Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №27 (том 6)



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/92
Sana23.07.2022
Hajmi3,36 Mb.
#844959
TuriСборник
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Июнь 2022. Том 6

REFERENCES 
1.
A.D.Novikov, A.P.Matvееv Jismoniy tarbiya nazari va mеtodikasi. 
Toshkеnt
«O’qituvchi» 1982 yil. 1 tom.
2.
V.M.Kachashkin. Jismoniy tarbiya mеtodikasi. Toshkеnt «O’qituvchi» 
1982 yil.
3.
Jismoniy madaniyat dasturi. Toshkеnt 1998 yil
4.
I.A.Karimov. Buyuk maqsad yo’lidan og’ishmaylik. Toshkеnt 
«O’zbеkiston» 1993 yil.
5.
I.Karimov. Halollik va fidoyilik - faoliyatimizning asosiy mе'zoni bo’lsin.
Toshkеnt «O’zbеkiston» 1994 yil
6.
I.Karimov. Yuksak Mutaxassislar - taraqqiyot omili. Toshkеnt 
«O’zbеkiston» 1995 yil.
7.
Barkamol avlod O’zbеkiston taraqqiyotining poydеvori. Toshkеnt 1997 
yil.
8.
Umumiy o’rta ta'limning davlat ta'lim standarti va o’quv dasturi. Toshkеnt 
1999 yil, 6-maxsus son.
9.
L.P.Matvееv. Tеoriya i mеtodika fizichеskoy kulturi M. «FIS» 1997 yil.
10.
B.A.Ashmarin. Tеoriya i mеtodika fizichеskogo vospitaniya 
M.Prosvеhеniе 1990 yil.
11.
I.Usmonxo’jaеv T. S. Jismoniy tarbiya darsi matеriallari «O’qituvchi» 
1975 yil.


171 
ФИО автора: 
Ziyodova Fotima A’zam qizi, 
Buxoro viloyati Shofirkon tumani 44 – umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisi 
Название публикации:
«BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA 
FANINI O'QITISH VA MASALALAR ISHLASH HAQIDA TUSHUNCHALAR 
BERISH» 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada boshang’ich ta’limda matematika fani, uning 
o’rgatilishi, ilk bosqichlarda o’qitish metodikasi va masalalar ishlash usullari
shuningdek darslarni to’g’ri tashkil qilish haqida so’z yuritiladi.
 
Kalit so’zlar:
 matematika, to’garak, metodika, matematik ro’znoma, ekskursiya, 
boshlang’ich ta’lim 
 
Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematikani muvaffiqiyat bilan o'qitish uchun 
mehnat faoliyatini boshlovchi o'qituvchi matematika o'qitishning ishlab chiqilgan 
tizimini, ya'ni boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasini egallagan 
bo'lishi va shu asosda mustaqil ravishda ijodiy ishga kirishishi kerak. 
Matematika boshlang'ich ta'lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat: 
1.
Matematika o’qitishdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash. (nima uchun 
o'qitiladi). 
2.
Matematika o'qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (ya'ni matematikadan qaysi 
material boshlangich sinflarda o'rganilishi, nima uchun aynan shu material 
tanlanishi, boshlangich sinflarda kursning har qaysi ayrim masalasi 
umumlashtirishning qanday darajasida o'rganilishi, mavzular qanday tartibda 
o'rganilsa, eng ratsional bo'lishi ko'rsatiladi). 
3.
O'qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish. (qanday o'qitish kerak, ya'ni oquvchilar 
hozirgi kunda zarur bo lgan bilim, malaka, ko nikmalarni va aqliy qobiliyatlarini 
egallab oladigan bolishlari uchun oquv ishlari metodikasi qanday bo'lishi kerak? 


172 
Masalan, 10 ichida sonlarni qo'shish va ayirishni qanday o'rganish kerak, 
jumladan, bu mavzuda qo'shishning o'rin almashtirish xossasini qanday ochib 
berish kerak?). 
4.
O'qitish vositalarini - darsliklar, didaktik materiallar, ko'rsatma - qo'llanmalar va 
texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida o'qitish?). kerak! 
Boshlang‘ich maktabda matematika o’qitish metodikasida mustaqil va nazorat 
ishlari, o’quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari 
yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi 
masalalarining o‘zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari 
boshlang‘ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish 
uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab 
uchun mo‘ljallangan) 
o’qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish 
uchun materiallar ko‘proqdir. 
Boshlang‘ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun 
umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar 
tuzuvchilarning g‘oyasiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror usulini 
bajarishi o’quvchining bu mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni 
to‘la aniqlangan darajada o‘zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi. 
Matematika o’qitish metodikasida “o’quv materialini o‘zlashtirilish darajasi” 
tushunchasining mazmuni to‘la ochib berilmagan.O’qituvchilar uchun qo‘llanmalarda 
didaktik materialning u yoki bu topshirig‘i qaysi darajaga mos kelishini aniqlashga 
imkon beradigan mezonlar aniq emas. 
Amaliyotda o’qituvchilar ko‘pincha biror topshiriqning usullarini biri 
boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik 
materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan bo‘lmasin, ularning mazmuni va 
tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g‘oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir 


