Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №37 (том 4)


FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/207
Sana13.05.2023
Hajmi8,66 Mb.
#938155
TuriСборник
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   207
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2023. Том 4

 
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI 
 
1.
Каримов И. А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, 
барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. – Тошкент: Ўзбекистон, 
1997. 
– 326 б. 
2.
Агроклиматический бюллетень. – Ташкент: УЗНИГМИ, 2012 гг. 
3.
Артюшенко З.Т., Федоров Ал.А. Атлас по описательной морфологии 
высших растений. Плод. – Л.: Наука, 1986. – 392 с. 
Артюшенко З.Т., Федоров Ал.А. Атлас по описательной морфологии высших 
растений. Семя. – Л.: Наука, 1990. – 204 с.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


257 
ФИО автора: 
Urganch davlat universiteti talabasi
 
Madaminova Dilnura Bahodir qizi

Название публикации:
«ISAJON 
SULTONNING “BILGA XOQON” 
ROMANIDA OBRAZ YARATISH MAHORATI» 
Annotatsiya:
O‘zbek tarixiy-badiiy nasrida qadimgi turkiylar hayoti qalamga olingan 
asarlar juda kam. Ushbu maqolada yozuvchi Isajon Sultonning “Bilga xoqon” 
romanidagi obrazlar tahlil qilinadi, shuningdek, asarning mohiyati, yozuvchi
mahorati, tarixiy voqealar haqida so’z boradi. 
Kalit so‘zlar: 
tarixiy roman, tarixiy obraz, prototip, Bilga xoqon, To‘nyuquq, tarixiylik 
va reallik, turk xalqi, tabg‘ach, obraz. 
Adabiyotshunoslik ilmining kuzatishlariga ko‘ra obraz yaratishning ikki 
yo‘li mavjud:
1. Jamlash yo‘li bilan obraz yaratish; 
2. Prototip asosida badiiy obraz yaratish; 
Jamlash yo‘li bilan obraz yaratish haqida to‘xtalib o‘tirmaymiz. Demak, prototip 
(yunon. protos — ilk, dastlabki; tupos — namuna, nishona) — badiiy obraz uchun asos, 
nuqta bo‘ladi. Hayotda mavjud bo‘lgan tarixiy yoki zamondosh shaxsga tayanib 
yozuvchi obraz yaratadi. Isajon Sulton ham tarixiy shaxsga tayanib Bilga xoqon 
obrazini yaratadi va yangi “Bilga xoqon” romanini yozadi. 
Adabiyot tarix va zamona materialiga murojaat qilishiga ko‘ra quyidagi obrazlarni 
vujudga keltiradi: Yozuvchi «tarix orqali zamonaning ichiga kirsa» (A.Tolstoy), 
tarixda bo‘lib o‘tgan voqelikni obrazlarda gavdalantirsa, ular tarixiy shaxslar obrazi 
deb yuritiladi. Isajon Sulton qalamiga mansub “Bilga xoqon” romanida ham ana 
shunday tarixiy shaxslar tasvirlangan. O‘zbek tarixiy-badiiy nasrida qadimgi turkiylar 
hayoti qalamga olingan asarlar juda kam.
“Badiiy asar qahramonlarini turlarga ajratish mumkindir, lekin ular o'rtasiga 
Xitoy devorini qo‘yish tamoman noto‘g‘ridir” . Chunki bitta obraz (masalan, Bilga 
xoqonni)ni — realistik obraz, epik obraz, bosh obraz, ijobiy obraz, tarixiy obraz deb 


258 
yuritaverish haqiqatga to‘g‘ri keladi. Isajon Sulton ham “Bilga xoqon” romanida 
ko‘plab tarixiy shaxslarga murojaat qiladi va tarixiy obrazlar yaratadi. Jumladan, Bilga 
xoqon, To‘nyuquq, Kultegin, El Bo‘g‘u, Kunsuluv, Eltarish xoqon, Uyuq Tarlaq, Kur 
Shad va boshqalar. 
Badiiy adabiyotda inson obrazini to`laqonli yaratish, uni o`quvchi ko`z oldida 
konkrеt jonlantirish uchun xizmat qiladigan qator vositalar mavjud. Bularga muallif 
xaraktеristikasi, portrеt, badiiy psixologizm, pеrsonaj nutqi kabi badiiy unsurlar kiradi.
Roman turk uluslarining birlik, qahramonlik, to‘g‘rilik, fidokorlik kabi 
muqaddas an’analaridan xabar beradi. Asarning birinchi bo‘limi “Kichik yish” deb 
nomlangan, roman “Ko‘gman tog‘i etaklariga qish bola tashlagan, qor momoguldurak 
bilan yoqqan edi.”, - deya boshlanadi. Roman boshlanishidagi Ishbara yamtar va Bulut 
obrazlari turk buduniga xos boʻlgan qirralarni oʻzida ifoda etgani bilan diqqatga 
sazovordir. Bilga xoqon qashshoq xalqni oyoqqa turg‘azadi, qashshoq xalqni boy 
qiladi, oz xalqni ko‘paytiradi. Bilga xoqonning oʻz ismiga munosib ravishda dono, 
mard xoqon. Bilga xoqon Toʻnyuquqning “Toʻqqiz oʻgʻuz oʻz qardoshimiz, qonimiz 
bir. Tuyqusdan bossak-chopsak, er kishini ishi boʻlmas” degan maslahatiga rozi 
boʻladi, qarindoshlari toʻqquz oʻgʻuz, oʻn oʻq, qirgʻiz qabilasi ustiga qoʻqqisdan hujum 
qilishni oʻziga ep koʻrmaydi. Turklarning azal-azaldan qonida bor boʻlgan mardlik va 
adolatparvarlikni yozuvchi juda oʻrinli topib tasvirlaydi, Bilga xoqon, Toʻnyuquq va 
Kultigin obrazlarining real qiyofasini chizadi. 
Yozuvchi Bilga xoqon obrazini shunday tasvirlaydi: 
“Bilga xoqon shunday ekan: O‘mizi keng, ko‘ksi qabariq, oq yuzi uzunchoq 
ekan. Yonog‘i tekis, ko‘zi qora, qoshi o‘rtacha qalin ekan. Ikki qansharining chizig‘i 
cho‘zilib, jag‘igacha tushgan, peshanasi keng, o‘zi uzun bo‘yli, kuchli kishi ekan”; 
“Bilga xoqon o‘zg‘ir, alp xoqon, kishilarning ichini o‘yib, o‘tday yondiradigan 
so‘zlarini so‘zlayverdi..” 
“…o‘zi tugal, o‘yi teran Bilga xoqon erlarini asradi, o‘lmasin dedi…” 


259 
“Bilga degan birovi xoqon o‘tirmish, bilmagani yo‘qmish…” 
Romanda To‘nyuquq obrazini ham uchratasiz. U yurt tinchligi, mamlakat kuch-
qudratini oshirish yo‘lida ko‘p yaxshi ishlarning boshida turadi, mamlakat ozodligi, 
xoqonlikning tiklanishi va el yurt chegaralarining kengayishiga munosib ulushini 
qo‘shadi.
Bitigda To‘nyuquq qo‘rqmas bahodir, ulug‘ yo‘lboshchi sifatida 
gavdalanadi. Buni Inigach ko‘l yoqasidagi savash, Yaris dashtida kechgan janglar 
ta’rifida ko‘rishimiz mumkin. Oʻziga oʻzi ishonmagan odam oʻz xalqiga, hukmdoriga 
sadoqatini koʻrsata olmaydi, xiyonat qilish uchun payt poylab turadi. Meyli Chur 
obrazida ayni shunday toifadagi odamlarni koʻramiz.
Romandagi tabgʻach xalqi tarixda kuch-qudrati bilan emas, balki makkorligi, 
turkiy qabilalarni bir-biriga dushman qilib parchalab tashlagani bilan nom qoldirgan. 
Yozuvchi tabg‘ach xalqi obrazi orqali ham turkiy xalqlarning o‘sha davrdagi holatini, 
turmush tarzini ochishga harakat qilgan: 
“Tabg‘achlar ko‘chib yurishni yoqtirishmas, shu sababli o‘zg‘irlikda turkiylarga 
yeta olishmas, tabg‘ach ko‘ch-ko‘ronini ko‘tarib yarog‘ini jamlab ulgurguncha ular 
otlariga minib ko‘zdan g‘oyib bo‘lib ketishardi. Bir qancha ulus kuchli yog‘iydan shu 
tariqa saqlansada, bora-bora ozib-to‘zib, yalangoyoq, to‘nsiz-oshsiz kun ko‘rishardi”. 
“Chin kishisi avroqchi, oziqchi ekan. Turkiylarga yaltir-yultir narsalar, ipak 
matolar berib, qutqu bilan o‘ziga qaratdi. Dovyurak turkiylarning bir bo‘lagiga ishlar 
yoqib tushdi. Chin qizlariga uylanishdi, ularning inja gavdasi, chuchuk so‘zlari boshini 
aylantirdi...” 
Xulosa qilib aytganda, Sharq sivilizatsiyasi tarixi, jamiyatning ma’naviy-
ma’rifiy takomilida
O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklarining xizmati katta bo‘lgan. 
Turkiy, xususan, o‘zbek yozma adabiyotining yuzaga kelishi va rivojida Ikkinchi turk 
xoqonligi davrida yashagan Bilga xoqon, Kultegin, To‘nyuquqlarning o‘rni beqiyos.
Kul tigin va Bilga xoqon yodnomalari xoqon va ulug‘ sarkardalar xotirasiga o‘rnatilgan 
oddiy bitiglar emas. U ulug‘ yo‘lboshchining butun turkiy ulusga, kelajak o‘g‘il-


260 
qizlarga murojaati, o‘gitlari, sabog‘idir. Isajon Sultonning “Bilga xoqon” romani 
tariximiz bilan tanishishda, o‘zligimizda anglashda katta ahamiyatga ega. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Isajon Sulton.”Bilga xoqon” roman, qissalar va hikoyalar. Toshkent : Factor books 
nashriyoti, 2022. 
2.
Isajon Sulton nasri badiiyati: ilmiy maqolalar, taqriz, adabiy suhbatlar, maktublar/ 
to‘plab nashrga tayyorlovchilar : G.Sattorova, M.Qo‘chqorova. - Toshkent: Turon 
zamin ziyo, 2017. 
3.
N.Rahmonov. O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi 
yarmigacha). O ‘quv qo ‘llanma. – T.: Sano-standart nashriyoti, 2017. 
4.
Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. T. : A.Qodiriy nomidagi xalq merosi 
nashriyoti, 2004. 
5.
Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. T. : A.Qodiriy nomidagi xalq merosi 
nashriyoti, 2004. 
6.
N.Rahmonov. Mangu bitiktoshlar ilhomi: 
https://uza.uz/posts/25169
 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish