[Москамыко, 1978, 365-6]
, дунёнинг тўрт томонига карвону кемалар
катнай бошлади.
Хулоса қилиб шуни айтиш керакки Ўрта Осиёдаги Буюк Ипак
йўлининг энг асосий йўалишларидаги йўллардан бири Суғдга
Уструшонадан Чоч ёки Хўжанд орқали ўтган. Унинг энг фаол тармоғи
Самарканддан тоғлар оралаб, пасткам адирлар орқали Зоминга, у ердан
текислик бўйлаб Сирдарёга қараб чузилган. Зоминнинг Уструшонада хам
ички, хам халкаро савдо алокаларида мухим марказ вазифасини
ўтаган
Адабиётлар рўйҳати
1.
Қадимий Зомин А.А.Грицина ва бошқалар Тошкент Муҳаррир нашриёти
2018-224 б.
2.Уструшонанинг илк ўрта аср қишлоқ маконлари монография М.Ҳ.Пардаев,
Ж.И.Ғофуров Тошкент;Ilmiy texnika axboroti-PRESS NASHRIYOTI,2016-348 B
858
Internet saytlari
3.www.ziyonet.uz
4.www.kun.uz
859
ФИО авторов:
Xasanboeva Fotima Аbduazizovna
Fargʼona viloyati Fargʼona tumani
26-Bolalar musiqa va sanʼat maktabi musiqiy-nazariy fanlar oʼqituvchisi
Ubaydullaeva Zuxra Аbduazizovna
Fargʼona viloyati Fargʼona tumani
26-Bolalar musiqa va sanʼat maktabi musiqiy-nazariy fanlar oʼqituvchisi
Название публикации:
«O’ZBEK XALQ CHOLG’ULARI TARIXI»
Аnnotatsiya:
Ushbu maqolada oʼzbek xalq cholgʼu sozlari kelib chiqishi bilan bogʼliq
boʼlgan afsona va rivoyatlar keltirilgan.
Kalit soʼz:
Afgʼon rubobi, dutor, ud, borbad, naddof, gardish, doira.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so’ng, tariximiz, o’tmishimiz hamda
o’zligimizga yaxshiroq nazar sola boshladik. Yurtboshimiz tashabbuslari bilan milliy
qadriyarlarimiz, urf-odatlarimiz va madaniy merosimizga, san’at olamida kerakli o`rin tutgan
o`zbek xalq cholg`ulariga e’tibor yanada kuchaydi. O`zbek musiqa madaniyati va uning
asosiy qismlaridan biri bo`lgan cholg`ular qadim-qadimdan boy va murakkab tasviriy
imkoniyatlarga egadir. Shu bilan birga o`ziga xos tarixga ega.
O`zbek sozandachilik san’atida ko`p cholg`ular qatori afg`on rubobi alohida o`rin
tutadi. Bu cholg`u o`zining jarangdorligi va inson qalbiga yaqinligi bilan xalqimizning
sevimli cholg`ularidan biriga aylangan.
Afgʼon rubobi juda qadimiy musiqa asbobidir. Bu soz o`zbek xalq cholg`ulari oilasida
alohida o`rin egallaydi. Zarb bilan chalinadigan asboblar safida boshqa cholg`u sozlaridan
sadolanish tembri bilan ajralib turadi. Afgʼon rubobi Afg`oniston, Hibdiston, Pokiston, Misr,
Xitoy kabi mamlakatlarda, shuningdek O`rta Osiyoda O`zbek va tojik xalqlari orasida keng
tarqalgan. Bu soz hozirgi vaqtda Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Farg`ona
vodiysida sevib chalinib kelinmoqda. Afg`on rubobining qayerdan kelib chiqishini aniqlash
qiyin, chunki turli manbalarda turlicha ta’riflanadi. Bu sozning yaratilishi haqida bizgacha
turli rivoyatlar yetib kelgan.
Bir rivoyatda hikoya qilinishicha: Bir kuni Buxoro xoninig qizi kasal bo`lib qoladi.
Shunda xon Hitoydan, Hindistondan va yeti iqlimdan donishmand tabib va olimlarni saroyiga
chorlaydi, bitta-yu bitta qizini qanday qilib davolash mumkinligi haqida maslahat soladi.
Shunda Balk shahrida tug`ilib, o`zi Buxoroda muqim yashab qolgan iste’dodli soz yasovchi
usta, mohir sozanda xonnig yoniga borib, uning qizini davolash uchun urinib ko`rishga ruxsat
oladi. Shunda xon, “qizimni kimda-kim davolasa yarim boyligim va qizimni beraman deb
va;da beribdi. Ammo qizini to`g`ridan to`g`ri ko`rish u bilan suxbatlashish imkoni bo`lmabdi,
chunki o`sha davrlarda ayollarni parda orqali ko`rish mumkin edi. Qizning yonida albatta o`zi
yaxshi ko`rgan, ishongan sirdoshi kanizagi bo`lardi. Shunda yigit kanizakni chaqirib, qiz
nimaga qiziqadi, nima uchun u hech kimni yoqtirmasligi va ko`p hayol surishini so`rabdi,
shunda kanizak yigitga honzoda nihoyatda tovushga ixlosi balandligi, ayniqsa, u qanotlarini
yoyib o`z chiroyini ko`z ko`z qilganda - “qani endi shu tovus kuylasa, mening dardimga davo
860
bo’lardi” degan gapini kanizak yigitga yetkazibdi. Shundan so`ng Bahllik yigit Buxorodagi
o`z ustaxonasida ilk bor tovusga o`xshatib soz yasaydi va xonzoda xuzuriga borib parda
orqasida rubob chalib, uni maftun etadi. Xonzoda rubobdan chiqayotgan yoqimli sadolardan
baxramand bo`lib, sog`ayib, avvalgidan ham go`zallashib ketibdi. Buni ko`rgan hon vadasida
turib, sozandaga qizini va yarim boyligini beribdi. Shunda bu rubob kimniki deb so`raganda,
bu rubob ana shu, Afg`onniki- deb odamlar aytishibdi. Shu shu bus oz Afg`on rubobi deb
ataladigan bo`libdi.
Yana bir cholg`u sozlaridan biri – dutor. Dutor o`zbek xalqining musiqiy madaniyati
bilan chambarchas bog`liq san`at ramzidir.
Dutor haqida birinchi marta Temuriylar davrining boshlarida bitilgan adabiy
manbalarda soʼz yuritilgan (14-15-asrlar). Аniqrogʼi “bizning davrimizdagi Oʼrta Osiyo
xalqlari orasida keng tarqalgan ikki torli dutor xaqidagi birinchi maьlumotlar 15 asrga
taalluqlidir.
Dutor-qayta ishlovga yuz tutgan birinchi xalq cholgʼusidir.
Dutor cholgʼusining yaratilishi haqida rivoyatlar bor.
Bir usta kechqurun soʼrida dam olib oʼtirganida, toʼlin oyning shuʼlasi soʼri yonidagi
tut daraxtiga tushib, daraxtning soyasida yerda dutorning hozirgi shakliga oʼxshash shakl
tushib turganini koʼradi va shu shaklni chizib oladi, ertasi kuni shu daraxtdan chizib olingan
shaklni yasaydi. Tut daraxti ipaklaridan dutor siminiulaydi va chalib koʼradi, biroq dutordan
sado chiqmaydi, sababi dutorning kosasi toʼliq boʼladi. Soʼngra usta hayolga toʼlib darvoza
oldida oʼtirganida bir gala yigitlar qoʼshiq aytib koʼchadan oʼtib ketishadi, ovozlari jarangdor,
baralla, yoqimli eshitiladi. Аncha vaqtdan keyin shu yigitlar yana oʼsha qoʼshiqni aytib
orqaga qaytishadi, yendi ovozidagi jarang, yoqimli ohang yoʼq edi, aksincha ovozlari boʼgʼiq
edi. Shunda usta yigitlarni birini toʼxtatib qiziqib soʼraydi, “Bolalarim boya oʼtib
ketayotganlaringda shunaqa ovozlaring jaranglab yeshitilayotgan edi, yendi qaytayotib,
ovozlaringda bu jarang yoʼq boʼligʼib eshitilib turibdi sababi nimada?” – deb soʼraydi. Shunda
ey otaxon boya biz oʼtib ketayotganimizda qornimiz och edi. Xozir biz mexmondorchilikdan
qaytyapmiz qornimiz toʼq sababi shunda, deydi bolalardan biri – Zukko usta darrov dutorni
kosasini oʼyib qopqoq bilan yopadi, ip tortib chalib koʼradi. Endi dutor usta kutganidek sado
berib yoqimli chang tarqatadi. Shu tariqa usta-shogird yonalishida dutor ijrochiligi davom
etib kelgan.
Ud cholgʼu soʼzi qadimiy musiqiy cholgʼulardan biridir.
Maʼlumki, ud arabcha soʼz boʼlib, uning lugʼaviy maʼnosi quyidagicha: birinchidan u
yogʼochi qora tusli daraxtning nomidir. Аytishlaricha, ud dastlab shu daraxtdan yasalgan.
Ikkinchidan ud, bayram, toʼy-tomosha, xursandchilikni ifodalaydigan “iyd” iborasaning
maʼlum shaklidir. Bu oʼrinda xushchaqchaqlik maʼnosida ham kelishi mumkin.
Udning dastlabki nomi “borbad” boʼlganligi koʼrsatib oʼtiladi. Borbad ikki soʼzdan
olingan boʼlib, bor-qomat, bad-oʼrdak maʼnolarida keladi. Borbad qorni katta va dastasi katta
musiqa asbobidir. U oʼrdak qomatiga oʼxshaganligi uchun borbad nomi berilgan emish.
Uning yaratilishi haqida bizgacha turli afsonalar yetib kelgan. Bir afsonada xikoya
qilinishicha borbadni yunon olimi Fisogʼurs hakim ixtiro qilgan. afsonada aytilishicha bir
kuni Fisogʼursning tushida ьir gnomaʼlum moʼysafid, uning boshiga kelib shunday deydi.
“Sen erta barvaqt turib naddof (paxta tituvchilar) bozoriga borgil. U yerda senga hikmat
sirlaridan biri nomoyon boʼladi deydi. Fisogʼurs ertalab naddoflar rastasiga boribdi va u
yerdan hech narsa tushuna olmay qaytib kelibdi.
Moʼysafid shu kuni tushida yana kelib, kechagi aytgan gapini yana takrorlabdi.
Shundan soʼng Fisogʼurs ertalab uygʼonib ikkinchi marta bozorga borganda, paxta tituvchilar
yoyining ipidan chiqayotgan tovush uning diqqatini oʼziga jalb etibdi. Fisogʼursning ongida
861
bir fikr paydo boʼlibdi, shunda u yerda yotgan ot dumining tolasini olib, bir uchini tishi bilan
tishlab, ikkinchi uchini qoʼli bilan tortib chertgan ekan, mayin va yoqimli bir ovoz eshitilibdi.
Endi shu ipni taqib chaladigan torli asbob yaratish ustida mulohaza yurita boshlabdi. Maьlum
vaqt oʼtgandan soʼng, kunlarning birida Fisogʼurs hakim togʼ tomon yoʼl olibdi. Togʼning
etagida kuchli shamol esib, qandaydir bir sexrli tovush, yaʼni xushtaksimonbir sado
eshitilibdi. Shunda u atrofga nazar solib yaqin orada turgan ichi kovak, boʼshab qolgan
toshbaqa kosasiga koʼzi tushibdi. Uning bosh, qoʼl, oyoq va dumi chiqib turadigan
teshiklardan oʼtayotgan shamol ana shunday sexrli tovush hosil qilayotgan ekan. “Bir narsaga
yarab qolar deb” olib ketibdi. Keyinchalik toshbaqa kosasidagi eng katta teshikka dasta
oʼrnatibdi. Unga ipni taqib chala boshlabdi. Bu asbob dastlab juda sodda va oddiy shaklda
tuzilibdi. Fisogʼursdan soʼnggi davrda yashagan musiqachilar borbadni takomillashtirdilar va
uning asosida 2,3,4 torli musiqa asbobi yasadilar. Borbad soʼzining eng takomillashgan
keyingi shakli “ud” soʼzi ekanligi haqida olimlarimiz oʼz kitoblarida yozishgan.
Doira – oʼzbek, tojik, uygʼur va boshqa sharq xalqlarining cholgʼu asbobidir. Gardishi
oʼrik, yongʼoq yogʼochidan yasaladi. Gardishi ustidan tashqari tomondan teri bilan qoplanadi.
Gardishning ich tomoniga xalqachalar osiladi.
Doira qadimiy musiqa cholgʼularidan xisoblanadi.
Markaziy Osiyo (Niso shaxri, eramizdan avvalgi 2-asr)da topilgan yodgorliklarda
doirachi ayollar tasvirlangan. Doira cholgʼu sozi kelib chiqish tarixi xaqida turli xil rivoyatlar
bor. Bir rivoyatda shunday xikoya qilinadi.
Qadim-qadim zamonlarda bir mamlakatning savdogarlari savdo qilish uchun safarga
chiqishibdi. Yoʼllari Choʼli Malikdan oʼtar ekan. Yoʼl yurib, yoʼl yurishsa ham moʼl yurib,
Choʼli Malikning qoq oʼrtasiga borib qolishibdi.
Bir payt gʼamlangan suvlari tamom boʼlib qolibdi. Suvsizlikdan birik-ketin sulayishib,
yotib qolishibdi.
Kuch-quvvatlari ketib, turib yurishga aslo madorlari qolmabdi. Karvonda bir yigit ham
bor ekan. U oʼzining meshidagi oxirgi suvini safardoshlari ogʼziga tomchilab-tomchilab
quyibdi. Odamlar bir oz oʼzlariga kelishibdi-yu, bari bir issiq hamda chanqoqlikdan yoʼlga
tusha olmadilar. Shunda boyagi yigit oʼylab-oʼylab, suvdan boʼshagan meshini yorib,
aravaning gʼildiragiga tarang qilib tortibdi. Shundan keyin oftobga qaratib qoʼyibdi. Soʼngra
uni taka-tumlata boshlabdi. Ovoziga mahliyo boʼlib, qattiqroq taka-tumlata boshlabdi.
Bora-bora uni shunchalik ura boshlabdiki, asbobning ovozi butun choʼlni larzaga
keltiribdi. Gʼayritabiiy bu ovozdan odamar ham oʼzlariga kelib, gʼimirlay boshlabdilar.
Ularda kuch-quvvat, xatti-harakat paydo boʼlibdi.
Ovoz barxandan barxanga oʼtibdi, tepalikdan tepalikka koʼchibdi. Oxiri shu choʼlning
narigi chetida ketayotgan boshqa karvondagilarning qulogʼiga ham yetib boribdi.
Karvondagilar: “Karvon halokatga uchrabdi, boʼlmasa bunaqa ovoz chiqarmasdi. Yordamga
chaqiryapti, bormoq kerak”, - deb ularning oldilariga yetib borishibdi. Suv berib, halokatga
uchragan savdogarlarni oʼzlari bilan birga savdoga olib ketishibdi. Shu-shu doira baka-baka-
bum, baka-baka-bum” deb ovoz chiqara boshladimi, odamlarga tetiklik, dadillik, jasurlik
kayfiyatlari uygʼonar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |