Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

CHo‘kish  choklari  bino  balandligi  har  xil  bo‘lgan  hollarda,  asosning 
tuprog‘i  cho‘kishi  mumkin  bo‘lgan  joylarda  qo‘yiladi.  Bunday  choklar 
poydevorni dam kesib o‘tishi bilan harorat choklaridan farq qiladi.  
Zilzilaga  qarshi  choklar  bino  rejalari  murakkab  shakllarga  ega  bo‘lgan 
hollarda  yoki  binolar  yonma  -  yon  turgan  qismlarining  past  balandligi  bir-
biridan  5  m  va  undan  ortiq  farq  qiladigan  hollarda  qoldiriladi.  Zilzilaga  qarshi 
choklar binoning butun balandligi bo‘yicha ikki qismga ajratadi. Agar cho‘kish 
choklari  zilzilaga  qarshi  choklarga  to‘g‘ri  kelib  qolsa,  bu  choklar  bir-  birining 
vazifasini bajarishi mumkin. 
Devorlar  va  yirik  bloklardan  quyma  va  yig‘ma  panellardan  yoki  hajmiy 
bloklardan tiklanishi mumkin. 
G‘ishtli  binolariing  zilzilaga  chidamliligini  oshirish  uchun  bir  qancha 
tadbirlar qo‘llaniladi. Bunda binoning ustivorligi va fazoviy bikrligi qavatlararo 
yopma  va  tom  yopmasi  tyokisligida  devorlar  ustiga  o‘rnatilgan  zilzilaga  qarshi 


  94 
 
 
quyma  yoki yig‘ma temir-beton kamar orqali ta’minlanadi. Quyma temir-beton 
armaturasi  uzluksiz  bo‘lishi  kerak  Bu  kamarlar  armaturasi  o‘z  navbatida 
devorlar  orasidan  chiqarilgan  temir-beton  ustunchalarning  po‘lat  armaturalari 
yordamida o‘zaro bog‘lanib, fazoviy karkas hosil qiladi. 
Bino  devori  konturi  bo‘yicha  qilingan  quyma  temir-beton  ora  yopma 
o‘rnatilgan  bo‘lsa,  uning  tyokisligida  zilzilaga  qarshi  kamarlar  quyilmasa  ham 
bo‘ladi. 
Zilzilaga qarshi kamar dsvorning butun eni barobarida o‘rnatilib, balandligi 
kamida  5  mm  bo‘lishi  kerak  Devor  qalinligi  500  mm  va  undan  katta  bo‘lsa, 
kamarning  devor  enidan  100-150  mm  kichik  bo‘lishi  mumkin.  O‘z  navbatida, 
har bir qavat uchun g‘ishtli bino devorlarining balandligi, zilzila kuchi 7, 8 va 9 
balli  rayonlarda  tegishlicha  5,4  va  3,5  m  dan  oshmasligi  kerak  Agar  devorlar 
armaturalar  yordamida  yoki  ularga  temir-beton  kiritilib  kuchaytirilsa,  qavat 
balandligini  yuqorida  keltirilgan  zilzila  kuchiga  muvofiq  6,5  va  4,5  m  ga 
etkazish mumkin. 
Suvalmaydigan  devor  sirtidagi  g‘ishtlar  orasidagi  vertikal  va  gorizontal 
choklarga  maxsus  moslamalar  yordamida  pardoz  beriladi.  Bu  moslamalar 
choklarga  bo‘rtgan,  botiq,  tyokis  va  ochiq  chok  shaklini  beradi.  Suvaladigan 
sirtlarda  g‘ishtlar  orasidagi  choklar  10-15  mm  chuqurlikda  bo‘lib,  bu  suvoq 
bilan devorning yaxshi bog‘lanishini ta’minlaydi. 
YAxlit g‘ishtlardan terilgan devorlarning asosiy kamchiligi hajmiy og‘irligi 
va  issiqlik  o‘tkazuvchanligining  kattaligidir.  SHuning  uchun    o‘rta  iqlimli 
mintaqalarda  tashqi    devorlar  2,5    g‘isht  qalinligida  olinadi.  Bu  esa  binoning 
og‘irligi  katta  bo‘lishiga  va  poydevorning  qo‘shimcha  kattalashtirishga  olib 
keladi.  Bunday.  rayonlarda  devor  qalinligini  va  og‘irligini  kamaytiruvchi, 
issiqlik  o‘tkazuvchanligi  kam  bo‘lgan    ichi    kovak    g‘ishtlarni  ishlatish 
maqsadga  muvofiqdir.  SHu  maqsadda  ichi  g‘ovak  g‘ishtlar  bilan  birgalikda 
zichligi 
 
1400-1800  kg/kub.m.  bo‘lgan  engil  g‘ishtlar  ham  ishlatiladi.  Bunda 
g‘ishtlar  loyiga  kuydirib  pishirish  jarayonida  yonib  ketadigan  va  o‘rnida 
bo‘shliq hosil qiladigan to‘ldiruvchilar aralashtirib qoriladi, choklar bog‘lanishi 


  95 
 
 
og‘irlik  kuchining  tyokis  taqsimlanishini  va  devorni  tashkil  etuvchi  hamma 
toshlar birgalikda ishlashini ta’minlaydi. Tosh devorlarni tiklashda yirik blok va 
devorbop  panellarni  o‘rnatishda  ohakssementli,ssement  tuproqli  yokissementli 
qorishmalar  ishlatiladi.  Quyma  devorlar  qorishma  yoki  betonni  maxsus 
qoliplarga  quyib  tayyorlanadi.  Qoliplar  devorlar  ma’lum  balandlikka  etgandan 
so‘ng yuqoriga surib boriladi. 
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish