Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



701 
zarra (atom, ion va hokazo) uning atrofidagi zarralarning maydonida turadi, bu maydon 
o’sha atrofdagi zarralarning joylashishiga bog’liq bo’lib, turli yo’nalishlarda turlicha 
bo’lishi mumkin. Shuning uchun kristallning xossalari uning strukturasiga ko’p bog’liq 
bo’ladi. Masalan, Ca kalsiy karbanat island shpati va aragonit kabi ikki kristall formada 
ma’lum bo’lib, bu formalar bir-biridan elementlarining joylashish tartibi jihatidan farq 
qiladi va shuning uchun ularning xossalari turlichadir. Island shpatining zichligi 2.72 
bo’lib, u optik jihatdan bir o’qli kristall hisoblanadi. Aragonitning zichligi esa 2.93 
bo’lib, u optik jihatdan ikki o’qli kristall hisoblanadi. Muhitning anizotropiyasi uning 
zarralarining anizotropiyasi tufayli ham, zarralarning bir-biriga nisbatan joylashishi 
tufayli ham hosil bo’ladi. Bunda izotrop muhit anizotrop zarralardan yasalgan bo’lishi, 
anizotrop muhit esa izotrop zarralardan yasalgan bo’lishi mumkin; xuddi shuningdek 
boshqa kombinatsiyalar bo’lishi ham mumkin. Masalan, vodorodning molekulasi 
anizotropdir, ya’ni bu molekulaning ikki vodorod atomini tutashtiruvchi chiziq bo’ylab 
olingan xossalari bu chiziqqa perpendikulyar bo’lgan yo’nalishdagi xossalaridan farq 
qiladi, ya’ni elektronning berilgan elektr kuchi ta’sirida o’q bo’ylab ko’chishi o’qqa 
perpendikulyar yo’nalishdagi ko’chishidan boshqacha bo’ladi. Shunga qaramasdan, 
vodorod gazi anizotroplik xossalariga ega emas: vodorod molekulalari tartibsiz 
joylashgani tufayli gazning o’rtacha qilib olingan xossalari hamma yo’nalishlarda bir 
xil chiqadi. Agar mana shunday anizotrop molekulalar ma’lum tartibda joylashsa, u 
holda butun modda anizotrop bo’ladi. Ko’pincha molekulalar o’rtasidagi kuchlar ta’siri 
ostida moddadagi molekulalar ma’lum tartibda joylashadi (kristallar): ba’zan 
molekulalar tashqi ta’sir tufayli ham ma’lum tartibda joylashadi (sun’iy anizotopiya). 
Kristall jismlarning ham izotroplik xossalari saqlanib qolishi mumkin, bunda atom 
gruppalari biror muntazam tartibda joylashgan bo’ladi. Masalan, tosh tuz yoki silvin 
kristallari (yoki ) va ionlaridan tuzilgan kub panjara bo’lgani holda optik jihatdan 
izotrop muhit deb hisoblanishi mumkin. Chunki panjara tuzilgan ionlarning o’zi 
izotroplik xossalariga ega bo’lishi bilan birga kub panjaraning tugunlarida simmetrik 
joylashgani uchun atrofdagi zarralarning ta’siri yo’nalishga bog’liq bo’lmaydi. Agar 
tosh tuzi yoki silvin kristalli bir yo’nalishda siqib deformatsiyalansa, u holda ionlarning 
joylashish simmetriyasi buzilib, kristallar nurni ikkiga ajratib sindiradigan bo’lib 


702 
qoladi. Shu narsa ajoyibki, tosh tuz yoki silvinning nurni ikkiga ajratib sindirishining 
ishorasi qarama-qarshi. Kristallning deformatsiyalanishi natijasida molekulalar 
orasidagi kuchlar o’zgarishini hisobga olish bu farqni sifat tomandan izohlab beradi; 
biroq bu hodisalarni miqdoriy jihatdan talqin etish uchun bu holda tashqi siqish ta’siri 
ostida ionlarning o’zida ham biror anizotropiya yuzaga keladi deb hisoblash to’g’ri 
bo’ladi. Ikkinchi tomondan, kristallning anizotrop bo’lishiga ionlarning kristall 
panjarada anizotrop ravishda joylashishi tufayli molekulalar orasidagi kuchlarning turli 
yo’nalishlarda turlicha bo’lishi sabab bo’lgan hollar ko’p, bunda ionlarning o’zini juda 
izotrop deb hisoblash mumkin. Masalan, tetraedrik kristallarning nurni ikkiga ajratib 
sindirishining ko’p qismi ularning tarkibidagi atomlarning anizotropiyasiga emas, 
balki kristallarning strukturasiga bog’liq ekanligi ko’rsatilgan. 
Muhitning anizotropiyasi optik jihatdan shuni bildiradiki, muhit o’ziga tushayotgan 
yorug’likni turli yo’nalishlar bo’yicha turlicha sezadi. Bu sezish yorug’lik to’lqinining 
maydoni ta’siri ostida elektr zaryadlarining ko’chishidan iborat. Optik jihatdan 
anizotrop muhitlarda tayinli kuchlanganlik maydonida ko’chish kattaligi yo’nalishga 
bog’liq bo’ladi, ya’ni muhitnng dielektrik singdiruvchanligi va demak, sindirish 
ko’rsatkichi yorug’lik to’lqini elektr vektorining turli yo’nalishlari uchun turlicha 
bo’ladi. Boshqacha so’z bilan aytganda, sindirish ko’rsatkichi va demak, yorug’likning 
tezligi yorug’lik to’lqinining tarqalish yo’nalishiga va qutblanish tekisligiga bog’liq. 
Shuning uchun anizotrop muhitda to’lqin sirti, yani L nuqtadan chiqayotgan yorug’lik 
to’lqini t vaqtda yetib boradigan sirt sferik sirtdan farq qiladi; izotrop muhitda esa bu 
sirt sfera bo’lib, unda v tarqalish tezligi yo’nalishga bog’liq emas. 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish