Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1.Shoniyozov K. O`zbek xalqining shakllanish jarayoni. Toshkent, Fan 2001-yil.
2.Murtazayeva R.H. O`zbekiston tarixi. O`AJBNT Toshkent, 2003 yil.
3.Eshov B.J. O`rta Osiyo qadimgi shaharlari tarixi. Toshkent, 2006 yil.
4. www. Ziyonet.uz
5. www. Rzult academy freenet.uz
12
ФИО автора:
Rahmonov Uchqun
Guliston davlat universiteti
Название публикации:
«MARKAZIY OSIYO DASHT QABILALARINING
BRONZA VA ILK TEMIR DAVRIDA ZARAFSHON MODDIY MADANIYATIDA
AKS ETISHI VA UNING QISQACHA TAVSIFI»
Annatatsiya.
Jamiyat taraqqiyotining ma`lum bir rivojlanish bosqichida chorvachilik
dehqonchilikdan ajralib chiqdi va birinchi mehnat taqsimoti yuz berdi. Bu hol
jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolining, tezkorlik bilan rivojlanishiga olib keldi.
Zarafshonning quyi oqimidagi Zamonbobo ko'lida va Sarazmda o'tkazilgan
arxeologiyaga oid tadqiqot natijalari yuqoridagi fikrlar haq ekanligiga guvohlik
beradi. Mazkur maqola Markaziy Osiyo dasht qabilalarining bronza va ilk temir
davrida Zarafshon moddiy madaniyatida aks etishi haqida qisqacha tavsif sifatida
yozilgan.
Kalit so`zlar:
Nmanapami, Sopollitepa, Jarqo'ton, Xorazm, Tozabog'yob, Toshkent, Achikul,
Yangier, Burg'yluq, Namangan, Buvana mozor, Andijon, Dalvarzin tepa,
Qashqadaryo, Yerqo'rg'on, To'rtko'ltepa, Sopolli, Jarqo’ton, Qiziltepa, Anov,
Ko’zaliqir, Afrosiyob, Daratepa, Chust, Dalvarzin.
Milodimizdan avvalgi III ming yillikning oxirlariga kelib, Markaziy Osiyo
hududida tosh davri tugadi, u o'z o'rnini eneolit va keyinchalik bronza asriga bo'shatib
berdi. Arxeologiyaga oid qazilma manbalarning guvohlik berishicha, ibtidoiy odam
metall olamiga dastlabki misni ixtiro qilish orqali kirgan. Odamlar misdan uncha
katta bo’lmagan pichoqlar, bigiz, ignalar, boltalar, uzuklar, munchoqlar, isirg'alar
tayyorlaganlar. Shuning uchun metalni qo'llashning bu ilk davri Eneolit - Mis-
Toshdavri deb ataldi. Bu davrda dehqonchilik va chorvachilikda ham birmuncha
malaka hosil qilingan, yashash uchun zarur bo’lgan o'simliklarni sun`iy o'stirishga
13
o'ta boshlanganlar. Ba`zi ov qilingan hayvonlarni qo'lda boqish o’tdi tusiga kira
borgan. Sekin-asta mehnat qurollari takomillashtirilib, rudali metallar, mis, qalay,
kumush, oltinni ixtiro qilganlar va ularni eritish, quyish, ulardan foydalanish
yo’llarini o’rganganlar. Bronza mis va qalay aralashmasidan iborat bo’lib, u misga
qaraganda katta afzalliklarga ega. Ishlab chiqarishda bronzaning ishlatila boshlanishi
bilan jamiyat taraqqiyotida Bronza davri boshlangan. Insoniyat jamiyat taraqqiyotida
xalq xo'jaliri, texnika va madaniyat sohasidagi erishilgan yutuqlar ana shu davr bilan
bog'liqdir. Zarafshonning quyi oqimidagi Zamonbobo ko'lida va Sarazmda
o'tkazilgan arxeologiyaga oid tadqiqot natijalari yuqoridagi fikrlar haq ekanligiga
guvohlik beradi. Zamonbobo ko'li atrofidagi qabrlar ochib, ko'rilgan. Ularda bittadan,
ikkitadan va hatto uchtadan ko'milgan mayit qoldiqlari naqshli sopol idishlar va har
xil buyumlar topilgan. Erkaklarning qabrlarida chaqmoqtoshdan ishlangan qurollar,
pichoqsimon yapasqi buyumlar topilgan. Ayollarning qabrlarida esa qizil va sariq
oxra, surma uvoqlari, misdan ishlangan kichik-kichik kurakchalar ham da
lojuvarddan, aqiqdan, firuzadan ishlangan bezaklar; tosh bezaklari va hatto oltindan
yasalgan marjonlar bo’lgan. Kuzatish natijasida Zamonbobo manzilgohidagi aholi
dehqonchilik_bilan, chorvachilik bilan ham shug'ullangan, degan xulosaga kelingan.
Bunday madaniyat yodgorliklari O'zbekistonning Surxondaryo (Sopollitepa,
Jarqo'ton), Xorazm (Tozabog'yob), Toshkent (Achikul, Yangier tumani, Toshkent
kanali atrofi, Burg'yluq), Namangan (Buvana mozor), Andijon (Dalvarzin tepa),
Qashqadaryo (Yerqo'rg'on, To'rtko'ltepa) va boshqa viloyatlarida ham ko`plab
topilgan. So'nggi bronza davri yodgorliklari Farg'ona va Surxondaryo viloyatlari
hududida devorlar bilan o'ralgan qishloqlar paydo -bo’lganligiga guvoxlik beradi. Bu
Markaziy Osiyoda qadimgi shaharlarning vujudga kela boshlash jarayoni edi. Bu
qadimgi xo'jaliklarning taraqqiy etganlimi, ko’p oilaviy jamoalarning boyliklari oshib
borganligi, jamiyatda sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlanganligini ko'rsatadi.
Rivojlanib borayotgan dehqonchilik va chorvachilik madaniyati va iqtisodi zaminida
katta oilali jamoalarda erkaklarning mavqeyi osha borgan va matriarxat yemirilib,
ota-huquqi, patriarxat qaror topgan. Endi qarindoshchilik otaga qarab olib boriladigan
bo’lgan. Bolalar ham ota mulki xisoblanib merosni otadan ola boshlagan.
14
Jamoalarning mol-mulklarini qo'riqlash extiyoji harbiy qabila ittifoqlarini vujudga
keltirgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi yillar va asrlar osha rivojlana borib, o'z o'rnini sinflardan
tashkil topgan davlat hokimiyati hukmron bo’lgan jamiyatga bo'shatib berdi. Bu
taraqqiyot davomida urug'chilik jamoasi ikki bosqichni bosib o’tdi. Birinchi
bosqichda urug' ijtimoiy ishlab chiqarishga asoslangan edi. Bu davrda jamoa onalar
hukmronligi - matriarxatga asoslangandi. O'sha davrning urf-odatlariga ko’ra bir
jamoa a`zolari o'rtasida oila qurish, ya’ni er-xotin bo’lish mumkin emasdi. Albatta bir
jamoa erkaklari boshqa bir jamoa ayollari bilan «oila» qurishlari lozim edi. Ammo
ayol bilan «oila» qurgan erkak bamisoli mehmon edi, ishi bitgach o'z jamoasiga
qaytib ketardi. «Oila»ni boshqarish, uni boqish, bola tarbiyasi va taqdiri bilan uning
ishi bo’lmasdi. Bu ishlar bilan asosan ona shug'ullanar edi.
Xulosa shuki, jamiyat taraqqiyotining ma`lum bir rivojlanish bosqichida
chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi va birinchi mehnat taqsimoti yuz berdi.
Bu hol jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy avoslarining, tezkorlik bilan rivojlanishiga
olib keldi. Buni arxeologiyaga oid tarixiy tadqiqotlar ochiq-oydin isbotlaydi.
Jumladan, bronza davrining yodgorligi bo’lgan Sopollitepada yuqoridagi fikrni
tasdiqlovchi ashyolar keragicha topilgan. Bu yerdan topilgan manbalarning guvoxlik
berishicha, Sopollitepa 8 ta oilaning manzilgohi bo’lgan. Ularni birlashtirgan narsa
urug' jamoasi bo’lmagan, balki eng avvalo ishlab chiqarish manfaatlari edi. Bu
manzildagi 8 ta katta oila tarkibida patriarxal tizim asosida qurilgan yuzdan ortiq juft
oilalar uyushgan, har bir katta oila jamoasini boshqarish ishi ular orasidan saylangan
oqsoqol ixtiyorida bo’lgan. 8 ta katta oila jamoalari oqsoqollari oliy oqsoqollar
kengashiga birlashganlar. Oqsoqollar kengashining atzolari, qadimgi diniy kitob
«Avesto»da aytilganidek, Nmanapati nomi bilan yuritilganlar. Nmana - katta oila
jamoosi demakdir, Nmanapami - katta oila boshlig'i matnolarini anglatadi. Agar ana
shu tizimga asoslana-digan bo'sak, Sopollitepa 8 ta nimanadan tashkil topgan VIS
ekanligini ko’ramiz. VIS -qabila jamoasi, katta qishloq degani. Vis - pati esa ana shu
nimanalarni birlashtirgan oliy kengash boshlig'i, qabila oqsoqoli, katta qishloqning
15
boshlig'idir. Bu shundan dalolat beradiki, ishlab chiqarish jamoalarini boshqarish
mo'ttabar zotlar - oqsoqollar (nmanapatilar) qo'lida bo’lgan, ular jamoa hayoti bilan
bog'liq, bo’lgan barcha muammolarm oo'soqollar kengashi orqali amalga oshirganlar.
Bu tarixiy jarayonlar bronza davrining oxiri va ilk temir davriga to'g'ri keladi.
Markaziy Osiyoda ilk temir davri miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi
yarmiga to'g'ri keladi. Bu paytga kelib ibtidoiy jamoa tuzumi uzining oxirgi
bosqichini o'tayotgan edi. Odamlar birinchi bor temirdan xom ashyo sifatida mehnat
qurollari ishlab chiqarishda foydalanganlar. Temir ibtidoiy jamoa tarixida buyuk
texnik inqilobga sabab bo’ldi. U dehqonchilik va hunarmandchilikning rivojlanishiga
katta tatsir kursatdi. Temir ibtidoiy jamoa tuzumini buzib yubordi va xo'jalik
tabaqalanishini tezlashuviga olib keldi. Temir tufayli. chorvachilik dehqonchiliqdan
uzil-kesil ajraldi, ko’plab hayvonlarning egalari bo’lgan aslzodalar paydo bo’ldi,
xususiy mulkni mustahkamladi, jamiyatni sinflarga bo’lishni tezlashtirdi. Temir
tufayli xo’jalikda ikkinchi mehnat taqsimoti kelib chiqdi, endi hunarmandchilik
dehqonchilikdan ajralib chiqdi. So'nggi bronza davri yodgorliklari Farg'ona va
Surxondaryo viloyatlari hududida devorlar bilan o'ralgan qishloqlar paydo -
bo’lganligiga guvoxlik beradi. Bu Markaziy Osiyoda qadimgi shaharlarning vujudga
kela boshlash jarayoni edi. Bu qadimgi xo'jaliklarning taraqqiy etganligi, ko’p oilaviy
jamoalarning boyliklari oshib borganligi, jamiyatda sinfiy tabaqalanish jarayoni
boshlanganligini ko'rsatadi.
Ma`lumki, O’rta Osiyo, umuman O’zbekiston hududlarida dastlabki
davlatchilikning paydo bo’lishi masalalari tadqiqotchilar orasida hamon bahslarga
sabab bo’lib kelmoqda. Bu o’rinda ushbu jarayonga asosiy turtki bo’lib yanada
jadallashtirgan omillarni aniqlash nihoyatda muhimdir. Bronza davrida yoq sun`iy
sug’orishga asoslangan dehqonchilik O’rta Osiyo xo’jaligining asosini tashkil etgan.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, sun`iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik
O’rta Osiyo xo’jaligining asosi hisoblanib bu jarayon janubiy Turkmaniston,
Tojikiston va O’zbekistonning janubida bronza davrida, Toshkent vohasi, Farg’ona
vodiysi hududlarida esa ilk temir davrida shakllanib rivojlandi. O’rta Osiyoda ilk
16
davlat uyushmalari sun`iy sug’orish birmuncha qulay bo’lgan Amudaryo (yuqori,
O’rta, quyi) oqimlari bo’ylarida, Murg’ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo
vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar
-Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin.
Jamiyat hayotida metallning keng yoyilishi ham dastlabki davlatchilikning asosiy
omillaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib O’rta Osiyoning juda Ko’plab
bronza va ilk temir davriga oid yodgorliklaridan (Sopolli, Jarqo’ton, Qiziltepa, Anov,
Ko’zaliqir, Afrosiyob, Daratepa, Chust, Dalvarzin va boshq.) ishlab chiqaruvchi
xo’jalik bilan bevosita bog’liq bo’lgan metall qurollar topib o’rganilgan. Mehnat
qurollarining metaldan ishlanishi mehnat unumdorligining yanada oshishiga keng
imkoniyatlar yaratdi. So’nggi bronza davriga kelib kulolchilik charxining keng
ishlatila boshlanishi natijasida turli shakldagi yuqori sifatli sopol idishlar ishlab
chiqarila boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |