δ
pr
=q G’/L (9.6)
bunda G’ - metal qurilmani ko’ndalang qirqimining yuzi, sm
2
;
L- qizdirilayotgan yuzaning kesimi bo’ylab uzunligi, sm.
Misol uchun, himoyalanmagan biror metal qurilmaning keltirilgan qalinligi
δ
pr
q 0,3 sm bo’lsa, uning o’tga chidamlilik darajasi 0,12 soatga, va agar δpr q 3
sm bo’lganda, 0,45 soatga teng bo’lar ekan.
Alyumindan tayyorlangan qurilmalarni o’tga chidamlilik darajasi oddiy
metalnikidan ham past. Ko’p qavatli binolarda ishlatiladigan metal konstruk-
siyalarni o’tga chidamlilik chegaralarining talab darajasidan ancha pastligi
tufayli, ularni olovdan himoya qilmasdan turib ishlatish xavfli hisoblanadi.
Metal qurilmalarni olovdan himoyalashda keng tarqalgan ommaviy
usullardan biri, ularni sirtini o’tda yonmaydigan biror ashyo bilan qoplashdir.
Qoplovchi ashyolar sifatida g’isht, issiqlikni o’tkazmaydigan plitkalar, simto’r
ustidan yotqizilgan suvoq, yoki qurilmalarni ichidan suv haydash usuli va
hokazolardan foydalanish mumkin.
Metaldan qilingan ustunlarni chiz. 11 da ko’rsatilgani kabi, suvoq (a),
quyma yoki yig’ma beton (v), g’isht (b, g) bilan qoplash usullari orqali, yong’in
harorati ta’siridan muhofaza qilib, ularni o’tga chidamlilik darajasini
oshirish mumkin.
233
11. Metal ustunlarni yong’indan himoyalash.
a- simto’r ustidan suvoq qilish; b-g’isht terish; v-gipsobeton plitalar terish; g g’ovakli silikat
bloklarni terish; 1-simto’r; 2-past markali beton
Bunday muhofizalgich qoplamalarning qalinligi, odatda ular qanday
ashyolardan
qilinganligiga qarab va ularni issiqlikni o’tkazuv-chanlik
xususiyatlarini his-obga olgan holda, analitik hisoblash yo’li bilan va ba’zan
tajribada sinash usuli bilan ham aniqlanadi.
Sim to’r ustidan 25 mm qalinlikdagi suvoq metal ustunning o’tga
chidamliligini 50 daqiqagacha uzaytiraoladi. Agar suvoqni qalinligi ikki
barovarga oshirilsa, ustunninig o’tga chidash muddatini 2 soatgacha uzaytirishni
ta’minlash mumkin. Ustunlarni g’ishtdan qilingan qoplamalar bilan
muhofizalash yaxshi samara beradi, chunki chorak g’isht qalinlikdagi himoya
qobig’i ularni o’tga chidamlilik darajasini 2 soatu 10 daqiqaga, yarim g’isht
qalinlikdagisi esa 5 so-tagcha saqlab turish imkonini beradi. Agar shu ustunlar
bilan qoplama orasidagi bo’shliqni shlak, beton yoki boshqa, yonmaydigan
ashyolar bilan to’ldirilsa, ustunning o’tga chidamliligi yana 3 soatga uzayishi
aniqlangan. Agar metal ustun 40 mm qalinlikdagi keramzitbeton plitasi bilan
qoplanib, ustidan 20 mm qalinlikda suvoq bilan pardozlanganda, uning olovga
chidamlilik darajasini 2 soatgacha cho’zish mumkin bo’lar ekan va x.o.
Bino va inshootlardagi metaldan tayyorlangan to’sin, ferma va tomyopg’ich
qurilmalarini yong’indan himoyalash, ancha murakkab xisoblanadi, chunki
ularni sirtini qoplamalar bilan himoyalashni iloji yo’q. Bunday hollarda ularning
sirtiga vermikulit, perlit yoki harorat ta’sirida ko’pirib qalinlashadigan, o’tga
chidamli maxsus tayyorlangan qorishmalarni 3-4 mm qalinlikgacha, birnecha
marotaba purkash yoki surkash yo’li bilan himoyalash tavsiya etiladi. Bunda
himoyalanayotgan metal sirtning 1 m
2
ga 5 kg atrofida qorishma sarflanishi
mumkin bo’ladi. YUqori harorat ta’sirida ko’pirish natijasida metalni sirtiga
234
surkalgan bunday qorishmaning qalinligi 50 -70 mm gacha ko’tarilishi va
buning natijasida metal qurilmaning o’tga chidamlilik darajasi 15 daqiqadan 60
daqiqagacha ortishi mumkin. Bunday qorishmalarni narxi metal qurilmalarni
narxidan 20-25% ni tashkil etadi.
Ba’zan qurilish tajribasida, metaldan tayyorlangan qurilmalarni o’tga
chidamliligini oshirish uchun ularni ichidan sovuq suvni haydash yo’li bilan
himoyalash usuli ham qo’llaniladi. Bunda binoning ustunlari va yuk ko’taruvchi
– korkash qismlari suv bilan to’lg’iziladi. Buning uchun ularni maxsus metal
quvurlardan yoki germetik ulangan shvellerlardan tayyorlanadi va bosim ostida
sovuq suvni haydash bilan isib qolgan suvlarni yong’in paytida uzluksiz
almashtirib turiladi
9.7-rasm. Metal qurilmalarni suv to’lg’izib himoyalash usullari.
a-suv birmarta to’lg’iziladigan; b - suvni tabiiy aylanishga asoslangan; v- suvni avtomatik
tarzda aylanishi va to’ldirilishiga asoslangan; g- yong’in paytida avtomatik tarzda suvni
yo’naltiradigan; 1-metal ustun; 2 - suv uzatgich quvurlar; 3 - zaxira suv idishi;
4 - isigan suvni olib chiqib ketuvchi quvur; 5 – sovuq suv krani; 6 – suv purkagich spinkler;
7 – sprinklerni ishlatish klapani; 8 – suv uzatgich tarmoq
Bunday usul bilan ko’pincha metal ustunlarni va ba’zan tomyopg’ich
plitalar minadigan shopullarni suv to’lg’izib himoyalanadi. Buning uchun
suvning tarkibiga metalni zanglashdan asraydigan maxsus qorishmalar
qo’shiladi, isitilmaydigan binolarda esa antifriz ishlatiladi. Suv to’lg’izish
usullari chiz. 8 da ko’rsatilgani kabi faqat yong’in paytida birmarta
to’lg’iziladigan, yoki suv doim majburiy aylanib turadigan usulda qo’llanishi
mumkin. Bunday usul bilan muhofizalangan qurilmalarni o’tga chidamlilik
darajasi uzatilayotgan suvning qalinligi va oqish tezligiga qarab 2 soatgacha
235
oshirish mumkinligi aniqlangan. Bu usulni narxi qurilmani umumiy narxidan 8-
10% tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |