Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



414 
o‘ttizdan ortiq qiyosiy tadqiqotlarini o‘tkazdi. Jumladan, matematika va tabiiy fanlar 
(TIMSS), o‘qish (PIRLS), fuqarolik va fuqarolik ta’limi (ICCS), kompyuter va axborot 
texnologiyalari bo‘yicha savodxonlik (ICILS) kabi yo‘nalishlarda o‘quvchilarning 
bilim va ko‘nikmalari, umuman olganda ta’lim olish jarayonida erishgan yutuqlarini 
baholab kelmoqda. So’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar 
natijasida ulkan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda 
malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o’z-
o’zidan o’quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va 
o’qituvchilarning har tomonlama ta’lim-tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. 
Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy 
davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish 
orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg’or tajribalarni sohaga jalb qilish 
kerakligini anglatadi. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo’lida xorijiy ilg’or 
tajribalarni o’rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga 
ega. Respublikamizda qo’yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta‟limi tizimida ta’lim 
sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to’g’risida hukumat 
qarorining qabul qilinishi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro 
assotsiatsiyasidek (IEA-International Association for the Evaluation of Educational 
Achiyevement) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo’lga qo„yilishini 
misol sifatida keltirish mumkin. IEA (Talim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro 
assotsiatsiyasi) tashkiloti tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarning aksariyati 
o‘quvchilarning akademik faoliyatini bir yoki bir nechta fanlardan yoki fanlararo 
uyg’unlik asosida baholashni o’z ichiga oladi, bu esa dunyo bo’yicha umumiy va har 
bir mamlakat kesimida ta’lim jarayonlarini chuqur tahlil qilishga yordam beradi. 
O’quvchilarning erishgan yutuqlarini o’rganishda barcha o’quvchilardan emas, balki 
ushbu qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan o’quvchilardan obyektiv testlarni 
o„tkazish orqali baholanadi. Shuningdek, maktab direktorlari, o’qituvchilar, 
o’quvchilar, hattoki ota-onalardan so’rovnomalar o’tkazilib, maktabdagi ta’lim sifatiga 
ta’sir ko’rsatuvchi omillar, jumladan, maktab resurslari, o’quvchilarning ta’lim olishga 
oid qarashlari, o’qitish usullari hamda uy sharoitida o’quvchilarning bilim olishi 


415 
qanchalik darajada qo’llab-quvvatlanayotganligiga doir qimmatli ma’lumotlar 
to’planadi. Ushbu tadqiqotlar yuqori texnik va ilmiy talablar asosida o’tkaziladi. 
Shuningdek, o’rganilayotgan holatlarning xususiyatidan kelib chiqib, amaliy 
tadqiqotlar bilan birga kuzatuv kabi samarali usullardan ham foydalaniladi. 
Yangiliklarga ko’ra, 2022 yilda O‘zbekiston Xalqaro o‘quvchilarni baholash 
dasturida (Program for International Student Assessment, PISA) ishtirok etadi. 
O‘zbekistonni ushbu xalqaro dasturga tayyorgarlik ko‘rishiga Rossiya ta’lim 
akademiyasining Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Ta’lim sifatini baholash 
markazi ko‘maklashmoqda. 24-25 avgust kunlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat 
inspeksiyasi tomonidan Jahon bankining READ dasturi doirasida Xalq ta’limi vazirligi 
va Rossiya Ta’lim strategiyalarini rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda «Xalqaro 
tadqiqotlarda ishtirok etish — inson kapitalini rivojlantirish omili» mavzusida Rossiya 
ta’lim akademiyasi Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Rossiya ta’lim sifatini 
baholash markazi rahbari Galina Kovaleva ishtirokida xalqaro onlayn vebinar 
o‘tkazilgandi. Ma’lumot uchun, Galina Kovaleva 1993 yildan buyon Ta’lim sohasidagi 
yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)da, 2013 yildan boshlab PISA xalqaro 
tadqiqotlari boshqaruv kengashida Rossiyaning vakili hisoblanadi. 1989 yildan 2018 
yilgacha milliy koordinator sifatida Rossiyada umumiy ta’lim sifati bo‘yicha — IAEP, 
TIMSS, CIVIC, PIRLS, PISA xalqaro qiyosiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazishda 
ishtirok etgan. 1994 yildan hozirgi paytgacha TIMSS xalqaro tadqiqot dasturi doirasida 
tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim yutuqlarini baholash vositalarini ishlab chiqadigan xalqaro 
ekspertlar guruhi ishida qatnashmoqda. Amalga oshirilgan ishlar rus va xorijiy 
nashrlarda (200 dan ortiq ishlari) e’lon qilingan. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat 
inspeksiyasi ushbu masalada aynan bizning institutga hamkorlik va yordam borasida 
murojaat qilib, tashabbus bilan chiqqanligi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Rossiya 
xalqaro tadqiqotlarda 1988 yildan (30 yil) buyon, PISA xalqaro tadqiqot dasturlarida 
esa tadqiqotning ilk davri — 2000 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. Men 2000-
2020 yillarda Rossiyaning PISA xalqaro tadqiqotlari bo‘yicha milliy koordinatori 
bo‘lganman. Shuningdek, hamkorligimiz dastlabki kunlardanoq juda yaxshi va 
samarali tashkil etilganini e’tirof etmoqchiman. Biz READ (Rossiya Moliya vazirligi 


416 
va Jahon banki o‘rtasidagi Rossiya ta’limini rivojlantirish va ko‘maklashish dasturi) 
doirasidagi ilk seminarda ishtirok etish uchun Moskvaga kelgan delegatsiyani yaxshi 
eslaymiz. (2019 yil fevral). Mazkur loyiha doirasida o‘zbekistonlik hamkasblarimizga 
birinchi tayyorgarlik uchun Moskvada ilk seminarlar tashkil etilgan edi. Ushbu seminar 
uchun barcha viloyatlardan mutaxassislar tanlab olingani, ular bilan tayyorgarlik 
ishlari, suhbatlar olib borilgani va juda katta qiziqishga ega bo‘lgan mutaxassislar 
tashrif buyurgani bizni qoyil qoldirgan va xursand qilgan. Oldiga aniq maqsad 
qo‘yilgan mutaxassislar bilan ishlash biz uchun ham yaxshi maktab bo‘lgan edi.
Zero, mamlakat xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishni o‘z oldiga aniq maqsad qilib 
qo‘ygan. Mamlakatingiz ushbu tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etayotgani uchun 
hozircha aniq natijalar yo‘q va umid qilamanki bugungi qilinayotgan har bir ishlarning
natijasi 
o`laroq 
yaxshi 
marralarga erishamiz. 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish