Mehnatni muhofaza qilish to’risida


Ayollar va о‘smirlar mehnati,ularga о‘rnatilgan yengilliklar va imtiyozlar



Download 45,8 Kb.
bet2/3
Sana06.01.2022
Hajmi45,8 Kb.
#322410
1   2   3
Bog'liq
1 4943224418135441898

Ayollar va о‘smirlar mehnati,ularga о‘rnatilgan yengilliklar va imtiyozlar.
Mamlakatimizda ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi ta’minlangan. Bu hukuq mehnat qilish haqidagi qonunda tо‘g‘ri ta’kidlangan. Mehnat qilish jarayonida erkaklar bilan ayollarning teng huquqliligi, ularning er­kaklar singari og‘ir va zararli ishlarda ham ishlashlari mumkin ekanligini bildirmaydi. Ayollar a’zolarining ba’zi hususiyatlarini va ayollarning oiladagi mavqeini hisobga olib, qonunda ular uchun ma’lum yengilliklar va maxsus qoidalar belgilangan. Ayollar sog‘ligiga zarar keltirishini hisobga olib, ba’zi bir ishlarda ayollar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi. Masalan, ayollarning zaharli moddalar ajraladigan kimyo sanoatining ba’zi tarmoqlarida, yer osti ishlarida va boshqa bir qancha sohalarda ishlashlariga yо‘l qо‘yilmaydi. Hozirgi vaqtda sanoat korxonalaridagi ishlar mexanizatsiyalashtirilgan bо‘lishiga qaramay, ba’zi bir hol­larda yuklarni qо‘l bilan kо‘tarib kо‘chirish holatlari uchrab turadi. Shuning uchun balog‘at yoshidagi ayollar uchun yuk kо‘tarish qoidalari belgilab qо‘yilgan.



w
Ular qо‘lda 20 kg gacha bо‘lgan yukni va zambilg‘altak bilan 50 kg dan oshmagan yukni tashishlari mumkin. Farzand kо‘rishi kerak bо‘lgan va emizikli ayollarga maxsus yengilliklar tug‘diriladi. Bunday ayollarni va 8 yoshgacha bolalari bо‘lgan ayollarni tungi ishdan (soat 22 dan soat 6 gacha), ishdan tashqari, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish va xizmat safariga yuborish taqiqlanadi. Ma’muriyat ba’zi hollarda ayollarni vrach xulosasiga asosan, о‘rtacha ish haqini saqlagan holda, yengil ishlarga о‘tkazishi lozim. Ayollarga tug‘ish oldidan va tuqqandan keyin belgilangan kalendar kundan haq tо‘lanadigan dam olish kunlari beriladi. Bundan tashqari farzand kutayotgan va emizikli ayollar uchun yana bir qancha yengilliklar beriladi.

Sanoat korxonalarida ishlovchi ayollar uchun bola emizish xonalari, dush xonalari va shaxsiy gigiyena xonalari tashkil qilinadi.

Respublika mehnat qonunlarida о‘smirlar mehnatini muhofaza qilishga alohida e’tibor beriladi. Mehnat qonunlariga asosan 16 yoshga tо‘lmagan о‘smirlar ishga qabul qilinmaydi. Ayrim sharoitlarda 15 yoshga tо‘lgan о‘smir­lar FZKU ruxsati bilan ishga qabul kilinishi mumkin. Bunday о‘smirlar uchun 16 yoshgacha 24 soatlik ish haftasi tashkil qilinadi. 16 yoshdan 18 yoshgacha bо‘lgan о‘smirlar uchun esa ish soati haftasiga 36 soatdan oshmasligi kerak. Ammo bunda о‘smirlar uchun tо‘lanadigan ish haqi xuddi shu darajadagi ishlarda ishlaydigan balog‘at yoshidagi ishchilarning о‘rtacha ish haqidan kam bо‘lmasligi kerak.

О‘smirlar uchun bir kalendar oy miqdorida, yilning eng yaxshi davrlarida yoki о‘zi xohlagan vaqtda dam olish kunlari berilishi kerak. Tungi ishlarda, ishdan keyin qolib ishlanadigan ishlarda, dam olish kunlarida о‘smir­lar mehnatidan foydalanish butunlay taqiqdanadi. О‘smir­lar sog‘lig‘iuchun zararli moddalar ajralib chiqaradigan ishlarda ularni ishlatish mumkin emas. Mashinasozlik sanoatida galvanik sexlarda, har xil shamollatish tizimlarini remont qilish va tozalashda, shuningdek simob va simob birikmalari bilan ishlanadigan ba’zi bir ishlarda о‘smirlar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi.

18 yoshga tо‘lmagan о‘smir bolalarga 16 kg gacha, qizlarga esa 10 kg gacha bо‘lgan og‘irlikdagi yuklarni kо‘tarish ruxsat etiladi. О‘smirlar ishga qabul qilinayotgan vaqtda tibbiyot kо‘rigidan о‘tkaziladi, shuningdek 18 yoshga tо‘lguncha tibbi­yot kо‘rigidan о‘tkazib turiladi. Agar tibbiyot kо‘rigi о‘smir bajarayotgan ish uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir kо‘rsatayotgani sezilsa, о‘smir darhol xavfsiz va yengilroq ishga о‘tka­ziladi. Mehnat qonuniyatiga asosan zararli ish sharoitida ishlovchilar uchun ustama haq tо‘lanadi yoki ish soati qisqartiriladi. Ish soatining qisqartirilishi natijasida ishchi zararli moddalar bо‘lgan zonada kamroq bо‘ladi va bu bilan u kamroq zaharlanadi.


  • erkaklar kamida 20 yillik mehnat stajiga ega bо‘lib, shundan 10 yilini yuqorida zikr etilgan ishda ishlagan bо‘lsa,

  • ayollar kamida 15 yillik mehnat stajiga ega bо‘lib, shundan 7 yilu 6 oyini yuqorida zikr etilgan ishda ishlagan bо‘lsa о‘rnatilgan tartibdan 10 yil avval qarilik nafaqasiga chiqish huquqiga egadirlar.

Shuningdek:

  1. tо‘liq ish vaqti zararli va og‘ir mehnat sharoitlarida erkaklar - 12 yilu 6 oy, kamida 25 yillik umumiy mehnat stajida va ayollar - 10 yil, kamida 20 yillik umumiy mehnat stajidagi ( erkaklar kamida 6 yilu 3 oy, ayollar 5 yil bu sharoitlarda ishlagan bо‘lsa qarilik nafaqasi erkaklar uchun bunday sharoitga har yili uchun 2 yilu 6 oy, ayollar uchun esa 2 yil qisqartiriladi );

  2. traktor mashinisti, qurilish, yо‘l, traktor va ekskavator bazasidagi yuklash-tushirish mashinalarida kamida 15 yil va umumiy ish staji 20 yildan kam bо‘lmagan ayollar uchun umuо‘rnatilgan muddatdan oldin chiqish huquqiga ega.




Download 45,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish