Mavzu; O’zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to’risida”gi qonuni.
Reja.
I.Kirish
II.Asosiy qisim.
Fuqarolarning ijtimoiy huquqlari himoyasi.
Ayollar va о‘smirlar mehnati,ularga о‘rnatilgan yengilliklar va imtiyozlar.
Zararli mehnat sharoitlarida mehnat muhofazasi
Ma’muriyatning xavfsiz va sog‘lom ish sharoitini tashkil qilish majburiyatlari
III.Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar va internet saitlari.
Kirish
“Mehnat muhofazasi” tushunchasi О‘zbekiston Respublikasi “Mehnat muhofazasi tо‘g‘risida”gi qonunining 2-moddasida quyidagicha tushuntirilgan:
Mehnat muhofazasi ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitar-gigiyena va davolanish-profilaktika tizimi qonuniy va boshqa meyoriy hujjatlari asosida mehnat jarayonida shaxsning xavfsizligini va sog‘ligini ta’minlashni aniqlab beradi.
Shu bilan birga mehnat jarayoni nafaqat tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ish joyida biron faoliyat yurgizish, balki korxona tashqarisida ham mehnatkashlar tomonidan biron harakatlarni olib borish bilan bog‘liqdir.
Mehnat muhofazasi tо‘g‘risidagi qonunchilik.Ushbu qonunchilik О‘zbekiston Respublikasi barcha qonunchiliklari singari 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga tayanadi. Konstitusiyaning 37 – bandida fuqarolarning haqqoniy mehnat qilish huquqi biriktirilgan. Haqqoniy mehnat qilish huquqi tushunchasi keng ma’noni anglatib, mulkchilik shakli va ishlab chiqarish usulidan qat’iy nazar barcha tashkilotlarda mehnatkashlarga optimal va xavfsiz mehnat sharoitlarining yaratilish tushunchalarini qamrab oladi.
Konstitusiya talablari va mehnatkashlarning sog‘ligi va mehnatini muhofaza qilish talablaridan kelib chiqib, О‘zbekiston tarixi mobaynida birinchi marta 1993 yil 6 mayda О‘zbekiston Respublikasining “Mehnat muhofazasi tо‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.
Keyingi muhim qonuniy hujjatlaridan biri О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1995 yil 21 dekabrda qabul qilinib, 1996 yil 1 apreldan kuchga kirgan Mehnat kodeksi bо‘lib, u ham mehnat haqidagi qonunlarni belgilab berdi. Bu Kodeks ayollar, о‘smirlar va invalidlarning mehnat munosabatlarini belgilab о‘tdi. Shuningdek belgilangan ish vaqtidan ortiqcha mehnat qilish, og‘ir mehnat sharoitlari va boshqa mehnat muhofazasi masalalari hamda bu borada о‘rnatilgan imtiyoz va kompensatsiya talablari va meyorlarini о‘rnatdi. Ishlab chiqarishda mehnatkashlar hayoti va sog‘ligiga yetkazilgan zararlarni qoplash borasida bir qancha aniq majburiyatlar 1996 yil 29 avgustda Oliy Majlis Qarorida mustahkamlangan.
Fuqarolarning ijtimoiy huquqlari himoyasi.
Bu Konstitusiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoyalashga qaratilgan. 37-moddada “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda kо‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir” deyilgan, matn davomida “Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni о‘tash tartibidan yoki qonunda kо‘rsatilgan boshqa hollardan (harbiy xizmat chog‘ida, favqulodda holat sharoitida va h.k.) tashkari majburiy mehnat taqiqlanadi” deb kuyilgan.
Shu bobning 38-moddasida “Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vakti va haq tо‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi” deyilgan jumladan ijobiy hususiyatlarga ega. Dam olish huquqini ta’minlash mana shu huquqning amalga oshirilishini ta’minlaydigan ijtimoiy bazaga asoslanishi kerak. Bu bandda ana shu bazani ta’minlash imkoniyatini beradigan qonun barpo etilishi mumkinligi belgilangan. 39-moddada “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yо‘qotganda, shuningdek boquvchisidan maxrum bо‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qо‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bо‘lishi mumkin emas” deyilgan.
Oldingi Konstitusiyalarda ijtimoiy ta’minlanish masalasi hal qilingani bilan uning miqdori hech kimni qiziqtirmas edi. Bu Konstitusiyada qо‘shimcha ravishda tirikchilik uchun yetarli miqdorda belgilanishi, albatta, keyingi nafaka haqidagi qonunlarda uning miqdorini oshirish imkoniyatini beradi.
40-moddada “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilangan.
Ilgari qabul qilingan Konstitusiyalarda bepul tibbiy xizmatdan foydalaniladi, deyilgan edi. Ammo amalda tibbiyot xizmatidan bepul foydalanish imkoniyatlari yaratilmagani sababli bu qonun tibbiyot sohasini inqiroziy tanglikka olib keldi. Hozir belgilangan moddada tibbiyot xizmati buyicha hech bir cheklanishlar yо‘q bunda turli-tuman tibbiyot xodimlari о‘z shaxsiy davolash muassasalariga ega bо‘ladi, bu bilan esa davolash sohasida raqobat vujudga keladi, aholi malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |