Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Dostoyevskiy F. M. Aka-uka Karamazovlar // T.:“Yangi asr avlodi” nashriyoti 
– Toshkent, 2021 – yil, 423 – bet. 
2.
Dostoyevskiy F. M. Iblislar // T.: “O’qituvchi”, 2020 
88
Dostoyevskiy F. M. Iblislar // T.: “O’qituvchi”, 2020


786 
ФИО автора: 
Abduraimova Komila
Sharof Rashidov tuman 1-sonli
Kasb-xunar maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi. 
Xalq ta’limi a’lochisi

Название публикации:
«TARIXI IBRAT O’QUV MASKANI» 
Davlat arbobi,adib Sharof Rashidovning 104 yiligiga bag’ishlanadi.
 
Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q

ANNOTATSIYA: 
Ushbu maqolada yurtimizning asl farzandi,davlat arbobi va 
adib Sharof Rashidov shaxsiyati va adib o’qigan maktab tarixi haqida fikr yuritilgan 
KALIT SO’ZLAR
: Tarix,ilm maskani,adib,maktab,arbob,xotira,ta’lim tarbiya. 
Tarixga nazar tashlab ish ko’rmoq har birimizning muqaddas burchimizdir. 
Zero, bugun biz kimligimizni,kimlarning avlodi-yu kimlarning davomchilari 
ekanligimizni yaxshi anglamog’imiz uchun, albatta, yashab turgan Vatanimiz tarixini
o’rganish bilan bir qatorda,ilm dargohlarimizning tarixini ham bilib qo’ysak zarar 
qilmaydi. 
Yurtimizda ilm dargohlari juda ko’p.Lekin ular orasida juda katta tarixga ega va o’z 
bag’rida buyuk davlat,ma’daniyat, fa’n arboblarini yetishtirib bergan ilm dargohlari 
sanoqlidir. Ana shunday ilm maskanlaridan biri Jizzax vohamizdagi “Jizzaxning 
to’ng’ich maktabi”,”Jizzaxning kichik dorilfununi” deb xalq e’tirof etgan sobiq 
Narimonov nomli umumiy o’rta ta’lim maktabi bo’lib, bu ta’lim maskanining tarixini 
bilishlik barchamiz uchun ham qarz,ham farzdir. 
Biz bilamizki,Jizzax vohasi ham qadimiy maskanlar sirasiga kiradi.”Buyuk ipak 
yo’li”da joylashgani bois bu yerda ham savdo-sotiq,ma’daniyat yaxshi rivojlangan 
edi. 
Tarixdan ma’lumki,O’rta Osiyo rus imperiyasi tomonidan bosib olingach o’lkada 
“Rus tuzem”maktablari ochila boshlandi.1876-yilga kelib,O’rta Osiyoda 6ta “Rus 
tuzem”maktabi bor edi.Ulardan 3tasi Toshkentda, 2tasi Samarqandda, 1tasi Katta 
Qo’rg’onda edi.1883-yilda Jizzaxning eski shahar qismida yana bir maktab 
ochiladi.Asta-sekin o’quvchilar soni ko’paya boshladi 


787 
1889-yilda maktab uchun 4 xonali bino quriladi.Bu bino shahardagi yagona 
oqlangan bino bo’lgani uchun xalq uni “Oq uy” deb atagan.Ushbu “Rus 
tuzem”maktabi Jizzaxda yagona bo’lib,mashg’ulotlar o’zbek va rus tilarida olib 
borilgan.”Oq uyda”joylashgan maktabda o’quvchilar soni yildan-yilga ko’payib 
boravergan. Atrofdagi mahalla va tumanlardan yoshlar kelib savod chiqarganlar. 
1930-yillarda maktabni tomomlagan o’quvchilar orasidan bir qator ko’zga 
ko’ringan el farzandlari yetishib chiqdi. Ular orasida xalqimizning sevimli shoirlari 
Hamid Olimjon, Qodirjon Imomov,Shukur Sa’dulla,Nazir Safarov, Sarvar 
Azimov,Orifjon Ikromov,fan arboblari O’ktam Oripov,Asil Rashidov,shuningdek 
xalqimizning sevimli farzandi jahonga mashhur davlat arbobi,taniqli adib Sharof 
Rashidovdek yorqin siymolar bor edi. 
Keyingi yillarda ham bu maktabni tamomlagan o’quvchilar orasida xalqimiz 
taraqqiyoti va ravnaqiga katta xissa qo’shgan bir qator 
olimlar,chorvadorlar,paxtakorlar,ziyolilar yetishib chiqdilar. 
1955-1956-o’quv yillariga kelib maktab uchun 2qavatli, 140 o’ringa mo’ljallangan 
o’quv binosi qurildi. 
1965-66-o’quv yillariga kelib maktabda o’quvchilar soni keskin oshib ketadi va 960 
o’rinli zamon talablariga to’la javob beradigan 4 qavatli bino qurulib,foydalanishga 
topshiriladi. 
Jizzax shahrining eski shahar qismida barpo etilgan bu bino Sharof Rashdidov 
xiyobonining shimol tomonida joylashgan bo’lib,bu binonining ishga tushganiga bu 
yil roppa-rosa 56 yil bo’ldi.O’tgan yaqin asr davrida bu ziyo maskani ildizida bir 
nechta maktablar tarmog’i yuzaga keldi.O’tmish tarixi esa bir asrdan ziyodroq davrni 
o’z ichiga oladi. 
Maktab tarixiga bejizga batafsil to’xtalmadik.Chunki maktab tarixiga nazar tashlar 
ekanmiz,uning keng,issiq bag’rida biz faxrlanib,g’ururlanib,yodga olayotganimiz 
maktabimizning sobiq o’quvchisi, xalqning sevimi farzandi,sevimli adibi,davlat arbobi 
Sharof Rashidov kamol topdi,ustozlardan ilk ta’lim – tarbiyani shu maskanda 
oldi.Beg’ubor bolalik davri,o’quchilik davrlari o’tdi. 
Ilk orzu-maqsadlari shu tabarruk maskanda qanot yozdi.Shuning uchun ham u o’zi 
o’qigan maktabni sevardi,ardoqlardi,e’zozlar edi. 


788 
Sh.Rashidov tabiatdan juda kamtarin inson bo’lgan.U odamlarni,mehnatni, ijod 
ahlini ayniqsa,o’qituvchilarni juda hurmat qilar edi. 
Sh.Rasgidov uzoq yillar o’zi o’qigan maktabdan ko’ngil uzolmadi.O’zining sevimli 
ustozlari,sinfdosh o’rtoqlari,mehnatkash Jizzax xalqi oldida qandaydir uzolmagan 
qarzi borligini xis qilib yurdi.Shuning uchun ham umrlarining so’nggi yillarida 
maktabning eski binosi yonidan yangi 4 qavatli zamonaviy,qariyb ming o’rinli maktab 
binosi qurishni taklif etadi va bu bino tez kunda qad rostlashida u kishining o’zlari 
bosh-qosh bo’ladi. 
1120 o’rinli maktab binosi 1983-84 o’quv yilida o’z faoliyatini boshladi.Maktab 
binosi ochilishida ishtirok etgan Sh.Rashidov jizzaxlik o’quvchilarga ushbu ilm 
maskani kichik sovg’a ekanligini,ular kelajakda mehnatkash o’zbek xalqi istiqboli 
uchun tolmas kurashchilar bo’lib yetishishlarini niyat qiladi. 
Shu tariqa kichik bir eski binoda ish boshlagan “Rus tuzemi”maktabi katta bir ilm 
dargohiga aylanib, butun Respublikamiz miqiyosida e’tiborli 
rahbarlarni,olimlarni,shoir va yozuvchilarni,mashhur paxtakorlarni yetishtirib 
kamolotga yetkazib berdi. 
Darhaqiqat, Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng milliy qadriyatlarimiz 
tiklandi.O’zbekiston birgina siyosiy-ijtimoiy jihatdan tub burilishlar davriga qadam 
qo’yib qolmay,ta’lim va tarbiya,ma’naviyat milliy qadryatlar borasida ham jiddiy 
o’zgarishlar yuzaga keldi.Ayni kezlarda o’tmish madaniyatimiz,ta’lim-tarbiyaviy 
merosimiz,milliy o’zlegimiz qadrlanib,poklanib bormoqda. Milliy maktablarimizni 
yaratish donishmand sharq pedagogikasini yuzaga keltirish ishlarining boshlab 
yuborilganligi har bir kishining qalbini sevinch,dillarini iftixor tuyg’ulari bilan 
to’ldiradi. 
Mustaqilligimizning 30 yillik to’yi arafasida Sharof.Rshidovning 104 yilligi 
Respublika miqiyosida munosib nishonlashlanadi. Bugungi kunda Jizzax shahri 
markazidagi Sh.Rashidov xiyobonida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko’rib 
yosh-u qari jizzaxliklarning qalbida, ayniqsa xiyobon ro’parasida joylashgan 
maktabimiz o’quvchilarining qalbida faxt va g’urur tuyg’ulari jo’sh urmoqda. 
Bugungi kunda ham jamiyatimiz kerakli kadrlar,yetuk malakali,ziyoli,ma’nan 
barkamol avlod yetishtirib berishda va xalq ta’limi sohasida qo’lga kiritilgan ko’plab 
pedagogik yutuqlar zamirida Jizzaxdagi ushbu maktabning beqiyos o’rni borligini har 
bir ziyoli qalbidan his qilib turadi. 


789 
Mamlakatimizning birinchi prezidenti I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” 
deb bejizga ta’kidlab o’tmagan edi. Zero, biz o’z ilm dargohimizni tarixini qanchalik 
yaxshi bilsak,unga munosib bo’lishga shunchalik intilamiz.Bu dargohning tarixini 
o’rganar ekanmiz, uning har bir qarichi naqadar aziz ekanligini, unda aziz 
ustozlarimizning tabarruk izlari qolganligini his qilamiz. 
Foydalanilgan adabiyotlar; 
1.”Jizzaxning kichik dorulfunini” B.Sharipov, A.Pardayev
2.”Ma’rifatga baxshida umr” A.Axmad


790 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish