Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Bino va inshootlarning texnik holatini baholash



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

11.2. Bino va inshootlarning texnik holatini baholash. 
  Imoratlarni  ya’ni  ko‘chmas  mulk  qiymatini  aniqlash  uchun  avval  uning 
texnik  holatini,  emirilganlik  darajasini  va  so‘ngra  ma’lum  iqtisodiy  usullardan 
foydalanib, uning bozor bahosini aniqlashni taqazo etadi. 
Bino 
va 
inshootlarni 
hujjatlashtirish, 
ya’ni  pasportlashtirish  va 
inventarizatsiyalash, ularning texnik holatini majburiy tekshirishni ko‘zda tutadi. 
Bino  za  inshootlar  konstruksiyalarini  texnik  baholash,  konstruksiyalarining 
mustahkamligi  va  shikastlanganligi  to‘g‘risida  aniq  ma’lumotlar  olish, 
shuningdek,  ko‘rib  chiqilayotgan  konstruksiyalarning  ekspluatatsiya  uchun 
yaroqliligini umumiy baholash uchun amalga oshiriladi. 
Bino  va  inshootlar  konstruksiyalarining  haqiqiy  yuk  ko‘tarish  qobiliyatini 
aniqlashda  amaldagi  me’yoriy  qoidalarga  amal  qilinib,  o‘tkazilgan  tadqiqotlar 
asosida  yuklar  va  ta’sirlar  aniqlashtiriladi.  Ko‘chmas  mulkni  texnik  holati 
to‘g‘risidagi  xulosa,  qayta  ta’mirlashning  maqsadga  muvofiqligini  hal  qilish 
yoki  ob’ektda  ta’mirlash-tiklash  ishlarini  o‘tkazish  uchun  asos  bo‘lib  xizmat 
qiladi.  Imoratlarning  tekshirilayotgan  konstruksiyalari  turli  nuqson  va 
shikastlanishlarni  tizimlashtirish  yo‘li  bilan  turkumlarga  (ko‘rinishi.  xususiyati, 
ko‘tarish  qobiliyatiga  va  ishlatishga  yaroqliligiga  ta’sir  darajasi  bo‘yicha) 
ajratiladi. 
Shikastlanishlarning  tizimlashtirilgan  mufassal  alomatlari  bo‘yicha  qurilish 
konstruksiyalari texnik holatining toifasi o‘rnatiladi. Ko‘chmas mulkni huquqiy 
va iqtisodiy baholash jarayoni boshida ob’ektni texnik holati baholanadi, uning 
ahvolini chuqur o‘rganish va tahlil qilish hamda iqtisodiy ko‘rsatkichga ta’sirini 
o‘rganish mulkni baholash maqsadiga bog‘liqdir. 
Baholanayotgan  ob’ektni  tashkil  etuvchi  bino  va  inshootlar  konstruksiya 
elementlarining texnik holati va konstruktiv echimlari hakida ma’lumotlar olish 
uchun baholovchi shaxsan yoki mos ravishdagi mutaxassislarni jalb qilish bilan 
kuzatuv-tekshiruv  ishlarini  olib  boradi.  Kuzatuv-tekshiruv  ishlarining  natijalari 
kelgusida  ob’ektni  xarajat  usulida  baholashda,  bundan  tashqari  ko‘chmas 
mulkdan  foydalanishning  jismoniy  imkoniyati  variantlarini  hamda  ob’ektni 


 278 
 
 
bugungi  kun  va  istiqbolda  bozordagi  o‘rnini  belgilashda  asos  bo‘lib  xizmat 
qiladi. 
Kuzatuv-tekshiruv  ishlari  asosan  quyidagi  masalalarni  echish  uchun  olib 
borilishi mumkin: 
- er maydonini qurilish uchun yaroqliligini baholashda; 
-  qurilish  konstruksiyalaridagi  nuqsonlarni  diagnostika  qilish  nuqtai 
nazaridan  bino  va  inshootlarning  texnik  holatini  va  foydalanishga  yaroqlilik 
darajasini baholashda; 
-  rekonstruksiya,  zamonaviylashtirish  yoki  boshqa  maqsadda  foydalanish 
bo‘yicha echimlarni asoslashda; 
- ko‘chmas mulk ob’ektini texnik inventarizatsiyalashda; 
- ko‘chmas mulk ob’ektini baholashda va h.q 
  Umuman,        ko‘chmas        mulkni        baholash        maqsadida        kuzatuv 
tekshiruv ishlari uchta bosqichdan iborat bo‘ladi: 
1. Tayyorgarlik ishlari; 
2. Texnik tekshiruv; 
3. Kuzatuv-tekshiruv ishlari natijalarini taxlil qilish va rasmiylashtirish. 
Texnik ahvolini o‘rganishdagi tayyorgarlik ishlari, 
Tayyorgarlik ishlari baholanayotgan ob’ekt bilan dastlabki tanishish, mavjud 
xujjatlarni  yig‘ish  va  ularni  tahlil  qilish  hamda  kuzatuv  ishlarini  olib  borish 
uchun  ishchi  materiallarni  tayyorlashdan  iborat.  SHundan  sung  ob’ekt:  A) 
Dastlab ko‘zdan kechiriladi va bunda: 
-maydonning taxminiy o‘lchamlari, shaklining va holatining tafsilotlari; 
- yaxshilashlarning- imorat tarkibi; 
- yaxshilashlarning asosiy tasnifiy belgilari bo‘yicha turlari; 
-  yaxshilashlarning  joriy  holati;  ko‘chmas  mulkni  baholashda  yaxshilashlar 
tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- asosiy bino va inshootlar; 
-  yordamchi  bino  va  inshootlar,  qo‘shimcha  qurilishlar,  isitish  qozonlari, 
transformatorlar, nasoslar va h.k; 


 279 
 
 
- bino va inshootlarning vazifaviy ishlatilishiga tegishli bo‘lgan mashina va 
qurilmalar, yuk va yo‘lovchi tashuvchi liftlar, eskalatorlar va h.k; 
-bino  va  inshootlarning  vazifasini  ta’minlash  uchun  xizmat  qiluvchi  ichki 
muhdndislik  tarmoq  va  tizimlari,  elektr  ta’minoti  va  yoritish,  suv  ta’minoti  va 
kanalizatsiya,  issitish  va  sovutish,  gaz  ta’minoti,  yong‘inni  o‘chirish  va 
signalizatsiyalar; 
-ichki  maydon  muhandislik  tarmoqlari,  infrastruktura  va  obodonlashtirish 
elementlari-  kabel  va  quvur  tarmoqlari,  drenaj  tizimi,  avtomobil  va  relsli 
transport o‘tish joylari, piyodalar   o‘tish   joylari,   hovli   devorlari, yong‘inga   
qarshi   suv havzalari va h.k; 
Bino  va  inshootlarni  quyidagi  asosiy  ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  tasniflash 
mumkin: 
Vazifasi. 
Hajmiy-rejaviy echimining turi, 
Qurilish vaqti. 
Kapitallik darajasi. 
Konstruktiv echimining turi. 
B) Hujjatlar yig‘iladi va tahlil qilinadi, bunda yig‘ilishi va o‘rganilishi lozim 
bo‘lgan xujjatlar quyidagilardir: 
-  ob’ekt  joylashgan  tumanning  tabiiy  -seysmik,    iqlim  va  ekologiya 
sharoitlari haqida ma’lumotlar to‘plami; 
- ob’ekt joylashgan tuman haritasi; 
- ajratilgan erni tasdiqlovchi xujjat; 
-   mulkga egalikni tasdiqlovchi qaydlovchi xujjat; 
-  ob’ektni loyihalashtirish va qurilishi uchun me’yoriy xujjat; 
-  qurilish bo‘yicha loyiha xujjatlari; 
-  qurilishni olib borish bo‘yicha xujjat; 
-  texnik  tekshiruv  va  texnik  pasportni  o‘z  ichiga  olgan  inventarizatsiya 
ishlarining xujjatlari; 


 280 
 
 

ob’ektning 
jismoniy 
holatini 
o‘zgarishi, 
rekonstruksiya 
va 
zamonaviylashtirish,  kapital  va  boshqa  ta’mir  ishlarining  hajmi  va  o‘tkazilgan 
vaqtlari haqida ma’lumot beruvchi joriy yuritiluvchi hujjat; 
- ob’ekt tarixi haqida ma’lumotlar to‘plami. 
V) Ishchi materiallarni tayyorlash, bunda 
-  ob’ekt  rejasining  eskizi  -  tegishli  hujjatlarda  o‘rnatilgan  chegaralar 
bo‘yicha; 
-  kavatlararo  rejalar  va  qirqimlarning  loyihaviy  xujjatlardan  olingan 
nushalari; 
-  haqiqiy  geometrik  o‘lchamlarni,  konstruksiyalar  va  pardoz  ishlarini, 
konstruksiyalarni  xamda  texnik  tizimlarning  texnik  holatini  tavsiflovchi 
xonalarning batafsil eksplikatsiyasi; 
-  bino konstruksiyalari,  elementlari va  muhandislik qurilmalaridagi  mavjud 
standart ko‘rinishga ega nuqsonlarning ro‘yxati; 
Baholanuvchi  ob’ektning  texnik  tekshiruvdan  maqsad,  yaxshilanishlarning 
baholash  paytidagi  tafsilotlari  holati  haqida  hakiqiy  ma’lumotlarni  yig‘ishdir. 
Ob’ektni tekshirishda: 
- asosiy qurilish konstruksiyalarining turi; 
- asosiy qurilish materiallarining xillari; 
- qurilishning geometrik tafsilotlari; 
- qurilish elementlarining kuzatuv paytidagi xolatlari aniqlanishi lozim; 
Texnik  baholash  Binoni  baholash  davridagi  texnik  holatini  tekshirishni, 
uning  quyidagi  alohida  tashkil  etuvchi  elementlari  bo‘yicha  olib  borish 
maqsadga muvofiq: 
- er osti konstruksiyasi; 
- binoning yuk ko‘taruvchi qismini tashkil etuvchi konstruksiyalar; 
- qavatlarni bog‘lovchi elementlar; 
- tom yopmasi konstruksiyasi; 
- eshik va deraza romlari; 
- pollar; 


 281 
 
 
- binoning tashqi pardozi; 
- binoning ichki pardozi; 
- ichki muhandislik tizimlari. 
Ob’ektning  qurilish  konstruksiyalari  texnik  holatini  baholash  (asbobli 
taddiqotlar natijalari, buyurtmachi bilan kelishilgan qo‘shimcha ish va ta’sirlarni 
tahlil  etish,  yuk  ko‘taradigan  konstruksiyalarning  xisob-kitobini  qilish) 
tekshirishlarning asosiy bosqichlari amalga oshirilgach o‘tkaziladi. 
Ish  yakunida  tekshirilayotgan  bino  yoki  inshootga  texnik  xulosa  tuzilib, 
unda  ko‘rib  chiqilayotgan  konstruksiyaning  ishlatishga  yaroqli-ligiga  umumiy 
baho beriladi. 
Xulosa (tekshirish mazmunidan kelib chiqib) quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
- vazifa bo‘yicha bajarilgan ish; 
- foydalanilgan manbalar (loyihaviy-texnik hujjatlar va bosh.); 
-  ob’ektni  tekshirishda  va  yo‘qlamani  o‘tkazishda  qatnashgan  mualliflar 
ro‘yxati (ishning tahminiy 
 
sanasi ko‘rsatilib yoziladi); 
-  me’moriy-rejalash  xulosalari,  ob’ektning  texnologik  mo‘ljali  va  ishlatish 
shartlari bo‘yicha qaydlar; 
-  ob’ektni  loyihaviy  holatiga  qarab  tekshirish  natijalari,  unga  ob’ekt  asosi, 
poydevor  va  yuk  ko‘taradigan  konstruksiyalarning  fizik-mexaniq,  tavsifi, 
binoning  mustahkamligi  va  bikrligini  pasaytiruvchi  kamchiliklar  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar; 
- konstruksiyani tashqi yuk ta’siriga nisbatan hisob-kitob natijalari; 
-  bino  asosi,  poydevori  va  er  usti  konstruksiyalarining  yuk  ko‘tarish 
qobiliyati to‘g‘risidagi xulosalar; 
-  yuk  ko‘taruvchi  konstruksiyalar  va  ularning  seysmik  ta’sirlarga 
chidamliligini 
belgilovchi 
konstruktiv-rejaviy 
chizmalarining 
sifat 
ko‘rsatkichlari natijalari; 
-  kuchaytirish  bo‘yicha  tavsiyalar  (zaruriyat  bo‘lganda)  va  h.k.  Bino  va 
inshootlar konstruksiyalarining yuk ko‘tarish qobiliyati, tashqi yuk va ta’sirlarga 
chidamliligini  aniqlash  amaldagi  tartib  va  qoidalarga  tayangan  holda  amalga 


 282 
 
 
oshiriladi  va  o‘tkazilgan  tadqiqotlar  asosida  asosiy  qismlarning  shikastlangalik 
darajasi  oydinlashtiriladi.  Texnik  holatni  aniqlashda  imoratni  va  uning 
konstruksiyalarini  texnik  talablar  bo‘lmish  mustahkamlik,  bikrlik,  ustivorlik  va 
zilzilabardoshliklari chuqur tahlil qilinadi .Bu jarayonda aniqlangan shikastlilik 
emirilish  darajasi  ko‘chmas  mulkni  iqdisodiy  ko‘rstgichini  aniqlashda 
foydalinadi. 
Ko‘chmas  mulkni  iqtisodiy  baholashda  albatta  uch  xil  endoshishdan-
xarajatli,  taqqoslash  va  daromadli  yondoshuvlardan  kelib  chiqqan  baholashga 
amal qilinadi. 
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish