“Albatta, Biz bu omonatni osmonlarga, yerga va tog‘larga taklif qildik. Bas,
ular uni ko‘tarishdan bosh tortdilar va undan qo‘rqdilar. Uni inson ko‘tardi.
Darhaqiqat, u o‘ta zolim va o‘ta johildir”
85
.
Ulamolar oyatdagi omonatni farzlar, qaytariqlar va shariat chegaralari, deb tafsir
qilishgan.
Hasan Basriy rahimahulloh aytadi: Alloh osmonlar, yer va tog‘larga omonat
hamda undagi narsani taklif qildi. Ular: “undagi narsa” nima deyishdi. Agar, yaxshilik
qilsangiz, mukofotlanasiz. Yomonlik qilsangiz, jazolanasiz, deyildi. Ular bosh tortdi.
Uni odam ko‘tardi.
Endi nimani ko‘tarib olganimizga qaraylik!
Va dedikim, [men bir maxfiy xazina edim, o`zimni bildirish va tanitish uchun
barcha olamni yaratdim]
86
.
Bu surada ham yolgʻiz Allohga, u zot yuborgan paygʻambarlarga va ular
keltirgan dinlarning haq ekaniga iymon keltirish, qiyomat kunida qayta tirilib, bu
dunyoda qilib oʻtgan barcha yaxshi-yomon amallariga yarasha mukofot-jazo olishga
ishonish islomiy aqidaning mohiyat-haqiqati
ekani
borasida
soʻzlanadi.
Bu
surada Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuʼayb, Muso va boshqa paygʻambarlarning qissalari
ancha mufassal hikoya qilinadiki, bundan murod birinchidan, barcha moʻminlarga
ilgari
oʻtgan
paygʻambarlar
va
ularni
yolgʻonchi
qilishlari
sababli halokatga uchragan qavmlar haqida maʼlumot berish boʻlsa, ikkinchidan,
yaqinda ikki aziz kishisidan — amakisi — Abu Tolib hamda jufti haloli Hadichadan
ajralib qolgan va mudom Makka mushriklari tomonidan ozor-aziyatlarga roʻbaroʻ
boʻlayotgan Muhammad alayhissalomga oʻtmishdoshlarining hayotlari va ularning
Haqqa daʼvat qilish yoʻlida chekkan mashaqqatlarini bayon qilish bilan taskin- tasalli
berishdir.
85
Ahzob surasi, 72-oyat
86
Alisher Navoiy. MAT. 20 tomlik. 17-tom. –T.: Fan. 2001. 8-b,
413
Bu sura Qurʼoni Karimning aybu nuqsonlardan pok va nazmu magʻziga hech
qachon, hech kim tomonidan xalal yetmaydigan ilohiy Kitob ekanini taʼriflash bilan
boshlanib, Alloh taoloning bandalariga paygʻambarlar yuborishdan koʻzlagan
hikmatini bayon etish bilan tugallanadi. Bu sura Alloh taolo tomonidan Od
Qavmiga yuborilgan Hud paygʻambar nomi bilan atalgandir.
Alisher Navoiy ham tazkirasida shu suradan iqtibos olganki, har bir yaratiqning
afzali bo`lgan odamga Alloh tomonidan yuborilgan ilm haqidagi ilohiy mujdaga
e`tiborni qaratadi.
…(bas, Ey Muhammad/, siz va siz bilan birga tavba qilgan zotlar o`zingizga
buyurilgan yanglig` to`g`ri yo`lda bo`lingiz) oyatida taammul qilur erdim
87
.
Islom dinining mohiyati, uning inson hayotidagi o‘rni ana shu din bag‘ridan
yetishib chiqqan ulug‘ mutafakkir shayhlar, aziz-avliyolarning poklik va kamolot sari
etaklovchi qarashlari, ularning ibratli xislatlarini chuqur tadqiq etish, ajdodlar ruhiga
hurmat va ehtiromni davom ettirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. Alisher Navoiy. MAT. 20 tomlik. 17-tom. –T.: Fan. 2001
2. Abulhasan Ali bin Usmon bin Abu Ali al-Jullobiy al-Hujviriy al-G‘aznaviy.
Kashf ul-mahjub. Ba sa`y va ehtimom va tashihi marhumu mag‘furu mabrur Valentin
Jukovskiy. – L., 1926. – S. 21. 13
3. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriy. Hadis: 4 kitob. 1-k. Al-
Jomi’ as-Sahih (Ishonarli to‘plam). – T.: Qomuslar Bosh tahririyati, 1991. – B. 133
4. Kerimov G.M. Al-Gazali i sufizm. – Baku: Elm, 1969. – S. 32.
5. Boltaboev H. XX asr boshlari o‘zbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy
merosi: Filol. f. d. ... diss. – T., 1996
6. Бертельс Э.Э. К. вопросу о мировоззрении Наваи // Наваи и Джами.
Избр.труды. том-4. –М.: 1965. С. 447.
7. Abdurahmon Jomiy. Lavoyih. O‘zR FA SHI, qo‘lyozma № 503.
8. Ramazonov N. “Nasoyim ul-muhabbat” va uning manbalari // O‘zbek tili va
adabiyoti, 2001. №1. – B. 14–19.
87
Alisher Navoiy. MAT. 20 tomlik. 17-tom. –T.: Fan. 2001. 9-b,
414
Do'stlaringiz bilan baham: |