulotlari sifatini
oshirish masalasiga yangicha yondashish, bajarilgan ishlar bilan cheklanmasdan,
uni muntazam ravishda takomillashtirish, yangi uslub va shakl larini ishlab chiqish
hamda amaliyotga joriy etish muhim hisoblanadi. Boshlang’ich sinflarga turli xil,
qiziqarli va interfaol metodlardan, innovatsion pedagogik texnologiyalardan
foydalanib dars o’tish samaralidir. Shulardan biri – modulli ta’lim.
Modul
lotincha
modulus
so‘zidan olingan bo‘lib
qism, bo‘lak, blok
ma’nolarini anglatadi.
Modul – pedagogik texnologiyani tashkil etuvchi, uning tarkibiy bo'laklarini
ifodalovchi tushunchadir. Bunday bo'laklar kichik modul, birlamchi modul, modullar
to'plami, modullar darajasi va modullarning majmuaviy tuzilmasi kabi turlardan iborat
bo'ladi.
241
Modulli ta’lim esa, pedagogik texnologiyani tashkil etuvchi tarkibiy
bo‘laklarni ifodalaydi. Bu modulli ta’lim dars jarayonini tashkil etishdagi eng kichik
ish turlaridan hamda ularning turli miqdordagi to‘plamlaridan iborat bo‘ladi. Bunda
eng kichik faoliyat
turi eng kichik modul sanalib,
boshqalari qancha modulni qamrab
olishiga qarab o‘ziga mos darajadagi modullar sanaladi. Boshlang’ich sinflarda o’qish
darslarini modulli ta’lim texnologiyasi asosida tashkil etish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish deganda, avvalo, o‘quvchilarni
ham aqlan,
ham ruhan mazkur
darsga tayyorlash nazarda tutiladi. Qolaversa, darsni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan
shart-sharoit va o‘quv materialini vaziyat taqozosiga moslashtirish ishlariga ham
e’tibor qaratiladi.
Modulli ta’lim texnologiyasining maqsadi qancha aniq bo‘lsa, unga erishish
darajasi shuncha oson bo‘ladi. Mazkur bosqichdagi eng muhim ishlar – o‘quv materiali
mazmuni va undagi
muhimni nomuhimdan ajratish,
badiiy asardagi o‘quvchi
ko‘nglidan o‘tsa, ma’lum ijobiy iz qoldiradigan jihatlarni umumlashtirish, ularni
o‘quvchi hayoti bilan bog‘lashga yo‘naltirish, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari
tabiatini belgilab olishdan iboratdir.
Xulosa qilib aytganda, o’qish darslarida modulli ta’lim texnologiyasidan
foydalanish – o‘quvchilarni ma’naviy kamolot yo‘liga
solishda,
buning uchun zarur
bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxslik sifatlarini egallashida, nazariy bilimlarni
amaliyotga tatbiq etishida, mustaqil
fikrlashga odatlanishida,
badiiy tahlil malakalarini
egallashida, o‘z bilim va qobiliyatlarini
baholay bilishida,
o‘zining xato-
kamchiliklarini anglash va ularni bartaraf qila bilishida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Har
qanday asar matni o‘qituvchi tomonidan o‘qib berilayotgan paytda o‘quvchilar ham u
bilan birga o‘z darsliklaridan asarni ichdan o‘qib borishlari tavsiya etiladi. Bu usul,
avvalo, o‘quvchilarni eshitish orqali ifodali o‘qish ko‘nikmasini egallashga
yo‘naltiradi, o‘zlari o‘qish asnosida esa o‘qituvchidan ortta qolmaslikka intilib tez
o‘qish ko‘nikmasini ham egallab boradilar. Asar to‘liq o‘qib bo‘lingandan so‘ng,
ikkinchi
darsda
uning
tahliliga
kirishiladi.
Xullas, adabiyot o‘qitish kechimida modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish uning
qiziqarli va samarali tashkil etilishi garovidir.
242
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Shavkat Mirziyoyevning 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan
O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi. 2021 yil 30 iyun.
2.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar
kuniga bag’ishlagan tantanali marosimdagi nutqi. 2021 yil 1 oktabr.
3.
Ibragimov X.I, Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: “Fan va
texnologiyalar” nashriyoti, 2008
4.
Internet ma’lumotlari: www. ziyonet.uz
5.
www.pedagog.uz
243
Do'stlaringiz bilan baham: |