Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


  Iqtisodiy baholashda bozor, daromadli yondashuv



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

 
11.5.  Iqtisodiy baholashda bozor, daromadli yondashuv 
 
Ko‘chmas  mulkni  baholashning  daromadli  usuli  haridor  tomonidan 
kutilayotgan  daromadlar  shartiga  ko‘ra  ob’ekt  qiymatini  baholashga  imkon 
beradi.  Bu  usul  daromad  keltiruvchi  ko‘chmas  mulkni  baholashda  ko‘llaniladi. 
Ko‘chmas mulkka egalik qilishdan tushadigan daromad quyidagi ko‘rinishlarda 
bo‘lishi mumkin: 
- joriy va kelgusi kirimlar;  
- soliklarning joriy va kelgusi iqtisodi; 
- ko‘chmas mulkning kelgusida sotilishi va garov vaqtidagi ko‘chmas mulk 
qiymatining usishidan kelgan daromad; 


 286 
 
 
- boshqa ehtimolli pul kirimlari va foydalar. 
Ushbu usulda ko‘zda tutilishicha, baholash sanasidagi binoning narxi, uning 
egasi kelgusi yillar davomida binoni ijaraga topshirishdan yoki unda daromadli 
biznesni  joylashtirishdan  olishi  mumkin  bo‘lgan  sof  daromadlarning  joriy 
qiymatidir.  Ob’ektni  qurish,  ishlatish,  qayta  tiklash  va  sotilish  ehtimoli  uchun 
ketadigan  vaqt  hisobga  olinib,  ularning  davomiyligidan  (hisob-kitob  doirasi) 
bozor davri mobaynida bo‘lajak daromadi aniqlanadi.  
Investitsiyalar  samaradorligining  birinchi  qismi  kapitalni  qaytarilish 
me’yori,  ikkinchi  qismi  -  daromadlilik  yoki  kapitalning  fonda  me’yori  deb 
ataladi. 
Qaytarilish me’erlariga quyidagilar kiradi: 
- kapitallashtirishning umumiy qo‘yilmasi; 
- xususiy mablag‘ni kapitallashtirish qo‘yilmasi; 
- qarz mablaini kapitallashtirish qo‘yilmasi; 
- binolar uchun kapitallashtirish qo‘yilmasi. 
Daromadlilik me’yorlari ob’ektni sotilishi yoki tugatilishini hisobga olgan holda 
butun loyihada tuzuvchi daromadlarni hisobga oladi. 
Daromadlilik me’erlariga quyidagilar kiradi: 
- foiz me’yori; 
- diskont me’yori; 
- foydaning ichki me’yori; 
- samaradorlikning umumiy me’yori; 
-  xususiy mablag‘ning samaradorlik me’yori; 
- qarz mablag‘ining samaradorlik me’yori. 
Umuman  olganda,  ob’ektni  texnik,  huquqiy  va  iqtisodiy  baholash 
bosqichida  yaxshilanish  samaradorligini  aniqlashga  imkon  beradigan  bozor 
usullari  yordamida  ob’ektni  baholash  maqsadga  muvofiqdir.  Bozor  usullari 
daromadlarni  kapitallashtirish  usuli,  diskontlash  usuli  va  sotuvni  qiyoslash 
usullari bo‘lishi mumkin. 


 287 
 
 
Daromadga  ko‘ra  baholashga  yondashish,  kutish  tamoyiliga  asoslangan. 
Unga  muvofiq  bugungi  barcha  qiymatlar  kelgusi  afzalliklar  -  aksidir.  Mazkur 
usul  qo‘llanganida,  odatda,  ekspluatatsiyadan  va  sotuvdan  tushgan  daromad 
shaklida ifodalanadigan ma’lum daromadni ko‘chmas mulk hosil qiladi. 
Ko‘chmas  mulk  daromadi  qiymatini  baholash  uchun  aksariyat, 
kapitallashtirish  va  diskontlash  texnikasi  qo‘llaniladi.  Baholash  vaqti  yoki 
istiqbol  uchun  daromad  va  kapitallashtirish  qo‘yilmasi  haqidagi  ma’lumotlar 
asosida  kapitallashtirish  usuli  ob’ekt  qiymati  to‘g‘risida  xulosa  chiqarishga 
imkon  beradi.  Daromad  keltiruvchi  ob’ekt  qiymati  sifatida  pul  oqimini  joriy 
qiymatini olish uchun vaqtda taqsimlanadigan daromadlar va harajatlar oqimini 
bir pallaga keltirish uchun diskontlash texnikasi qo‘llaniladi. 
Yuqorida  keltirilgan  yondoshuvlar  asosida  kamida  uchta  baholash  narxi 
ma’lum  bo‘ladi,  shularni  orasida  bizni  qiziqtirgan  echimni  topish  mumkin, 
ammo  bu  katta  ma’suliyatli  va  nozik,  shu  bilan  birga  murakkab  masaladir.  Bu 
bosqichni  oxirgi,  qidirilayotgan  echimni  tanlash  deb  nomlanadi  va  turli  usullar 
asosida  qabul  qilinadi.  Masalan,  baholash  maqsadiga  asoslanib  uchta  mezonli 
ko‘rsatkichlarni  umumiy  bir  funksiyaga  keltiramiz,  bunga  keltirish 
koeffitsentlari  kiritilish  asosida  erishiladi.  Kerak  echimga  erishish  uchun 
koeffitsentlar  miqdori,  baholash  maqsadiga  mos  sifatida  belgilanadi  va  oxirga 
doir hisoblar asosida echim qabul qilinadi. Baholash jarayoni va ko‘tilgan natija 
baholanayotgan  ob’ektni  holatidan  tashqari  qanday  muhitga  -ekologiyaga 
joylashganligi katta ahamiyatga ega. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish