Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

∆t
o
q20 daq va 200 l/sek dan oshiq bo’lsa 30 daq miqdorida me’yorlanadi. 
  Agar    qo’zg’almas  holda  o’rnatilgan  uskunalarda  suv  yoki  ko’pik  bilan  
o’t  o’chirish  erkin  yonish  vaqti  10  daq  qilib  belgilangan.  Agar  o’t  o’chirish 
vositalari ko’chma uskunalar yordamida ishlatilsa  ∆t
o
q15 daq. 
  Tosh  va  g’isht    qurilmalarining  o’tga  chidamliligi  ularning  qaysi 
ashyodan  va  qanday  qalinlikda  tayyorlanganligiga  hamda  ularni  issiqlikka 
qarshilik  ko’rsatish  qobiliyatiga  bog’liq  bo’ladi.  Bunday  qurilmalarning  o’ziga 
xos  o’tda  yonmaslik  xususiyati  va  qalinligi  tufayli,  ular  yong’in  sharoitida 
olovning ta’siriga uzoq qarshilik ko’rsataoladi. 
  G`isht va tabiiy-marmar toshdan terilgan devorlar yuqori darajadagi o’tga 
chidamlilik qobiliyatga ega.  Bunday qurilmalar yong’in sharoitida 900-1000
o

harorat    ta’siriga  chidayoladi  va  ularning  o’tga  chidamlilik  chegarasi  1,25-1,5 
soatni  tashkil  etadi.  SHu  boisdan  g’isht  va  toshdan  qurilgan  devorlar  yong’in 
paytida alanga va haroratni yo’liga yaxshi to’siq bo’laoladi. 
   Temirbeton  qurilmalari  o’zining  olovda  yonmasligi  va  issiqlikni 
o’tkazuvchanlik  koyfisenti  uncha  kata  bo’lmaganligi  sababli,  yong’inga  etarli 


 230 
 
 
darajada  qarshilik    ko’rsataoladi,  ammo  bu  qarshilik  cheksiz  davom  etaverishi 
mumkin  emas.  Temirbeton  qurilmalarining  qalinligi  uncha  kata  bo’lmaganligi 
tufayli, ularning o’tga chidamliligi ham chegaralangan bo’ladi, va u ko’pincha 1 
soatdan  oshmaydi.  Agar  beton  qurilmaning  namligi  3,5  %  dan  yuqori  bo’lsa, 
qisqa  muddatli  yong’inlarda  beton  sirtida  mikro  va  makro  yoriqlar  hatto 
portlashlar  hosil  bo’lib,  qurilma  tezda  o’zining  ustuvorlik  xususiyatini 
yuqotaboshlaydi va o’tga chidamliligi keskin pasayib boradi. 
   To’siq  vazifasini  o’tovchi,  temirbeton  qurilmalarning  yong’inga  teskari 
turgan  tomonini  160
o
S  ga  qizdirilganda  uning  o’tga  chidamliligi,  namligiga, 
qalinligiga  va  betonni  turiga  bog’liq  bo’ladi.  Qalinligini  oshishi  va  zichligini 
kamayishi, betonning o’tga chidamliligini oshishiga olib keladi. 
   Agar  temirbeton  tomyopg’ich  plitalarning  armatura  ustidagi  himoya 
qobig’i  10  mm  bo’lib,  armaturasi    A-I,  A-II    sinfdagi  po’latdan  bo’lsa,  o’tga 
chidamliligi 0,75 soatga, yoki  A- III  bo’lganda esa 1,0 soatga teng bo’ladi.  
Azbestdan  tayyorlangan  shiferlar  400
o
S  da    o’zining  xususiyatini  yuqota-
boshlaydi va 600
o
S dan oshganda parchalanib otilib ketaboshlaydi. 
Temirbeton  ustunlarining  o’tga  chidamliligi ularga  qo’yiladigan  yuklarning 
markaziy o’qidan qanchalik uzoq yoki yaqinligiga ham bog’liq bo’ladi. CHunki 
ustunga  qo’yilgan  yuk  markazidan  uzoq  joylashgan  bo’lsa,  uning  o’tga 
chidamlilik  darajasi  ustunning  siqilishga  ishlaydigan  armaturasining  himoya 
qobug’iga  bog’liq  bo’ladi,  ya’ni  issiqlik  ta’sirida  betonning  mo’rtlashishi  va 
bosib  turgan  yuk  ta’sirida  siqilishi  natijasida  armatura  sirtidagi  beton  qobiqda 
mikro  portlashlar  sodir  bo’ladi  va  sirti  ochilgan  armaturalar  yuqori  harorat 
ta’sirida  tezda  yumshab,  o’zining  mustahkamlik  xususiyatini  yuqotadi.  Granit 
maydalaridan  tayyorlangan  betonda  quyilgan  ustunlarni  o’tga  chidamlilik 
darajasi  ohaktosh  maydalaridan  tayyorlangan  beton  ustunnikiga  nisbatan  20%  
kam  ekanligi  ilmiy  asoslangan.  Buni  granitning  tarkibiga  kiruvchi  kvarsning 
573
o
S  dayoq  parchalanishi va ohaktoshni esa   800
o
S dan  keyin  emirilishi bilan 
izohlash mumkin. 


 231 
 
 
Devorlarni o’tga chidamliligi ularning qalinligi va ularga qo’yilgan yukning 
vazn  miqdoriga  bog’liq  bo’ladi,  ya’ni  qalinligini  kamayishi  va  yukning 
ko’payishi  o’tga  chidamlilik  darajasini  pasayishiga  va  aksincha  bo’lganda 
ko’payishiga  olib  keladi.  Bino  va  inshootlardagi  qavatlar  soni  ko’paygan  sari, 
ularning  devorlariga  tushadigan  yukning  miqdori  ham  ortib  boradi.  SHuning 
uchun    ulardagi  yuk  ko’taruvchi  ko’ndalang  devorlarning  o’tga  chidamliligini 
minimal miqdorini ta’minlash maqsadida, devor qalinligini qavatlar soniga mos 
ravishda qabul qilinadi, ya’ni 5-9 qavatli jamoa va fuqaro binolarida -120 mm, 
12 qavatli bo’lganda-140 mm, 16 qavatgacha  bo’lsa -160 mm  va qavatlar soni 
undan oshiq bo’lganda-180 mm.  
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish