Kalit so’zlar:
ta’lim muassasalarini boshqarish, boshqaruv jarayoni,boshqaruv
tamoyillari, markazlashgan boshqaruv, rahbarning kompetentligi, tanqidiy-tahliliy
fikrlash.
Annatation
This article discusses the role of the leader in the organization of the educational
management process, professional potential and the relevance of the critical-
analytical approach in this process
Keywords:
Management of educational institutions, management process,
management princples, centralized management, competence of the leader, critical-
analytical thinking
Har qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham o‘z vazifalarini bir qator
tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi. Pedagogik adabiyotlarda ta’lim tizimini
boshqarishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi tamoyillarni ular tomonidan bajariladigan
vazifalar (rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish)ga tayanilgan holda
belgilanishiga alohida urg‘u berilgan. Boshqaruv jarayonini tashkil etish rahbardan
alohida kasbiy salohiyatni, maqsad va vazifalarni talab etadi:
Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul
qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq va
809
tushunarli joriy etish, ta’lim muassasasi jamoatchiligi oldida ma’muriyatning
muntazam hisobot berishi, xodimlarga ta’lim muassasasi hayotiga oid o‘z fikrlarini
bildirishga imkon berish, ta’lim muassasasida demokratik g‘oyalarning ustuvor o‘rin
tutishini anglatadi.
Ta’lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lish,
unga ishonish, pedagogik faoliyatda sub’ektning sub’ektga munosabati darajasiga
erishish, o‘quvchi va o‘qituvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish, o‘z
iste’dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish
insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi.
Boshqarishning tizimliligi va yagonaligi. Ta’lim muassasasini boshqarishga
nisbatan tizimli yondashuv asosida rahbar ta’lim muassasasini bir butun yaxlit tizim
sifatida va uning belgilari haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Tizimning birinchi
belgisi yagonaligi hamda uni bo‘laklar, tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligidadir.
Ikkinchi belgisi tizimning ichki tuzilishining mavjudligini anglatadi. Uchinchi belgisi
tizimning integrsiyalana olishidir. Tizimning har bir tarkibiy qismi o‘ziga xos sifatga
ega bo‘lgani bilan, o‘zaro harakat orqali tizimning yangi integratsiyalana olish sifati
hosil bo‘ladi. To‘rtinchi belgisi ta’lim muassasalarining tashqi muhit bilan
chambarchas bog‘liqligidir. Chunki ta’lim muassasalari tashqi muhitga moslashib,
ushbu ta’lim jarayonini qayta quradi hamda o‘zining maqsadlariga erishish uchun
tashqi muhitni o‘ziga bo‘ysundiradi. Boshqaruvdagi tizimlilik va yagonalik rahbar
bilan pedagogik jamoa o‘rtasidagi o‘zaro harakat va aloqani ta’minlaydi, bir yoqlama
boshqaruvning oldini oladi.
Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining
ratsional uyg‘unligi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq bo‘lganda, albatta,
ma’muriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat xodimlarning ehtiyojlari, talab va istaklarini
hisobga olmaslikka, rahbar va o‘qituvchilarning keraksiz mehnat va vaqt sarflashlariga
olib keladi.
Shuningdek, markazlashtirilmaslikka ham keragidan ortiq e’tibor berilsa,
pedagogik tizim faoliyatining sustlashishi ko‘zga tashlanadi.
Ta’lim
muassasasi
ichidagi
boshqaruvda
markazlashtirish
va
810
markazlashtirmaslikni uyg‘unlashtirish ma’muriy va jamoatchilik boshqaruvi
rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratadi hamda kasb malakasi darajasida
qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi.
Ta’lim muassasalarini boshqarishda rahbar yakka hokimlikka yo‘l qo‘ymaslikka
alohida e’tibor qaratishi lozim. Boshqarish faoliyatda rahbarning tajribasi va bilimiga
tayanib, turli qarashlarni taqqoslab, oqilona xulosalar chiqarish o‘ta muhimdir.
Vazifalarni kollegial hal qilish har bir jamoa a’zosining javobgarligini yo‘qqa
chiqarmaydi.
Ta’lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob’ektivligi va to‘liqligi. Ta’lim
tizimini boshqarishning samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va to‘liqligiga
ham bog‘liq. Agar axborotlar aniq, to‘liq yig‘ilsa yoki haddan ziyod ko‘p bo‘lsa, qaror
qabul qilishda chalkashlikka olib keladi. Ta’lim muassasasining rahbari o‘zining
faoliyatida menejer vazifasini ham bajaradi. Shuning uchun u o‘z faoliyatida kuzatish,
anketa, test, instuktiv va metodik materiallardan keng foydalana bilishi lozim. Ta’lim
muassasasi ma’muriyati maktab ichidagi axborotli boshqaruv texnologiyasini ishlab
chiqish va uni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratishi kerak.
Ta’lim jarayonini tashkil etishda rahbarning ushbu jarayonga tanqidiy-tahliliy
yondashuvi
muhim
ahamiyat
kasb
etadi.
Tanqidiy fikrlash rahbar faoliyatida muhim burilish yasaydi. Tanqidiy fikrlash - bu
axborotni tahlil qiluvchi, olingan ma’lumotlarni
umumlashtiruvchi va o’quv jarayonini
o’zida aks ettiruvchi ochiq fikrlashdir.
Tanqidiy fikrlash orqali atrofda bo’layotgan har
qanday jarayonning sodir bo’lish
sababi, davomiyligi hamda oqibati (natijasi)
to’g’risida asosli xulosalar yaratish
mumkin. Buning uchun, avvalo, rahbar chuqur
bilimga
ega
bo’lish,
egallangan
bilimlar
ustida mustaqil ravishda analiz-sintez jarayonlarini amalga oshirish, har bir
tushunchaga mantiqan yondoshgan holda hukm va xulosalar chiqarish lozim.
Hozirgi kunda zamonaviy axborot manbalarining jadal rivojlanayotganligi
va ma’lumotlarning juda tezlik bilan ommalashish ehtimolining yuqorigini
inobatga oladigan bo’lsak, bizga yetib kelayotgan ma’lumotlarning ishonchli
811
hamda asosli ekanligi birlamchi muammoga aylanmoqda. Ma’lumotlarning
axborot
darajasida
aniq
ekanligi
biz
uchun
juda
muhim.
Muammoning ijobiy yechim topishi nafaqat yangi g’oyalarga, balki ularning
qanchalar foydali ekanligiga ham bo’g’liq. Bu ko’nikma orqali g’oya-fikrlarni
baholaymiz, eng yaxshilarini saralaymiz va hayotimizni o’zgartirish uchun
foydalanamiz. Tanqidiy fikrlaydigan rahbar g’oya va fikrlarni yaxshi tushunadi.
Natijada u dunyoni boshqalardan ko’ra yaxshiroq va tezroq anglaydi.
Tanqidiy fikrlash – bu muammoni hal qilish uchun ma’lumotlardan aniq va
oqilona foydalana olish, qo’shimcha ma’lumotlar toppish ko’nikmasidir.
Professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish,
boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish
orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda
mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish maqsadida Prezidentimiz
Sh. M. Mirziyoyevning 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini
yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PF-
5812-sonli farmoni asosida olib borilayotgan ishlarning asosiy mazmuni kelajak
kadrlarini yaratish va bunda ularning professional faoliyat olib borish ko’nikmasini
shakllantirishning shart-sharoitlarini doimiy ravishda rivojlantirib borishdir.
Tanqidiy fikrlash tufayli rahbar o’zining ichki kechinmlari va tashqi olam
o’rtasidagi muvozanatni nazorat qila olishi va boshqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |