Kalit so’zlar:
Maktabgacha yosh, o’zini-o’zi anglash, ijtimoiy muhit, o’ziga
baho berish.
Аннотация:
В статье подчеркивается важность социальной среды в
самосознании и самосознании дошкольников.
Насколько нам известно, период дошкольного возраста охватывает период
от 3-4 лет до 6-7 лет. Взгляды на принятие решения о восприятии как духовного
и социального существа. Он также предоставляет теоретическую информацию о
процессе самосознания у детей дошкольного возраста. В статье проводится
сравнительный анализ самооценок детей старшего детского сада и их оценок
воспитателями по гендерным различиям.
Ключевые
слова:
дошкольный возраст, самосознание, социальная среда,
самооценка.
Resume:
The article emphasizes the importance of the social environment in the
self-awareness and self-awareness of preschoolers.
As far as we know, the period of preschool age covers the period from 3-4 years
to 6-7 years. Views on decision making about perception as a spiritual and social being.
It also provides theoretical information on the process of self-awareness in preschool
679
children. The article provides a comparative analysis of self-assessments of children in
senior kindergarten and their assessments by educators for gender differences.
Keywords:
Preschool age, self-awareness, social environment, self-assessment.
Mavzuning dolzarbligi:
Insonning psixik rivojlanishi uning shaxs sifatida
shakillanishi, o‘zini-o‘zi anglashi, o‘zini jismoniy - ma‘naviy hamda ijtimoiy mavjudot
sifatida anglashning qaror topishi bilan bog‘liq. O‘zini -o‘zi anglashning rivojlanishi
har bir bolada o‘ziga xos tarzda kechadi. Biroq barcha bolalarda odatda hayotning
birinchi yili oxiriga kelib o‘zini - o‘zi anglashning paydo bo‘lganini tasdiqlovchi
belgilar kuzatiladi. Bola o‘zini , o‘z tanasini uni o‘rab turgan fazodan ajrata
boshlaydi.O‘zini -o‘zi anglashning keyingi rivojlanishi bolaning o‘z xoxishlari va
umuman faoliyati motivlarni anglashi bilan bog‘liq bo‘ladi. Uch yoshli bolaning
nutqida "Men kiyinayapman" , "Men ovqatlanyapman", " Men o‘ynayapman" degan
gaplarning paydo bo‘lishi va tez- tez uchrab turishi bu quvonarli holdir.O‘zini uchinchi
shaxs olmoshi bilan ifodalashdan "Men" olmoshini ishlatishga o‘tishi ilk bolalik
davrining eng muhim yutuqlaridan biridir.
Rus psixologlaridan A.N.Leontev esa o‘z tajribalaridan shunday xulosaga
keladi. Faqat maktabgacha yoshda bolaning bir harakatini boshqasiga ongli va mustaqil
ravishda bo‘y sindirish imkoniyati birinchi marta paydo bo‘ladi. Uning fikriga ko‘ra
bo‘ysinish mumkin bo‘ladi. Chunki aynan shu yoshda birinchi navbatda motivlar
ierarxiyasi vujudga keladi. Bunda muhimroq motivlarni ajratish va ularga unchalik
ahamiyatsizlariga bo‘ysunish asoslanadi. Yana bir rus psixologi K.M.Gurevich
tadqiqotida 3-4 yoshli bolalar jozibali maqsadga erishish uchun allaqachon qiziq
bo‘lmagan va hatto juda yoqimsiz harakatlarni bajarishga qodir ekanligini aniqlagan.
Shunday qilib D.B.Elkonin fikriga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalik davrida
kattalar bolaning oldida namuna sifatida paydo bo‘ladi. D.B.Elkonin nuqtai nazaridan
maktabgacha yoshdagi bolaning axloqiy irodaviy sohasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri
harakatga moyilligi va kattalarning ma‘lum bir harakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki
bilvosita talabi o‘rtasidagi to‘qnashuvning ifodasidir. Xulq-atvor, o‘zboshimchalik deb
ataladigan narsa aslida o‘z harakatlarini namuna sifatida ko‘rsatadigan tasvirga
bo‘ysunishdan boshqa narsa emas; birlamchi axloqiy g‘oyalarning paydo bo‘lishi bu
kattalar tomonidan baholanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xulq-atvor modellarini
o‘zlashtirish jarayoni. Maktabgacha yoshdagi bolada ixtiyoriy harakatlar va xatti-
harakatlarning shakillanishi jarayonida shaxsiy deb atash mumkin bo‘lgan yangi xulq-
atvor paydo bo‘ladi. Ya‘ni mazmuni kattalarning ijtimoiy funksiyalari bo‘lgan
yo‘naltirilgan tasvir vositasida amalga oshiradi.
Bizningcha bolada uning ichki axloqiy holatlarining paydo bo‘lish jarayoni,
umuman D.B.Elkonin tomonidan to‘g‘ri ko‘rsatilgan garchi u konkretlashtirish va
680
qo‘shishni talab qilsada darhaqiqat kattalar maktabgacha yoshdagi bola uchun namuna
bo‘lib qoladi va kattalar qo‘yadigan talablar odamlarga va bolaning o‘ziga shuningdek,
u bir vaqtning o‘zida beradigan baholarni bola asta- sekin o‘zlashtiradi va o‘ziga xos
bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi kamol topishida o’zini-o’zi anglash darajasi
bola kelajagida jismoniy sog’lom, ruhiy barqaror va ijtimoiy yetuk shaxs bo’lib
jamiyatda o’z o’rnini topishiga yordam beradi. O’zini-o’zi anglash darajasini
shakllanishini naqadar dolzarb ekanligini anglashimiz hamda endi tug’ilajak emrion
davridan shunga yetarli shart-sharoitni qilishimiz, tashqi ijtimoiy ta’sirlarning bevosita
va bilvosita bog’liq ekanligini anglasak hamda barcha faoliyatda bola shaxsini faqat
o’stirib va tarbiya beribgina qolmasdan o’zligini anglashiga ko’maklashsak haqiqatdan
ham olimlar takidlaganidek barkamollikka erishish imkoniyatini qo’lga kiritishimiz
mumkin. Anglash jarayonini oz’-o’zidan shkallanadigan jarayon deb ayta olmaymiz.
Bu jarayon fiziologik o’sish, kognitiv rivojlanish , ijtimoiy takomillashib borishning
asosiga bog’liq deb ayta olishimiz mumkin. Ushbu bog’liqlikning qaysi biridadir
yetishmovchilik yoki buzilish bo’ladigan bo’lsa bu anglash jarayoniga ham o’z ta’sirini
o’tkazadi. Shuningdek anglash jarayonining o’zi ham ushbu bog’liqlikka uzviy ta’sir
o’tkazadi deb ayta olamiz. Negaki barchasi bir-biri bilan o’zaro ta’sir natijasida va
dinamik o’zgarishda bo’ladi.
Maktabgcha yoshadagi bolaning har bir davrida kechadigan psixik
qonuniyatlarni hamda fiziologik rivojlanishlarni bilsak ushbu yoshdagi bola bilan
to’g’ri munosabatda bo’la olamiz.Ushbu davrda bolada har bir yoshga xos fizilogik
hamda psixologik rivojlanishing kechishi haqida hozirda ota-onalar hamda
tarbiyachilar yetarlicha bilimga ega bo’lishsa, hamda o’zaro bola ta’lim tarbiya
jarayonida hamkorlikda harakat qilishsa, boladagi har qanday xatti-harakatni to’g’ri
qabul qilib yo’naltirish usullarini aniqlay oladi. Negaki bola yoshga xos rivojllanishda
o’ziga xos inqirozni boshdan kechiradi.
Maqolamizning tadqiqot qismida F. Varga va V. Stolinning “Ota-ona va
pedagoglarning bolalarga bo’lgan munosabatlari” so’rovnomasi; V.A.Soninning “Men
bu olamda kimman” metodikasi; Leongardning “Shaxs aksentuatsiyasini o'rganish
metodikasi” (ota-ona,tarbiyachilar uchun); Luskanovaning “O’quv motivini aniqlash”
metodikasi (Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun); R. Jelening proektiv metodikasi;
V. G. Shurning “Zinachalar” proektiv metodikasini tanlab olindi. Tadqiqotimizda 60
nafar oiladan 60 nafar ota-ona va ularning farzandlari, tadqiqot o’tkazilgan
maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan 15 nafar tarbiyalanuvchilar
ishtirok etishgan.
681
Do'stlaringiz bilan baham: |