173 
barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech qanday 
o‘rgatuvchi mashina O’qituvchining intuisiyasini, ya’ni hissiyotini almashtira olmaydi. 
Matematik masalalar yechish matematika o`qitishning muhim tarkibiy qismidir. 
Masalalar yechmasdan matematikani o`zlashtirishni tasavvur ham etib bo`lmaydi. 
Matematikada yechishning nazariyasini amaliyotga tadbiq qilishning muhim yo`lidir. 
Masalalar yechishning boshlang`ich sinflarda o`rganiladigan u yoki bu nazariy 
materiallarni o`zlashtirish jarayonida muhim rolni va o`quvchilarni fikrlash 
qobilyatlarini o`stiradi muhim ro`l o`ynaydi. Masalalar amaliy ishlar sistemasi asosida 
tuziladi. Bu degan so`z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha 
ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan uning qo`llanishini talab qiladigan u yoki 
bu masalani yechish bilan amalga oshadi. 
Bоlа mаktаbdаgi mаshg’ulоtlаrning birinchi kunidаyoq mаsаlа bilаn uchrаshаdi. 
O’quvchilаrning qаndаy хаyotiy tаjribа vа bilimgа egа ekаnini аniqlаsh mаqsаdidа 
o’qituvchi o’quvchigа eng sоddа mаsаlа оrqаli murоjааt qilаdi. Mаsаlаn: "Sеning 
to’rttа qаlаming bоr edi, sеn yanа bittа qаlаm оlding. Sеndаgi qаlаmlаr nеchtа bo’ldi?" 
Mаtеmаtik mаsаlаlаr o’quvchilаrgа mаtеmаtik tushunchаlаrni to’g’ri 
shаkllаntirishgа, uni o’rаb turgаn muhitni chuqurrоq аnglаshgа, shu bilаn birgа 
mаsаlаlаr еchishgа bоlа tаfаkkurining rivоjlаnishigа yordаm bеrаdi. Eng аsоsiylаridаn 
yanа biri mаsаlаlаr еchish оrqаli o’quvchi to’rtаlа аrifmеtik аmаl vа ulаrning 
хоssаlаrini puхtа o’rgаnаdi.Mаtеmаtikа tili rivоjlаnаdi. qisqаsi, mаsаlаgа bu nаzаriya 
bilаn аmаliyotni bоg’lоvchi muhim zvеnоdir. 
Masalalarni yechishda predmetga bo`lgan qiziqish rivojlanadi, umuman 
mustaqillik, erkinlik, talabchanlik, mehnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi. 
Bolalar masala tuzilishi bilan ikkinchi yoki uchinchi mashg`ulotda tanishadilar. Ular 
masalada shart va savol borligini bilib olishadi, masala shartida kamida ikkita son 
bo`lishligi alohida ta`kidlanadi. Masala ustida ishlah uning mazmunini o`zlashtirishdan 
boshlanadi. Masala mazmunini yaxshi tushunish uchun o`quvchilarni har biriga uning 
matnini eshittiribgina qolmay, balki uni mustaqil o`qib chiqishlari ham kerak. 


174 
Agar masala sharti bosh qotiradigan bo`lsa o`quvchilarga masala mazmunini 
mustaqil o`ylab ko`rshlari uchun bir-uch minut vaqt berish maqsadiga muvofiqdir. 
Boshlang`ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallar xossalari va usullarini 
o`rganishda o`ziga xos bo`lgan qonunyatlarni ko`paytirish amaliga teskari amal 
sifatida muvofiqlikda o`rganilishini talab etsa, ikkinchi tomondan maxsus hollarni 
tahlil etishda amallardagi xos xususiyatlar bilan taqqoslash muhim ahamiyat kasb 
etadi. Bu esa o`quvchilarni ikrlashlarini o`stirishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. 
Boshlang`ich sinf matematika darslarida masalalar yechishda o’quvchilarda 
hisoblash malakalarini o’stirish orqali matnli masalalar yechishdagi qo’llaniladigan 
pedagogic texnologiyalardan foydalanish maqsadida masalalar to’plamlari, 
multimedia va grafik vositalarni tayyorlash yo`lga qoi`yilsa boshlang`ich matematik 
ta`lim samaradorliugini oshirishda ijobiy natijalar beradi deb hisoblaymiz. 

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish