Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

ФИО автора
Ibragimov Mamurjon Mirzoboyevich 
Farg’ona davlat universiteti magistranti 
Название публикации:
«AFFIKSOIDLAR HAQIDA O’ZBEK VA JAHON 
TILSHUNOSLIGIDAGI BA’ZI QARASHLAR» 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada affiksoidlarning va ularning o’zbek va jahon 
tilshunosligida o’rganilishi, bu borada tilshunoslarning qanday ilmiy izlanishlar olib 
borganliklari haqida to’xtalib o’tiladi. 
Kalit so’zlar:
tilshunoslik, morfemika, affiksoid, asos morfema, qo’shimcha, affiks, 
so’z yasalishi 
Hozirgi o’zbek adabiy tilida tilshunoslar oldida yechimini kutib turgan chigal 
masalalar talaygina miqdorni tashkil etmoqda. Ana shunday masalalardan biri bu 
o’zbek tilidagi affiksoidlar masalasidir. Affiksoidlar masalasi o’zbek tili doirasida juda 
kam o’rganilgan soha bo’lib, bu masalada qator chigalliklar va oppozitsiyalar 
mavjudki, ular o’z yaxlitligiga ega bo’lishi, tilning sistema sifatida 
o’rganilayotganligini hisobga oladigan bo’lsak, affiksoidlar haqidagi ma’lumotlar bir 
yaxlit tizimga tushishi kerak va o’zbek adabiy tilida ma’lum tushuncha sifatida 
shakllanishi kerak. Birinchidan, ayrim ilmiy adabiyotlarda affiksoid atamasiga ta’rif
berilgan bo’lsa, qolgan adabiyotlarda bu atamaga to’xtalib o’tilmagan. Ikkinchidan, 
tilshunos olimlarning affiksoid tushunchasi bo’yicha yakdillikka ega emasligi asosiy 
yechimini kutayotgan masaladir. Quyida ushbu muammolarni batafsil o’rganib 
chiqishimizdan oldin affiksoid atamasi va uning etimologiyasiga to’xtalib o’tamiz.
Affiksoid o’zi nima? O’z nomidan ma’limki affiksoid affikslar turkumiga 
kiradi, ya’ni qo’shimchadir. Asosan asosga qo’shilib, yangi so’z yasaydi. Professor 
Shavkat Rahmatullayev affiksoid atamasiga quyidagicha ta’rif keltiradi: Affiksoid 
deb asli leksik birlik bo‘lib, keyinchalik xuddi affiks kabi grammatik ma'no ifodalashga 
xizmat qilib, affiks kabi bir necha leksemalarga qo‘shilib kelish xususiyatiga ega 
bo‘lgan birlikka aytiladi (lot. 
affixoid 
– “affiksga o‘xshash”). Masalan, lug‘atimizda 


614 
xona-
leksemasi mavjud (
katta xona- 
kabi), shu bilan birga 
-xona
affiksoidi ham 
mavjud (
ishxona-, oshxona-, choyxona-
kabi); 
noma-
leksemasi ham (
vassalom, noma 
tamom
kabi), 
-noma 
affiksoidi ham (
taklifnoma-, aybnoma-, ruxsatnoma-
kabi) 
mavjud.
54
Azim Hojiyev esa affiksoidni quyidagicha izohlaydi: affiksoid
(“lot. 
affixus+grek. eidos — ko’rinish). Affiksoid funksiyasida qo’llaniluvchi o’zak 
morfema: 
ishxona, darsxona 
kabi so’zlardagi 
xona 
Qalandar Sapayevning fikricha esa, affikslarning tug’ilishida shunday hol 
ham uchraydi: ba’zi so’zlar affiks funksiyasini bajarib, ergash morfemaga yaqinlasha 
boshlagan bo’lsa ham, hali affiksga aylanib ketmagan bo’ladi. Bular affiksoid sanaladi. 
Masalan
, bu uyda to’rt xona bor
– 
biz ishxonaga bordik
. Ko’rinadiki
, xona
elementi 
o’rnida so’z bo’lib ham, affiks bo’lib ham qo’llaniladi (keyingi holda o’rin bildiradigan 
affiksga yaqin keladi). U bir o’rinda o’zak morfema, boshqa o’rinda ergash morfema 
vazifasida keladi
.
55
Bu mavzu yuzasidan kam ish olib borilganligini hisobga olsak, ilmiy 
adabiyotlarda, ilmiy jurnal va monografiyalarda bu mavzu yuzasidan ma’lumotlar 
topish, yoki tadqiqotlarni kuzatish ancha mushkulliklarga ega. Xo’sh, bu borada rus 
tilshunosligida fikrlar qanday? Bu savolga biz quyidagicha javob topamiz: 
Affiksoidlar – asos morfema bo’lib, so’z tarkibiga affiks vazifasini bajargan 
holda qo’shiladi ( prefiks yoki suffiks shaklida) va ular asos va affiks-morfemalar 
oralig’ida turadi. Affiksoidlar – o’zgaruvchan tipdagi morfemalardir. Ular 
qo’shimchaga o’xshaydi, lekin ular bilan aynan bir xil emas, shu bilan birgalikda asos 
morfema bilan ham bir xil emas. Ularga quyidagilar misol bo’la oladi: 
-вод: оленовод, 
животновод, овошевод, коневод; -вед: языковед, книговед, краевед; -рез: 
камнерез, хлеборез

стеклорез; 
Har qaysi affiksoid o’zi so’z sifatida keladi va shu bilan birga yetarli darajada 
katta va unumli so’z yasovchi affiks tipi hamdir. Bu jihatdan olib qaraganda ular 
54
Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili. Toshkent, Universitet, 2006. 108-109-b
55
Сапаев. Қ. Ҳозирги ўзбек тили (морфемика, суз ясалиши ва морфология)

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish