Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №23 (том 6)



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana04.04.2022
Hajmi0,92 Mb.
#528294
TuriСборник
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ro\'ziyeva NAsimova

Qadriyat turlari:
1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar.
2. An’analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo’ladigan axloqiy qadriyatlar.
3. Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari 
va ko’nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida namoyon bo’ladigan 
qadriyatlar.
4. Odamlar o’rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, hayrihohlik, hamjihatlikka asoslangan 
munosabatlarda namoyon bo’ladigan qadriyatlar.


1072 
5. Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog’lik bo’lgan
qadriyatlar.
Qadriyatlarni xilma-xil shakl va turlarga ajratib o’rganish mumkin:
1. Umuminsoniy qadriyatlar.
2. Mintaqaviy qadriyatlar.
3. Milliy qadriyatlar 
4. Diniy qadriyatlar 
Milliy qadriyatlar - murakkab ijtimoiy ruhiy hodisa bo‘lib, u millatning tili, 
madaniyati, tarixi, urf odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, 
iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. 
Har bir ruhan sog‘lom kishida o‘z qadr qimmatini saqlash, o‘zini hurmat qilish 
tuyg‘usi mavjud. Har bir millatda ham xuddi shu holatni ko‘ramiz. Millatlarning o‘z 
o‘zini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy manfaatlar ham, milliy qadriyatlar 
ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi. 
Milliy qadriyatlarning e’zozlanishi va kuchayib borishi zinhor milliy 
hudbinlikka, manmanlikka olib kelmasligi kerak Shuning uchun ham bu masalada 
xushyorlik, nazokat, insof, diyonat, bag‘rikengliq sahovat talab qilinadi. Zotan, milliy 
qadriyatlarning o‘zi ayni paytda, mintaqaviy yoki umuminsoniy qadriyatlarning uzviy 
qismi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-odat va 
an’analari mushtarak bo‘lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy 
hodisalar majmuasini tashkil etadi. 
Mintaqaviy qadriyatlarga misol sifatida Markaziy Osiyo xududida istiqomat 
qiluvchi o‘zbeq qozoq, tojiq qirg‘iz, turkman xalqlariga xos bo‘lgan qadriyatlarni 
eslatib o‘tishimiz mumkin. Buyuk Turon diyorida unib o‘sgan mazkur xalqlarning 
tarixi, tili, madaniyati, dini, urf odat va an’analarida juda ko‘p umumiylik mavjud. Ular 
hamisha bir birlariga orasini, quda qudag‘ay bo‘lganlar, hozir ham bahamjihat, totuv 
hayot kechirmoqdalar. Mazkur xalqlarning iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, savdo sotiq. 
munosabatlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. 


1073 
Qadimdan bir ma’naviy ruhiy iqlimdan nafas olib kelgan xalqlarimiz 
tariximizning, ayniqsa, bugungi mas’uliyatli davrida aql, zakovat va shijoat, dunyoviy 
salohiyat va milliy g‘urur talab etadigan bir pallada yana ham yaqinroq, yana ham mehr 
oqibatliroq bo‘lishlari lozimligini hayotiing o‘zi taqozo qilmoqda. 
Mintaqaviy qadriyatlar turkumiga Markaziy Osiyoda yagona iqtisodiy hududni 
tashkil qilish, Orol muammolarini xal etish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, 
mintaqamizda yashovchi xalqlarni tibbiy, ijtimoiy jihatdan himoyalash, boy tarixiy, 
ma’naviy merosimizni avaylab asrash qabilar kiradi. 
Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlardan mazmuni 
jihatdan chuqur va keng bo‘lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy 
qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlariga muvofiq 
koladi. Shuni ta’kidlash kerakki, jahondagi birorta xalq va millat o‘zidan boshqa xalq 
va millatlardan, umuman jahon sivilizatsiyasidan mutlaqo ajralgan, alohida 
madaniyatga ega emas. Millatlar boshqa xalqlarning madaniy ma’naviy yutuqlaridan 
foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. Shu sababli, barcha xalqlarning ijtimoiy 
iqtisodiy, madaniy ma’naviy rivojlanishi, tarixi bir biri bilan chambarchas bo‘lib 
ketgan. 
Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining tarakqiyoti 
bilan bog‘lik bo‘lgan umumbashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari yer 
yuzida ilm fanini taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollarning poygasini 
to‘xtatish, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni 
muxofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xom ashyosi, 
energiya manbalari va oziq-ovqat bilan ta’minlash, koinotni va jahon okeani 
resurslarini o‘zlashtirish bilan bog‘lik bo‘lgan muammolar kiradi. 
Bolalarni tarbiyalash ota-onalarning muqaddas burchidir. Axloqan pok, ma’naviy 
dunyosi boy oila deganda, biz katta va kichiklarning o'zaro hurmati, bir-birlariga 
erdami, bir-birlariga izzat va hurmati tushuniladi. Xalqimizda emonlikka qarshi kurash 
bo'lmagan joyda yaxshilik tug'ilmaydi, degan ma’noli gap bor. Bu gap eshlar 
tarbiyasiga ham taalluqlidir. Ayrim eshlarda ko'rinadigan axloqiy nuqsonlarni 
yo'qotish ularda ma’naviy go'zallik hosil qilish uchun qunt va qat’iyat bilan kurashmoq 


1074 
lozim. Bu muhim vazifani bajarish faqat maktab va oilaning burchi bo'libgina qolmay, 
balki keng jamoatchilikning ham asosiy vazifasi bo'lmog'i kerak. 
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida 
tarbiyalashda ularga birinchi navbatda inson mehnati, xatti-harakati, aql zakovati bilan 
yaratilgan «ikkinchi tabiat», ya’ni turli tuman moddiy boyliklar, zavod va fabrikalar, 
ishlab chiqarish kuchlari, transport vositalari, asbob-uskunalar, turar joy, mol-mulk, 
noz-ne’mat va shu qabilar moddiy qadriyatlar ekanligini tushuntirish lozim. 
Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlash kerak, maktabgacha yoshdagi bolalarga 
ta'lim-tarbiya bеrishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni aqliy va jismoniy 
jihatdan rivojlantirish va maktabga tayyorlash, ularning ruhiyati, shaxsiy qobiliyati, 
intilishi va ehtiyojlari milliy va umuminsoniy qadriyatlar hududiy xususiyatlarni 
hisobga olgan holda rivojlanishni ta'minlash, ularni maktab ta'limiga tayyorlashdan 
iborat. 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish