FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR ROYXATİ
1. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g`risida»gi Qonuni – 637. T.:.2020
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish
bo’yicha
Harakatlar
strategiyasi
to’g’risida”gi
Farmoni
//Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. – T.:
G’afur G’ulom, 2017.- 92 b
3.Mamedov K.K., Shoumarov G’.B. “Aqli zaif bolalar psixologiyasi”, Toshkent
O’qituvchi 2014
190
4.Nishonova Z., Qurbonova Z., Abdiyev S. “Psixodiagnostika” Toshkent
Tafakkur – bo’ston, 2018
5. Nurkeldiyeva D.A. “Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar diagnostikasi”
Toshkent 2020
6. Pevzner M.S. Lyuboskiy V.I., “Dinamika razvitiya detey oligofreno” 1
Internet nashrlari
191
ФИО авторов:
Namangan davlat unversiteti talabasi
Erkinjonov Elomon,
Xakimjonov Axrorbek
va Pop tuman 11-maktab tarix o’qituvchisi
Sardor
Ubaydullayev
Название публикации:
«MOVAROUNNAHRDA TEMURIY, CHIG’ATOY VA
SHAYBONIYLARNING SIYOSIY KURASHI»
Anastatsiya:
Ushbu maqolada Movrounnahrdagi XIV-XV-XVI asrdagi siyosiy
jarayonlar va O’rta Osiyoda o’z mavqeini mustahkamlashga harakat qilgan Temuriy,
Chig’atoy va Shayboniylar sulolasi haqida ma’lumot berib o’tilgan. Shuningdek,
sulollarning o’zaro kurashi, temuriylar davlatini yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’lgan
siyosiy jarayon haqida qisqacha to’xtalib o’tilgan.
Kalit so’z:
Amir Temur,Shohrux Mirzo, Ulug’bek Mirzo, Abulxayrixon, Yunusxon,
Mahmudxon, Shayboniyxon.
1370-yilda Movarounnahrda siyosiy hokimyat Chig’atoy naslidan Amir Temur va
Temuriylar sulolasiga o’tdi. Amir Temur nafaqat markaziy hokimyatni
mustahkamladi, balik Movarounnahrda Temuriylarni oliy hokimyatini kuchaytirdi.
Chunonchi, Sohibqiron O’rta Osiyoda mustahkamlanib olish maqsadida,
1371-1375-1379-1385-1388-yillarda Xorzamdagi Qo’ng’irot urug’idan bo’lgan
Xusayn, Yusuf, Sulaymon So’filarga qarshi besh marotaba muvaffaqyatli yurish olib
borib, Xorazmni aniqrog’i malakatiga xafv tug’dirgan O’ltin O’rdani ittifoqchilarini
yo’q qildi.
22
Xorazm kichik hudud hisoblansada, Yusuf So’fi tomonidan 1378-yili
Buxoro ustiga qo’shin yuboriladi. Bu haqida Nizomiddin Shomiyning
“Zafarnoma”sida quydagicha yoziladi. ”
…Yusuf So’fi munofiqlarcha fursatdan
foydalanib, kaltabinlik bilan ishni oxrini o’ylamadi va Buxoro tomonga lashkar
yubordi…
”
23
Bundan tashqari, Xorazm So’filari XIV-asrning 80 yillarida Oltin O’rda
xoni To’xtamish bilan bir necha bor ittifoq tuzishga urinishgan. Amir Temur bir necha
bor Xorazmga yurish qilgan bo’lsada, mahalliy so’filar sulolasini saqlab qolgan edi.
Sohibqiron 1388-yili To’xtamishga yurish oldidan orqa tomoni xavfsizlantirish
22
Б.Усмонов.Амир Темур давлати.”Адабиёт учқунлари”.Т.:2016.43-48б.
23
Низомиддин Шомий.Зафарнома.Ўзбекистон.Т.:1996.Б.109.
192
maqsadida Yusuf So’fini 1379-yiligi vafotidan so’ng taxtga chiqqan vorisi Sulaymon
So’fini mag’lub etib, Xorazmni o’z davlatiga butunlay qo’shib oldi.
Amir Temur Movarounnahrda o’rnashib olib, birinma-ketin Movarounnahrga ko’z
tikan g’animlarni mahv etdi. U soxta xonlarni taxtga o’tirgizdirdi. To’g’ri bir
tomondan, Chingiz yasoqiga ko’ra taxtga rasman Amir Temur o’tirmagan bo’lsada,
biroq soxta xonlar Suyurg’atmish va Mahmudxonlar o’rniga hokimyatni Amir
Temurning o’zi boshqardi.
Amir Temur Movarounnahrga ko’z tikan Mo’g’ullarning Chig’atoy xonlari va
boshqa mo’g’ul sarkardalariga qarshi muvaffaqyatli kurash olib bordi. Bu paytda
mo’g’ullar Toshkent va Farg’ona vodiysida talonchilik harakatlarini kuchaytirgan
edilar. Qamariddin va boshqa ko’plab mo’g’ul amir va xonlariga qarshi zafarli kurash
olib borish uchun Sohibqiron Mo’g’ulistonga 9 marotaba yurish qildi. U yerda Xizr
Xo’jaxon boshchiligidagi o’ziga sodiq bo’lgan, qo’g’irchoq hukumat tuzadi. Bu
Mo’g’ulistondan keladigan xavfni kamaytiradi.
Amir Temur Chig’atoy naslini Movarounnahrga taziyqini kamaytirgach, Oltin
O’rda va Oq O’rdadan keluvchi xafvni bartaraf etishga kirishdi. Oq O’rdani
kuchsizlantirish maqsadida Mang’ishloq hokimini o’g’li Jo’ji naslidan bo’lgan
To’yxo’jaxonni vorisi To’xtamishni Oq O’rda xoniga qarshi qo’ydi, vaholanki
1378-yili To’xtamish Oq va Oltin O’rdani birlashtirib, Amir Temurni o’ziga raqib
hisoblagan To’xtamish Xorazm So’filari bilan ittifoq tuzishga urindi, bu holat Amir
Temur bilan tuzilgan ittifoqni parchalab tashladi. Amir Temur uni ham mag’lub etdi.
O’z navbatida Oq O’rda, Oltin O’rdaga olib borga yurishlari natijasida, Oq O’rdada
O’rusxon, Oltin O’rdada esa To’xtamishxon hokimyati barham topdi.
Shuningdek,markaziy hokimyat mustahkamlandi. Temurbekning Oltin O’rda bilan
hamda Bag’dod Sultonni Ahmad Jaloyir bilan bahsli hududlari 1395-yilda
To’xtamishxonning Shimoliy Kavkazdagi Terek daryosidagi mag’lubiyatidan so’ng,
uzul kesil o’z foydasiga hal bo’ldi. 1399-1402-yillarda Hindistonning shimoliy
hududlari, Kichik Osiyoni sharqiy qismi, Misrni Suriyadagi yerlari Amir Temur
hokimyati ostida birlashdi. Biroq, 1405-yil Amir Temurning vafoti natijasida, g’arbiy
hududlarning katta qismi qo’ldan ketdi. Temuriylar o’rtasidagi kurash natijasida
193
hokimyat tepasiga Shoxruh Mirzoning kelish mamlakatda osoishtalikni taminladi.
Shoxruh Mirzo hukmuronligi davrida ham saltanat xavfsizligiga ayniqsa
Movarounnahrga tazyiqlar bo’ldi. Amir Temur vafotidan so’ng Xorazm Oltin O’rda
amirlaridan Amir Iduku tomonidan bosib oilndi. Shimolda esa mo’g’ul xonlari
mamlakat sarhadlariga xavf sola boshladi. Shohrux Mirzo mamlakat yaxlitligini
taminlash maqsadida 1413-yili Xorazmni Movarounnahrni yana bir bo’lagiga
aylantirdi. 1425-yil Ulug’bek Mirzo Mo’g’ulistonga yurish qilib, u yerda o’ziga
bo’ysunuvchi Shermuhamadxon boshchiligida qo’g’irchoq hukumat tuzadi. Biroq
1427-yili Mirzo Ulug’bekni Chingiziy aniqrog’i Chig’atoy naslidan bo’lgan, Baroq
O’g’londan mag’lub bo’lishi ochiqdan-ochiq bo’lmasada, qaryib sakson yil
Movarounnahrda uch sulola Temuriylar, Chig’atoy, Jo’jining Shayboni ismli o’g’li
naslidan bo’lgan Abulxayriylar (Shayboniylar) o’rtasida yuz bergan siyosiy kurashga
debocha bo’ldi. Shoxruh Mirzo boshchiligidagi Xurason qo’shinlari bilan yordamga
kelib, Ulug’bek Mirzoni qutqarib qoladi. 1427-yilning boshidagi mag’lubiyatdan so’ng
Mirzo Ulug’bek yigirma yil davomida biror-bir harbiy yurishga boshchilik qilmadi,
faqat Shoxruh Mirzoni vafotidan so’nggina harbiy yurishlarni amalga oshirishga
majbur bo’ldi.
24
Aynan, Mirzo Ulug’bekni mag’lubiyatidan so’ng harbiy yurishlarni
amalga oshirmaganligi sababli, Dashti Qipchoqda yirik kuch 20 yil ichida shakllanib
bo’ldi.
Dashti Qipchoq dastlab, Oltin O’rdaga qarashli mulk hisoblangan, biroq Amir
Temurning Saroy Botu, Saroy Berkaga yurishi qilganidan keyin, ko’plab hududlar
singari Dashti Qipchoq hududidan ajralib chiqish jarayonlari ham sekin-astalik bilan
shakllandi. 1428-yil Shaybon ulusi hukumdori Davlatshayx vafot etdi, natijada Dashti
Qipchoq o’zaro kurashlardan parchalanib ketdi. Biroq, kurashlardan bezigan bir
qancha turkiy urug’lar-qiyot, mang’it, do’rmon, qushchi, o’tarchi, nayman, to’ymas,
jot, xitoy, qoliq, usun, qurlovut, echki, tung’ut, ming, qo’ng’irot va din ulomolari
Davlatshayxni o’g’li Abulxayrixonni xon etib ko’tarishadi. 1428-yili Janubi-g’arbidagi
Tura shahri egallanadi. Tura Abulxayrixonni poytaxti vazifasini o’taydi.
25
1431-yilda
24
B.J.Eshov,A.A.Odilov.O’zbekiston tarixi.Donishmand ziyosi.T:.2012.B.215.
25
A.Zamonov.Buxoro xonligi.Bayoz.T:.2021.B.19-20.
194
Dashti Qipchoq mustaqil davlat maqomini oldi. Mirzo Ulug’bekning harbiy yurishlarni
olib bormaganligi, Shoxruh Mirzoni harbiy safardagiligidan foydalanib, Abulxayrixon
1446-yili Sig’noqni egallab, o’zining poytaxtiga aylantirib qolmasdan, balki
Movrounnahrga Temuriylarga ochiq urush e’lon qilganini ma’lum qildi. Mirzo
Ulug’bekni Shoxruh Mirzo vafoti tufayli Xurason taxtini egallash uchun amalga
oshirgan harbiy yurishidan foydalanib, Turonga talonchilik yurishlarini amalga
oshirdi. Abulxayrixon Shoxruhiya, Toshkent, Samarqand, Buxaro atroflariga harbiy
yurishlarni amalga oshirib, Mirzo Ulug’bek va o’g’li Abdulatif o’rtasidagi kurashdan
foydalanib qoldi.
XIV asrning 20-30-yillarigacha Movarounnahrga xafv solib turgan Mo’g’uliston,
Oltin O’rda bartaraf etildi. Yuqorida ta’kidlanganidek, Shoxruh Mirzo 1413-yilda
Oltin O’rda amiri Amir Iduku qo’shinini tor-mor etib, Oltin O’rdani tazyiqini
kamaytirdi, boz ustiga Ulug’bek Mirzo ham 1425-yili Mo’g’uliston ustiga yurish qilib
bu hududda o’ziga bo’ysunuvchi hukumatni shakllantirdi, biroq 1427-yilgi Baroq
o’g’londan mag’lubiyat Dashti Qipchoqda Abulxayrixonni kuchayishi uchun imkon
yaratib berdi. Abulxayrixon Abdulatif Mirzoni Ulug’bek ustidan g’alabasidan so’ngi
siyosiy jarayonlarda faol aralasha boshladi. 1450-yili Abdulatif o’limidan so’ng,
hokimyatga kelgan Shoxruh Mirzoni nabirasi Abdulla Mirzoni Buxorodagi Mironshox
avlodidan bo’lgan Abusaid Mirzo tan olmaydi. Abusaid Abulxayrixon huzuriga borib
undan yordam so’radi. 1451-yil Abulxayrixon katta qo’shin bilan Abusaid ishtrokida
Toshkent, Chinoz, Jizzax orqali Samarqandga yurish qiladi. Sheroz qishlogi yaqinida
Bulung’ur anhori yoqasida jang bo’lib o’tadi.
26
Natijada, ittfoqchilar qo’shini g’alaba
qozonib, Abdulla Mirzo jangda halok bo’ladi. Hokimyat tepasiga kelgan Abusaid
Mirzo Ulug’bekning qizi Robiya Sultonni Abudlxayrixonga tortiq etadi. Robiya Sulton
va Abulxayrixon nikohidan, Ko’chkunchi, Suyunchi, Oqburun Sultonlar dunyoga
kelishadi, ular keyinchalik Shayboniylar davlatini tayanchiga aylanishadi.
Abulxayrixon Abu Saidni o’ziga itoat etuvchi shaxs sifatida ko’rdi, biroq Abu Saidni
mavqei oshib borganni sayin xon uni Movarounnahrdagi raqibi deb hisoblay boshladi.
26
А.Мухамажонов.Амир Темур ва Темурийлар салтанати.Т.:Қомуслар бош таҳриряати.Б.78.
195
Bevosita Abulxayrixon Abusaidga qarshi bo’lgan kuchlarni doimo, ayrim hollarda
ochiqchasiga ayrim hollarda esa yashirin tarzda qo’lab turdi. Abulxayrixon 1460-yilda
Ulug’bek Mirzoni nabirasi Muhammad Jogiy Mirzoni qo’llab-quvvatlay boshladi.
Jo’giy Mirzo Sayram, Axsi, Toshkent, Shoxruhiyanni egallab oldi. Abulxayrixon
Xorazmni egallab olgan Husayn Bayqaroga ham yordam qo’lini cho’zdi,
27
bu holat uni
Movarounnahrdagi nufuzini oshirdi. Biroq, 1468-yil Shaybon nasli Abulxayrixonni
vafoti tufayli Movarounnahrni istilo etishdagi o’rnini Chig’atoy xonlariga bo’shatib
berdi.
1456-1457-yillarda Abusaid Mirzo Xurasonga yurish qildi, bundan foydalangan
Mo’g’uliston xonni Eson Bug’axon Farg’ona vodiysi markazi Andijonga yurish qildi,
uning yurushi Abusaid Mirzoni Eron va Iroq ustiga harbiy yurishini chipakga chiqardi.
Abusaid Mirzo Eson Bug’axonni Mo’g’ulistonda ovora qilib, uni Movrounnahrga
hujumini oldini olish uchun uning akasi Yunusxonni Erondan chaqirtirib,
Mo’g’ulistonga jo’natadi. Yunusxon Mo’g’ulistonda mustahkamlanib olgach, Abusaid
Mirzo vafotidan keyin, yuzaga kelgan siyosiy jarayondan foydalanib qolishga harakat
qildi. Bundan oldin esa Yunusxon Temuriy shaxzodalarga o’z qizlarini nikohga bergan
edi. Amir Sherhojini qizi Eson Davlatbegimdan uch qizi bo’lib ulardan kattasini Mehr
Nigorxonimni Abu Said Mirzoni katta o’g’li Ahmad Mirzoga, Bobur Mirzoni onasi
Qutlug’ Nigorxonimni Umarshayx Mirzoga uzatdi. Taniqli Temuriylar amiri Amir
Husayn dug’latga Xub Nigorxonim ismli qizini berib o’zini Movarounnahrdagi siyosiy
mavqeini mustahkamladi.
28
Bundan tashqari Yunusxon Sulton Ahmad va Umarshayx
Mirzo o’rtasidagi kurashdan foydalanib qolishga harakat qildi. 1484-yil Yunusxon
Toshkentni egallab oldi. Yunusxon 1485-yili vafot etgan bo’lsada, taxtga kelgan
Mahmudxon Bobur Mirzoning tog’asi o’z ta’sirini kengaytirish uchun harakatni
davom etirdi. Xattoki, Toshkentni poytaxtiga aylantirib, Mo’g’uliston boshqaruvini
ukasi Axmadxon yoxud Ollachaxon ixtiyoriga topshirdi. Mahmudxon O’ratepa,
Jizzax, Shoxruhiyada o’z hukmronligini o’rnatadi. Mahmudxon bir necha bor Temuriy
hukmdorlar yani o’zini qaynilari Umarshayx Mirzo va Ahmad Mirzolar bilan janglar
27
Азамат Зиё.Ўзбек давлатчилик тариҳи Энг қадимги даврдан Россия босқинига қадар.Шарқ.T.:_2001.B.235.
28
Захириддин Мухаммад Бобур.Бобурнома.O’qituvchi.Т.:2008.Б.34.
196
olib bordi. XIV asrning 80-yillar oxirida Axmad Mirzo bilan Chirchiq daryosi bo’yida
urushadi. Bunda Mahmudxonga Axmad Mirzo qo’shini tarkibidagi Shayboniyxonni
yordam berishi xonni g’alabasi omilini ta’minlaydi. Mahmudxon Shayboniyxonni
yordami evaziga Turkiston shahrini egallashida ko’mak beradi. 1493-1494-yillarda
Axmad Mirzo bilan Umarshayx Mirzo ustiga yurish qiladi. Umarshayx Mirzo va
Axmad Mirzoning vafot etishi uni Axsini besamar qamal qilib ortga qaytishga majbur
etadi. Mahmudxon o’z navbatida Shayboniyxonni Turkistonni egallashida ham
yordam beradi. Xon Farg’onadagi qo’shhokimyatni paydo bo’lishida ham jonbozlik
ko’rsatadi. Bobur Mirzo va Ahmad Tanbal mojorosida bevosita Farg’ona ishlariga
aralashadi. Mahmudxon Bobur Mirzoni Samarqand taxtini egallashida o’z yordamini
ham beradi. Xattaoki, Mahmudxon O’ratepaga kelib, Bobur Mirzo ixtiyoriga o’g’li
Muhammad Xonikaxon va sarkarda Ahmad boshchiligida uch-to’rt ming askarni
topshiradi. Biroq, Farg’onani Ahmad Tanbaldan tortib olish uchun olib borilgan
janglar natijasida xonning harbiy holati yomonlashadi. 1503-yili Muhammad
Shayboniyxon Mahmudxonga qarashli O’ratepa, Jizzax, Shoxruhiya va Toshkentni
egallab oladi. Chig’atoy xonlari shu taxlit Movarounnahrdagi siyosiy tasirlarini
butunlay yo’qotadilar. Bu xol siyosiy maydonda Temuriylar va Shayboniylar
qolganligdan dalolat berar edi.
Muhammad Shayboniyxon dastlab, Turkistoni egallab qozoq sultonlariga qarshi
urush olib borib, Sirdaryodagi siyosiy nufuzini mustahkamladi. Xorazm hududiga bir
necha bor talonchilik yurishlarini amalga oshirdi. 1497-1499-yillarda Samarqand,
Qarshi, Shaxrisabz hududlariga ham talonchilik yurishlarini amalga oshirdi. 1499-yil
Temuriy sarkarda Boqi Tarxonni o’n ming kishilik qo’shinini mag’lub etib, Buxoroni
eagalladi. Shayboniyxon Movarounnahrdagi nufuzini va hukmronligini kengaytirish
uchun 1500-1501-yillarda Temuriy hukmdorlar Sulton Ali Mirzo va Bobur Mirzolarni
mag’lub etib, Samarqandni egalladi. Shayboniyxon 1503-yili Mahmudxonni
kuchsizlanganidan foydalanib, Toshkent va Shoxruhiyani qo’lga kiritib xonni
yaxshiliklari uchun qo’yib yuboradi. 1504-yili Farg’onaga yurish qilib Ahmad Tanbal
istibdodiga chek qo’yadi. Natijada, Farg’onadagi so’ngi qo’g’irchoq Temuriy hukmdor
Jahongir Mirzo hukmronligiga chek qo’yiladi. 1504-1505-yillarda esa Xorazm,
197
Xisordagi Temuriy noiblari mag’lub etiladi. 1506-1507-yillarda Husayn Bayqaro
vafoti Tufayli Shayboniyxon Xurasonni ham o’ziga bo’ysundiradi. Aynan, Temuriy,
Chig’atoy va Shayboniylar o’rtasidagi Movarounnahr uchun olib borilgan kurash
Shayboniylarni to’liq g’alabasi bilan yakunlanadi. Temuriylarni Movarounnahr va
Xurasondagi hukumronligiga chek qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |