FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Andreychikova A.P , Ubaydullayev M, Yusupova N.A “Fransuz tili fonetikasi”
O’zbekiston 1992-y
2. Bled E, Bled O. Orthographe, Grammaire, -Paris HACHETTE, 2009
3.
www.google.uz
4. www.ziyonet.uz
874
ФИО автора:
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti
universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-kurs talabasi
Suvanova Anora
Mirzaqul qizi
Название публикации:
«ANBAR OTINNING PEDAGOGIK FIKRLARI»
Anotatsiya: Anbar Otinning ijodiy merosi deyarli she`riy asarlardan iborat. Uning o`z qo`li bilan yozgan
devoni saqlab qolingan. Bu devon shoiraning o`g`li Usmonxo`ja Zohidov tomonidan Qo`qon adabiyot
muzeyiga taqdim etilgan. Devonning hajmi 685 misra bo`lib, unga kirgan she`rlarni shoira asosan hayotining
keyingi yillarida yaratgan bo`lishi kerak, degan taxminlar bor. Yuqorida e`tirof etganimizdek, 60-yillarda
shoiraning farzandlari va boshqa ularga yaqin bo`lgan kishilar tomonidan bir necha she`rlari, alohida she`riy
to`plami taqdim etildi.
Kalit so'zlar: ijodiy izlanish; nasriy asar; pedagogik qarashlar; baytlar
Anbar Otinning hayoti va ijodiga bo`lgan e`tibor o`zbek adabiyotida 1960 yillardan boshlandi. Shoira
ijodiyotini o`rganish, to`plash, nashr etish ishlari bilan professor A.Qayumov va F.Husainovalar
shug`ullanganlar. Ularning say`i harakatlari bilan 1963 yilda shoira she`rlari topildi va majmua holiga
keltirilib, “Anbar Otin. SHe`rlar” nomi bilan chop etildi. Shoira ijodini ommalashtirish maqsadida ushbu
tadqiqotchilarning 1964 yilda shoira hayoti va ijodini yorituvchi “Demokrat shoira Anbar Otin” nomli risolasi
bosilib chiqdi. 1970 yili shoira asarlarining to`ldirilgan nashri chop etildi. Adabiyotshunosligimizda shoira
ijodi bo`yicha izlanishlar izchil amalga oshirildi. 1966 yilda arab alifbosiga bag`ishlangan “Yakka baytlar”i
topildi. 1977 yilda esa adabiyotshunos M.Qodirova uning 17 she`rini o`zbekcha tarjimasi bilan nashr
ettiradi. 1991 yilda A.Jalolov “XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi o`zbek adabiyoti” nomli kitobida Anbar Otin
ijodining tahliliga keng o`rin ajratdi.
Anbar Otinning ijodiy merosi deyarli she`riy asarlardan iborat. Uning o`z qo`li bilan yozgan devoni saqlab
qolingan. Bu devon shoiraning o`g`li Usmonxo`ja Zohidov tomonidan Qo`qon adabiyot muzeyiga taqdim
etilgan. Devonning hajmi 685 misra bo`lib, unga kirgan she`rlarni shoira asosan hayotining keyingi yillarida
yaratgan bo`lishi kerak, degan taxminlar bor. Yuqorida e`tirof etganimizdek, 60-yillarda shoiraning
farzandlari va boshqa ularga yaqin bo`lgan kishilar tomonidan bir necha she`rlari, alohida she`riy to`plami
taqdim etildi. To`plam «hurufi hijo» tarzidagi asarlardan iborat, ya`ni shoira ularni yakka baytlar deb
aytadiki, bunda arab harflarining har biriga alohida kichik she`rlar bitilgan.
Anbar Otin lirikasi alohida o`ziga xos ijoddir. Shoira an`anaviy tarzdagi intim asarlarni juda oz yaratgan. U
hayotda ro`y berayotgan har bir voqeaga bee`tibor bo`lmaydi, aksincha, sinchkovlik bilan kuzatib o`z
qarashlarini nazmiy yo`l bilan ifoda etadi:
Ey bolam, Xayrulloxon maktab ochibdur boringiz,
Albatta, shu yangi maktabda o`qungiz, boringiz.
Yerda o`lturmay xarrakda o`ltururmish bolalar,
Toza turgay ust-boshu jomai dastoringiz.
O`rgatarmish turk tilida har ilmdan borini,
Kelgusida shu bilimlar birla bo`lg`ay koringiz.
875
Bu she`r hayotiy voqelik asosida yaratilgan, ya`ni o`sha davrning yirik va nomdor ma`rifatparvarlaridan
Xayrulloxon ismli mudarris shoira istiqomat qilayotgan Buzrukxo`ja mahallasida birinchilardan bo`lib “usuli
jadid” maktabini ochadi. Maktab o`z-o`zidan eski, “qadimiya” maktablaridan tubdan farq qiladi. Bolalar endi
yerlarda emas, “xarrak”- stullarda o`tiradilar, ust boshlari ham ozoda saqlanib, darslar turk tilida olib
boriladi. Shoira bu manzarani yuqoridagidek sodda va ta`sirli misralarda bayon etadi. Nazarimizda, bu oddiy
she`r emas, qalbi qaynoq shoiraning yangilik va yaxshilikka chaqiruvchi da`vatnomasi edi.
Quyidagi misralarda shoiraning vataniga bo`lgan muhabbati sodda, samimiy izhor qilinadi, u Vatanni
ikkinchi ona sifatida talqin qiladi:
Odam ersang ma`ni bil dona-dona,
Vatan erur sanga ikkinchi ona.
Uning Vatanga sodiq farzand bo`lishlik haqidagi xitobi ham sodda, ammo o`zgacha:
Odam ersang, tashqi surat berma zeb,
Ona yurtingni hamisha ayla zeb.
Anbar otin ijodining o`ziga xosligi shundaki, Turkiston ayollarining qismatlarini she`riyatga olib kirdi. U
she`rlarida haq-huquqi poymol bo`lgan, toptalgan Sharq ayollari nomidan isyon ko`taradi:
“Ayollar sochi uzun, aqli qisqadur” deganlarga,
Tovuqcha aqli yo`q, axlatni titkonlarga o`t tushsun...
“Xotunlar mol qatori sotilur”, deb mushtiparlarni
Zulayho, Layli, Shirinni tan olmaganlarga o`t tushsun.
Shoira xalq hayotini ko`p o`ylagan, o`zicha tahlil qilgan. Xayolga berilib, undan zavqlangan, xayollarini
reallikka aylanishini astoydil istagan. Quyidagi misralar shoiraning ana shunday orzu-umidlari:
Bir zamonni o`ylagayman, hech zamonga o`xshamas,
Bu jahon burchida to`rtdan bir tomonga o`xshamas.
Dashtu sahro bosh oyoq bo`lgay tamomi bo`ston,
Bu zamonning bo`stoni, bo`stonga o`xshamas.
Tog`laridin ko`p xazina meni ol, deb qichqirur,
Jilg`alar shahri azimu ko`histonga o`xshamas.
Anbar otin ijodida ishqiy g`azallar ko`p bo`lmasada, ular sifat jihatdan salmoqlidir. Shoira ishqiy tasvirlarda
originallikka intilganligi yaqqol seziladi:
Sensiz bahor o`lmadi, gul ham biror bor kulmadi,
Ta`bim biron ochilmadi, san dilrabodin o`rgulay.
Shoira lirikasi asosan adab va hayoga yo`g`rilgan kechinmalar ifodasidan iborat. Ehtirosli tuyg`ular bayonida
ham shoira o`ta odob va andisha bilan dildagi sirlarini bayon etadi:
876
Qay kuni bo`lgayki, bo`stonimga bir mehmon kelur?
Gul ochilg`on chog`ida bir bulbuli handon kelur?
Shuningdek, u ko`ngil rozlari bayonida soddalik yo`l tutadi va ayni paytda quyma satrlar, yangi tashbeh,
mubolag`alarni qo`llaydi: Bir she`rida dildagi sirlarni yozish uchun yerning kengligidagi g`oz qanoti lozimligini
aytadi:
Patlaringni kengaytirgil shunchaki,
Har birini yer kengligida san yoz.
Qanotingga yurak sirlarin bitay,
G`amgusorim tarafiga et parvoz.
Anbar Otin she`rlarining asosiy qismi ijtimoiy-siyosiy masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar, munozaralar,
tanqidiy qarashlardan iborat bo`lgan asarlardir. Shoira hayotda ikki narsa bilan kelisha olmaydi: birinchisi,
odamlar orasidagi tengsizlik, zo`ravonlik bo`lsa, ikkinchisi, birinchisi bilan bog`liq holda birovlarni
mensimaslik, takabburlik, boylik tufayli ilmga qiziqmaslikdir.
Hayotda ulug` maqsadlar bilan yashagan shoira ijodda o`ziga ham, boshqa ijodkorlarga ham yuksak
talablarni qo`yadi:
Shoira ersang vaqti-vaqti birla mushoira qil,
Ul Haziniy to`dasi kiribon munozara qil…
Kimsakim xalq g`amidin g`ami bo`lursa, ango san,
Yondoshib har ishda ul ila mutoyiba qil.
«Qarolar falsafasi» asari.
Kelajak haqida o`ylarining badiiy ifodasi.
Anbar Otinning «Qarolar falsafasi» (“Falsafai siyohon”) asari alohida xususiyatga ega. Muallif uning kirish
qismidan tashqari, to`rt faslga bo`lgan. Kirish qismida o`z rejalarini bayon etadi. Jumladan, shunday deydi:
«…barcha baxti qaro, farqi qaro, garchi qarolar ul qazo zulmat ichra zulm qaydida madfundurlarki, alar holi
ostidagi qaro mo`rchani ko`rguvchi mutafakkir donishmand adib ahli nafis choralar bilan ifoda eturlar,
bayon etgum».
Birinchi faslda shoira qaro narsalar: qaro baxt, qaro niyat, qaro tusli xalqlarni ta`rif-tavsif etadi; ikkinchi
faslda onalar hayoti va ularning o`z zamonasidagi taqdiri haqida fikr yuritadi; uchinchi faslda shoira baxti
qarolikning asl falsafiy mohiyatini ko`rsatib beradi; to`rtinchi faslda qaro zulmat, ya`ni o`sha zamondagi
ijtimoiy hayot kirdikorlari fosh etiladi.
Anbar Otin bu asari orqali o`zbek xalqining, o`zbek ayollarining isyonkor shoirasi sifatida namoyon bo`ldi.
Shoiraning hayoti va ijodidan fanimiz XX asrning 60-yillarida xabar topdi. 1963 yili professor L.Qayumov va
F.Husayinova shoira asarlarini topib, e`lon qildilar. 1964 yili ushbu tadqiqotchilarning «Demokrat shoira
Anbar Otin» risolasi bosilib chiqdi. 1970 yili shoira asarlarining to`ldirilgan nashri amalga oshirildi.
877
Anbar Otin Qo`qonda kosib oilasida tug`ilgan. Otasi Farmonquli asli marg`ilonlik bo`lib, mashhur shoira
Jahonotin Uvaysiyning jiyanidir. Onasi Ashurbibi Abdulg`ani qizi ham kosib oilasidan edi. Oila doimiy
muhtojliklar ichida yashagan. Anbaroy yetti yoshga kirganida uni Dilshod Otin maktabiga beradilar. U o`z
shogirdi haqida «Tarixi muhojiron» asarida shunday yozadi: «Anbaroy bug`doyrang, sunbul sochli, ohu ko`z,
oy yuzli, axloqi hamida va odobi pisandida sohibidur. Bu sakkiz yashar qizcha yoshligiga qaramay, hazrati
Navoiy g`azallarini o`rganishga behad qiziqadi. Bu ojiza sakkizdan o`n to`rt yoshgacha odob ta`limiga
mashg`ul bo`ldi. Umidim borki, bu qizcha katta shoira bo`lg`usi».
Bo`lajak shoirani o`n to`rt yoshlarida o`ratepalik novvoy Zohidxo`ja ismli yigitga uzatadilar. Zohidxo`ja
she`riyat muxlisi bo`lib, qo`qonlik mashhur shoirlarni yaqindan bilar edi. Ular faqirona, lekin baxtli turmush
kechiradilar. Mo`minxo`ja, Bibixon, Usmonxo`ja, Ominaxon degan farzandlar ko`radilar. Anbaroy hassos
she`rlari bilan «Anbar Otin» bo`lib taniladi. Biroq baxtsizlik yuz beradi. Anbaroy o`ttiz yoshlarida Olim
mingboshining uyida bo`lgan bir ziyofatda baland zinadan yiqilib, oyog`i sinadi va bir umr to`shakka
bog`lanib qoladi. Uning ustiga qizi Ominaxonning bevaqt vafoti shoira ijodidagi mahzunlikni ustuvor qilib
qo`yadi.
Shoira shafqatsiz taqdirga achchiqma-achchiq ijod etdi. Qo`lidan qalamini qo`ymadi. Aksincha, qalami unga
kuch berdi. 1910 yili adabiyotimiz tarixining yorqin bir sahifasi bo`lib qolgan «Qarolar falsafasi» asarini
yaratdi.
Anbar Otinning qachon vafot etgani ma`lum emas. Ayrim she`rlarida Birinchi Jahon urushi bilan bog`liq
voqealar tasviri ham uchraydi. Shundan kelib chiqib, mutaxassislar uning vafotini 1914-1917 yillar qilib
belgilaydilar.
Anbar Otin ijodining asosini uning she`riyati hamda «Qarolar falsafasi» nomli nasriy asari tashkil qiladi.
Uning e`lon qilingan she`rlari adadi 90 ga yaqin. 1966 yili arab alifbosi harflariga bag`ishlangan «Yakka
baytlar»i topildi. Nihoyat, u o`zbek va tojik tillarida birday ijod qila olgan shoiradir. 1977 yili adabiyotshunos
M. Qodirova uning 17 she`rini o`zbekcha tarjimasi bilan nashr etgan edi.
Shoira she`rlarida ijtimoiy-siyosiy mazmun kuchli. Uning uchun adolatsizlik konkret tushuncha. U buni,
avvalo, jannatday yurtning o`z egalari xor bo`lib, kelgindilar tasarruf etayotganligida ko`radi. Shu sababli
yurtdoshlariga murojaat qilib, uni ozod va obod etmoqqa chaqiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Avaz O`tar o`g`li. «Devon». T, 1976 yil.
2. Y.Yusupov «Avaz». T, 1954 yil.
3. Y.Yusupov «Xorazm shoirlari». T, 1967 yil.
4. V.Mirzayev «Avaz O`tar o`g`li. Hayoti va ijodi». T, 1961 yil.
5. «Avaz». Saylanma. T, 1984 yil.
6. «Ayyomiy». Saylanma. T, 1984 yil.
7. N.Qobulov, V.Mo`minova, I.Haqqulov «Avaz va uning adabiy muhiti». T, 1987 yil.
8. B.Qosimov «Izlay-izlay topganim…». T, 1983 yil.
9.S.Siyoyev «Avaz». Roman. T, 1987 yil.
878
Do'stlaringiz bilan baham: |